Научная статья на тему 'BIOLOGIYA DARSLARIDA O’QITUVCHINING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGI'

BIOLOGIYA DARSLARIDA O’QITUVCHINING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetentlik / ta’lim / dars / kommunikatsiya / tarbiya / kompyuter / innovatsiya / biologik-pedagogik metodika / dars uslublari / o'quvchilarning bilish faoliyati / subyektsubyekt munosabatlar / yalpi / individual va kichik guruhlarda о 'qitish. / competence / education / lesson / communication / education / computer / innovation / biological and pedagogical methodology / teaching methods / cognitive activity of students / subject-subject relations / general / individual and small group learning

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sulliyeva S.X.

Mazkur maqolada biologiya darslarida ta’lim tizimini takomillashtirish borasida bo’lajak o’qituvchilarning o’z ustida ishlashi, bilim ko’nikma va malakalarini muntazam oshirib borishi, ularda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHER'S PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL COMPETENCE IN BIOLOGY LESSONS

This article provides information about the work of future teachers to improve the educational system in biology lessons, regularly improve their knowledge, skills and qualifications, and develop professional competence.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA DARSLARIDA O’QITUVCHINING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGI»

Sulliyeva S.X.

Termiz davlat universiteti, Botanika kafedrasi dotsenti

O'zbekiston, Surxondaryo

BIOLOGIYA DARSLARIDA O'QITUVCHINING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGI

Annotatsiya. Mazkur maqolada biologiya darslarida ta 'lim tizimini takomillashtirish borasida bo 'lajak o 'qituvchilarning o 'z ustida ishlashi, bilim ko 'nikma va malakalarini muntazam oshirib borishi, ularda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: kompetentlik, ta'lim, dars, kommunikatsiya, tarbiya, kompyuter, innovatsiya, biologik-pedagogik metodika, dars uslublari, o'quvchilarning bilish faoliyati, subyektsubyekt munosabatlar, yalpi, individual va kichik guruhlarda о 'qitish.

Sulliyeva S.Kh. associate professor Department of Botany Termiz State University Uzbekistan, Surkhandarya

TEACHER'S PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL COMPETENCE IN

BIOLOGY LESSONS

Abstract. This article provides information about the work of future teachers to improve the educational system in biology lessons, regularly improve their knowledge, skills and qualifications, and develop professional competence.

Keywords. competence, education, lesson, communication, education, computer, innovation, biological and pedagogical methodology, teaching methods, cognitive activity of students, subject-subject relations, general, individual and small group learning.

Ta'lim tizimini takomillashtirish bo'lajak o'qituvchilarning o'z ustida ishlashi, bilim ko'nikma va malakalarini muntazam oshirib borish yo'lida ham o'ziga xos talablarni belgilab beradi. Bu muhim vazifalarni amalga oshirishda ta'lim-tarbiya jarayoniga innovatsison texnologiyalarni tadbiq etish orqali o'qituvchining kasbiy kompetentligini rivojlantirish, innovatsion faolligini oshirish hamda innovatsion jarayonlarga qiziqish va ilmiy izlanish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Biologiya darslarida o'qituvchining o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda ularning umumiy manfaatlarini ifodalovchi omil maqsad bo'lib, shu maqsadga erishishda barcha o'qituvchilarda tabiatan faollik va layoqat mavjud bo'ladi, agar

belgilangan maqsad umumiy manfaatlar uchun xizmat qilmasa va u o'z vaqtida, muvofiqlashtirilmasa, bo'lajak o'qituvchilarda mazkur maqsadga, o'zaro aloqa va munosabatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatining o'qituvchilar tomonidan o'ziga xos tushunilishi ularning pedagogik kompetentligi shakllanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi.

O'qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda o'zaro ta'sir jarayoni mazkur jarayonining samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi qator omillar orqali ifodalanadi. Mazkur fikrga asoslangan holda, o'qtuvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish vositasi hisoblanuvchi va bu jarayonga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillarga to'xtalib o'tamiz.

O'qituvchilarda biologiya fani darslarida kasbiy kompatentlikni rivojlantirish vositalaridan biri - ular faoliyat ko'rsatayotgan va yashayotgan muhit bo'lib, bu o'qituvchilarda kasbiy kompatentlikni rivojlantirish jarayoni subektlarining o'zaro ta'sirini amalaga oshiruvchi tashqi omillardan biri hisoblanadi. Bunday biologic ta'lim - tarbiyaviy muhitda o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi ishtirokchilarning suhbati va o'qituvchining o'zini-o'zi rivojlantirishi asosida kompetentlikning rivojlantirish rivojlanish jarayoni vujudga keladi, mazkur omil ota-onalar, ijtimoiy muhit va jamiyatning zamonaviy talablari ta'siri ostida bo'ladi.

O'qituvchilar o'rtasidagi aloqa-axborot almashinuvi, kommunikatsion jarayonlar hamda o'zaro munosabatlarning samimiyligi va natijaviyligi, bir tomondan axborotlarning yangiligi va ishonchliligiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularning ma'lum bir yo'nalishidagi tasavvuri va kompetentligi shakllanganlik va rivojlanganlik darajasiga ham bog'liq bo'ladi.

Ular o'rtasidagi aloqalarning vujudga kelishida, yani axborot almashinuvida, munosabatlarning o'rtasidagi aloqalarning vijudga kelishida, yani axborotlar almashinuvida, munosabatlarning qaysidir (ijobiy yoki salbiy) tarzida shakllanishida maqsad asosiy rol o'ynaydi va o'z navbatida, o'qituvchining kasbiy kompetentligi rivojlanishiga ham ta'sir etadi.

Zamonaviy shart-sharoitlarda biologik pedagogik muhitni tashkil etish va uni olib borish qobiliyati orqali pedagogning mutaxassisligidan kelib chiqib, kasbiy tayyorgarligi, ya'ni pedagogik boy tajribaliligi, o'qituvchilarning bilim, ko'nikma va malakasini muvofiqlashtirish, ta'lim jarayoni samaradorligini ta'minlashda kompetentli bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim muassasasi biologiya o'qituvchilarining pedagogik jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni boshqarish hamda qulay ta'limiy muhitning shakllanishi uchun boshqarishning turli xil zamonaviy usullarini bilishi va ularga asoslanishi, rivojlantiruvchi g'oyalar yo'nalishini aniqlay olishi, ilg'or tajribalarni va fan texnika yutuqlarini muntazam o'rganib borishi, ularni o'z faoliyatiga tadbiq etib borishi, ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish asosida ularning sub'ektivligi va faolligini oshira olishi zarur hisoblanadi.

Zamonaviy talablar asosida kompiyuterlashtirish va komp'yuter tarmoqlari negizida tashkil etish, ta'lim tizimidagi yangi pedagogik texnologiyalarni joriy va ijobiy tajribalarni ommalashtirish ta'lim sohasidagi eng muhim masalalardan hisoblanadi.

Ilmiy bilimlar haqqoniy voqelikni inson ongida aks etishidir. Tevarak-atrofni o'rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning xossalarini va ularning o'zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilim ilmiy bilimlar hisoblanadi. Ilmiy bilimlar tajribalar, tekshirishlar, tahlil qilish, isbotlash kabilarni talab etadi. Insoniyat ilmiy bilimlarini kengaytirib borgan sari haqiqiy voqelikka ma'lum darajada yaqinlashib boradi. Ilmiy jihatdan isbotlanmagan bilimlar ham mavjud va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi va chuqurroq o'rganishi kerak bo'ladi. Ta'lim jarayonida biz talabalarga isbotlab bo'lingan, aniqlangan va amaliyotda tekshirib ko'rilgan bilimlarni yetkazishimiz lozim.

Ta'limning ilmiyligi talabaning o'quv materiallaridagi qonuniyatlarini aks ettirish, tushunish va o'zlashtirishi uchun to'g'ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. Nazariy qoidalarni tushunish-materialini ilmiy asosda izohlab berishning muhim belgisi bo'lib, u talabaning fikrlash faoliyatini xususiyatlarini belgilaydi. Ilmiy bilimlar ilmiyligicha qolib, voqeilikni har xil darajada aks ettirishi mumkin. Ilmiy izoh ta'limning hamma bosqichlarida, har bir sinfda ilmiylik qoidalari vazifalaridan biri nazariy ma'lumotlar tizimini shu ma'lumotlar tevarak-atrofdagi duneni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan bilib olishdir. Ilmiylik qoidasi barcha yosh guruhlardagi va turli o'quv yurtlaridagi talabalarga o'rganish uchun ilmiy jihatdan ishonarli, amalda sinab ko'rilgan ma'lumotlar berilishini talab etadi.

Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarash e'tiqod tarkib topadi, tafakkur rivojlanadi. Yetuk milliy kadrlarni tarbiyalash va yetishtirish uchun hozirgi zamon fan-texnikasining rivoji darajasidagi ilmiy bilimlarni egallashga erishish muhim. Shu bilan bir qatorda talabalarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan ham tanishtirib boorish maqsadga muvofiq. Ilmiylik ta'limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir ya'ni darsliklar, o'quv qo'llanmalar, o'quv dasturlari, o'quv rejasi ilmiy asosda yaratilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Askarova O. and others. Textbook "Methodology of Teaching Pedagogy and Psychology" Navroz, 2020. 456 p

2. Sulliyeva, S. X. (2021). Biologik ta'limning roli. Журнал естественных наук, 1(1).

3. Amonova G. R., Rashidov N. E. Useful Properties of Medicinal Chamomile (Matricaria Recutita) //European journal of innovation in nonformal education. -2024. - Т. 4. - №. 4. - С. 130-132.

4. Sulliyeva, S., & Zokirov, Q. (2019). Reproduction plantations of (hippophae) in surhandarya region. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(2), 148-150

5. Sullieva, S. X., & G'Zokirov, Q. The Structure of the Yield of Winter Wheat When Using Herbicides Against Weeds. International Journal on Integrated Education, 3(11), 37-40

6. Khurramovna, S. S. (2022). The reaction of watermelon (citrullus lanatus (thunb.) matsum. et nakai.) to environmental factors. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 3, 99-102.

7. Khurramovna, S. S., & O'g, Z. Q. G. A. (2021). Economic efficiency of application of herbicides against double and double weeds in autumn wheat field.

8. Khurramovna, S. S. (2022). The reaction of watermelon (citrullus lanatus (thunb.) matsum. et nakai.) to environmental factors. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 3, 99-102.

9. Khurramovna S. S., Anvarovna T. F. Medicinal properties of lychee plant //American Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2022. - T. 11. - C. 141-143.

10. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Maktabda tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika fanlarini uyg 'unlikda o 'qitishning afzalliklari //nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - T. 1. - №. 4. - C. 259263.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.