Научная статья на тему 'Bo’lajak boshlang’ich sinflar o’qituvchisiga axborot texnologiyalari ning psixologik-pedagogik tahlili'

Bo’lajak boshlang’ich sinflar o’qituvchisiga axborot texnologiyalari ning psixologik-pedagogik tahlili Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
77
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bo’lajak boshlang’ich sinflar o’qituvchisiga axborot texnologiyalari ning psixologik-pedagogik tahlili»

Bo'lajak boshlang'ich sinflar o'qituvchisiga axborot texnologiyalari

ning psixologik-pedagogik tahlili

Ko'chkinova Ra'no Eshboyevna

Jarqo'rg'on tumani 10-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi,

Abdullayeva Yayra Boltayevna

Sariosiyo tumani 54-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi,

Boboeva Aziza Kamoliddinovna

Sariosiyo tumani 19-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi,

Qobilova Salomat Boboyevna

Sherobod tumani 54-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Yangi o'quv f ani bo'lgan „Axborot texnologiyalari" f anida axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari, axborotlarni qayta ishlash, axborotlarning amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o'rgatiladi. „Axborot texnologiyasi" fani matematika, fizika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog'liq. „Axborot texnologiyalari" iborasidagi „texnologiya" so'zi lotincha „thexnos" — san'at, hunar, soha va „logos" — fan degan ma'noni bildiradi.

Ya'ni texnologiya — biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko'rinishini bildiradi. Axborot texnologiyalari axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo'lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo'lishi (yaratilishi), turlari. xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, o'zatish, saqlash va h.k.

Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. Axborot texnologiya-sining texnik vositalaridan namunalar keltirilgan. Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma'lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit'a)da yashovchi o'rtog'ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik.

Buni turli yo'llar orqali amalga oshirishingizmumkin. Siz o'rtogingizga o'z fikringizni (o'z navbatida, o'rtogingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali etkazishingiz mumkin:3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.

1) aloqa bo'limi orqali (yozma ravishda);

2) telefon tarmoqlari orqali(og'zaki);

3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali hayotiy tajriba shuni ko'rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo'ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o'zingiz belgilab olasiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga oshirish uchun ketadigan mablag'larni chamalab ko'rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin.

Albatta, yuqorida ko'rsatilgan usullardan foydalanish o'zatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog'liq. Pirovardida, o'zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo'lmaganda arzonrog'i) va sifati yuqori bo'lgan usulni belgilab olasiz.

Axborotni o'zatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko'rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko'nikma va malakalariga bog'liq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy telekommu-nikatsiya vositalarining o'zi nimaligini bilib olishingiz kerak. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo'lib, unga „Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fanidan ma'lum bo'lgan kompyuter, mul'timedia vositalari, komp'yuter tarmoqlari, internet kabi tushunchalardan

tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Boularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.

XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin. Hozirgi kunda har bir tashkilot, o'quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va hodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug'ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko'radi va rirovardida o'zida avtomatlashtirish uchun kerak bo'ladigan texnik jihozlarni harid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o'rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan-yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi.

XX asrning so'nggi o'n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va o'zatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida jamiyatning har bir a'zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng, axborotlashtirish va axborot texnolgiyalaridan foydalanish yo'nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida„gi qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so'nggi 5-6 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.

Hozirgi kunda ta'lim sohasida o'qitishni avtomatlashtirishga katta e'tibor berilmoqda, chunki zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O'qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga qo'yidagilarni kiritish mumkin:

a) ta'lim tizimining barcha pog'onalarida axborotlashtirishning etakchi bug'inligini ta'minlash;

b) barcha sohalar bo'yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;

v) axborotlashtirish sohalarida me'yoriy bazalarni yaratish (koordinatsiyalar, metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar va x.k.);

g) texnik ta'minotni — komp'yuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko'rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish; d) telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun'iy yo'ldoshlari va boshqa aloqa kanallari) tarmoqlari; e) ta'minot resurslari (dasturiy ta'minot, internetdagi axborotlar majmui, ma'lumotnomalar va x.k.). ichiga qator vazifalarni oladi.

Quyida axborotlashgan faoliyat ob'ektlari haqida gap yuritamiz.

Bunday ob'ektlarga sonlar (o'lchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) kiradi. Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot ob'ektlarini yaratish, kerakli axborot ob'ektlarini izlash, axborotlarni yig'ish, tahlil qilish va ajratib olish, tashqillashtirish, kerakli ko'rinishda tasvirlash, axborot ob'ektlarini (matn, suhbat, rasm, o'yin va boshqa ko'rinishda) o'zatish, modellashtirish, loyihalash, ob'ektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi. Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o'zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o'z ichiga oladi:

— Komp'yuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, mul'timedia proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy

neflaromnecKue HayKU

ta'minoti; — uskunaviy dasturiy ta'minot; 11

— virtual matn konstruktorlari, mul'tiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik haritalar, ekran protsessorlari va x.k.; — axborotlar majmui — ma'lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.; — texnik ko'nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o'zlashtirish va x.k.) Axborot tarmog'i — aloqa tizimlarida kompyuterlarning bir-biri bilan bog'lanishi Axborot tizimi —belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakl va mazmuniga ko'ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsiplar, qayta ishlashda qo'llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarnin o'zaro bog'langan majmui. Axborot texnologiyasi fani — axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi texnik vositalarni ishlatishni o'rgatuvchi fan. Intellektual axborotli izlash tizimlari — ish joyidan turib bilimlar omboridagi kerakli axborotni izlashga imkon beradigan tizimlar. Internetning axborotli qismi — internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videoyozuv va hokazo ko'rinishidagi axborotlar majmui.

„Texnologiya" tushunchasi moddiy ishlab chiqarish sohasida keng foydalaniladi. Entsiklopedik va maxsus adabiyotlarda mazkur tushunchaning turlicha ta'rif lari mavjud. Entsiklopedik lug'atda texnologiyani „mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, modda yoki yarim tayyor mahsulotga ishlov berish, tayyorlash, xossalari, shakli, xolatlarini o'zlashtirish metodlari majmuidan iborat" deb ta'rif lanadi .

Texnologiya metodlari tasodifiy emas va ularning hammasi yagona maqsadga erishish — konkret mahsulotni olishga qaratilgan bo'ladi. Har qanday (moddiy va ijtimoiy) faoliyat sohasidagi texnologiyaning asosiy bo'g'ini aniq natijasi mufassal aniqlash va unga aniq erishishdan iborat.

Dastlabki mahsulotni o'zgartirish metodlari majmuasi va ketma-ketligi ma'lum ishlab chiqarish usulini aniqlab beradi. Shunday qilib, texnologiya parametrlari berilgan mahsulotni ishlab chiqarishning ma'lum usuli bo'lib, ishlab chiqarish vositalaridan odam boshqaruvi ostida foydalaniladi Bu yerdan ko'rish mumkinki, texnologiya ma'lum faoliyat bilan bog'liq va faqat shu faoliyat natijasida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish vositalari texnologiyada ustivor ahamiyatga ega bo'lib, mahsulotni olishda asosiy yuklamadir.

Demak, texnologiyaning o'zlashtirilishi, bir tomondan vositalarni o'rganish bilan, va, ikkinchi tomondan, shu vositalar bilan olib boriladigan, maqsadga yo'naltirilgan faoliyatni egallash bilan bog'liqdir. Shu bilan birga, foydalaniladigan vositalarning imkoniyatlarini bilish faoliyatini texnologiya doirasida optimallashtirish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.

1. Bikboyeva.N.U. Yangiboyeva E.Ya. Ikkinchi sinf matematika darsligi. T., —O'qituvchill 2009

2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G\ Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. (OO'Y uchun

darslik.) T., —Fan va texnologiyaill 2005 .

3. Axmedov M. .Abduraxmonova N.Jumaev M.E. Birinchi sinf matematika darsligi metodik qo'llanma.)T.

—Sharqll 2005 ., 96 bet

4. Jumayev M.E, Matematika o'qitish metodikasi (K.H.K uchun ) T., —Ilm Ziyoll 2003 .

5. Jumayev E.E, Boshlang'ich matematika nazariyasi va metodikasi. (O.O\U uchun) T., —Turon iqbolll

2009 .

EBpa3MMOKMM HayHHbii/i wypHa.

17

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.