Научная статья на тему 'BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINING ME’YORIY – HUQUQIY ASOSLARI'

BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINING ME’YORIY – HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biologik aktivlar / BHMS / MHXS / qishloq xo’jaligi mahsulotlari. / biological assets / national standards(NAS) / MHSS / agriculture.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Djumayeva G.A.

Mazkur maqolada biologik aktivlarning mohiyati, ular hisobini yuritishning me’yoriy-huquqiy asoslari hamda milliy standartlar bilan farqli tomonlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REGULATORY LEGAL BASIS OF ACCOUNTING OF BIOLOGICAL ASSETS

This article presents the essence of biological assets, the regulatory and legal bases of their accounting and their differences with national standards.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINING ME’YORIY – HUQUQIY ASOSLARI»

Djumayeva G.A. assistent SamISI

BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINING ME'YORIY - HUQUQIY

ASOSLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada biologik aktivlarning mohiyati, ular hisobini yuritishning me'yoriy-huquqiy asoslari hamda milliy standartlar bilan farqli tomonlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: biologik aktivlar, BHMS, MHXS, qishloq xo'jaligi mahsulotlari.

Dzhumayeva G.A.

assistant SamIES

REGULATORY - LEGAL BASIS OF ACCOUNTING OF BIOLOGICAL

ASSETS

Annotation. This article presents the essence of biological assets, the regulatory and legal bases of their accounting and their differences with national standards.

Key words: biological assets, national standards(NAS), MHSS, agriculture.

Hozirgi kunda mamlakatimiz o'zining oldiga yashil iqtisodiyotga o'tish strategiyasini ustuvor masalalardan biri sifatida qo'ygan. Yashil iqtisodiyotni esa biologik aktivlar (hayvonlar, daraxtlar, o'simliklar) siz tasavvur etib bo'lmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida biologik xossalarga ega bo'lgan aktilarni uchratishimiz mumkin. Shu sababli, hozirgi kunda ushbu biologik aktivlar hisobini to'g'ri tashkil etish, tan olish va baholash, hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qaror loyihasida 2030 yilda 829 aholi jon boshiga YaIM ikki baravarga oshirish, iqtisodiy o'sish sur'atlari o'rtacha yillik 6,4 foiz, kapital qo'yilmalar 9,9 foiz, eksport 9,6 foizni tashkil etishi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini 1,8 martaga oshirish, shuningdek, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni standartlashtirishni amalga oshirish va milliy standartlarni xalqaro standartlarga moslashtirish ko'zda tutilgan.21

21 Gazeta.uz dagi "O'zbekistonda 2030-yilga kelib aholi jon boshiga YaIM 3 baravar ortishi ko'zda tutilmoqda" mavzusidagi maqola

Xususan, biologik aktivlar va ulardan olinadigan mahsulotlar hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish eng muhim omillardan biridir.

Xalqaro miqyosida biologik aktivlar hisobi 41-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti "Qishloq xo'jaligi" deb nom olgan bo'lib, Standartning maqsadi qishloq xo'jaligi faoliyatiga tegishli buxgalteriya hisobi yondashuvini va ochib beriladigan ma'lumotlarni belgilashdan iborat. Mazkur standartda qishloq xo'jaligi faoliyati deyilganda xo'jalik sub'ekti tomonidan sotish yoki qishloq xo'jaligi hosiliga yoki qo'shimcha biologik aktivlarga aylantirish uchun biologik aktivlarning biologik transformatsiyasini va yig'imini boshqarishdan iborat ta'rifi berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta'kidlash kerakki, IAS №41 "Agriculture" standarti quydagi obyeklarlarga nisbatan qo'llaniladi.

1. Biologik aktivalar.

2. Ekilgan, o'rim - yig'im yoki yig'ish jarayonidagi qishloq xo'jaligi

mahsulotlari.

3. Qishloq xo'jaligi bilan bog'liq davlat subsidiyalari.

Lekin IAS .№41 "Agriculture" standarti faqat hosilni yig'ib olishgacha amal qiladi. Shu paytdan boshlab ishlab chiqarish, shuningdek, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xom ashyo sifatida ishlatadigan ishlab chiqarish jarayonlari 2-»Tovar-moddiy zaxiralar»IAS qoidalari bilan tartibga solinadi.

Xalqaro miqyosida biologik aktivlar hisobi IAS №41 "Agriculture" standarti

bo'yicha tartibga solinadi. Ushbu standartda Biologik aktivlarga, biologik aktivlar guruhiga ta'riflar berilgan:

SBiologik aktiv - bu tirik hayvon yoki o'simlikdir.

SBiologik aktivlar guruhi - bu o'xshash tirik hayvonlarning yoki o'simliklar yig'indisidir.

Korxonalar faoliyatida qatnashadigan bioligik aktivlar IAS 41 "Agraculture" standartida ham to'liq bayon etilgan.(1-jadval)

1-jadval

IAS 41 "Agraculture" standarti bo'yicha biologik aktivlar tarkibiga

kiruvchi mahsulotlar

Biologik aktivlar Qishloq xo'jaligi hosili Yig 'imdan so 'ng qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar

Qo'y Jun Yigirilgan ip, gilam

Daraxtzordagi daraxtlar Yog'och Yog'ochlar, taxtalar

Paxta Yig'ilgan paxta Kalava ip, kiyim

Shakarqamish Yig'ilgan shakarqamish Shakar

Chorva molllari Sut Pishloq

Cho 'chqalar Go'sht Kolbasa mahsulotlari, Konservalangan go'shtlar

Choy butalari Terilgan choy barglari Choy

Tamaki o'simliklari Terilgan tamakibarglari Tamaki mahsulotlari

Uzum daraxtlari Uzumlar Vino

Mevali daraxtlar Mevalar Qayta ishlangan mevalar

Ba'zi o'simliklar, masalan, choy butalari, uzum, moyli palma va kauchuk daraxtlari, odatda tashuvchi o'simlik ta'rifiga javob beradi va IAS 16 "Property, Plant and Equipment»ko'lamda amal qiladi. Biroq, hosildor o'simliklarda o'sadigan mahsulotlar masalan, choy barglari, uzumlar, yog'li palma mevalari, IAS 41 "Agraculture" doirasida amal qiladi. Bundan ko'rinadiki biologik aktivlar guruhlari bo'yicha hisobni yurutilishni 2 ta IAS tartibga solib turadi.

Qishloq xo'jaligi boshqa sanoat sohalariga qaraganda kichik-kichik korxonalar bilan, yuqori darajadagi mahsulot ishlab chiqarish hajimini olib borishi bilan farqlanadi. Qishloq xo'jaligi mahsuloti esa, turli xildagi biologik xususiyatga ega bo'lgan hayvonlar va o'simliklar hisoblanib, ularning yakuniy qiymatga aylanishi uchun ko'p vaqt sarflanadi. Biroq, eng opltimal bo'lgan bo'lgan, ya'ni zamonaviy texnologiyalardan va samarali ixtirolardan foydalanib esa, aktivning biotransformatsiya bo'lish strategiyasini qisqartirib, yuqori darajadagi foyda olishni ta'minlashimiz mumkin. Biologik aktivlar dastlabki sotib olinish qiymatida va yil oxirida haqiqiy qiymatida balansda ko'rsatilishi kerak.

Qishloq xo'jaligi bilan bog'liq biologik aktivlar uchun alohida milliy standart ishlab chiqish zaruriyati mavjud. Biologik aktivlar bu tirik hayvonlar va o'simliklardir. Xalqaro standartlar talablariga muvofíqlashtirish maqsadida 4-son BHMSlari tarkibida zahira sifatida kiritilgan hayvonlarni zahira tarkibidan chiqarib, ularni biologik aktiv sifatida hisobga olish tartibini belgilaydigan alohida standartga kiritish kerak, deb o'ylaymiz. Shu asosda milliy standartdagi zahiralar tarkibidan "boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan katta yoshdagi

qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar"ni olib tashlash va ularni biologik aktivlar sifatida tan olish tamoyillarini qabul qilish kerak.

Respublikamizda biologik aktivlar hisobi 5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti "Asosiy vositalar»standarti orqali yuritiladi. Ushbu standart biologik aktivlarning faqat asosiy vosita tarkibiga kiruvchilarini hisobga oladi. Jumladan, ushbu standartning 4-xatboshida biologic aktivlar tarkibiga kiruvchi ko'p yillik ko'chatlarga qilingan kapital qo'yilmalar har yili butun ishlar majmui yakunlangan sanadan qat'iy nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiradi.

Ushbu standartda asosiy vositalar tarkibiga kiruvchi boshqa aktivlar to'g'risida umuman ma'lumotlar yo'q. Lekin asosiy vositalar tarkibiga kiruvchi biologik aktivlarning o'zi ham 2 ta katta guruhga bo'linadi:

- Hayvonlar (asalarilar, baliqlar, cho'chqalar, chorva mollari, sut va chorva mollari, qo'ylar va hokazolar).22

- O'simliklar (mevali daraxtlar, ko'p yillik o't o'lanlar va hokazolar).

Bundan ko'rinadiki ushbu standart biologik aktivlar hisobini

xususiyatlarini to'liq ochiqlab berolmaydi. Buxgalteriya hisobining 21 - sonli "Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar moliyaviy xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qo'llash bo'yicha yo'riqnoma» milliy standartida biologik aktivlarning hisobini buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Xususan, ushbu standartda «Ishchi va mahsuldor hayvonlar»schyotida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar -otlar, ho'kizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hamda mahsulot (nasl, sut, jun va boshqalar) beradigan hayvonlar - sigirlar, biyalar, qo'ylar, echkilar va boshqalar hisobga olinadi. «Ko'p yillik o'simliklar» schyotida ko'kalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va o'simliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga olinadi deya e'tirof etilgan. Biroq ushbu standart ham biologik aktivlarni hisobda adolatli qiymatda ochib berilishi va biologic aktivlarning o'ziga xos xususiyatlarini ochib berilmagan. Jumladan, ularning boshlang'ich qiymatini aniqlanishi, qayta baholanishi, ularga qilingan xarajatlarning to'g'ri hisobda aks ettirish uchun yetarlicha asosga ega emas.

Tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga kiruvchi biologik aktivlar ham ham Respublikamizdagi buxgalteriya hisobi standartlarida ochiqlab berilmagan. Biologik aktivlarga aniq bir ta'rif ishlab chiqilmagan. Biologik aktivlarning xossalari, xususiyatlari va ularning turlari me'yoriy huquqiy hujjatlarda ochiqlanmagan.

Biologik aktivlar qishloq va o'rmon xo'jaligi tarmog'idagi korxonalar faoliyatining asosiy qismi biologik aktivlarni sotish yoki ulardan foydalanish orqali vujudga keladi. Biologik aktivlarning moliyaviy hisobotlarda ochiqlanishi

22 5-сон БХ.МС "Узбекистан Республикаси бухгалтерия ^исобининг миллий стандарты ( 5-сон БХ.МС) «Асосий воситалар»ни тасдщлаш тугрисида" Узбекистон Республикаси молия вазирининг буйруги 20.01.2004 йилда руйхатдан утган, руйхат разами 1299, кучга кириш санаси 30.01.2004

bo'yicha ham biror bir adabiyotlarimizda yoki me'yoriy - huquq hujjatlarimizda qarashlar mavjud emas.

O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan qonunchilikka ko'ra biologik aktivlar hisobini tartiga solib turuvchi me'yoriy- huquqiy asos mavjud emas. Lekin mamlakamizda faoliyat olib borayotgan qishloq xo'jalik korxonalari, oromgohlar, tabiiy qo'riqxonalar faoliyatini bevosta biologik

aktivlardan foydalanish yoki ularni yetishtirish va qayta ishlash orqali amalga oshiradilar. Ushbu faoliyatlarni amalga oshirishda bir qator biologik aktivning turlarini qo'llashadi va ularni hisob obyekti sifatida hisobini yuritadilar.

Korxonalar faoliyatida foydalaniladigan biologik aktivlarni o'z navbatida 2 ta katta guruhga bo'lishimiz mumkin.

Ushbu aktivlar qishloq xo'jaligi korxonalar faoliyatida alohida hisobga olib borishni taqazo etadi. Xususan, oromgohlar va qo'riqxonalar asosiy faoliyatini manzarali daraxtlar tashkil etgan tabiiy muhitdan foydalanish yoki foydalanishga berish (ijara) orqali daromad oladilar. Ushbu ko'p yillik butalar va daraxtlar o'z xususiyatidan kelib chiqib har yili meva beradi. Bu o'z o'rnida daraxtlarlardan mevalarini ikkilamchi mahsulot sifatida tan olishni va ularni buxgalteriya hisobida

tan olishni talab etadi. Shuni hisobga olgan holda, mamlakatimizda amalada bo'lgan buxgalteriya hisobining milliy standart (BHMS)larida ushbu mahsulotlarning hisobda aks ettirilishi, ularning tannarxini aniqlanishi bayon etilmagan.

O'zbekiston Respublikasida biologik aktivlar hisobini tashkil etishni jarayonida birinchi navbatda biologik aktivlarning hisobini tartibga solib turuvchi me'yoriy - huquqiy asoslarni ishlab chiqishni yoki mavjudlarini takomillashtirishni taqazo etadi. Biologik aktivlar tarkibiga kiruvchi aktivlarni korxona xususiyatidan kelib chiqib asosiy vositalar tarkibiga kiruvchi va ulardan olinadigan mahsulot (TMZ) lar turlarini to'liq ko'rsatishi lozim. Asosiy vositalar tarkibiga kiruvchi biologik aktivlarni dastlabki qiymatini tashkil etuvchi xarajatlarning aniq tarkibini ochiqlash va ko'p yillik ekinlarning dastlabki qiymatini shakillantirish davrini aniq ko'rsatish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 41-son MHXS "Qishloq xo'jaligi"

2. 2-son MHXS "Zahiralar"

3. 4-son BHMS "Tovar-moddiy zahiralar"

4. 5-son BHMS "Asosiy vositalar"

5. С. Ташназаров. Молиявий бухгалтерия хисоби 1 дарслик / Самарканд иктисодиёт ва сервис институти - Самарканд.: "STEP-SEL»МЧЖ нашриёти, 2023 - 438 бет.

6. S.N. Tashnazarov. Moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish Monografiya. 2018 y. "0'zbekiston»2018 yil, - 119 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.