Научная статья на тему 'BO‘LAJAK CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA GRAFIK ISHLARNI BAJARISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH'

BO‘LAJAK CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA GRAFIK ISHLARNI BAJARISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chizmaning bajarilishi / grafik qo'llab-quvvatlash / grafik yechim / grafik vazifa grafik ishlari / fazoviy vazifalar. / выполнение рисунка / графическое обеспечение / графическое решение / графическая задача / графическая работа / пространственные задачи.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.O.Ashirbaev

grafik ish ko'nikmalarini rivojlantirish bo'lajak chizma o'qituvchilarini tayyorlash uchun muhim ahamiyatga ega, chunki bu ko'nikmalar samarali tasviriy ta'limning asosini tashkil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF GRAPHIC WORK SKILLS IN TRAINING FUTURE DRAWING TEACHERS

развитие навыков графической работы важно для подготовки будущих учителей рисования, так как эти навыки составляют основу эффективного изобразительного образования.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA GRAFIK ISHLARNI BAJARISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© A.O.Ashirbaev 1B_

1 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: grafik ish ko'nikmalarini rivojlantirish bo'lajak chizma o'qituvchilarini tayyorlash uchun muhim ahamiyatga ega, chunki bu ko'nikmalar samarali tasviriy ta'limning asosini tashkil qiladi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi bo'lajak chizmachilik o'qituvchilarida grafik ish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun samarali yondashuvlarni aniqlash va baholashdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot miqdoriy so'rovlar va sifatli amaliy tadqiqotlarni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar shuni ko'rsatadiki, grafik ish ko'nikmalarini samarali rivojlantirish uchun ko'p qirrali yondashuv zarur. Natijalar shuni ko'rsatadiki, ushbu komponentlarni birlashtirgan dasturlar o'zlarining grafik mahoratiga ishonadigan va yuqori sifatli badiiy ta'lim berishga qodir chizmachilik o'qituvchilarini ishlab chiqaradi.

XULOSA: ushbu tadqiqot bo'lajak chizmachilik o'qituvchilarini tayyorlashda grafik ish ko'nikmalarini rivojlantirishga kompleks va kompleks yondashuvning muhimligini ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: chizmaning bajarilishi, grafik qo'llab-quvvatlash, grafik yechim, grafik vazifa grafik ishlari, fazoviy vazifalar.

РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ ГРАФИЧЕСКОЙ РАБОТЫ ПРИ ПОДГОТОВКЕ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ РИСОВАНИЯ_

© А.О. Аширбаев1^

Ташкентский государственный педагогический университет имени Низоми,Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

Iqtibos uchun: Ashirbaev A.O. Bo'lajak chizmachilik o'qituvchilarini tayyorlashda grafik ishlarni bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.86-92.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ВВЕДЕНИЕ: развитие навыков графической работы важно для подготовки будущих учителей рисования, так как эти навыки составляют основу эффективного изобразительного образования.

ЦЕЛЬ: основной задачей данного исследования является выявление и оценка эффективных подходов к развитию навыков графической работы у будущих учителей рисования.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используются смешанные методы, сочетающие количественные опросы и качественные тематические исследования.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что для эффективного развития навыков графической работы необходим многогранный подход. Результаты показывают, что программы, сочетающие эти компоненты, выпускают учителей рисования, уверенных в своих графических навыках и способных дать качественное художественное образование.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование показывает важность комплексного и комплексного подхода к развитию навыков графической работы в подготовке будущих учителей рисования.

Ключевые слова: выполнение рисунка, графическое обеспечение, графическое решение, графическая задача, графическая работа, пространственные задачи.

Для цитирования: Ашурбаев А.О. Развитие навыков графической работы при подготовке будущих учителей рисования// Inter education & global study. 2024. № 5(1). С. 86-92.

DEVELOPMENT OF GRAPHIC WORK SKILLS IN TRAINING FUTURE DRAWING TEACHERS_

© Azim O. Ashirboev1^

1Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi, Toshkent, Uzbekistan

Annotation

Abstract

INTRODUCTION: the development of graphic work skills is important for the training of future drawing teachers, as these skills form the basis of effective visual education.

AIM: the main objective of this study is to identify and evaluate effective approaches for developing graphic work skills in future drawing teachers.

MATERIALS AND METHODS: this study uses mixed methods combining quantitative surveys and qualitative case studies.

DISCUSSION AND RESULTS: the findings suggest that a multifaceted approach is needed to effectively develop graphic work skills. The results show that programs that

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

combine these components produce drawing teachers who are confident in their graphic skills and able to provide high-quality art education.

CONCLUSION: this study shows the importance of a comprehensive and comprehensive approach to the development of graphic work skills in the training of future drawing teachers.

Key words: execution of drawing, graphic support, graphic solution, graphic task, graphic work, spatial tasks.

sifatini ta'minlashda grafik ishlarning o'rni alohida ahamiyatga ega. Bu borada uning o'rnini belgilash, muvofiqlashtirish va ilmiy-metodik ta'minotini ishlab chiqishga ehtiyoj sezilmoqda. Bu oliy pedagogika ta'lim muassasalari talabalarining muhandislik grafikasi fanlarida o'quv topshiriqlarining ta'lim hujjatlarida keltirilgan "Majburiy grafik ishlar" (bu o'quv dasturlarida belgilangan va talabalar tomonidan bajarilishi shart bo'lgan grafik ishlar) tizimini muvofiqlashtirish, grafik ishlarning bajarilishidagi muammoli o'rinlar (holatlar)ni o'rganishga, tatqiq qilishga, uning metodik va didaktik ta'minotini ishlab chiqishga zaruriyat borligi ayon bo'lmoqda.

Xorijiy mamlakatlarda, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) davlatlari hamda O'zbekiston Respublikasida o'quvchi va talabalarning grafik tayyorgarligini tadqiq etish, muhandislik grafikasi fanlarini o'qitishni takomillashtirish, grafik madaniyatni shakllantirish nazariyasi va amaliyoti bo'yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur masalalar bo'yicha, muhandislik grafikasi fanlari ta'limining tashkiliy-ta'limiy mexanizmlarini rivojlantirish, pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida uslubiy jihatlarini takomillashtirish hamda istiqbolli rivojlanish yo'nalishlarida ma'lum darajada tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta'minlashga to'siq bo'layotgan bir qator muammolar qatorida oliy ta'lim tizimida o'qitishni tashkil etish jarayoni, ta'lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayotganligi ta'kidlab o'tilgan. Bu o'rinda, muhandislik grafikasi ta'limini tashkil etish, uning o'qitish metodikasida ham jiddiy kamchiliklar mavjudligi ko'zga tashlanmoqda.

Ma'lumki, muhandislik grafikasi fanlari ta'limida grafik ishlar shu fanlardan egallanishi lozim bo'lgan bilimlarni egallash, ko'nikmalarni hosil qilish, malakalarni oshirish hamda bo'lajak chizmachilik fani o'qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirishda grafik ishlarni bajarishning o'rni alohida ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, grafik ishlar fan dasturida belgilangan mavzularning nazariy, amaliy mazmuni majmui

For citation: Azim O.Ashirboyev (2024) Development of graphic work skills in training future drawing teachers, Inter education & global study, (5(1)), pp. 86-92. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

(yig'indisi) deb ham qaraladi. Chunki, har bir grafik ish dasturda ko'zda tutilgan bir nechta mavzulardan, ya'ni bir butun modul bo'yicha egallangan bilimlarga asoslanadi. Bu muhandislik grafikasi tarkibiga kiruvchi "majburiy" va "tanlov" fanlar blokidagi barcha fanlarning dasturlarida keltirilgan mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar qatorida, undan farqli ravishda "Majburiy grafik ishlar" deb alohida o'rni belgilangan. Oliy ta'lim muassasasi professor-o'q ituvchilari ning o'quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me'yorlarida ham "Namunaviy o'quv dasturida ko'zda tutilgan nazorat, hisoblash va hisob-grafik ishlarni tekshirish, maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish" deb ko'rsatilgan va har bir talaba uchun bitta fanga grafik ishlarning soni hamda hajmiga ko'ra ko'pi bilan bir soat deb belgilangan. U auditoriya mashg'ulotlariga ajratilgan soatlar hajmidan tashqaridagi vaqt me'yori bilan nazoratga olingan.

Ma'lumki, pedagogika oliy ta'lim muassasalarida muhandislik grafikasi fanlari tarkibida: chizma geometriya (chizma geometriya va perspektiva), chizmachilik (geometrik va proeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachiligi, arxitektura-qurilish chizmachiligi, topografik chizmachilik), kompyuter grafikasi, grafik tasvirlash asoslari, arxitektura elementlarini loyihalash, muhandislik grafikasining ilmiy terminologiyasi, perspektiva va soyalar nazariyasi hamda bo'lajak chizmachilik o'qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlashga mo'ljallangan "Chizmachilik fanini o'qitish metodikasi" o'rin olgan. Har bir fanning standart talablariga asoslangan fan dasturlarida aynan "Majburiy grafik ishlar" mazmuni va miqdori belgilangan.

Endilikda majburiy grafik ishlarning mazmunini va unga mos holda bajarish sifatini ta'minlash masalasini qayta ko'rib chiqishni taqoza qilmoqda. Bu bo'lajak mutaxassislarning fanlar bo'yicha bilim, ko'nikma va kasbiy malakalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Ma'lumki, chizmalar me'morchilik va texnik taraqqiyot bilan bog'liq holda rivojlangan bo'lsa, hozirgi vaqtda ishlab chiqarish, arxitektura, dizayn, qurilish va boshqa shu kabi sohalarning asosiy muomala vositasiga va me'yyoriy-grafik hujjatiga aylandi. Ayonki, grafik tilning asoslarini bilmasdan turib, grafik hujjatlarni yaratish va uni o'qish mumkin emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, chizmachilik fanining asosiy maqsadi chizma chizishga va chizmani o'qishga o'rgatish deb belgilangan. To'g'ri, bular bilan bir qatorda, o'quvchilarning fazoviy tasavvurini kengaytirishga va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ham grafik ishlarni bajarish bilan bog'liq masalalar sifatida qaraladi.

Grafik ish va grafik ishlarni bajarish haqidagi tushuncha ayrim o'rinlarda "Chizma chizish" "Chizmani bajarish", "Chizmani taxt qilish", "Grafik amallarni bajarish", "Grafik ta'minot", "Grafik yechim", "Grafik masala", "Grafik topshiriq" va boshqa shu kabi terminlar doirasida ifoda qilinib, qo'llanilib kelinmoqda. Bu meyoriy hujjatlarda oquv adabiyotlarida ham har xil ko'rinishlarda o'rin olgan.

Chizma chizish: chizmani bajarish, grafik ishlarni bajarish, chizmani taxt qilish", grafik amallarni bajarish, grafik topshiriqni bajarish, grafik masalalarni yechish kabi ma'nolarni anglata olishi ehtimolining yuqoriligini; chizmani amalga oshirish natijasi esa:

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

grafik yechim, grafik ta'minot kabi ikki muhim jihatining mavjudligi bilan grafik savodxolik va grafik madaniyatni amalga oshirishga xizmat qiladigan "grafik til" muhim o'rin egallaydi

Ularning umumiyligi va xususiyligi hisobga olinib, asosan chizma bajarish va chizmani o'qish bilan mantiqan bog'langan. Bular boshqa ifoda shakllariga nisbatan "grafik til" deb farqlanadi. Grafik tilga turli olimlar tomonidan turlicha ta'riflar berilgan. Grafik til vositasida grafik bilimlar egallanadi, grafik savodxonlik, grafik madaniyat tarkib topadi. Chizma geometriya va chizmachilik fanini o'qitish jarayonida grafik til vositasida grafik ishlar, amaliy ishlar, mashqlar bajarilishi ko'zda tutilgan bo'lib, ayrim olimlarning darsliklari, o'quv qo'llanmalari va darslikka tayyorlangan ish daftarlarida o'z aksini topgan.

Bu o'rinda, bo'lajak chizmachilik o'qituvchisining umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim maktablarida chizmachilik fanini o'qitishning asosiy maqsad va vazifalariga e'tibor qaratish bilan kasbiy faoliyatining zaruriy mazmunini tashkil qilishi lozim.

Demak, bo'lajak chizmachilik o'qituvchisi o'quvchilarning borliqdagi narsalarni qonuniyatlar asosida idrok etishi, tasavvuridagi o'z fikrini, g'oyalarini grafik tasvirlar vositasida ifoda qilishga o'rgatishdan iborat ekan, bu boshlang'ch grafik tasvirlash asoslarini o'rgatish bilan umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan birorta fanda ko'rilmaydigan 3 ta masalani amalga oshirishda xizmat qiladi:

- axborot uzatish va uni qabul qilishga asoslangan grafik tasvirlarni to'g'ri bajarishga va uni to'g'ri o'qishga o'rgatish;

- o'quvchilarning grafik tasvirlash bilan bog'liq fazoviy tasavvurini va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;

- ishlab chiqarish sohalarida, loyihalash ishlarida grafik hujjatlarni, ya'ni chizmalarni to'g'ri rasmiylashtirishni o'rgatishdan, shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik fanini o'qitishda gumanitar va politexnik, ijodiy va umummadaniy yo'nalishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu orqali bo'lajak konstruktorlar, arxitektorlar, me'morlar, hunarmandlar, muhandislar va dizaynerlarni shakllantirishga erishiladi va bu bilan chizmachilik fanini o'qitishning vazifalari o'z-o'zidan yuzaga keladi:

1) Gumanitar yo'nalishni amalga oshirish: chizmachilik darsi mavzularida grafik tasvirlarning shakllanishi va rivojlanishi, uning ishlab chiqarish hamda me'morchilik sohasida tutgan o'rni haqida tasavvurga ega bo'lishiga erishish; o'quvchilar tasavvurida grafik tasvirlar mohiyatini ochib berish.

2) Politexnik yo'nalishni amalga oshirish: umumiy o'rta ta'lim maktablarida politexnik bilimlarni shakllantirish bilan birgalikda o'quvchilarni faol ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatga tayyorlash; ishlab chiqarish sohalarida bo'layotgan jarayonlarning mohiyatini tushunishga va o'quvchilarni bo'lajak kasbiy faoliyatga tayyorlash.

3) O'quvchilarning ijodkoriik qobiliyatlarini rivojlantirish: grafik yechimlar asosida ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish; ijodkorlikka yo'naltirish;

4) O'quvchilarda grafik madaniyatni shakllantirish: o'quvchilarning grafik savodxonligini shakllantirish; ularda obrazli va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish ko'zda tutiladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

V.V.Stepakova grafik til va uning ob'ektiv dunyo haqidagi ma'lumotlarni uzatishdagi o'rnini baholab, 80-chi yillardan boshlab chizmachilik fanida modellashtirish, o'zgartirish, konstruksiyalashga oid grafik ishlarni bajarishga urg'u berilganligini bildirib, bu jarayonda o'quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan grafik tilning, grafik madaniyatning elementlarini sanab o'tgan. U grafik tasvirlashning turlari, grafik tizimlar, metodlar, usullar, grafik ishlarni bajarish vositalari hamda grafik tasvirlarni o'qish kabi masalalar haqida fikrlar bildirgan. Grafik ishlar, ya'ni grafik masalalar, ularni bajarish chizmachilik fanini o'qitish va nazorat qilishda faol usullardan biri sifatida baholagan.

Bu kabi masalalar o'quv adabiyotlarining yaratilishi bilan bog'liqligini hisobga olib, chizmachilik fanining xorijiy davlatlarda, jumladan, Rossiya Federatsiyasida o'qitilishi tahlil qilib qaraganda, 10 ga yaqin turdagi alternativ shakldagi darsliklarning mavjudligini kuzatish mumkin. Bunda maktab ma'muriyati o'quvchilarning qiziqishlari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishini hisobga olib o'qitiladigan darslikni mustaqil ravishda tanlash mumkin. Ular mashinasozlik, amaliy san'at, gumanitar yo'nalish kabi sohalarlarga alohida urg'u berib tayyorlangan. Haqiqatdan ham, A.Pavlova, Ya.Roytman, G.Preobrajenskaya, V.Stepakova, G.Xakimov kabi mualliflar tomonidan tayyorlangan darsliklar o'quvchilarni ma'lum soha yoki kasbga yo'naltirishga mo'ljallab tuzilgan bo'lib, fan dasturlari mavzulariga mos ma'lumotlar o'quvchilarga tanish bo'lgan, eng ko'p qo'llaniladigan buyumlarning chizmalari misolida ochib berilgan.

Bunday holat Ukraina respublikasida amaldagi umumta'lim maktablari uchun "Chizmachilik" darsligida ham kuzitiladi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, Rossiya Federatsiyasi maktablaridagi ko'plab alternativ darsliklarning amalda qo'llanilayotganiga qaramasdan A.D.Botvinnikovning "Chizmachilik" darsligidan keng foydalanib kelinmoqda. Ushbu darslik MDH davlatlardagi umumta'lim maktablari chizmachilik fani uchun asos hisoblangan "klassik" ko'rinishdagi adabiyot maqomiga ega. Bu darslikning ilk qadamlari 30 yildan oshgan bo'lsada, Rossiya Federatsiyasi ta'lim va fan vazirligi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturga mos bo'lib, chizmachilik fani bo'yicha asosiy o'quv qo'llanma hisoblanadi. Darslikka nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda o'rganilgan materialni mustahkamlash va takrorlash uchun savollar va topshiriqlar, grafik va amaliy ishlar ham kiritilgan.

G.F.Xakimov va boshqalar tomonidan 9-sinf o'quvchilari uchun yaratilgan "Chizmachilik. Amaliy kurs" darsligi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushbu darslik chizmachilik fanining ayrim bo'limlarini chuqur o'rganish bilan bir qatorda texnologiya va mehnat ta'limi darslarida bajariladigan loyiha ishlarining grafik qismlarini taxt qilishga tegishli qo'shimcha ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, o'quvchilarning ijodiy, fazoviy tasavvurlari va obrazli fikrlashlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan har xil grafik topshiriqlar kiritilgan. Bu, grafik ishlarni bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish bilan bog'liq.

Demak, grafik ishlarni bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish bolajak chizmachilik o'qituvchilarining kasbiy mahoratini takomillashtirishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1. O'zbekiston Republikasi Prezidentining "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida "2018 yil 5 iyun PQ-3775-son qarori. https://lex.uz/docs/3765586.

2. Узбекистан Республикаси Олий ва урта махсус таълим вазирининг "Олий таълим муассасаси профессор-укитувчилар таркибининг укув юкламаси х,амда укув-услубий, илмий-тадкикот ва «устоз-шогирд» ишларини белгилаш коидаларини тасдиклаш ту^рисида" 2018 йил 9 октябрдаги 3076 -ракамли буйрут https://lex.uz/docs/3967278?0NDATE=09.10.2018%2000.

4. Valiyev A.N., Gulomova N.X., Nurmatov E.A. Mashinasozlik chizmachiligidan grafik vazifalarning metodik ishlanmasi. I qism. (metodik qo'llanma). -T.: "ZUXRA BARAKA BIZNES" MCHJ bosmaxonasida chop etildi. 2017- y. 10 b.t.;

5. Вышнепольский В.И. Рабочая тедрадь: к учебнику "Черчение" А.Д.Ботвинникова, В.Н.Виноградова, И.С.Вышнепольского. -Москва: "Издателство АСТ: Астрель", 2013. - С.79.

6. В.В.Степакова. Методическое пособие по черчению. Графические работы. - М.: «Просвещение», 2001. - 93 б. https://nbs 2. ru > wp-content > uploads > 2018/11.

7. Ro'ziyev E.I., Ashirboyev A.O. Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi. -T.: "Fan va texnologiya", 2010.

8. Ashirboyev A.O. Chizmachilik. -T.: "Yangi nashr" nashriyoti, 2008.

9. Rahmonov I., Qirg'izboyeva N., Ashirboyev A., Valiyev A., Nigmanov B. Chizmachilik. -T.: "Voris-nashriyot", 2016.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HAshirbaev Azim Ozodovich, dotsent, [Аширбаев Азим Озодович, Доцент], [Azim O, Ashirbayev, associate professor]; manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy. [адреа Город Ташкент, Чиланзорский район, улица Бунёдкор, 27.], [address: 27 Bunyodkor street, Chilanzor district, Tashkent city.]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.