Научная статья на тему 'Biogaz orqali aholining turmush tarzini yaxshilash'

Biogaz orqali aholining turmush tarzini yaxshilash Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
287
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Biogaz / metan (CH4) / uglerod dioksidi (CO) / vodorod sulfid (H2S) / anaerob / biomassa

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Alisher Abulqosimovich Abdullayev, Yaxshilik Irsaliyevich Gulboyev, Dilorom Anvarovna Xolmo’Minova, Shodiyor Dilmurod O’G’Li Omonov

Biogazning afzalliklaridan biri, xohlagan joyda issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkinligidir. Chiqindilarni biokonversiya jarayoni energetik muammoni hal qilishdan tashqari yana ikkita masalani hal qiladi. Birinchidan, achigan go’ng odatdagi go’ngga qaraganda qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini 10 + 20% oshiradi. Ikkinchidan, chiqindilar achigan vaqtda go’ng tarkibida ko’p miqdorda bo’lgan begona o’tlarning urug’lari, har xil mikroblarning birikmalari, gelmintin urug’lar va yoqimsiz hidlar yo’qotiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Biogaz orqali aholining turmush tarzini yaxshilash»

Biogaz orqali aholining turmush tarzini yaxshilash

Alisher Abulqosimovich Abdullayev Yaxshilik Irsaliyevich Gulboyev Dilorom Anvarovna Xolmo'minova Shodiyor Dilmurod o'g'li Omonov Jizzax politexnika instituti

Annotatsiya: Biogazning afzalliklaridan biri, xohlagan joyda issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkinligidir. Chiqindilarni biokonversiya jarayoni energetik muammoni hal qilishdan tashqari yana ikkita masalani hal qiladi. Birinchidan, achigan go'ng odatdagi go'ngga qaraganda qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini 10 + 20% oshiradi. Ikkinchidan, chiqindilar achigan vaqtda go'ng tarkibida ko'p miqdorda bo'lgan begona o'tlarning urug'lari, har xil mikroblarning birikmalari, gelmintin urug'lar va yoqimsiz hidlar yo'qotiladi.

Kalit so'zlar: Biogaz,metan (CH4), uglerod dioksidi (CO), vodorod sulfid (H2S),anaerob, biomassa.

Improving the lifestyle of the population through biogas

Alisher Abulqosimovich Abdullayev Yaxshilik Irsaliyevich Gulboyev Dilorom Anvarovna Kholmominova Shodiyor Dilmurod ugli Omonov Jizzakh Polytechnic Institute

Abstract: One of the advantages of biogas is that it is possible to generate heat and electricity wherever you want. In addition to solving the energy problem of the process of recycling waste, two more issues are solved. First, aching manure increases the yield of agricultural crops by 10 + 20% compared to ordinary manure. Secondly, when the waste is depleted, seeds of weeds, which are abundant in the composition of gooseberries, compounds of various microbes, seeds of helminths and unpleasant odors are lost.

Keywords: biogas, methane (CH4), uglerod dioxide (CO), hydrogen sulfide (H2S), anaerobic, biomass.

Odatda tabiiy gaz yer tubidan, ya'ni 1000 metrdan bir necha kilometrgacha bo'lgan chuqurlikdan qazib olinadi. Ammo qazib olingan gazni iste'molchiga

yetkazishdan avval, uni mexanik aralashmalardan tozalab, chuqur qayta ishlanadi. Bundan tashqari, tabiiy gaz hidsiz va rangsiz bo'lgani sababli, gaz sizib chiqish holatlarini o'z vaqtida payqash uchun gaz taqsimlash stansiyalarida unga o'ziga xos hid beriladi.

Respublikamizda markazlashgan elektr tarmog'i mavjud bo'lishiga qaramasdan, qish faslida ayrim nosozliklarni vujudga kelishi tufayli qishloq hududlarigacha elektr energiya yetmaydigan holatlar kuzatilishi mumkin. O'zbekistonning 60%dan ko'proq aholisi qishloq hududida istiqomat qiladi, ulardan deyarli 30,5% qismi kam ta'minlangan. Energiyaning noto'g'ri ta'minlanishi mahalliy aholining daromad topish imkoniyatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Ammo hammamizga ma'lumki, ko'pgina qishloq joylariga tabiiy gaz bilan ta'minlashning iloji yo'q. Buning oldini olish uchun ya'ni aholini tabiy gaz bilan ta'minlash uchun tabiiy usulda olinadigan texnologiyadan foydalanish lozim.

Gaz bormagan gaz oborishning iloji bo'lmagan joylarda juda qo'l keladi. Har bir oila uchun bu texnologiya juda muhim hisoblanadi. Ya'ni, oila buyujetiga ham qolaversa davlat buyujetiga ham katta yordam hisoblanadi. Masalan 50 tonna chiqindi bilan 80-90 kun bir oila uchun yetarli bo'lardi. Qolaversa atrof - muhitga zarar yetkazuvchi chiqindilarni bartaraf etib, ularni foydali maqsadlarda ishlatish mumkin.

O'zbekistonda sug'oriladigan qishloq xo'jalik maydonlarini asosan g'o'za, g'alla, tamaki, kungaboqar va poliz ekinlari egallaydi. Hozirgi kungacha g'o'zaning poyasidan qisman spirt, qog'oz va bir qancha qurilish materiallarini ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalanib kelinadi. Qolgan o'simliklarning poyalari tashlab yoki yoqib yuboriladi. Mana shu qishloq xo'jalik chiqindilaridan ham biomassa, ya'ni bioyoqilg'i sifatida foydalanish mumkin.

Biologik chiqindilarni to'g'ridan to'g'ri yoqish yo'li bilan energiya olishdan tashqari biogaz ham olish mumkin. Biogaz har xil biologik mahsulotlarni havosiz muhitda ferm entatsiya-achishi natijasida hosil boladigan mahsulotdir.Biogaz -gazlarning aralashmasi. Uning asosiy tashkil qiluvchilari: metan (CH4) - 55-70% , uglerod dioksidi (CO) - 28-43% va oz miqdorda vodorod sulfid (H2S) va boshqa gazlardir.

O'rtacha 1 kg organik modda 70% biologik parchalanganda 0,18 kg metan, 0,32 kg karbonat angidrid, 0,2 kg suv va 0,3 kg ajralmaydigan qoldiqqa bo'linadi. Fermentatsiya natijasida hosil bo'lgan gazlardan uylarni va suvni isitishda, ovqat tayyorlashda va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Ayniqsa, asosiy energetik tarmoqlardan uzoqda joylashgan qishloqlarda biogazdan foydalanish qishloq aholisi uchun juda ko'p qulayliklarni yaratishga xizmat qiladi.

Qadimda Xitoyda birinchi bo'lib biogazdan foydalanilgan. Shuning uchun hozirgi kunda biogaz ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinlarni Xitoy egallaydi. O'tgan asrning 70- yillari o'rtalarida bu mamlkatda bir millionga yaqin metantenklar qurilib ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 20 mln. dan oshib ketgan. Xitoy Xalq Respublikasida milliy energo iste'molining 30%i biogaz hisobidan qoplanadi.Biogaz ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinni Hindiston egallaydi. O'tgan asrning 30-yillarida dunyoda birinchi bo'lib Hindistonda biogaz olish texnologiyasini rivojlantirish bo'yicha milliy dastur qabul qilingan. 2000-yilning oxirlarida Hindistonning qishloqlarida qurilgan metantenklarning soni 1 mln. dan oshib ketdi. Natijada bir qancha qishloqlarning energiya bilan ta'minlanishi va ularning sanitar-gigiyenik holati yaxshilandi, o'rmonlardagi daraxtlarni kesish keskin kamaydi va tuproqning tarkibi yaxshilandi. Nepalda milliy biogaz kompaniyasi tashkil qilindi va u faollik bilan ish olib bormoqda. Yaponiyaning 8 dona chorvachilik xo'jaliklarida qurilgan biogaz qurilmalari muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilinmoqda. Dastlabki hisoblar shuni ko'rsatadiki, chiqindilar bilan aralashtirilgan 1 tonna o'simlik biomassasidan 350 m3 (metan, vodorod) gaz olish mumkin.Bir sigirning go'ngidan bir kunda 4,2 m 3 gacha biogaz olish mumkin. 1 m3 biogazning energiyasi 0,6 m3 tabiiy yoqilg'i gaz, 0,74 l neft, 0,65 l dizel yoqilg'isi, 0,48 l benzin va boshqalarning energiyasiga to'g'ri keladi. Biogaz qo'llash bilan yoqilg'i mazuti, ko'mir, elektr energiyasi va boshqa elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi manbalar tejaladi. Biogaz qurilmalarini tadbiq etish chorvachilik va parrandachilik fermalarining hamda ular joylashgan atrof-muhit ekologiyasini yaxshilaydi.Bir kilogramm go'ngdan qancha gaz olish mumkin? Bir litr suvni qaynatish uchun 26 litr gaz sarflanishini hisobga olib quyidagi chiqindilardan qancha suvni qaynatishga yetarli gaz olish mumkinligi aniqlangan:

- qoramolning 1 kg go'ngidan 7,5 + 15 litr suvni qaynatishga;

- cho'chqaning 1 kg go'ngidan 19 litr suvni qaynatishga;

- qushlarning 1 kg tezagidan 11,5 + 23 litr suvni qaynatishga;

- dukkakli ekinlarning 1 kg poxolidan 11,5 litr suvni qaynatishga;

- kartoshkaning 1 kg poyasidan 17 litr suvni qaynatishga;

- pomidorning 1 kg poyasidan 27 litr suvni qaynatishga.

Biogazning afzalliklaridan biri, xohlagan joyda issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkinligidir.Chiqindilarni biokonversiya jarayoni energetik

muammoni hal qilishdan tashqari yana ikkita masalani hal qiladi. Birinchidan, achigan go'ng odatdagi go'ngga qaraganda qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini 10 + 20% oshiradi.Ikkinchidan, chiqindilar achigan vaqtda go'ng tarkibida ko'p miqdorda boigan begona o'tlarning urug'lari, har xil mikroblarning birikmalari, gelmintin uruglari va yoqimsiz hidlar yo'qotiladi.

Hayvon axlatlaridan va oqova suvlaridan oqilona foydalanishni yo'llaridan biri ularni anaerob sharoitda bijg'itishdir. Bu jarayonda axlatni zararsizlantirilib, bir vaqtni o'zida uni eng muhim organik o'g'itlik sifatini saqlab qolgan holda, undan biogaz olish mumkin.Metanli bijg'itish yoki biometanogenez - biomassani energiyaga aylantirish jarayoni qadim-qadimlardan ma'lum bo'lgan jarayondir. U 1776 yilda Volta tomonidan ochilgan bo'lib, dastlab u botqoqlardagi gazda metan borligini aniqlagan. Mana shu jarayonda hosil bo'ladigan biogaz 65% metan, 30% karbonat angidrid, 1% oltingugurt kislotasi (H2S) va unchalik ko'p bo'lmagan miqdorda azot, kislorod, vodorod va uglerod ikki oksidi saqlaydi. Botqoq gazi, ba'zida klar-gaz ham deb yuritiladi,ko'k- havo rang berib alangalanadi, hid chiqarmaydi.Uni tutun chiqarmasdan alangalanishi insonlarga o'tin, xayvonlar tezaklari va boshqa yoqilg'ilarga nisbatan kamroq tashvish tug'diradi. 28 m3 biogaz energiyasi, 16,8 m3 tabiiy gaz, 20,8 l neft yoki 18,4 l dizel yonilg'isiga tengdir. Organik chiqindilarni anaerob bijg'itishga asoslangan tozalash inshootlarini birinchisi 1895 yilda Angliyani Ekzeger shahrida qurib ishga tushirilgan edi. Bu inshootni sanitariya vazifasidan tashqari ko'chalarni yoritish uchun elektr energiyasi tayyorlash sarf bo'ladigan biogaz ishlab chiqarish bo'lgan. Chiqindilarga anaerob ishlov berish uzoq vaqt suv tozalash stansiyalarini cho'kmalarini va chorvachilikni chiqindilarini mo'tadillash maqsadida ishlatib kelingan.

Biogazning afzalliklari quyidagilardan iborat.

- atrof-muhitning ifloslanishi kamayishi hisobiga insonlarning sog'ligi yaxshilanadi;

- uzoq qishloqlarda ham maishiy qulayliklar yaratadi;

- yerlarning hosildorligini oshiradi;

- chiqindilardan foyda olish imkonini beradi;

- energetik qaramlikdan ozod qiladi.

Shuning uchun hozirgi kunda mamlakatimizda biogazdan keng foydalanish yo'lga qo'yilmoqda.

Foydalingan adabiyotlar

1. I.A.Karimov. "Ona yurtimning baxt-u istiqboli va buyuk kelajak yo'lida xizmat qilish - eng oliy soadatdir. "O'zbekiston" NMIU,2015. 171-188 bet.

2. Буков А.В и др. Микробиологическое производства биологических активных веществ и препаратов. М., Высшая школа. 1987, С.333

WWW.OPENSCIENCE.UZ 176 | МЕ^^Д

3. Гулбаев Я. И. и др. Синтез и кристаллическая структура тиосемикарбазона о-оксиацетофенона //Узбекский химический журнал. - 1997. - Т.

4. Гулбоев Я. И., Исомиддинов Ж. УСИМЛИКЛАРНИ ХИМОЯ КИЛИШДА КИМЁВИЙ ТАДБИРЛАРНИ КУЛЛАШ //Журнал естественных наук. - 2020. - №. 1.

5. Khudojarov A. B., Gulboev N. I., Sharipov K. T. Synthesis and crystal structure of [MoO~ 2 (2-OC~ 6H~ 4CH (CH~ 3) NNCOC~ 6H~ 5)(CH~ 3)~ 2SO] //UZBEKSKII KHIMICHESKII ZHURNAL. - 1997. - С. 3-6.

6. Gulbaev J. I. et al. Crystal and molecular structure of uranium dioxocomplex with benzoyl hydezone of salicylic aldehyde //UZBEKSKII KHIMICHESKII ZHURNAL. - 1997. - С. 28-31.

7. Gulbaev J. I. et al. Synthesis and crystalline structure of thiosemicarbasons and o-oxy-acetophenon //UZBEKSKII KHIMICHESKII ZHURNAL. - 1997. - С. 43-44.

8. Гулбоев Я. И., Исомиддинов Ж. КРИСТАЛЛИЧЕСКАЯ И МОЛЕКУЛЯРНАЯ СТРУКТУРА ДИМЕРА УРАНА //Журнал естественных наук. - 2021. - Т. 1. - №. 2.

9. Гулбаев Я. И., Исамиддинов Ж. К., Нореков У. Д. СИНТЕЗ И ЭЛЕМЕНТНОГО АНАЛИЗА КОМПЛЕКСНЫХ СОЕДИНЕНИЙ ТИОСЕМИКАРБАЗОНА МЕТИЛЭТИЛКЕТОНА С МОЛИБДЕНОМ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 1.

10. Гулбаев Я. И., Рашидова Н. Т. РЕНТГЕНОГРАММА МОЛЕКУЛЫ СЕМИКАРБАЗОНА ПАРАОКСИБЕНЗОАЛЬДЕГИДА С МОЛИБДЕНОМ //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 2.

11. Гулбаев Я. И. Жавохирмирзо Камариддин Угли Исомиддинов, & Мижгона Саттор Кизи Дадоева (2020). СИНТЕЗ СЕМИКОРБАЗОНА ПАРАОКСИБЕНЗОАЛЬДЕГИДА С МОЛИБДЕНОМ //Science and Education. -Т. 1. - №. 9. - С. 100-104.

12. Гулбаев Я. И., Исомиддинов Ж. К. У. Дадоева МСК СИНТЕЗ СЕМИКОРБАЗОНА ПАРАОКСИБЕНЗОАЛЬДЕГИДА С МОЛИБДЕНОМ //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 9.

13. Гулбаев Я. И., Каримова Ф. С., Муллажонова З. С. К. Координационное соединение тиосемикарбазона параоксибензоальдегида с молибденом //Universum: химия и биология. - 2021. - №. 4 (82). - С. 64-68.

14. Гулбаев Я. И., Холмуминова Д. А. ДЕРВАТОГРАММА КОМПЛЕКСНЫХ СОЕДИНЕНИЙ ТИОСЕМИКАРБАЗОНА МЕТИЛЭТИЛКЕТОНА С МОЛИБДЕНОМ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 1.

15. Гулбаев Я. И. Жавохирмирзо Камаридинович Исамиддинов, & Умид Дониёрович Нореков (2021). СИНТЕЗ И ЭЛЕМЕНТНОГО АНАЛИЗА КОМПЛЕКСНЫХ СОЕДИНЕНИЙ ТИОСЕМИКАРБАЗОНА МЕТИЛЭТИЛКЕТОНА С МОЛИБДЕНОМ //Science and Education. - Т. 2. - №.

1. - С. 117-122.

16. Гулбоев Я. И., Исомиддинов Ж. ДИОКСОКОМПЛЕКСЫ Мо (VI) С ПРОИЗВОДНЫМИ ГИДРАЗОНОВ //Журнал естественных наук. - 2021. - Т. 1. - №. 2.

17. Холмуминова Д. А., Гулбаев Я. И. ИК-СПЕКТРЫ ПОГЛОЩЕНИЯ МОЛЕКУЛЫ КОМПЛЕКСНЫХ СОЕДИНЕНИЙ ТИОСЕМИКАРБАЗОНА МЕТИЛЭТИЛКЕТОНА С МОЛИБДЕНОМ //Science and Education. - 2021. - Т.

2. - №. 1.

18. Гулбаев Я. И., Исомиддинов Ж. К У., Дадоева М. С. К СИНТЕЗ СЕМИКОРБАЗОНА ПАРАОКСИБЕНЗОАЛЬДЕГИДА С МОЛИБДЕНОМ //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 9.

19. Гулбаев Я. И., Холмуминова Д. А. Синтез и свойства комплексных соединений тиосемикарбазона метилэтилкетона с молибденом //Universum: химия и биология. - 2021. - №. 6-1 (84). - С. 73-78.

20. Шарипов Х. Т. и др. КРИСТАЛЛИЧЕСКАЯ И МОЛЕКУЛЯРНАЯ СТРУКТУРА ДИОКСОКОМПЛЕКСА U (VI) С БЕНЗООИЛГИДРОЗОНОМ САЛИЦИЛОВОГО АЛЬДЕГИДА //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 330-339.

21. Гулбаев Я. И., Холмуминова Д. А. ОЛТИНГУГУРТ БИЛАН ИШЛОВ БЕРИЛГАНДА ЗАМБУРУГЛАРНИНГ СПОРАЛАРИ РИВОЖЛАНИШ КОБИЛИЯТИНИ СУСАЙТИРИШ УСУЛЛАРИ //Журнал естественных наук. -2021. - Т. 3. - №. 5.

22. Abdullaev A. A. et al. MОLIBDЕN SАNОАTI CHIQINDILАRINING INSОN VА АTRОF-MUHITGА TА'SIRI //Журнал естественных наук. - 2021. -Т. 1. - №. 4.

23. Гулбаев Я. И., Холмуминова Д. А. Анализ семикарбазона параоксибензо альдегида с молибденом //Science and Education. - 2021. - Т. 2. -№. 11. - С. 226-233.

24. Бобомуродова С. Ю., Матчанова М. Б., Холмуминова Д. А. Разработка цинк, цирконий промотированного цеолитового катализатора конверсии пропан-бутановой фракции //Universum: химия и биология. - 2020. - №. 9 (75).

25. Холмуминова Д. А., Бобомурадова С. Ю. Последствий экологического воздействия на окружающую среду и изменение климата системы айдаро-арнасайских озёр //European Research. - 2017. - С. 12-14.

26. Холмуминова Д. А., Бобомурадова С. Ю. Загрязнение природной среды радиоактивными веществами, ядовитыми химикатами, пестицидами и борьбы с ними //European Research. - 2017. - С. 15-18.

27. Авалбаев Г. А., Холмуминова Д. А., Наркулова З. Т. Особенности коррозии арматуры в бетонах на основе сульфатированных цементов //Ученый XXI века. - 2016. - №. 5-2.

28. Файзуллаев Н., Бобомуродова С., Холмуминова Д. КАТАЛИТИЧЕСКОЕ ИЗМЕНЕНИЕ О^-АЛКАНОВ //Збiрник наукових праць АОГОХ. - 2021.

29. Кузиев Б. Н., Холмуминова Д. А., Муртазин Э. Р. ЭЛЕКТРОННОЕ ОБУЧЕНИЕ КАК ЧАСТЬ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - Т. 1. - С. 43.

30. Yusupalieva U. N. et al. Efficient use of raw materials in textile enterprises and ensuring product quality //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 337-341.

31. Jumaniyazov Q. J. et al. Korxonalarda paxta tolasidan saralanmalar tuzish tartibi //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 327-334.

32. Xoliyarov M. S. et al. To'qimachilik sanoat chiqindilarini qayta ishlash muammolari va istiqbollari //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 384-391.

33. Эгамбердиев Н. Б., Гулбоев О. Я. Кунгабоiар уру1ини озон гази билан ишлов бериб узоi муддат сашаш //Озиi-овiат, нефтгаз ва кимё саноатини ривожлантиришнинг долзарб муаммоларини ечишнинг инновацион йгллари. Бухоро. - 2020. - С. 12-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.