Научная статья на тему 'BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL USULLARNI QO’LLASH'

BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL USULLARNI QO’LLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4091
451
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interfaol metod / talaba / seminar / dars / ta’lim-tarbiya / interactive method / student / seminar / lesson / teaching

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdunazarova Zulayho

Bugungi zamonaviy ta’limni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Dars mazmunini ochib beruvchi faol usullar ham talabaga ham pedagogga amaliy ko‘makchi vazifasini o‘tamoqda. An’anaviy darsdan farqli o‘laroq metodlar dars jarayoniga jon kiritib, eng muhimi o‘quvchi ongni o‘stirmoqda. Endi talaba sherigining soyasida soyalab emas, o‘z nuqtai nazarini ommaga etarlicha bayon eta olayapdi. Demakki, interfaol usullar darsning jon tomiriga aylanmoqda. Maqolada ham ushbu metodlardan namunalar asosida izlanishlar olib borilib ahamiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING BIOLOGY

Modern education cannot be imagined without interactive methods. Proactive ways of explaining lesson content serve as practical support for both the student and the teacher. Unlike traditional lessons, the methods inspire the learning process and, most importantly, develop the student's consciousness. The student can now express their views to the public rather than in the shadow of their partner. This means that interactive methods become the lifeblood of the lesson. The article also analyzes the importance of these techniques through sample-based research.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL USULLARNI QO’LLASH»

Scientific Journal Impact Factor

О

BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLARNI

QO'LLASH

Abdunazarova Zulayho Nizomiy nomidagi TDPU SHahrisabz filiali o'qituvchisi

Annotatsiya: Bugungi zamonaviy ta'limni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Dars mazmunini ochib beruvchi faol usullar ham talabaga ham pedagogga amaliy ko 'makchi vazifasini o 'tamoqda. An 'anaviy darsdan farqli o'laroq metodlar dars jarayoniga jon kiritib, eng muhimi o 'quvchi ongni o 'stirmoqda. Endi talaba sherigining soyasida soyalab emas, o'z nuqtai nazarini ommaga etarlicha bayon eta olayapdi. Demakki, interfaol usullar darsning jon tomiriga aylanmoqda. Maqolada ham ushbu metodlardan namunalar asosida izlanishlar olib borilib ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: interfaol metod, talaba, seminar, dars, ta'lim-tarbiya Abstract: Modern education cannot be imagined without interactive methods. Proactive ways of explaining lesson content serve as practical support for both the student and the teacher. Unlike traditional lessons, the methods inspire the learning process and, most importantly, develop the student's consciousness. The student can now express their views to the public rather than in the shadow of their partner. This means that interactive methods become the lifeblood of the lesson. The article also analyzes the importance of these techniques through sample-based research. Keywords: interactive method, student, seminar, lesson, teaching Аннотация: Современное образование невозможно представить без интерактивных методов. Активные способы объяснения содержания урока служат практическим подспорьем как для ученика, так и для учителя. В отличие от традиционных уроков, методы вдохновляют учебный процесс и, самое главное, развивают сознание ученика. Теперь ученик может выражать свои взгляды публике, а не в тени своего партнера. Это означает, что интерактивные методы становятся источником жизненной силы урока. В статье также анализируется важность этих методов путем проведения исследований на основе выборок.

Ключевые слова: интерактивный метод, студент, семинар, урок, обучение

Ma'lumki, barcha fan o'qituvchilari dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Shuni inobatga olib, Interfaol

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib bormoqda desak yanglishmaymiz.

Xo'sh, interfaol usullarning qanday ma'noga ega va uning ahamiyati qanday?

Eng avvalo, interfaol metod - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni shirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam berishini anglashimiz lozim. Demakki, Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi, o'quvchilar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega. Quyida eng ilg'or pedagogik interfaol usullardan namuna keltirib tahlil qilar ekanmiz, bu usullarning amaliy ahamiyati, foydasi to'xtalib o'tmoqchimiz.

Baliq skeleti metodi. Bu metod muammoni qo yish va hal qilishning mazkur modeli bir qator muammolarni ta'riflash va yechib ko'rishga imkon beradi.

muammo muammo muammo muammo

hal qilish hal qilish hal qilish hal qilish Strategiya:

Bir varaq oq qog'ozda (vatman yoki A-3 varag'i) baliq skeleti chiziladi (boshi, kemirchagi, qovurg'alari).

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Scientific Journal Impact Factor

O

Yuqoridagi «suyagiga» muammo ifodalanishi, pastidagiga esa - ushbu muammo mavjudiigini (yoki uni hal qilish yolllari, o'qituvchi oz oldiga qo'ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo'yiladi.

To'ldirilgan sxemaning taqdimoti.

Foydalanish doiralari

Tabiiy va aniq fanlarda, muammoli ta'lim berish uslubidan foydalanganda.

Afzalliklari

Ushbu sxema muammolarning o'zaro bogliqligi, ularning kompleks xususiyatlarini aks ettiradi.

Qiyinchiliklar

Muammolarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.

Ikkinchi metod -Akvarium.

Bunda 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo'ylab o'tiradilar. Ular - «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o'tiradilar (yoki turadilar). Ular - «baliq ovchilari». Ichki doira a'zolari («baliqlar») o'qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama qiladilar. "Baliq ovchilari" esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron o'quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo'shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. SHunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak. Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so'ng ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo'ylab o'tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o'tirishlari maqsadga muvofiqdir.

Foydalanish doiralari.

Tabiiy va aniq fanlarni o'rganish jarayonlarida qo'llaniladi.

Afzalliklari.

Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni (masalani) hal qilish bo'yicha o'z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo'shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy fikrlash, e'tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.

Qiyinchiliklari.

Muammoni muhokama qilishda barcha o'quvchilar faol ishtirok etish jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. SHu bois o'qituvchi yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo'lishiga yo'l bermaydigan uslublarni bilishi lozim.

Scientific Journal Impact Factor

o

Aniq nazorat bo'lishini talab qiladi. Jarayon davomida ayrim o'quvchilar undan chiqib qolishlari (jarayonda ishtirok etmasliklari) mumkin. O'qituvchi muammoni muhokama qilishga barcha o'quvchilarni jalb qilish usullarini o'ylab chiqishi kerak.

Xulosada avvalo, interfaol metodning an'anaviy metoddan farqli tomonlarini ko'rib chiqish lozim.

Birinchidan, darsda barcha mavzular bo'yicha talaba uchun qulay bo'lgan dars turlari shaklida qo'llaniladi. Interfaolda ayrim mavzular bo'yicha interfaol darsning qulay bo'lgan turlari shaklida qo'llaniladi.

Ikkinchidan, Dars mavzusi bo'yicha bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlansa, faol metodda dars mavzusi bo'yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o'rgatiladi.

Uchinchidan, o'qituvchining vazifalari Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berishdan iborat bo'lsa, noan'anaviyga o'quvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab beriladi.

To'rtinchidan, Darsga tayyorgarlikka dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash kabi talablar qo'yilsa, interfaol metodda Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlanadi.

O'quvchilar tayyorgarligi esa, oldingi dars bo'yicha vazifalarni bajarib kelish talablari berilsa, yangi metodda yangi dars mavzusi bo'yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma'lumotlarni bilish talabi qo'yiladi.

Interfaol usullarda vaqt talabi dars vaqtining ko'p qismi o'quvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o'z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanishi bilan belgilansa, an'anaviyda dars vaqtining ko'p qismi o'qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o'zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi.

Darsning modul va algoritmlaridan an'anaviyda har bir o'qituvchi o'zi qo'llayotgan metodga muvofiq foydalansa, noan'anaviyda har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o'tkaziladi.

O'quvchilardan talab qilinadigan faollik darajasi noan'anaviyda O'qituvchi ham, o'quvchilar ham har tomonlama faol. Hamkorlik, hamijodkorlik shakllari: o'qituvchi-o'quvchi; o'quvchi-o'quvchi; o'quvchi-kichik guruh;kichik guruh-kichik guruh;o ' quvchi-o' qituvchi; kichik guruh-o ' qituvchi;

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

guruh-o'qituvchi shaklida bo'lsa, an'anaviyda O'qituvchi har tomonlama faol, o'quvchilar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo'yicha faol.Muloqot shakllari : o ' qituvchi-guruh;

o ' qituvchi-o' quvchi ;

o ' quvchi-o ' quvchi;

o ' quvchi-o ' qituvchi ;

guruh-o'qituvchi; shaklda bo'ladi.

Beshinchidan, bilimlarni o'zlashtirishning asosiy usullari an'anaviyda muloqot, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa, noan'anaviyda muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil tarzda namoyon bo'ladi.

XULOSA

No'annaviyda mashg'ulot shakllarining ham ahamiyati boshqacha, ya'ni unda ma'ruza, guruh yoki juft bo'lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar olib boriladi.

Eng muhimi noan'anaviyda mavzu bo'yicha o'quvchilarning o'z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o'rgatish kabi kutilgan natijalarga erishiladi. .

REFERENCES

1. O.U.Avlayev, S.N. Jo'rayeva, S.P.Mirzayeva "Ta'lim metodlari" o'quv-uslubiy qo'llanma, "Navro'z" nashriyoti, Toshkent - 2017

2. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. -T.: O'z MU. 2003.- 66 b.

3. Ta'limda pedagogik texnologiyalar: muammolar, yechimlar. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.- T.:1999.- 212 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.