Научная статья на тему 'BIZ IS’TEMOL QILADIGAN MEVA VA SABZAVOTLARNING TA’MI NIMAGA BOG‘LIQ? O‘SIMLIK VAKUOLASI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?'

BIZ IS’TEMOL QILADIGAN MEVA VA SABZAVOTLARNING TA’MI NIMAGA BOG‘LIQ? O‘SIMLIK VAKUOLASI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ? Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
477
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tonoplast / terpenoidlar / kapsaitsin / inulin / solanin / allitsin / Tonoplast / terpenoids / capsaicin / inulin / solanin / allitsin

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Djabborov Saidjon Mamadaliyevich

O`simliklarda moddalar almashinuvi natijasida turli moddalar hosil bo`lishi va saqlanishi yoki hujayradan chiqarilishi kuzatiladi. Bu boradiga o`simliklarga xos hujayra organoidi vakuolaning qanchalar o`rni muhim ekanligi tushunarli albatta. Hujayra yoki uning tarkibiy qismlari ayirim vazifalarini bajarishga ixtisoshlashgan bo`lib, bu ularning molekulyar darajda tuzilishi hamda boshqarilishi bilan bog`liq. Biz iste`mol qiladigan o`simlik mahsulotlarini ta`mi nimaga bog`liq ekanligi barchamizni qiziqtiradi hamda bu borada kerakli bilimga ega bo`lishga undaydi. Ushbu maqolada o`simliklarga xos hujayra organoidlari vakuolaning funksiyasi, takibi, o`ziga xosligi, meva, sabzovot va poliz ekinlarini ta`mini belgilashdagi o`rni haqidagi ma`lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WHAT DOES THE TASTE OF THE FRUIT AND VEGETABLES WHICH WE EAT DOWN? WHAT DO YOU KNOW ABOUT THE PLANT VACUUM?

In plants, as a result of metabolism, various substances are formed and stored or removed from the cell. In this regard, it is clear how important the role of plant cell organelles vacuole. The cell or its components specialize in performing certain functions, which is due to their structure and control at the molecular level. We are all interested in what the taste of the plant products we eat depends on, and it encourages us to have the necessary knowledge in this regard. This article provides information on the role of plant cell organelles in determining the function, follow-up, specificity of the vacuole, the taste of fruits, vegetables and melons.

Текст научной работы на тему «BIZ IS’TEMOL QILADIGAN MEVA VA SABZAVOTLARNING TA’MI NIMAGA BOG‘LIQ? O‘SIMLIK VAKUOLASI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?»

^^ 20

TA'MI

Djabborov Saidjon Mamadaliyevich

Denov tumani 17-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Annotatsiya: O^simliklarda moddalar almashinuvi natijasida turli moddalar hosil bolishi va saqlanishi yoki hujayradan chiqarilishi kuzatiladi. Bu boradiga o^simliklarga xos hujayra organoidi vakuolaning qanchalar o^rni muhim ekanligi tushunarli albatta. Hujayra yoki uning tarkibiy qismlari ayirim vazifalarini bajarishga ixtisoshlashgan bolib, bu ularning molekulyar darajda tuzilishi hamda boshqarilishi bilan bogliq. Biz iste^mol qiladigan o^simlik mahsulotlarini ta^mi nimaga bogliq ekanligi barchamizni qiziqtiradi hamda bu borada kerakli bilimga ega bolishga undaydi. Ushbu maqolada o^simliklarga xos hujayra organoidlari vakuolaning funksiyasi, takibi, o^ziga xosligi, meva, sabzovot va poliz ekinlarini ta^mini belgilashdagi o^rni haqidagi malumotlaryoritilgan. Kalit so'zlar: tonoplast, terpenoidlar, kapsaitsin, inulin, solanin, allitsin

WHAT DOES THE TASTE OF THE FRUIT AND VEGETABLES WHICH

WE EAT DOWN? WHAT DO YOU KNOW ABOUT THE PLANT

VACUUM?

Djabborov Saidjon Mamadaliyevich

Denau District Specialized Boarding School No. 17 with in-depth study of certain subjects

Abstract: In plants, as a result of metabolism, various substances are formed and stored or removed from the cell. In this regard, it is clear how important the role of plant cell organelles vacuole. The cell or its components specialize in performing certain functions, which is due to their structure and control at the molecular level. We are all interested in what the taste of the plant products we eat depends on, and it encourages us to have the necessary knowledge in this regard. This article provides information on the role ofplant cell organelles in determining the function, follow-up, specificity of the vacuole, the taste offruits, vegetables and melons. Key words: Tonoplast, terpenoids, capsaicin, inulin, solanin, allitsin

KIRISH QISMI. Qadimdan insonlar o'simliklarning turli qismlaridan har xil maqsadda foydalanib kelishgan. Biz iste'molga yaroqli bolgan o'simliklarning mevasi, urug'i, ildizi (ildizmevalar), shakli o'zgargan yerosti poyalari (piyozboshi, tugunagi), poyasi va barglar (ko'katlar) ni ovqatga ishlatamiz yoki yangiligicha is'temol qilamiz. Biz is'temol qiladigan o'simliklar mevalari va sabzavotlar tami o'ziga xos bolib, ularga qanday modda shunday tamni beradi?

Malumki o'simlikning barcha organlari (ildiz, shakli o'zgargan yerosti poyalari, meva va uruglari) hujayralardan tuzilgan. Bu hujayralarda o'simliklarga xos organoid vakuolalar boladi. Osha vakuolalarda suv va unda erigan har xil

moddalar bo'ladi. Bu moddalarning uchrashiga qarab biz is'temol qiladigan o'simliklar organlari (ildiz, shakli o'zgargan yerosti poyalari, meva va urug'lari) malum bir ta'mga ega bo'ladi. O'simliklar hujayralarida uchraydigan vakuolalar haqida qisqacha to'xtalib o'tsak.

ASOSIY QISM. Vakuolalar. O'simlik hujayrasi uchun eng xarakterli bo'lgan organoiddir. Vakuolalar bir membranali organoidlar bo'lib, o'simlik hujayrasini ko'p qismi egallaydi. Hayvon hujayralarda uchraydigan hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalardan farq qilib o'simlik vakuolalari kattalashishi bilan ajralib turadi. O'simlik hujayrasida suv ko'p miqdorda bo'lgani uchun vakuola sistemasi yaxshi rivojlangan. Yosh hujayralarni endoplazmatik to'rida ko'p mayda pufakchalar bo'lib, ular o'zaro qo'shilib kattalashadi va endoplazmatik to'rdan ajrab chiqadi va yagona yirik vakuolaga aylanadi. Vakuolaning membranasi tonoplast deyiladi, ichidagi suyuqlik hujayra shirasidan iborat.

Vakuola shirasining tarkibi murakkab bo'lib o'z ichiga organik moddalar, mineral tuzlarni oladi hamda 70-95 % gacha suv uchrashi mumkin. Vakuolada moddalar almashinuvida ikkilamchi foydalanilishi mumkin bo'lgan aminokislotalar, uglevodlar, oqsillar va organik kislotalardan tashqari, fenollar, alkaloidlar, taninlar, antotsianlar kabi sitoplazmada moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan moddalar ham bor bo'lib, unda organik kislotalar, oqsillar, aminokislotalar, uglevodlar, glikozid va alkaloidlar, tuzlar, oshlovchi moddalar, pigmentlar bo'ladi. Vakuolalar shirasi ko'pincha nordon reaksiyaga ega.

Vakuolalarning muhiti (pHi). Ko'pchilik hollarda pH 5-5,6 atrofida bo'ladi. Bu esa vakuolalarni ikkilamchi lizosomalar sifatida qarashga imkon beradi. Vakuolalarning shirasi yanada nordon bo'lishi mumkin. Masalan, ushbu ko'rsatkich limonda-2, begoniya o'simligida-1 bo'lishi mumkin. Ayrim poliz ekinlarida masalan, bodring, qovun va boshqa bir qancha o'simliklar vakuolalarining pH muhiti, kuchsiz ishqoriy holatga ham ega bo'lishi mumkin. Vakuolalar hujayraning osmotik

^ 20

bosimi

Organik kislotalar. Sabzovot mahsulotlari tarkibida limon kislota, olma kislota, oksalat (shavel) kislota va bazi boshqa xildagi kislotalar boladi. Kislotalar sabzovot mahsulotlarining tam sifatini yaxshilaydi va ovqatning o'zlashtirilishiga yordam beradi. Biroq otquloq, rovoch o'simligi bazi boshqa sabzovotlar tarkibida uchraydigan oksalat kislotani ortiqcha iste'ol qilish zararlidir. Organik kislotalar o'simliklarda moddalar almashinuvida, xususan nafas olishda

muhim roi o'ynaydi. Ularning hujayra shirasida ko'proq to'planishi nordon ta'mni beradi.

Organik kislota turlari va ahamiyati.

tozalashda ishlatiladi.

Limon kislotasi. Ko pgina o'simliklar mevalarida shu jumladan limon tarkibida (80 %) gacha, malina, uzum, qoraqat va boshqa boladi. Oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida,

shunigdek metallarni zangdan

Oksalat kislota. Shavil barglarida uchraydi. Bu kislotadan ehtiyot bo'lish tavsiya etiladi. Sababi uning tuzlari oksalatlar suvda erimasdan buyrak va

peshob pufaklarida tosh yig'ilishiga olib keladi. Oksalat kislota matolarni oqartirishda va zanglarni yo'qotishda ishlatiladi.

Askorbin kislota. Ko pchilik sabzavot va ko katlar tarkibida jumladan na'matak, qoraqat, limon, apelsin mevalarida piyoz, sarimsoq ko pchilik

o'símlíklar mevasi va o'simliklarning yashíl qísmída uchraydí. Oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatída

íshlatíladí

Olma kislotasi. Ravoch, xom olma, uzum, zírk va tamakida bo'ladi. Olma kislota tibbiyotda surgilar va bo'g'ilishga qarshi preparatlar tayyorlashda

íshlatíladí.

Uzum kislota. Uzum navlarída uchraydí. Gazlí ichimliklar tayyorlashda,

qandolatchilikda, analítík

kimyoda, to'qimachilikda,

tibbiyotda íshlatíladí.

Folik kislota: Karam, ismoloq va sítrus va donlí mevalar tarkíbída mavjud.

Bundan tashqarí, bu vitaminning bir turi. Bu ínson tanasidagi to'qimalarning ajralmas qismi hisoblanib DNK qurish jarayonída va homilani normal shakllanishida muhím ahamíyatga ega.

Alkaloidlar. Ular azot tutuvchi zaharli moddalarga kíradí. Alkaloídlarga moddalar almashi-nuvining mahsulotlarí deb qaraladí. Bularga morfin, atropin, gossipol va boshqalar kíradí. Ayirim alkaloidlar sabzovotlarga uchrash miqdoriga qarab achíchí yokí chuchuk ta'm beradi. Masalan qalampir tarkíbídagí kapsaitsin alkaloidi miqdoriga qarab ta'mi o'zgaradi.

Uglevodlar. Hujayra shírasída karbon suvlarídan glukoza, fruktoza, saxaroza, ínulín uchraydí. Inulin polísaxarídlarga kíradí (S6 N10 O5)n. Qovun, sabzi, no'xat,

piyoz va lavlagida saxaroza; karam, bodríng, qovoq va tarvuzda glukoza ko'p bo'ladi. Meva va sabzaovotlarga o'ziga xos shirin ta'mni beradi.

Ilm-fan va ta'limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

Glyukozidlar. Tarkibida azot saqlovchimoddalar bor, ta'mi achchiq va ko'p

OH

fe.

incha zaharli xossalarga ega. Bular orasida solanin moddasi eng keng tarqalgan bo'lib, u kartoshka va boshqa ituzumdosh o'simliklarda to'planadi.

Fitonsidlar. Bakteritsidlik xususiyatiga ega. Fitonsidlar-tabiiy antibiotiklardir. Kimyoviy tabiatiga ko'ra fitonsidlar efir moylari, organik kislotalar, aminokislota va alkaloidlar bo'lishi mumkin. Ular suyuq va gazsimon bo'ladi. Piyozdan allitsin antibiotigi ajratib olingan, suvda yomon eriydi. Fitonsidlar odam va hayvonlarda kasallik tarqatuvchi patogenlarga ham ta'sir etadi.

Fitoaleksinlar. Patogen makroorganizm lar ta'sirida hosil bo'luvchi, mikroblar faoliyatini to'xtatuvchi kichik molekulali moddalardir. Fitoaleksanlar kimyoviy jihatdan izoflavonoid, seskviterpenlar polipeptidlar hosilalari hisoblanadi. Kimyoviy tarkibi bo'yicha — glikozidlar, terpenoidlar va boshqa ikkilamchi metabolitlardan iborat.Shu vaqtgacha 20 ga yaqin fitoaleksanlar o'rganilgan.

mahsulotlari (masalan, sarimsoq, shivit, yalpiz, petrushka) da bo'lib, aksariyat hollarda u himoya rolini bajaradi. Ular uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar,

fenollar, aldegidlar, murakkab efirlar hamda ba'zi geterotsiklik birikmalar aralashmasidan tashkil topgan uchuvchan suyuq moddalar. Efir moylari ko'pgina o'simliklar tarkibida bo'lib, ularga hid beradi. Efir moylari sanoatda va farmatsevtikada qo'llanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hujayra biologiyasi H.U.Halbekova , I.A.Abdulov Toshkent "VNESHINVESTPROM" 2G19-yil

2. Bioximiya Yo.X.To'raqulov Toshkent "O'zbekiston" 1996-yil

3. Biologiya 5-sinf darslik O'.Pratov, A.To'xtayev, F.Azimova, Z.Tillayeva Toshkent "O'zbekiston" 1996-yil

4. Sitologiya, embriologiya, gistologiya S.To'ychiyev, N.Toshmanov Toshkent "Yangi asr avlodi" 2005-yil

5. ©fayllar.org 2017 Sabzovot ekinlarini ahamiyati, kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik.

6. ©fayllar.org 2020 O'simlik hujayrasining tuzilishi va funksiyalari

7. https://ziyonet.uz/ В. Vikipediya

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.