Научная статья на тему 'BIOLOGIYANI O’QITISHDA O’QUVCHILARDA SHAKLLANADIGAN KOMPETENSIYALAR'

BIOLOGIYANI O’QITISHDA O’QUVCHILARDA SHAKLLANADIGAN KOMPETENSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Barkamol shaxs / ilmiy dunyoqarash / tafakkur / ekologik madaniyat / estetik tarbiya / iqtisodiy tarbiya / jismoniy tarbiya / gigiyenik tarbiya / mehnat tarbiyasi. / Perfect personality / scientific worldview / thinking / ecological culture / aesthetic education / economic education / physical education / hygienic education / labor education.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sulliyeva S.X.

Ushbu maqolada biologiyani o‘qitishda avvalo, o‘quvchilarga biologiya fanining o’qitilishida avvalo o’quvchilarda shakllanadigan va shakllanishi kerak bo’lgan asosiy kompetensiyalar va biologiyaning asosiy g‘oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy bog‘langan holda ta’lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltirilishi kerak bо‘lishligi hamda o’quvchilarga biologiya fanini o’tishda o’qituvchilarga qo’yilgan talablar bо‘yicha fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPETENCES FORMED IN STUDENTS IN BIOLOGY TEACHING

This article, first of all, when teaching biology, examines the basic competencies that are and should be developed in students, as well as the basic ideas, theories, laws and concepts of biology, and the formation of a scientific worldview in students. and that it is necessary to create an education system inextricably linked with the formation of a conscious attitude of man towards nature and society, and opinions were also expressed about the requirements for teachers when transmitting biology to students.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYANI O’QITISHDA O’QUVCHILARDA SHAKLLANADIGAN KOMPETENSIYALAR»

Sulliyeva S.X.

Termiz davlat universiteti, Botanika kafedrasi dotsenti

O'zbekiston, Surxondaryo

BIOLOGIYANI O'QITISHDA O'QUVCHILARDA SHAKLLANADIGAN

KOMPETENSIYALAR

Annotatsiya. Ushbu maqolada biologiyani o'qitishda avvalo, o 'quvchilarga biologiya fanining o 'qitilishida avvalo o 'quvchilarda shakllanadigan va shakllanishi kerak bo 'lgan asosiy kompetensiyalar va biologiyaning asosiy g'oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy bog'langan holda ta 'lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltirilishi kerak bo'lishligi hamda o 'quvchilarga biologiya fanini o'tishda o'qituvchilarga qo'yilgan talablar bo'yicha fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: Barkamol shaxs, ilmiy dunyoqarash, tafakkur, ekologik madaniyat, estetik tarbiya, iqtisodiy tarbiya, jismoniy tarbiya, gigiyenik tarbiya, mehnat tarbiyasi.

Sulliyeva S.Kh. associate professor Department of Botany, Termiz State University

Uzbekistan, Surkhandarya

COMPETENCES FORMED IN STUDENTS IN BIOLOGY TEACHING

Abstract. This article, first of all, when teaching biology, examines the basic competencies that are and should be developed in students, as well as the basic ideas, theories, laws and concepts of biology, and the formation of a scientific worldview in students. and that it is necessary to create an education system inextricably linked with the formation of a conscious attitude of man towards nature and society, and opinions were also expressed about the requirements for teachers when transmitting biology to students.

Keywords. Perfect personality, scientific worldview, thinking, ecological culture, aesthetic education, economic education, physical education, hygienic education, labor education.

Barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi avvalo, o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi. Tabiat to'g'risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan - biologiya zimmasiga o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha ma'suliyatli

vazifalar tushadi. Shu sababli, ham maktab biologiya o'quv fanining mazmuni o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega.

Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. O'quvchilarning biologiya o'quv fanini o'rganishi biologik obektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e'tiqodlari sitemasini tashkil etadi. О'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni "Tabiat-inson-jamiyat" munosabatlarining tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tushunishga asoslanadi.

Botanika o'quv fani dasturidan o'rin olgan "O'simlik-yaxlit organizm" mavzusini o'rganishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga asos bo'ladigan bilimlar umumlashtiriladi, tabiatni muhofaza qilishga doir ko'nikmalarni amaliyotga qo'llash imkoniyati tug'iladi. Mazkur biologik bilimlar muayyan darajada o'quvchilarning atrof-muhitga bo'lgan munosabati, hattiharakatini belgilaydi. Shu sababli o'qituvchi ushbu mavzuni o'rganishda jiddiy tayyorgarlik ko'rishi, o'quvchilarning e'tiborini mazkur bilimlarga tayanib, tabiiy boyliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini anglagan holda ularni asrash lozimligi haqida xulosa chiqarishiga yo'naltirishi lozim.

O'quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim: O'quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning o'zaro aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni o'zlashtirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga asos bo'ladigan ekologik bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga erishish; Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng ma'nodagi ahamiyatini tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish; Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitning tozaligini asrash, ko'kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni ko'paytirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish motivlarini shakllantirish.

O'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish barkamol shaxsni kamolga yetkazish borasida olib borilayotgan ta'lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutish zarur.

Estetik tarbiya. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'lim oluvchilarda boy estetik dunyoqarashni hosil qilish masalasiga keng e'tibor berilgan. Ma'lumki, estetika - go'zallik elementlari, sharoitlari va qonunlari to'g'risidagi fandir. Estetik tarbiya go'zallik hissi, tuyg'ular, badiiy didni rivojlantirishga qaratilgan. Estetika mehnatda, ijtimoiy va shaxsiy hayotda o'z atrofida go'zallik barpo etishga intilishni vujudga keltiradi. Go'zallikni ko'ra bilish, idrok qilish, barpo etish va chiroyli ish ko'rish - tarbiya vazifalaridan biridir. Tabiatshunoslik darslarida o'qituvchi o'simliklarning organlari, gul va mevalar, o'simliklar qoplamini o'rganishda ularning go'zalligini yoritadi. Bunda o'quvchilarning e'tiborini o'simliklarning tashqi go'zalligiga qaratib, ulardagi yashirin go'zallik hayoti, muhit bilan uyg'unlashishi, tabiat va inson hayotida tutgan o'rnini idrok qilishga o'rgatadi. O'quvchilarni estetik tarbiyalashda biologiya o'quv xonasi,

tirik tabiat burchagi, maktab tajriba yer maydonlarida vujudga keltirilgan tartib, shinamlik va go'zallik muhim rol o'ynaydi.

Iqtisodiy tarbiya. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o'tishi, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish zaruratini keltirib chiqaradi. O'quvchilar botanika, zoologiya, umumiy biologiya o'quv fanlarida o'simlik va hayvonlarning mahsuldorligi, dalalarning unumdorligini oshirish, tuproq va yerga nisbatan munosabatini tubdan o'zgartirish, olinadigan mahsulotlarni ham miqdor, ham sifat jihatdan orttirish masalalari bilan tanishadilar. O'qituvchi o'rganilayotgan mavzu mazmuniga bog'liq holda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirishi zarur.

Jismoniy tarbiya - har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning ajralmas qismi bo'lib, o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy, aqliy, estetik jihatdanuyg'un rivojlanishini ta'minlaydi. Jismoniy tarbiya o'quvchilarning aqliy va ma'naviy-axloqiy tarbiya bilan uzviy holda amalga oshirilgandagina kutilgan natijalar, jumladan, o'z salomatligini asrash va mustahkamlash, hattiharakatlarning gigiyenik meyorlari, harakat ko'nikmalarini tarkib toptirish mumkin. Jismoniy tarbiya masalasi biologiyani o'qitish metodikasida inson organizmining tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi bilan uzviylikda o'rganish orqali amalga oshiriladi.

Gigiyenik ta'lim-tarbiya o'quvchilarning sog'liklarini saqlash va mustahkamlash shart-sharoitlari va ularni vujudga keltirish haqidagi bilimlarga asoslanadi. Tabiatshunoslikni o'qitishda gigiyenik tarbiya asosiy o'rinni egallaydi va mavzu mazmuniga bog'liq holda amalga oshiriladi.

Mehnat tarbiyasi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat tarbiyasi muhim rol o'ynaydi. Shu sababli ham uzluksiz ta'lim tizimi oldiga qo'yilgan muhim vazifa, fan va texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat ehtiyojlari, o'quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlariga muvofîq holda kasb tanlashga yo'llash, ularda mehnat va o'quv mehnati ko'nikmalarini shakllantirishga e'tibor qaratish zarurligi ko'rsatilgan. Mehnat tarbiyasi o'qitishning nazariya va amaliyotning uzviy bog'liqligi prinsipini amalga oshirish, o'quvchilarda mehnat faoliyatiga nisbatan ijobiy motivlar, mehnat vositalari va qurollariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, o'quvchilar o'rtasida o'zaro hamkorlikni vujudga keltirishga zamin tayyorlaydi.

O'quv dasturidan o'rin olgan mavzular bo'yicha laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish jarayonida o'quvchilarda mikroskop bilan ishlash, mikropreparatlar, majmualar tayyorlash, darslik, ko'rgazma vositalari va tarqatma materiallari ustida mustaqil ishlash kabi o'quv mehnati ko'nikmalari shakllantiriladi. Bu ko'nikmalar kelgusida o'quvchilarning tanlaydigan kasbi bo'yicha mehnat ko'nikmalariga aylanishi mumkin.

Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda o'qituvchi o'quvchilarni mehnat faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorlash, mehnat madaniyatini takomillashtirish, shuningdek, o'quvchilarning o'zlashtirgan nazariy bilimlaridan foydalangan holda aqliy va jismoniy mehnatni to'g'ri tashkil etish ko'nikmalarini

tarkib toptirishga e'tiborni qaratishi lozim. Mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biri barkamol shaxsning asosiy fazilatlari bo'lgan mehnatsevarlikni rivojlantirish sanaladi. Bu jarayonda o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy, aqliy, hissiy-irodaviy, ruhiy, jismoniy jihatdan uyg'un rivojlanishini amalga oshirish maqsadida xalqimizning boy ma'naviy durdonalari bo'lgan hadislar, hikmatli hikoyalar, maqollardan foydalanish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Qurbonalijon G'aybullo o'g, Z. (2021). Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o'tkazish. Scienceweb academic papers collection.

2. Amonova G. R., Rashidov N. E. Useful Properties of Medicinal Chamomile (Matricaria Recutita) //European journal of innovation in nonformal education. -2024. - Т. 4. - №. 4. - С. 130-132.

3. Qurbonalijon G'aybullo o'g, Z. (2021). Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o'tkazish. Scienceweb academic papers collection.

4. Суллиева, С. Х., & Замонова, З. У. (2020). Методология планирования классической работы. Экономика и социум, (1 (68)), 774-776.

5. Sullieva, S. X., & G'Zokirov, Q. The Structure of the Yield of Winter Wheat When Using Herbicides Against Weeds. International Journal on Integrated Education, 3(11), 37-40

6. Khurramovna, S. S. (2022). The reaction of watermelon (citrullus lanatus (thunb.) matsum. et nakai.) to environmental factors. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 3, 99-102.

7. Khurramovna, S. S., & O'g, Z. Q. G. A. (2021). Economic efficiency of application of herbicides against double and double weeds in autumn wheat field.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.