Научная статья на тему 'BIОLОGIYANI O’QITISH SHАKLLАRI'

BIОLОGIYANI O’QITISH SHАKLLАRI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
1493
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’qitish / biologiya shakllari / o’qitish jarayonlari.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Nurmаtоvа Bаrchinоy

Mа’lumki, o’qitish jаrаyoni dеgаndа, o’quvchilаrning muаyyan o’quv mаtеriаlini o’zlаshtirish, bilish usullаrini egаllаshgа qаrаtilgаn o’quv-bilish fаоliyati vа o’qituvchining mаzkur jаrаyonni tаshkil etish vа bоshqаrishgа аsоslаngаn pеdаgоgik fаоliyati оrqаli o’zаrо hаmkоrlikdа o’quv mаqsаdlаrigа erishilаdigаn jаrаyon tushunilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIОLОGIYANI O’QITISH SHАKLLАRI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. BIOLOGIYANI O'QITISH SHAKLLARI

Nurmatova Barchinoy

biologiya fani o'qituvchisi, Quva tuman kasb-hunar maktabi

ANNOTASIYA

Ma'lumki, o'qitish jarayoni deganda, o'quvchilarning muayyan o'quv materialini o'zlashtirish, bilish usullarini egallashga qaratilgan o'quv-bilish faoliyati va o'qituvchining mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik faoliyati orqali o'zaro hamkorlikda o'quv maqsadlariga erishiladigan jarayon tushuniladi.

Kalit so'zlari: O'qitish, biologiya shakllari, o'qitish jarayonlari.

O'qitish jarayoni tashkil etiladigan va boshqariladigan jarayon ekan, u qanday shakllarda tashkil etiladi degan savol tug'iladi?

Didaktika va biologiya o'qitish metodikasiga oid manbalarda o'qitish jarayoni va uning shakllariga turlicha ta'rif berilgan. Jumladan, didaktik olim Yu.K.Babanskiy fikricha, o'qitishni tashkil etish shakllari ta'lim- tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan individual yoki yalpi o'qitishning nisbati, o'quv-bilish faoliyatining faollik darajasi, hamkorlikda tashkil etilgan o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyati va o'qituvchining rahbarlik roli, pedagogik faoliyatining me'yorini belgilaydi.

Biologiya o'qitish metodikasida o'qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan o'qitishning asosiy shakli bo'lgan dars, unga bog'liq holda ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va iхtiyoriy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar kiradi.

Mazkur o'qitish shakllari birgalikda biologiya o'qitish shakllari tizimini tashkil etadi.

O'qitishning asosiy shakli bo'lgan - dars, ularni bog'lovchi vazifasini bajaradi va o'qitishda etakchi o'rinni egallaydi.

Dars, ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg'ulotlar birgalikda biologiyani o'qitishdan ko'zda tutilgan umumiy o'quv maqsadlariga erishishni ta'minlaydi, o'quvchilar tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish, olingan natijalarni tahlil qilishga хizmat qiladi.

O'qitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari bo'lgan dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg'ulotlarning har biri biologik ta'lim oldiga qo'yilgan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga хizmat qiladigan alohida o'z ulushi mavjud.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Mazkur ulushni xususiy maqsadlar xam deyish mumkin. O'qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta'lim mazmuni, maqsadi, vazifasiga bog'liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi.

Shu sababli, o'qituvchi tomonidan o'qitish shakllarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya'ni ta'lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi, ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o'rni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi e'tiborga olinishi lozim.

Masalan, o'rganiladigan mavzu kattalashtiruvchi asboblar yoki laboratoriya jihozlari bilan bog'liq, shuningdek, anatomik mazmun, fiziologik jarayonlar, nazariya, g'oya, tushunchalar, qonunlar, masala yechish o'rganiladigan bo'lsa, unda albatta o'qitishning asosiy shakli bo'lgan darsni tanlash zarur.

O'qituvchi tomonidan o'qitish shakllarini to'g'ri tanlashda biologiya o'quv xonasining jihozlanishi va o'quv-moddiy texnika bazasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi o'qitish shakllarining maqsadi va vazifalarini to'g'ri anglagan holda, mazkur jarayondan tasviriy, tabiiy va tarqatma materiallar tayyorlash orqali ko'rgazmalilikni amalga oshirishni ko'zda tutishi lozim.

Shunday qilib, biologiyani o'qitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg'ulotlar muayyan tizimni hosil qilib, ular o'quvchilar tomonidan belgilangan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, bilish faoliyati usullarini egallash va o'qitish samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.

Dars o'qitishning asosiy shakli bo'lib, unda biologiya o'quv dasturidan o'rin olgan o'quv materialining asosiy qismi o'rganiladi. Darsda o'qituvchi ta'lim mazmuni, o'qitish metodi va vositalarining uyg'unligi orqali o'qitish maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. Lekin, hamma masalalarni ham darsda o'rganish imkoni bo'lmaydi, masalan uzoq muddatli kuzatish ishlarini talab etadigan tajribalarni o'tkazishda darsdan tashqari ishlardan foydalaniladi.

Darsdan tashqari ishlarning davomiyligiga ko'ra: qisqa muddatli, mavsumiy yoki yillik bo'lishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan tajribalar qisqa muddatli, botanika va zoologiya o'quv fanlaridan beriladigan yozgi topshiriqlar mavsumiy, o'simliklardagi mavsumiy o'zgarishlarni kuzatish yillik darsdan tashqari ishlar sirasiga kiradi.

Botanika va zoologiya o'quv fanlaridan beriladigan yozgi topshiriqlar muayyan tizimga ega bo'lishi lozim, chunki uning natijalaridan kelgusida ko'rgazma materiallari shaklida foydalanish ko'zda tutiladi. Ekskursiya - o'qitish jarayonining muhim shakli bo'lib, ular o'quvchilarni tirik tabiatning ob'ektlari, hodisalari, qonunlari, asosiy nazariy g'oyalari bilan tanishtirish, nazariy bilimlarni amaliyotga qo'llash, olamni bilish metodlarini egallash imkonini beradi.

Ekologik jihatdan tabiatga to'g'ri tashkil etilgan ekskursiyalar o'quvchilarda mahalliy biogeotsenozlar, o'simliklar va hayvonot olamining xilma-xilligi haqida

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. bilimlarini kengaytirish, mahalliy ob'yektlardan ko'rgazma materiallarini tayyorlash,

ularni jihozlash, tabiatga muhabbat uyg'otish, estetik did va madaniyat, tabiatga

nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish imkonini beradi.

Biologiyani o'qitishda sinfdan tashqari mashg'ulotlar muhim o'rin tutadi. Mazkur o'qitish shakli ixtiyoriy bo'lib, o'quvchilarning biologiya o'quv faniga bo'lgan qiziqishi, olamni o'rganishga bo'lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.

Biologiyani o'qitishning yuqorida qayd etilgan shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'rtasida doimiy ravishda izchillik, o'zaro uzviylik va aloqadorlik mavjud bo'lib, ular o'quv-tarbiya jarayonining yaxlitligini ta'minlaydi.

Biologiya o'qitish maqsadi va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish uchun o'qituvchi o'qitish shakllarining umumiy va xususiy maqsadlarini anglagan holda, ularni uyg'unlashtirgan tarzda yillik istiqbol rejasini tuzishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. Toshkent, "O'zbekiston".

2. Internet ma'lumotlari.

3. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

4. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Згатами^ и шциум", 9(88), 147-149.

5. Caлoйдинoв, C. К. (2021). Обрaзoвaтeльныe кредиты в ysöe^craHe. "3KoHoMffl<a и ^иум", 12(91), 470-472.

6. Caлoйдинoв, C. К. (2021). Cnpoc Ha рынке диффeрeнцирoвaнных npojyKTOB. м3кoнoмикa и шциум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.