Научная статья на тему 'BIOLOGIYA DARSLARIDA “RESPUBLIKAMIZ SUV HAVZALARIDAGI MUHOFAZAGA MUHTOJ BALIQ TURLARI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH CHORALARI” MAVZUSI MISOLIDA O‘QUVCHILARDA TABIATNI ASRASH TUSHUNCHALARINI HAMDA EKOLOGIK TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH'

BIOLOGIYA DARSLARIDA “RESPUBLIKAMIZ SUV HAVZALARIDAGI MUHOFAZAGA MUHTOJ BALIQ TURLARI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH CHORALARI” MAVZUSI MISOLIDA O‘QUVCHILARDA TABIATNI ASRASH TUSHUNCHALARINI HAMDA EKOLOGIK TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
79
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
antropogen omil / areal / biologik ta’lim / biologik xilma-xillik / biosfera / brakonerlik / ekologik madaniyat / ekologik muammolar / organizm / qizil kitob.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Madatov R.M, Bahodirova M.B

Mazkur maqolada Respublikamiz tabiati shu jumladan faunasining turlarga boyligi, xilma-xilligi, bu tabiiy resurslar umummilliy boyligimiz ekanligi, ularni asrash har bir fuqaroning burchi ekanligi va bu tushunchalarni biologiya darslari orqali o‘quvchilarda shakllantirish, o‘quvchilarda tabiatga bo‘lgan munosabatini yuksaltirish masalalari va ularning zarurati, yosh avlod tarbiyasida ekologik madaniyatni shakllantirish orqali atrof-muhit va tabiatni asrash muammolariga boshlang‘ich yechimlarni topish mumkinligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, “Respublikamiz suv havzalaridagi muhofazaga muhtoj baliq turlari va ularni muhofaza qilish choralari” mavzusi misolida ham yuqoridagi masala ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, turli xil omillar, binobarin, antropogen ta’sirning ekologik tizimlar hamda ulardagi turlarning soni, hayot tarziga salbiy ta’siri natijasida ayrim baliq turlarining yo‘qolib borayotganligi hamda muhofazaga muhtoj baliq turlari, Respublikamizda tarqalgan noyob baliq turlari haqida umumiy tushunchalar keltirilgan. So‘nggi yillarda hayvonot dunyosiga bo‘lgan salbiy munosabatlar, e’tiborsizlik tufayli ayrim baliq turlarining son jihatidan kamayib borishi va natijada ozuqa zanjiri hamda biologik xilma-xillikka zarar yetkazilayotganligi haqida so‘z boradi. Bu kabi muammolar o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi, ushbu madaniyatni shakllantirish uchun ekologik ta’lim-tarbiya asosida o‘quvchilarda tabiatga nisbatan burch, ma’suliyat va ongli munosabatni shakllantirish borasida biologik ta’limning ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA DARSLARIDA “RESPUBLIKAMIZ SUV HAVZALARIDAGI MUHOFAZAGA MUHTOJ BALIQ TURLARI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH CHORALARI” MAVZUSI MISOLIDA O‘QUVCHILARDA TABIATNI ASRASH TUSHUNCHALARINI HAMDA EKOLOGIK TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

BIOLOGIYA DARSLARIDA "RESPUBLIKAMIZ SUV HAVZALARIDAGI MUHOFAZAGA MUHTOJ BALIQ TURLARI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH CHORALARI" MAVZUSI MISOLIDA O'QUVCHILARDA TABIATNI ASRASH TUSHUNCHALARINI HAMDA EKOLOGIK TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH

1Madatov R.M 2Bahodirova M.B

1Nizomiy nomidagi TDPU dotsent v.b. PhD 2Nizomiy nomidagi TDPU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10041416

Annotatsiya. Mazkur maqolada Respublikamiz tabiati shu jumladan faunasining turlarga boyligi, xilma-xilligi, bu tabiiy resurslar umummilliy boyligimiz ekanligi, ularni asrash har bir fuqaroning burchi ekanligi va bu tushunchalarni biologiya darslari orqali o'quvchilarda shakllantirish, o'quvchilarda tabiatga bo'lgan munosabatiniyuksaltirish masalalari va ularning zarurati, yosh avlod tarbiyasida ekologik madaniyatni shakllantirish orqali atrof-muhit va tabiatni asrash muammolariga boshlang'ich yechimlarni topish mumkinligi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, "Respublikamiz suv havzalaridagi muhofazaga muhtoj baliq turlari va ularni muhofaza qilish choralari" mavzusi misolida ham yuqoridagi masala ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, turli xil omillar, binobarin, antropogen ta'sirning ekologik tizimlar hamda ulardagi turlarning soni, hayot tarziga salbiy ta'siri natijasida ayrim baliq turlarining yo'qolib borayotganligi hamda muhofazaga muhtoj baliq turlari, Respublikamizda tarqalgan noyob baliq turlari haqida umumiy tushunchalar keltirilgan. So'nggi yillarda hayvonot dunyosiga bo'lgan salbiy munosabatlar, e 'tiborsizlik tufayli ayrim baliq turlarining son jihatidan kamayib borishi va natijada ozuqa zanjiri hamda biologik xilma-xillikka zarar yetkazilayotganligi haqida so'z boradi. Bu kabi muammolar o'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi, ushbu madaniyatni shakllantirish uchun ekologik ta'lim-tarbiya asosida o'quvchilarda tabiatga nisbatan burch, ma'suliyat va ongli munosabatni shakllantirish borasida biologik ta'limning ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: antropogen omil, areal, biologik ta'lim, biologik xilma-xillik, biosfera, brakonerlik, ekologik madaniyat, ekologik muammolar, organizm, qizil kitob.

Rivojlanish jarayoni jadal borayotgan dunyo hamjamiyatida, fan-texnikaning yuqori tezlikda taraqqiy etib borishi dunyoning geografik va biologik tuzilishi va tarkibiga tasir etib bormoqda. Bu ta'sirlarning jiddiy salbiy natijalarga olib kelmasligi uchun inson tomonidan biosferaga ko'rsatilayotgan ta'sirlarni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot to' sqinlik qilmagan holda qulay tabiiy muhitni asrab qolishni uyg'unlashtirish, inson va tabiatning o'zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarblashib bormoqda. Yer yuzida ekologik muammolar va biologik tanglik yuz berayotgan bir vaqtda o'quvchilaming ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati o'rtaga chiqadi. Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanalib, shaxsning ma'naviy hayoti va kundalik hayotida hatti-harakat shaklida namoyon bo'ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni asrab avaylash, muhofaza qilishda faollik ko'rsatish kabi sifatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu madaniyat albatta o'quvchilarning ekologik ta'lim va tarbiyasi asosida vujudga keladi. Ekologik ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifasi o'quvchilarda tabiatga nisbatan burch va mas'uliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob-axloq me'yorlariga mos xulq-atvorni shakllantirish sanaladi.

O'zbekiston suv havzalaridagi hayvonot dunyosi nihoyatda xilma-xildir, undagi baliqlar turlarga boyligi jihatidan boshqa suv havzalardan ajralib turadi. Turlar soni va ularga mansub

62l|

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

baliqlar qanchalik ko'p bo'lmasin tabiatdagi barcha resurslar kabi baliqlarning ham soni chegaralangan. Ulardan foydalanishdagi ehtiyotsizlik so'nggi yillarda ularning sonini kamayib ketishiga va muhofazaga olinishiga sabab bo'lmoqda. Sobiq Ittifoq davrida yurtimizga arzon xomashyo yetkazib beruvchi manba sifatida qaralagani natijasida Orol dengizi suvining qurishi ko'plab suv osti hayvonot dunyosining xilma-xilligiga putur yetkazdi. Bundan tashqari ko'plab brokonerlik harakatlari tufayli hamon ayrim baliq turlari havf ostida. O'zbekiston suv havzalarida baliqlarning 84 ta turi tarqalgan. Shulardan 17 ta turi (kenja turlar bilan 18 ta ) "O'zbekiston qizil kitobi"ga kiritilgan(2019-yildagi nashrga ko'ra) . Bular:

1. Orol bahrisi (bakra)

2. Sirdaryo kurakburuni (Fil bo'yin)

3. Amudaryo kichik kurakburuni (toshbakra)

4. Amudaryo katta kurakburuni (Qilquyruq)

5. Qorako'z (Oqsazan)

6. Toshkent yuzasuzari

7. Cho'rtansifat oqqayroq (Kalbaliq, cho'rtanmarka)

8. Orol mo'ylobdori (So'g'yon,so'zanbaliq)

9. Turkiston mo'ylabdori (Shimbaliq, qayaz)

10. Parrak (Nashtarqanot)

11. Turkiston ko'kbo'yini (ko'kturta)

12. Orol tikanagi

13. Turkiston laqqachasi

14. Orol sulaymon balig'i

15. Amudaryo gulbalig'i

16. Orol sanchari (tikanbaliq, itbaliq)

17. Chotqol shaytonbalig'i

18. Turkiston shaytonbalig'i (toshbuqasi).

Mazkur turlar sonini kamayib ketishining asosoiy sabablari daryolar oqimining sun'iy tartiblanishi, yirik suv omborlari va irrigatsiya tizimlarining qurilishi, daryolarning yuqori qismlarida suvning tog'-kon sanoati ehtiyojlari uchun olinishi, suv havzalarining ifloslanishi hisoblanadi hamda chetdan keltirilgan baliq turlarining salbiy ta'siri mahalliy ixtio va malakofaunalarning yashashiga tahdid solmoqda. Yirik gidroinshootlarning qurilishi, Orol dengizi suv sathining pasayib ketishi va suvining o'ta sho'rlanishi sababli uning tub ixtiofaunasi yirik zarar ko'rdi, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalarning ko'plab endemik turlari yo'q bo'lib ketish holatiga kelib qoldi. Ayniqsa, ov obyektlari sifatida muhim ahamiyatga ega baliqlarning yirik turlari, shuningdek, inson tomonidan ayovsiz o'zlashtirilayotgan, tashqi ta'sirga unchalik chidamli bo'lmagan ekotizimlarning endemik va cheklangan turlari katta xavf ostida qoldi. Jumladan, Orol sulaymon balig'i kabi hayvonlar umuman yo'q bo'lib ketdi. Sirdaryo va Amudaryo kichik kurakburunlari, Orol bahrisi kabilar yo'q bo'lib ketish arafasida turibdi

Baliqlarni muhofaza qilish va ko'paytirish chora-tadbirlari. Fauna xilma-xilligini saqlashning qonuniy asoslari-O'zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik tobora takomillashib bormoqda. Buning natijasida ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik uyg'unlashib, jamoatchilikning ekologik muammolarga bo'lgan qiziqishi va qayg'urishi ortib bormoqda. Aholi orasida ekologik tafakkurni shakllantirish hamda yovvoyi tabiatni saqlab qolish masalalari borasida davlat muassasalari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yil

"Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida" (1992), "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida" (2004), yangi tahrirdagi "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi (2016) qonunlarning, shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-takomillaridan o'tish tartibi to'g'risida"gi (2014) 290-sonli, hamda 2019-yil 11-iyundagi №484 sonli "2019-2028-yillar davrida O'zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi Qarorlarining chiqishi g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Baliqlarni tabiiy sharoitda saqlash va ulaming sonini ko'paytirish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.:

1. Baliqlarning ko'payish joylarini himoya qilish.

2. Suv havzalarini ortiqcha chiqindi va suv o'simliklaridan tozalab turish.

3. Daryo, ko'l va hovuzlarni sanoat korxonalaridan chiqqan zaharli oqava suvlardan va neft quyilishdan qo'riqlash.

4. Qimmatbaho baliqlarni iqlimlashtirish.

5. Turlari va sonlari kamayib ketayotgan hamda O'zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan baliq turlarini muhofaza qilish.

O'qituvchi biologiya o'quv fanini o'qitish orqali ekologik tushunchalar: organizm va muhitning o'zaro bog'liqligi, tabiiy jamoalarning almashinuvi, biogeotsenozlar, ekologik sistemalarning o'zgarishi, biosfera, insonning ekologik omil ekanligi o'quvchilar tomonidan mustahkam o'zlashtirishlari, ko'nikma va malakalarni egallashiga erishishi lozim. O'quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitning tozaligini asrashda, ko'kalamzorlashtirish va tabiiy bovliklarni ko'paytirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish motiviarini shakllantirishni amalga oshirilishi lozim.

REFERENCES

1. S.Dadayev, K.Saparov "Umurtqalilar zoologiyasi" . Oliy o'quv yurtlari bakalavriat bosqichi biologiya yo'nalishi talabalari uchun. Toshkent "TURON -IQBOL" 2019, 720 b.

2. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBI II jild. Toshkent- 2019.

3. Biologiya o'qitish metodikasi. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. A. T, G 'ofurov, J. O. Tolipova, S.S.Fayzullayev, I.T.Azimov, B.Sh. Axmadaliyeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'ta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: TDPU, 2012, 202 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.