Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHDA ALLOMALARIMIZ MA’NAVIY MEROSINING O`RNI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHDA ALLOMALARIMIZ MA’NAVIY MEROSINING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
24
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Narbayeva Sofia Murod Qizi

Xalq orasida qadimdan «ma’rifatli inson» tushunchasi qo‘llanilib kelingan bo‘lib, u o‘zida keng ma’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik – faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o‘zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog‘lanib ketgan. Yoshlarga yuksak axloqiy sifatlarni singdirib, dunyoviy bilimlar bilan qurollantirishni burch deb bilgan pedagog, o’z tajribasini tariximizning noyob durdonalari hisoblangan buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosini o’rganish bilan boyitib, ularga amal qilib, o’z faoliyatida axloqiy sifatlarni namoyon qilishda bu merosni dasturil amal deb hisoblashi lozim. Shu boisdan ham Bosh Qomusimiz 52-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi….[1.] Ya`ni o`qituvchi ma`naviyatini yuksaltirish uchun ham allomalarimiz ma`naviy merosini o`rganishui kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHDA ALLOMALARIMIZ MA’NAVIY MEROSINING O`RNI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHDA ALLOMALARIMIZ MA'NAVIY MEROSINING ORNI

Narbayeva Sofia Murod qizi

"Alfraganus" universiteti 1-kurs magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.10679459

Xalq orasida qadimdan «ma'rifatli inson» tushunchasi qo'llanilib kelingan bo'lib, u o'zida keng ma'noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma'rifatli bo'lish o'zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o'rin tutuvchi omil sanaladi. Ma'rifatlilik - faqatgina bilim va malakaga ega bo'lish emas, ayni vaqtda chuqur ma'naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o'zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog'lanib ketgan. Yoshlarga yuksak axloqiy sifatlarni singdirib, dunyoviy bilimlar bilan qurollantirishni burch deb bilgan pedagog, o'z tajribasini tariximizning noyob durdonalari hisoblangan buyuk ajdodlarimiz ma'naviy merosini o'rganish bilan boyitib, ularga amal qilib, o'z faoliyatida axloqiy sifatlarni namoyon qilishda bu merosni dasturil amal deb hisoblashi lozim. Shu boisdan ham Bosh Qomusimiz 52-moddasida shunday deyilgan: "O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida

e'tirof etiladi____[1.] Yani o'qituvchi manaviyatini yuksaltirish uchun ham allomalarimiz

ma'naviy merosini o'rganishui kerak.

Jamiyat tomonidan o'qituvchi shaxsiga qo'yilayotgan talablar o'z davrida Sharq mutafakkirlari hamda G'arb ma'rifatparvarlarining asarlarida o'z aksini topgan. Buyuk allomalarimiz o'z asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini, mas'uliyatli va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo'yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to'g'risida o'z mulohazalarini bildirganlar. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o'qituvchining ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo'lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha, yaxshi o'qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya'ni, u o'zi ega bo'lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o'rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo'la oladi.

Abu Nasr Forobiy (873 - 930) ta'limotiga ko'ra, ta'lim-tarbiya jarayoni tajribali va bilimli o'qituvchilar tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma'lum maqsadlarga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Binobarin, "Har bir bola o'zicha narsa va hodisalarni bila olmaydi hamda baxtga erisholmaydi. Unga buning uchun o'qituvchi lozim"[2. 122-bet]. Ta'lim va tarbiya berishda "...ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko'ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm, shogird dilida ustozga nisbatan nafrat uyg'otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq ko'ngilli bo'lsa, shogird uni mensimay qo'yadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun o'qituvchi bolalarning fe'l - atvoriga qarab ta'lim-tarbiyaning "qattiq" yoki "yumshoq" usullaridan foydalanishi mumkin" deydi. Bunda ustoz mudarrisga quyidagi talablarni qo'yadi:

Birinchi yo'l: tarbiyalanuvchilar o'qish va o'rganishga ishtiyoqmand bo'lsalar, ta'lim-tarbiya jarayonida mudarris tomonidan yumshoq usullar qo'llaniladi. Bunda u qanoatbaxsh so'zlardan foydalanadi, chorlovchi, ilhomlantiruvchi gaplar aytib, o'quvchida ko'nikma va malakalarni vujudga keltiradi, natijada o'quvchining iqtidori uyg'onib, g'ayrat - shijoati bilan bilim olishga, kasb egallashga intiladi;

Ikkinchi yo'l: tarbiyalanuvchilar o'zboshimcha, itoatsiz bo'lsalar, mudarris tomonidan qattiq, ya'ni majburlovchi usullar qo'llaniladi. Bu asosan gapga ko'nmovchi ba'zi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan ishlatiladi. Ushbu usul natijasida o'quvchi nazariy bilimlarni o'rganishga astoydil kirishadi, fazilati yaxshi bo'lib, kasb-hunar va san'atlarni egallashga intiladi. Maqsad ularni fazilat egasi qilish va kasb hunar ahillariga aylantirishdir.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al - Beruniy (973 - 1048) Sharq Uyg'onish davrining qomusiy olimlaridan biri, tarbiyashunos olim, umumjahon tabiiy - ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga ulkan ta'sir ko'rsatgan buyuk aql zakovat sohibi. U bolalarni maktabda o'qitish va tarbiyalash jarayonida dunyoviy fanlarni bir-biri bilan bog'lab, turli mavzularda mulohazalar yuritishni ta'kidlab: "Bizning maqsadimiz o'quvchilarni toliqtirib qo'ymaslikdir, bir mavzuni qayta - qayta takrorlab o'qib berish o'quvchini zeriktiradi, xotirasini susaytiradi. Agar o'quvchi bir mavzudan boshqa bir yangi mavzuga o'tib tursa, u xuddi turli-tuman bog'larda sayr qilgandek bo'ladi, bir bog'dan o'tar - o'tmas, boshqa bir bog' boshlanadi. Bola ularning hammasini ko'rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa bolaga rohat bag'ishlaydi, deb behuda aytilmagan,"[3. 106-bet]-deydi.

Abu Ali ibn Sino o'z asarlarida o'qituvchi bolalarga ta'lim berishdek mas'uliyatli burchni bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda muvafaqiyatga erishish garovi bo'lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:

1) bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo'lish;

2) berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o'zlashtirilishiga e'tiborni qaratish;

3) ta'limda turli shakl va metodlardan foydalanish;

4) talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;

5) fanga qiziqtira olishi;

6) berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bilish;

7) bilimlarni talabalarga tushunarli, yoshi, aqliy darajasiga mos ravishdaberish;

8) har bir so'zning bolalar hissiyotini uyg'otish darajasida bo'lishiga erishish[4. 75-bet].

Alisher Navoiy ijodida muallimlarga alohida munosabat berilgan. Uning fikricha, har bir

inson o'ziga ta'lim va tarbiya bergan ustozini, o'qituvchisini umrbod hurmat qilishi va e'zozlashi kerak. O'qituvchi mehnatini har qanday xazina bilan o'lchab bo'lmaydi.

Buyuk alloma o'zining "Mahbub - ul qulub" didaktik asarida o'qituvchi xalq oldida obro', hurmat va izzatga sazovor bo'lishi, raiyat g'ami bilan yashashi, ularqa yordam berishi, lozimligini aytadi. Nodon, mutaassib, johil mudarrislarni tanqid qilib, mudarris olimlar orasidagi eng sara "malak qiyofali" kishi bo'lishi, ya'ni sof ko'ngilli, pok qalbli, insofli, karam - muruvvatli, odobli, vafoli, kishilikning eng yaxshi va oliyjanob xislatlarini o'zida aks ettiruvchi bo'lishi kerak. Alisher Navoiy o'z davrining ayrim maktabdorlari ega bo'lgan sifatlar, xususan, qattiqqo'llik, ta'magirlik va johillikni qoralar ekan, o'qituvchining ma'naviy qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo'yadi. Ayni o'rinda o'qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta'kidlab o'tadi: «Uning ishi odam qo'lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to'da bolaga ilm va adab o'rgatadi, ko'rkim bunga nima yetsin.

Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,

Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila»[5. 189-190 betlar].

Xulosa ornida aytish mumkinki, har bir pedagog o'z ustida ishlab, tarbiyaviy kompitentligini oshirar ekan, albattabuyuk allomalarning adabiy meros, o'qituvchilar haqida bildirilgan dono fikrlarini yoshi, pedagogik mahorati, qanday dars berishidan qat'iy nazar bilishlari

va ularga qat'iy amal qilishlari maqsadga muvofiq. Zera allomalarimiz ma'naviy merosini o'rganish va uni kelajak avlodga etkazish - yuksak vazifadir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Resbuplikasi Konstitutsiyasi. -T.: O'zbekiston, 2023. www.lex.uz

2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.:, Abdulla.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. 122-bet.

3. Beruniy. Tanlangan asarlar. 1 jild, - T.: Fan, 1968. 106-bet

4 Rahimov S. Abu Ali ibn Sino. Ta'lim va tarbiya haqida. -T.: O'qituvchi. 1967. 75-bet 5. Alisher Navoiy. Mahbub ul - qulub. 13- tom.,T.: 1966. 189-190-betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.