Научная статья на тему '“BINO-DEMPFER QATLAMLI POYDEVOR-ZAMIN” TIZIMINING BIRGALIKDA ISHLASHIDA, KUCHLANISH-DEFORMASIYA HOLATINI HISOBLASHNING YANGI USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

“BINO-DEMPFER QATLAMLI POYDEVOR-ZAMIN” TIZIMINING BIRGALIKDA ISHLASHIDA, KUCHLANISH-DEFORMASIYA HOLATINI HISOBLASHNING YANGI USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
9
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dempfer / bir jinsli boʻlmagan / bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin / kuchlanganlik-deformasiyalanish. / Damper / non-uniform / building-damped layer foundation-floor / stress-strain

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Abduraimova Xadicha Raxmanqulovna

Ushbu maqolada “bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin” tizimining birgalikda ishlashini tartibga soluvchi dempfer qatlamni hisoblashning umumiy tamoyillari koʻrib chiqilgan. Hamda ushbu maqolada poydevor, poydevor usti bino konstruksiyalarining va turli jinsli zamin tizimining oʻzaro birgalikda deformasiyalanishini hisoblashda, balkasimon dempfer qatlamli poydevor konstruksiyasi modelini qabul qilamiz. U holda turli jinsli zaminda joylashgan dempfer qatlamli balkasimon poydevorning egilish muammosini echish masalasi koʻrib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF NEW METHODS FOR CALCULATION OF THE STATE OF STRESS AND DEFORMATION IN THE COMBINED OPERATION OF THE "BUILDING-DAMPER LAYER FOUNDATION-SOIL" SYSTEM

This article discusses the general principles of calculating the damping layer, regulating the joint operation of the "building-damping layer-foundation-soil" system. Also in this article, when calculating the mutual deformation of the foundation, the superstructure of the building and the system of floors made of different rocks, a model of the foundation structure with a damping layer is adopted. In this case, the issue of solving the problem of bending the foundation with a damping layer, located on the ground of different rocks, was considered.

Текст научной работы на тему «“BINO-DEMPFER QATLAMLI POYDEVOR-ZAMIN” TIZIMINING BIRGALIKDA ISHLASHIDA, KUCHLANISH-DEFORMASIYA HOLATINI HISOBLASHNING YANGI USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

UDK: 624.131.2

"BINO-DEMPFER QATLAMLI POYDEVOR-ZAMIN" TIZIMINING BIRGALIKDA ISHLASHIDA, KUCHLANISH-DEFORMASIYA HOLATINI HISOBLASHNING YANGI USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abduraimova Xadicha Raxmanqulovna t.f.f.d.(Phd)., "Umumkasbiy fanlar" kafedras dosenti v.b.

Alfraganus universiteti [email protected]

Annotasiya: Ushbu maqolada "bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin" tizimining birgalikda ishlashini tartibga soluvchi dempfer qatlamni hisoblashning umumiy tamoyillari ko'rib chiqilgan. Hamda ushbu maqolada poydevor, poydevor usti bino konstruksiyalarining va turli jinsli zamin tizimining o'zaro birgalikda deformasiyalanishini hisoblashda, balkasimon dempfer qatlamli poydevor konstruksiyasi modelini qabul qilamiz. U holda turli jinsli zaminda joylashgan dempfer qatlamli balkasimon poydevorning egilish muammosini echish masalasi ko'rib chiqildi.

Аннотация: В данной статье рассмотрены общие принципы расчета демпфирующего слоя, регламентирующие совместную работу системы «здание-демпфирующий слой фундамент-грунт». Также в данной статье при расчете взаимного деформирования фундамента, пролетного строения здания и системы перекрытий из различных пород принята модель конструкции фундамента с демпфирующим слоем. При этом рассматривался вопрос решения задачи об изгибе фундамента с демпфирующим слоем, расположенного на грунте из различных горных пород.

Abstract: This article discusses the general principles of calculating the damping layer, regulating the joint operation of the "building-damping layer-foundation-soil" system. Also in this article, when calculating the mutual deformation of the foundation, the superstructure of the building and the system of floors made of different rocks, a model of the foundation structure with a damping layer is adopted. In this case, the issue of solving the problem of bending the foundation with a damping layer, located on the ground of different rocks, was considered.

Kalit so'zlar. Dempfer, bir jinsli bo'lmagan, bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin, kuchlanganlik-deformasiyalanish.

Ключевые слова. Демпфер, неоднородный, здание-демпферированным слоем фундамент-пол, напряжение-деформация.

Keywords. Damper, non-uniform, building-damped layer foundation-floor, stress-strain Kirish. Respublika miqyosida ko'p qavatli binolar sonining oshib borishi va yangi konstruktiv shakllarining paydo bo'lishi, binoning zamin bilan o'zaro ta'siridagi qurilish konstruksiyalarining kuchlanish-deformasiya holatini hisoblashning oddiy, tejamkor, etarlicha aniq usullarini yaratish, loyihalashdan oldingi takliflar berish vazifasi qo'yilmoqda. Mahalliy sharoitda qurilish me'yoriy hujjatlarida poydevorga yuk va ta'sirlar, shuningdek zaminning deformasiyalanishi, binoning zamin bilan o'zaro birgalikda ishlashi sharoitini aniqlash uchun muhim talablar mavjud.

Amaldagi me'yoriy hujjatlar talablariga binoan binoning zamini, poydevori va er usti konstruksiyalarining birgalikda ishlashini hisobga olish binolar va inshootlarni loyihalashtirishning asosiy tamoyillaridan biridir. Shu bilan birga, me'yoriy hujjatlarda qurilish materiallari va poydevor konstruksiyalari, zamin gruntlarining geometrik va fizikaviy nochiziqligi, turli jinsliligi, ko'p qatlamli tuzilishi va reologik xususiyatlarini hisobga olish tavsiya etiladi. Ushbu yondashuvning afzalligi - binoning er usti va poydevor konstruksiyalarida, zaminning notekis deformasiyalari rivojlanishi bilan bog'liq harakatlarning oldini olish imkoniyatini beradi.

Binolarni loyihalashda va qurishda poydevor konstruksiyasi, mehnat va moddiy xarajatlarga sezilarli ta'sir ko'rsatadi hamda konstruktiv xususiyatlariga qarab binoning umumiy narxining 1520 % ni tashkil qiladi. Poydevorlarning narxini pasaytirishning istiqbolli usuli - poydevor uchun innovasion konstruktiv yechimlarni qo'llash muhim ahamiyatga ega. Poydevor konstruksiyasiga qo'llaydigan usul esa, bu elastik deformasiyalanuvchi materialdan tayyorlangan, o'zgaruvchan qalinlikdagi dempferlovchi qatlamni, poydevor konstruksiyasiga joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu usul, bino poydevori zo'riqishlarining va zamin reaktiv bosimlarining o'zaro ishlash taqsimotini ta'minlaydi.

Shu bilan birga, an'anaviy poydevorlarga xos bo'lgan qurilishning konstruktiv soddaligi va ishlab chiqarilish texnologiyasi saqlanib qoladi. Demak, dempfer qatlamli balkasimon poydevorning turli jinsli zamin gruntlari bilan o'zaro ta' sirini hisobga olib, "bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin" tizimining kuchlanish-deformasiya holatini tadqiq qilish dolzarb muhim masaladir.

Dempferli qatlami bo'lgan poydevorlarning samaradorligi, poydevorning salqiligi va ichki zo'riqishlarining kamayishi bilan bog'liq: uning material hajmi sarfini kamaytirish; egiluvchan (gibkix) moslashuvchan poydevorlar doirasini kengaytirish; zamin gruntlarining notekis cho'kishidan binoning er usti konstruksiyalarida zo'riqishlarni kamaytiradi.

Dempfer qatlamning materialini tanlashda ikkita asosiy yondoshuv mavjud:

1. Dempfer qatlami mineral materiallardan (qum, maydalangan tosh, beton va boshqalar) tayyorlangan

2. Dempfer qatlami organik materiallardan (penoplast, polistrol, rezina kauchik va boshqalar) tayyorlangan.

O'rganilganligi. Hozirgi vaqtda o'zbekistonlik va chet ellik olimlar poydevorlarning zamin gruntlari bilan o'zaro ta'sirini faol ravishda tartibga solish orqali, ularning ishlashini optimallashtirish usullarini tadbiq etmoqdalar.

Ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlar N.A.Sitovich, V.A.Florin, E.Vinkler, N.M.Gersevanov, M.I.Gorbunov-Posadov, B.N.Jemochkin, I.A. Simvulidi, N.I.Fuss, G.G.Boldirev, E.A. Sorachan, Yu.A. Pronozin, A.N. Tetior, Z.G. Ter-Martirosyan, Yu.K.Zareskiy, T.R. Rashidov, T.Shirinkulov, X.Z.Rasulov, M.Mirsaidov, G.Xojimetov, A.Hotamov, S.M.Maxmudov, X.Sh.Turaev, A.Hasanov, A.Yumetov va boshqalar tomonidan olib borilgan.

Usullari. Hozirgi kunda bajarilgan ilmiy tadqiqotlarning aksariyati, asosan bir tomonlama bo'lib, ular faqat zamin gruntlarining modelini takomillashtirishga va tashqi kuchlar ta'sirida poydevor va zaminning o'zaro tutash(kontakt) masalalari va ularning yechimlarini tadqiqot qilishga bag'ishlangan, ya'ni bu masalani echishda va hisoblashda poydevor ustidagi konstruksiyalarning bikrligi hisobga olinmagan. Dempfer qatlamli balkasimon poydevorning turli jinsli zamin gruntlari bilan o'zaro ta'sirini hisobga olib, "bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin" tizimining o'zaro birgalikda ishlashida kuchlanish-deformasiya holatini tadqiq qilishda, T.Sh. Shirinkulov usulidan foydalanildi. Bu usul deformasiyalanuvchan zaminda joylashgan konstruksiyalar nazariyasi yechimlarining muhandislik yondoshuvi va matematik hisoblashning aniqligini birlashtiradi.

Ushbu usul zamin gruntlarining reaktiv bosimi va cho'kishlarini yaqinlashtirishga asoslangan, masalani echishda Gegenbauer maxsus polinomlari qo'llanilishi natijasida T.Sh. Shirinkulov taqribiy jarayonining yuqori darajadagi yaqinlashuviga erishgan.

Tekis deformasiya sharoitida T.Sh. Shirinkulov usulidan foydalanib, dempfir qatlamli balkasimon poydevorning turli jinsli zamin gruntlari bilan o'zaro ta'sirini hisobga olib, bino konstruksiyalari tizimida hosil bo'ladigan o'zgarishlarni ko'rib chiqamiz (1.-rasm). Ushbu usulning afzalligi shundaki, balkasimon poydevorning turli qismlari ostida har xil qattiqlikdagi dempfer qatlamni diskret holda foydalanish imkoniyati mumkinligidadir.

B)

1 -rasm. Yuqori va pastki qatlamlar orasiga joylashtirilgan dempfer qatlamli balkasimon

poydevorning hisoblash sxemasi. a) umumiy sxema; b) S.M. Maxmudovning usuli bo'yicha hisoblash sxemasi;

v) asosiy sxema.

Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 5-son https://jurnal.qurilishtalim.uz/

50

Bu usulning afzalligi shundan iboratki, balkasimon poydevor konstruksiyasining yuqori va pastki q.atlamlar orasiga joylashtirilgan har xil bikrlikga ega bo'lgan dempfirli qatlamni pastki poydevor qatlamining har xil qismlarida alohida (diskretlash) holatidan foydalanish imkonini beradi. Balkasimon poydevorning yuqori va pastki qatlamlari orasidagi dempferli qatlam, qatlam chegarasi bo'yicha siqilishga ishlaydi, qatlamning egiluvchanligi qatlam chegarasidagi tayanchining egiluvchanligiga teng qilib olinadi. Har xil qalinlikdagi dempferli qatlam joylashtirilganligi sababli sirt yuzasining kam egriligi hisobga olinmaydi, yuqori va pastki qatlamlarining yuzasi tekis deb hisoblanadi.

Dempfer qatlamli balkasimon poydevorning turli jinsli zamin gruntlari bilan o'zaro ta'sirini hisobga olish paytida, faqat vertikal zo'riqishlarni e'tiborga olinganli gi sababli, poydevor zaminidagi kichik ishqalanish kuchlari keyingi hisob-kitob ishlarida hisobga olinmagan.

Dempfer qatlamning quyidagi tamoyillar shakllantirilgan: "Dempfer qatlamli balkasimon poydevorning pastki qatlamiga turli jinsli zamin gruntlari reaktiv bosimining miqdori, pastki qatlam bikrligiga (EI), uning uzunligiga (L), zamin gruntlarining deformasiya moduli (Em), kattaliligiga va tashqi kuchning joylashuviga qarab o'zgarishi mumkin. Bu esa pastki balkasimon poydevorning (qatlam) bikrligi va uzunligini to'g'ri tanlash orqali turli jinsli gruntlarning reaktiv bosimini talab qilinadigan chegaralar ichida tartibga solishga imkon beradi".

Amaliy misol yordamida dempfer qatlamli balkasimon poydevorning turli jinsli zamin gruntlari bilan o'zaro ta'sirini hisobga olib, "bino-dempfir qatlamli poydevor-zamin" tizimidagi zaminning cho'kishini va bino konstruktiv elementlarida eguvchi momentlarini kamaytirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Xulosa

s *

3

s x

kjK;iah iui [ h n h r raprn6h iTi

2 -rasm. Har xil bikrlikdagi dempfer qatlam bilan balkasimon poydevorning holatini ifodalovchi tekislikdagi masala natijasi. Eguvchi moment epyurasi maydonining va notekis cho'kishning

o'zaro bog'liqligini ifodalovchi grafik.

Nochiziqli masalada raqamli(chislenniy) yechim natijasi shuni ko'rsatadiki, dempfir qatlam, balkasimon poydevor ko'ndalang kesimida eguvchi momentni va uning salqiligini 10 marta kamayishiga imkon beradi.

Zamin gruntlarining maksimal cho'kishining absalyut qiymati (51, 30 mm) bo'lsa, dempfir qatlamsiz holatda esa (53, 13 mm) ni tashkil etgan bo'lib, bu holda zaminning cho'kishi 3,5% oshgan. Poydevor tavoni bo'ylab tutashish bosimlari, poydevor ko'ndalang kesimlaridagi momentlar va salqiliklarning natijalari epyura ko'rinishida 3,6 v - rasmda va 3.6.g - rasmda ko'rsatilgan.

ADABIYOTLAR

1. Shirinkulov T.Sh., Zareskiy Yu.K., Maxmudov S.M. Polzuchest i konsolidasiya gruntov.Izdatelstvo "FAN".1986g.

2. Shirinkulov T.Sh. Raschet injenernix konstruksiy na neodnorolnom osnovaniy.Prochnosti seysmostoykost soorujeniy T.2008g.

3. Maxmudov S.M. Raschetnie modeli dlya proektirovaniya konstruksiy zdaniy . Monografiya.T.2019g.

4. Makhmudovich, Makhmudov Said, and Abduraimova Khadicha Rakhmankulovna. "Research Of The Work Of The System" Base-Foundation With A Damping Layer-Building" On An Inhomogene Soil Base." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12.7 (2021): 2006-2015.

5. Rakhmankulovna, A. K. H., and M. S. Makhmudovich. "Innovative designs and technologies in foundation engineering and geotechnics." International Journal of Scientific and Technology Research 9.1 (2020): 3803-3807.

6. Machmudov, S. M., and Sh Kh Samieva. "Quantitative assessment of the reliability of the system" foundation-seismic isolation foundation-building"." Central Asian Journal of STEM 2.2 (2021): 445-452.

7. Maxmudov,S.M., Sh.X.Samieva. "Konstruktivnie resheniya seysmoizoliruyushix fundamentov zdaniy." Nauchnie Revolyusii kak klyuchevoy faktor razvitiya nauki i texniki (2021): 36-38.

8. Abduraimova X. R. Energosberegayushie texnologii v stroitelstve //Vestnik sovremennoy nauki. - 2017. - №. 2-1. - S. 49-54.

9. Raxmankulovna A. X., Adirovna S. Z. "BINO-POYDEVOR-ZAMIN" TIZIMINING DEFORMATSIYA JARAYONLARINI TADQIQ QILISH USULLARI VA YONDASHUVLARI //Stroitelstvo i obrazovanie. 2024. T. 3. S. 34-42.

10. Abduraimova X., Xidoyatov Z. "Bino-poydevor-zamin" tizimining o'zaro birgalikda ishlashini hisoblashda, namoyon bo'ladigan asosiy samaradorliklar //Seysmicheskaya bezopasnost zdaniy i soorujeniy. 2023.T. 1. №.1. S. 178-185.

11. Akramovich K. G. et al. Methods for Determining the Critical Acceleration of Loess Soil Oscillation //American Journal of Technology Advancement. 2024.T. 1. №. 5. S. 31-38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.