Научная статья на тему 'BO‘LAJAK LOGOPEDLARNI KASBIY TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV'

BO‘LAJAK LOGOPEDLARNI KASBIY TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
72
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK LOGOPEDLARNI KASBIY TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV»

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

BO'LAJAK LOGOPEDLARNI KASBIY TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

O. Yo. Bozorov

Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

Ilm-fan jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy axborot maydonida yuqori malakali mutahassislarni sifatli kasbiy tayyorlash jamiyat oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Ijtimoiy va madaniy muhitda sodir bo'layotgan jarayonlar, jamiyatdagi o'zgarishlar, zamonaviy inson mentalitetining sayqallanib borishi kadrlash tayyorlash sifatiga bo'lgan talablarning ortishini taqozo qiladi.

Hoziga kunda nafaqat mamlakatimizda, balki boshqa davlatlarda ham nutqiy hamda rivojlanishida o'ziga hos buzilishlarga ega bo'lgan bolalar sonining keskin oshishi kuzatilmoqda. Bu jarayonlar psixologlar, maxsus pedagoglar: logopedlar, tiflopedagoglar, surdopedagoglar va boshqa mutahassislarga bo'lgan ehtiyojni ortishiga sabab bo'ladi.

Sanab o'tilgan maxsus pedagogika mutaxassisliklaridan birini egallashni istagan inson tibbiy-pedagogik jixatdan nazariy bilimlarni o'zlashtirgan, o'z ustida muntazam ishlovchi, tanqidiy-ijodiy fikrlaydigan bir so'z bilan aytganda kasbiy kompetensiyaga (kasbiy mahorat) ega bo'lishi kerak. A.Andreevning fikricha, pedagogning kasbiy mahorati "...asosan kasbiy ta'lim darajasiga, insonning tajribasi va individual qobiliyatiga, maqsadli o'zini-o'zi rivojlantirish va mustaqil ta'limga intilishiga, ishiga ijodiy va mas'uliyatli yondashishiga qarab aniqlanadi" [1, 127 b.].

Bolalar bilan ishlash uchun bo'lajak pedagog nazariy va amaliy bilimlarni to'liq egallagan bo'lishi kerak. O.Abdullina takidlaganidek: "Pedagogika oliygohlarining bitiruvchilari zamonaviy-ijtimoiy jamiyatda o'qituvchining turli funksiyalarini joriy etishga, pedagogik faoliyatning barcha ko'rinishlarida faol ishtirok etishga tayyor bo'lishi kerak" [2,34 b.].

Turli ko'rinishdagi imkoniyatlari cheklangan bolalar bilan ishlashni maqsad qilgan bo'lajak mutahassis odatdagi o'qituvchi yoki tarbiyachidan farq qiladi. Bunday pedagog egallashi zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar nisbatan kengroq va chuqurroq bo'lib, ular rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning xususiyatlarini o'rganishga yo'naltirilgan. O'z kasbining е^ mutahassisi bo'lish uchun ta'limning ko'p bosqichli yo'lini bosib o'tish talab etiladi. Umumiy o'rta ta'limni tamomlab, universitetga kelgan talabalar tanlagan kasblari haqida umumiy tasavvurga, amaliyotda qo'llanadigan ma'lum miqdordagi nazariy bilimlarga ega bo'ladilar.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Bo'lajak logopedlar ta'lim olish davomida turli bilim va ko'nikmalarning tizimli "zanjir"ini o'zlashtirishlari lozim bo'lib, bu ularga kelgusida bolalar bilan ishlashda yordam beradi. Bitiruvchilar bo'lajak o'qituvchi-logopedlarni tayyorlashda muhim bo'lgan umummadaniy, umumpedagogik va kasbiy mahoratlarni egallashlari shart. Fan va texnika jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy dunyoda nutqida kamchiligi bor bolalar bilan korreksion pedagogik ta'lim jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida noananaviy tarzda tashkil etish davr talabidir. Bu esa o'z navbatida maxsus pedagogika fakulteti talabalarida bir qator sifatlarni shakllantirishni talab etadi.

Zamonaviy sharoitda mutaxassislarni tayyorlashning modernizatsiyalashgan yo'nalishlaridan biri bu pedagogika oliygohlaridagi ta'lim doirasiga kompetentli yondashuvni kiritish bo'lib, bunda ta'lim mazmunida jamiyatning nazariy va amaliy masalalari aks ettirilgan, ta'limning ma'lum maqsad va vazifalari ko'rinishida namoyon bo'ladigan kompetensiyaviy tizimni ko'rish mumkin.

Hozirgi kunda kompetentli yondashuv g'oyasi ta'limning yaxlit yo'nalishlari va maqsadlarining o'rin almashishlari belgisi sifatida, ta'lim tarkibiga bo'lgan ochiq buyurtma g'oyasi sifatida o'rganilmoqda.

Kompetensiyaviy yondashuv o'zida bilimlarni muntazam yangilab borishni, kasbiy vazifalarni еchish uchun esa - ma'lum bir vaziyatlarda qo'llash mumkin bo'lgan yangi axborotlarni egallashni oladi.

Kompetensiyaviy yondashuv zaruriyati jamiyat hayotidagi katta o'zgarishlarda, jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda namoyon bo'lib, bu esa professional ta'limni jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirishni va ta'limning maqsadi, vazifalari va tarkibini aniqlashda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

Kompetensiyaviy yondashuv O'zbekistonda nafaqat pragmatik yo'nalishga, balki yaqqol ko'rinuvchi gumanistik yo'nalishga ham ega. I.Zimnyayaning takidlashicha, u "... agar uning tarkibidagi kompetensiyalarni ham intellektni, ham hissiy va ahloqiy komponentlarni o'z ichiga oluvchi murakkab insoniy fazilatlar deb o'rgansak, unda u madaniy-tarixiy, etnosotsial qadriyatlarni saqlashga yordam beradi" [3].

I.Zimnyaya kompetensiyaviy yondashuvni tizimli va fanlararo, o'zida insoniy va faoliyat qirralarini olgan yondashuv sifatida tariflaydi, ya'ni uning amaliy, pragmatik, gumanistik yo'nalganligini alohida takidlaydi[3]. U o'z nuqtai nazarini I.Blauberg va E.Yudinning metodologik tahlilning to'rt darajasi: falsafiy, umumfanga doir, aniq fanga doir, metodikaga doir darajalariga ajratish haqidagi konsepsiyalari bilan asoslaydi.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Kompetensiyaviy yondashuv 1960-1970 yillardan buyon o'zining uzoq rivojlanish yo'lini bosib o'tdi. U vaqtda "kompetensiya" mezoni endigina ilm-fanga kiritilgan va kommunikativ kompetensiya bo'yicha tadqiqotlar boshlangan edi. Uning an'anaviy uch rivojlanish bosqichi belgilangan va ularning har biri kompetensiya/kompetentlik mohiyatini chuqur tahlil qilishi va malakali (kompetentli) yondashuvning tarqalish sohalarini kengaytirishi bilan ajralib turadi.

Ilmiy manbalarda kompetensiyaviy yondashuv quyidagicha tariflanadi:

- ta'lim tarkibining bir turi bo'lib, u bilim olishga qaratilmagan, aksincha hayotiy muammolarni еchishning yaxlit tajribasini, asosiy funksiyalarni(ya'ni ko'pgina ijtimoiy sohalardagi), ijtimoiy rollarni, kompetensiyalarni bajarishni o'z ichiga oladi;

- ta'limning ustivor maqsadlariga qaratilganlik: ta'lim berish, o'zligini anglash, o'zini-o'zi faollashtirish, ijtimoiylashtirish va individuallilikni rivojlantirish. [4]

Ta'limning an'anaviy kognitiv yondashuvlaridan farqli ravishda, mazkur yondashuv "talabalashtirilgan" bo'lib, u moslashuvchanlik va ko'nikuvchanlik prinsiplarini ta'lim muassasalari bitiruvchilarining kompetentli yondashuviga almashtiradi. O'quvchilarda ma'lum bir turdagi kompetentlik/kompetensiyani shakllantirish maqsadi nuqtai nazaridan kompetentli yondashuv ta'lim jarayonini tadqiq etishni, loyihalashtirishni va tashkil etishni o'zida mujassamlashtiradi.

Ko'rilayotgan masalaning zamonaviyligi bilan bog'liq holda, kompetentli yondashuvga V.I.Baydenko, I.A.Zimnyaya, N.V.Kuzmina, A.K.Markova, L.M.Mitina, B.Oskarsson, Dj.Raven, Yu.G.Tatur, G.Xalaj, A.V.Xutorskoy, W.Hutmacher, R.W.Whitelarning ilmiy tadqiqotlarida ko'rishimiz mumkin. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, oliy ta'limning kompetentli yondashuvga asoslangan o'qitish tizimiga o'tishi professional ta'lim va mehnat bozori o'rtasidagi nomutanosiblik muammosini bartaraf etilishiga olib keladi.

O'qituvchining kasbiy mahorati borasidagi chuqur o'zgarishlarga bo'lgan ehtiyoj bilan bog'liq ravishda ta'lim sifatini ko'tarish zamonaviy bosqichdagi eng muhim vazifalardan biridir. Zamonaviy ta'limni takomillashtirishning asosi sifatida kompetentli yondashuvni belgilash mumkin. U ta'lim tizimidagi asosiy yondashuvlardan biri bo'lib, zamonaviy ta'lim modelini tadbiq etish mohiyatini aniqlaydi va oliy ta'limni takomillashtirishning nazariy asosi hisoblanadi.

A.Sergeev, D.Vlasov, T.Razuvaeva, T.Churekovalar kompetentli yondashuvning an'anaviy va bilim beruvchi yondashuvlardan farqini mehnat bozori bilan ta'limning o'zaro mustahkam aloqasi, ta'lim natijalarining ta'lim jarayonidan tashqaridagi ahamiyati bilan, qolaversa "ta'lim olami" va "mehnat olam"larining

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

o'zaro kesishuvi bilan asoslaydi [5, 17 b.]. Olimlar birinchi navbatda e'tiborini bitiruvchining bilim, ko'nikma va malakalarini hayotiy muammolarni boshqarish va еchishda foydalana olish qobiliyatiga qaratishdi.

Kompetentli yondashuvning ta'limdagi faoliyatli va shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlardan farqi, bizningcha, "muammoli vaziyat" va "tajriba" kabi tushunchalar bilan bog'liq. Kompetentli yondashuv tepadan pastga qarab harakatga, ya'ni muammoli vaziyatdan uni еchish uchun bilimlarni saralash va qo'llashga asoslangan.

V.Bolotov, an'anaviy va kompetentli yondashuvlarni o'zaro taqqoslab, quyidagi xulosaga keladi: "Kompetensiyaviy ta'lim modelining bilim beruvchi modeldan farqi shunchalik kattaki, u, go'yoki, shaxmat o'yini qoidalarini bilish bilan uni o'ynay olish malakasiga ega bo'lish kabidir" [6, 14 b.].

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkin-ki, nafaqat kompetentli yondashuv, uning boshqa yondashuvlar bilan o'zaro munosabatlari va aloqalarining turliligi, balki uni qabul qilish va tushunishning chuqurligi - bularning barchasi zamonaviy ta'limning o'ziga xos xususiyatlaridir. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimining Yevropa ta'lim tizimiga yaqinlashuvi va bosqichma - bosqich o'qitishning kredit modulli tizimiga o'tishi ham kompetentli yondashuvning o'zini anglashda ham uning mamlakat ta'lim tizimidagi roli va o'rnini anglashda yangi bir maydonni yaratdi.

REFERENCES

1. Андреев А. А. Педагогика высшей школы. Новый курс. — Москва: Московский международный институт эконометрики, информатики, финансов и права, 2002. — 264 с

2. Абдуллина О. А. Общепедагогическая подготовка учителя в системе высшего педагогического образования : для пед. спец. высш. учеб. заведений. -- 2-е изд., перераб. и доп. — Москва: Просвещение, 1990. — 141с.

3. Зимняя, И. А. Ключевые компетентности как результативно-целевая основа компетентностного подхода в образовании / И. А. Зимняя. -М.:Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов, 2004. -38 с.

4. Зеер Э.Ф. Профессионально-образовательное пространство личности. -Екатеринбург, 2002.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

5. Монахов, В. М. Проектирование траектории становления будущего учителя [Текст] / В. М. Монахов, А. И. Нижников // Школьные технологии. -2000 . - № 6 . - С . 66-83.

6. Болотов, В. А. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе [Текст] / В. А. Болотов, В. В. Сериков // Педагогика. - 2003. - № 10. -С. 8 - 1 4 .

7. Khasanova, A. R., & Ismailova, N. I. Mutual coordination of sensorimotor activity for physical development of children with autism spectrum disorders.

8. Ismailova, N., & Grahova, S. Mythological stories about house-spirit: Themes, structure, psychological particularities.

9. Ismailova, N., Panfilov, A., Ljdokova, G., & Farhatovich, K. Gender aspects of confounding factors in the preparation of powerlifters.

10. Ismailova, N., & Grahova, S. Bylichkas in folklore for children: Psychology of being.

11. Gaifullina, N., Ismailova, N., Makarova, O., Panfilov, A., & Ljdokova, G. Individual psychological singularities of persons with disabling diseases.

12. Ismailova, N., Tsagarelli, Y., & Shumikhin, S. (2017). Computerised system to

rate junior athletes' psycho-emotional stability in team and i ndividual sport

disciplines. SCOP US00403601 -2017-8-SID85039420339.

13. Ismailova, N., Ljdokova, G., Panfilov, A., Gaifullina, N., & Makarova, O. (2015). Individual psychological singularities of persons with disabling diseases. SCOPUS-

2015-7-1-SID84922724007.

14. Tashkent, D. S., Abduazizova, V., & Komilova, G. (2021). Health-Saving Problems of Children and Adolescents in Emergency Situations. Biomedical Journal of Scientific & Technical Research, 38(4), 30634-30636.

15. Камилова, Н. Г., & Соипова, М. Л. (2020). Правовые и социокультурные основы интеграции в общество детей с ОВЗ в Узбекистане. In Инклюзивное образование и психолого-педагогическое сопровождение лиц с ОВЗ и инвалидов: от раннего возраста до профессиональной подготовки. Региональные практики и модели (pp. 96-103).

16. Шарипова, Д. Д., & Камилова, Н. Г. (2020). Развитие действенной мотивации к здоровому образу жизни у неорганизованной молодежи как эффективный путь становления личности. In Современная реальность в социально-психологическом контексте-2020 (pp. 71-74).

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

17. Комилова, Н. Г., & Шарипова, Д. Д. (2018). Повышение эффективности формирования идеологического иммунитета у молодёжи. Наука и образование сегодня, (4 (27)), 58-59.

18. Камилова, Н. Г., & Парпиева, Ш. А. (2018). Деформации ценностно-смысловой системы как фактор дезадаптации личности подростка. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (pp. 196-201).

19. Камилова, Н. Г., & Инагамова, Л. У. (2016). Психологические особенности конфликтности во взаимоотношениях студенческой молодежи. In Личность в современном мире (pp. 109-113).

20. Khayitov, O. E. (2022). Leading Factors in the Psyche of Adolescent Girls Gymnasts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(1), 610-615.

21. Khayitov, O. E. (2022). Socio-Psychological Views of Eastern Thinkers and

Scholars on Management. International Journal of Social Science Research and

Review, 5(1), 184-189.

22. Хайитов, О. Э. (2020). Моделирование психологической компетентности

руководителя: концептуальный эмпирический анализ. Academic research in

educational sciences, (3), 526-540.

23. ^айитов, О. Э. (2020). Рахбарда психологик компетентликни

ривожлантиришнинг комплекс модели. Academic Research in Educational

Sciences, 7(2), 120-136.

24. ХДЙИТОВ, О. (2019). Психологик компетентликни шакллантиришга замонавий ёндашув (назарий жихдт). Фан-Спортга, (1), 59-64.

25. Хайитов, О. Э. (2019). Научное обоснование формирования социального статуса молодежи в контексте акмеологических взглядов. Вопросы педагогики,

(11-1), 261-264. '^vj^OGn^ *

26. Каримова, В. М., & Хдйитов ОЭ, О. Г. Иктисодий психология ва психологик иктисод тугрисида. Ицтисодиёт ва таълим, 2007(4), 145-150.

27. Hayitov, O. E., & Eshboev, A. O. (2019). Sports marketing in Uzbekistan: problems and prospects. Economics, (5), 43.

28. HAYITOV, O. E. (2021). CHARACTERISTIC OF STRUCTURAL COMPONENTS OF PSYCHOLOGICAL COMPETENCY OF A LEADER. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(1), 119-131.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

29. Хдйитов, О. Э. (2021). РА^БАР ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИНГ ТАРКИБИЙ КОМПОНЕНТИ: УСТУВОР ПСИХОЛОГИК СИФАТЛАРДАН ИЖТИМОИЙ ЙУНАЛГАНЛИК САРИ. Academic research in educational sciences, 2(6), 1212-1226.

30. Эшбоевич, X. О. (2020). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ УРТА БУГИН РАДБАРИ ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШНИНГ КОМПЛЕКС МОДЕЛИ. Современное образование (Узбекистан), (9 (94)), 38-47.

31. Исаева, У., & Джалилова, С. (2018). The usage of new pedagogical technologies in lessons. Молодой ученый, (5), 169-171.

32. Халикова, Ш. Т. (2021). РОЛЬ ЭМОЦИОНАЛЬНО-ВОЛЕВЫХ

ОСОБЕННОСТЕЙ ЧЕЛОВЕКА В ЭКСТРЕМАЛЬНЫХ

СИТУАЦИЯХ. Проблемы науки, 9(68), 62-64.

33. Халикова, Ш. Т., & Саматова, З. К. (2021). ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВ

ЛИЧНОСТИ НА ФОРМИРОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ

ТОЛЕРАНТНОСТИ. "ZAMONAVIY TA "LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA

UNGA QARATILGANKREATIVG"OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR", 503-

505.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.