Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA MATEMATIK VA GRAFIKLI DIKTANTNING AHAMIYATINI O’RGATISH'

BO‘LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA MATEMATIK VA GRAFIKLI DIKTANTNING AHAMIYATINI O’RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
98
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Algebraik material / matematik diktant / grafikli diktant / mantiqiy fikrlash / diqqat / vazifa / matematik terminologiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Davlatova Munisa Aminovna, Aminova Ozoda Qadamboy Qizi, Rajabova Gulrux Jumamurod Qizi

Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini algebraik materiallarni o'qitishga o'rgatish , matematik va grafikli diktantning o’quvchilarning bilim olishidagi ahamiyati va o’rni haqida so’z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA MATEMATIK VA GRAFIKLI DIKTANTNING AHAMIYATINI O’RGATISH»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIGA MATEMATIK VA

GRAFIKLI DIKTANTNING AHAMIYATINI O'RGATISH *Davlatova Munisa Aminovna, 2Aminova Ozoda Qadamboy qizi, 3Rajabova Gulrux

Jumamurod qizi

1Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'lim " fakulteti talabasi, 3Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'lim " fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10680714

Annotatsiya.Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini algebraik materiallarni o'qitishga o'rgatish, matematik va grafikli diktantning o'quvchilarning bilim olishidagi ahamiyati va o'rni haqida so'z boradi

Kalit so'zlar. Algebraik material, matematik diktant, grafikli diktant, mantiqiy fikrlash, diqqat, vazifa, matematik terminologiya.

Abstract. The article talks about the importance and role of mathematical and graphic dictation in students' learning, teaching future elementary school teachers to teach algebraic materials.

Keywords. Algebraic material, mathematical dictation, graphic dictation, logical thinking, attention, task, mathematical terminology.

Aннотация. В статье говорится о значении и роли математического и графического диктанта в обучении учащихся, обучении будущих учителей начальной школы преподаванию алгебраического материала.

Ключевые слова. Алгебраический материал, математический диктант, графический диктант, логическое мышление, внимание, задание, математическая терминология.

Ma'lumki maktablarda algebraik materiallarni o'qitish, bunday materiallarni o'zlashtirish sifatini tekshirish masalalariga bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari duch keladilar. Shuning uchun materiallarni o'zlashtirish , o'quvchilarga yanada tushunarli tarzda yetkazib berishda testlar, mustaqil ish yoki matematik diktantlar kabi turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ko'p hollarda esa matematik diktantlar og'zaki usullarda bajariladi. Bunday matematik diktantlarni quyidagicha o'tkazish mumkin. Misol uchun 2-sinfda haftada 1-2 marta frontal ravishda darsning kirish qismida matematik diktant olish mumkin. Matematik diktantlarning o'rtacha davomiyligi 5-7 daqiqani tashkil etishi lozim. O'qituvchi topshiriqni bir marta aytadi, o'quvchilar uni diqqat tinglab, javob yozishga ulgurishlari kerak. Ular savolni qayta so'rashi mumkin emas, aks holda boshqa bolalarga halaqit qilishi va ularni chalg'itishi mumkin. Vazifalar quyidagicha ko'rinishda bo'lishi mumkin:

1. Birinchi koeffitsient 2, ikkinchisi 6. Ko'paytmani toping.

2. 23 raqamidan 3 va 4 sonlarining ko'paytmasini ayiring.

3. 4 raqamini 8 marta oshiring.

4. 28 raqamini olish uchun 4 sonini necha marta ko'paytirish kerak.

5. 16 va 18 raqamlarining yig'indisidan 7 ni ayiring.

Bunday matematik diktantlarni o'quvchilar xatosiz va to'g'ri hisoblashlari uchun nafaqat yaxshi hisoblashi balki diqqat va tezkorligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Matematik diktantlar o'quvchining diqqatini jamlash qobiliyatlarini mukammal darajada oshiradi, tezlikni oshiradi, matematik nutqini rivojlantiradi, mantiqiy fikrlashga undaydi, matematika darslarida olgan bilimlarini yanada mustahkamlashga ko'maklashadi.

O'quvchilarning diqqatini kuchaytirishda matematik diktantlarning yana bir turi grafikli diktantlarni ham misol qilishimiz mumkin.

Grafikli diktantda o'quvchilarning hisoblash malakalari, o'ng-chap, tepaga va pastga tushunchalari, o'qituvchini tinglashga, tushuntirishlarni eslab qolishga qodir yoki qodir emasligini ko'rsatadi, rasm chizish ko'nikmalari ham yanada mustahkamlanadi.

Grafik diktant murakkablik darajasi o'sib borish tarzida tuziladi. Test katak qog'ozda bajariladi. Grafik diktantni bajarishda o'quvchilar topshiriqni to'g'ri bajarishi va qalamni qog'ozdan uzmasdan chizishi va chiziq uzluksiz bo'lishi muhim.

O'quvchilarning bajargan topshiriqlarini baholashda quyidagilarga e'tibor berilishi lozim: -o'quvchi berilgan topshiriqni yetarlicha qabul qila olganligiga; -o'quvchi topshiriqni qator oxirigacha to'g'ri va to'liq bajarganligiga; -berilgan topshiriqdagi vazifaning to'g'ri tasvirlanganligi; -chiziqlarning uzluksizligiga va tasvirning tiniq va tushunarliligiga; Masalan, o'quvchilarga quyidagi turdagi topshiriq o'qituvchi tomonidan og'zaki tarzda aytib turiladi:

2 4 2 4 ♦ 9 L

1 ♦ 1 4 2 1

2 12 + 0 L4 1 l

1 ♦ 2 1 1 9

1 -> 1 * 1 3 2

6 ♦ 1 3 f 2 2

10 3 4 4 4 ♦

2 4

Yuqoridagi topshiriq bajarib bo'lingach quyidagi tasvir hosil bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilar tekshirib olishlari uchun tasvirni ularga ko'rsatadi.

Matematik diktantlarning ustunligi:

Bilimlarni nazorat qilishning mashhur usullaridan biri bo'lib, maktablarda boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan keng qo'llaniladi.

Matematik diktantlar quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:

-Matematik terminologiyani egallash;

-Aqliy hisoblashni o'rgatish;

-Tematik lug'atni boyitish;

-Geometrik flguralarning nomlanishi;

-Matematik ifodalarni to'g'ri o'qish.

-Matematik diktantdan o'quvchilarning qiziqishini yo'qotmaslik uchun me'yorida foydalanish lozim. Xulosa

Yuqorida ko'rsatilgan algebraik materiallarni o'qitishdagi usullar odatda darsning boshida o'tkaziladi. Bundan tashqari bunday metodlarni darsning yangi mavzuni mustahkamlash qismida va o'tilgan mavzularni takrorlash darslarida ham qo'llashimiz mumkin. Matematik diktantlardan dars jarayonida foydalanish o'quvchida diqqat va e'tiborini oshiradi, darsga qiziqish uyg'otadi. Matematik diktant natijasida o'quvchilar mustaqil qaror qabul qilishga, hozirjavoblikka, o'z fikr-mulohazalarini erkin bildira olishga va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. I.V.Repyova, Y.V.Zemlina -2-sinf matematika darsligi I qism Toshkent: "Novda Edutainment" nashriyoti, 2023.

2. Bikbaeva N.U, R.I.Sidelnikova , G.A.Adambekova . Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. Toshkent "O'qituvchi" 1996.

3. I.IArginskaya, M.Fedorov "O'qituvchi uchun qo'llanma" 2014.

4. Boboyev.O.P, Shamsiyeva G.F "Matematikadan qo'shimcha masala, mashq va misollar" T:Turon-iqbol, 2017.

5. Jumayev E.E "Boshlang'ich matematika nazariyasi va metodikasi" T:Turon-iqbol, 2012.

6. Bozorova M.Q , Norpo'latova X,A, Olimov Q.T "Ta'limni faollashtiruvchi metodlar" o'quv qo'llanma Termiz 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.