Научная статья на тему 'Bi12GeO20 KRISTALLARIDA FOTOELASTIK XOSSALARNING ANIZOTROPIYA QONUNIYATLARI'

Bi12GeO20 KRISTALLARIDA FOTOELASTIK XOSSALARNING ANIZOTROPIYA QONUNIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bi12GeO20 KRISTALLARIDA FOTOELASTIK XOSSALARNING ANIZOTROPIYA QONUNIYATLARI»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Bi12GeO20 KRISTALLARIDA FOTOELASTIK XOSSALARNING ANIZOTROPIYA QONUNIYATLARI

M. I. Elboyeva

Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti tayanch doktoranti. elboyevamoxinur1990@gmail .com. O'zbekiston.

Vismut germanati (Bii2GeÜ2o) kristallari o'zining piezoelektrik va akusto-optik xususiyatlari bilan mashhur va turli xil ilovalarda, shu jumladan akusto-optik qurilmalarda qo'llaniladi. Ushbu ishda (001) tekislikdagi sentrosimmetrik bo'lmagan Bi12GeO20 kristallari elastik va akusto-optik xususiyatlari uchun o'rganildi. Effektiv elastik va fotoelastik konstantalar pyezoelektrik va elektro-optik hissalarni hisobga olgan holda hisoblanadi. O'rganilayotgan tekislikda fotoelastik konstantalarning matritsa shakli hisoblangan. Vismut germanat namunalari parallelepiped shakliga ega bo'lib, uzun tomoni bilan [100], [010], [001] va [110] kristallografik yo'nalishlar bo'yicha yo'naltirilgan. Namunalarning o'rtacha o'lchamlari 6x6x12 mm edi. Akustik to'lqinlarni 400 MHz dan 1,2 GHzgacha bo'lgan chastota diapazonida qo'zg'atish uchun xona haroratida qalinligi 40 yoki 70 mkm bo'lgan vismut germanatdan (X yoki Y-kesimli) piezoelektrik o'zgartirgichlar ishlatilgan. Fotoelastik xususiyatlarni o'rganish yorug'likning akustik to'lqinlar orqali Bragg difraksiyasidan foydalangan holda yorug'lik to'lqin uzunligi ^0=630nm da amalga oshirildi [1]. Samarali fotoelastik konstanta(peff )lar o'rganilayotgan namunadagi va etalon namunadagi difraksiyalangan yorug'lik intensivligini taqqoslaydigan o'zgartirilgan Dikson-Koen usuli bilan aniqlandi .

peff -kristallning fotoelastiklik tenzori komponentlarining qiymatlarini va piezo-va elektro-optik ta'sirlarni hisobga olgan holda aniqlandi. Fotoelastik doimiyning samarali qiymatlari tushgan va diffraktsiyalangan yorug'likning qutblanish vektorlari a, ß, shuningdek, akustik to'lqinlarning tarqalish va qutblanish yo'nalishiK, y bilan quyidagicha bog'langan

Peff = (Pijkl -bPijU)aißj7kKl (1)

A pijki fotoelastik qo'shimcha tensorining tarkibiy qismidir.

A riJpKpesklKS

Ap —

ijkl

£0£mnKmKn (2)

280

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current

Bu yerda % - elektro-optik doimiy, s - dielektrik doimiyning absolyut qiymati, kp, Ks - to'lqin vektorining yo'nalish kosinuslari. Biz hisob-kitoblarni soddalashtirish uchun [2] elektro-optik va piezo-optik konstantalarning matritsa turidan foydalandik, Fotoelastik doimiylarning matritsa shakli adabiyotlarda yetarlicha keltirilgan . Bu ishda biz (001) tekislikda akustik to'lqin tarqalganda piezoelektrooptik effektlarni hisobga olingan fotoelastik qo'shimchalarning matritsa shakli qanday ko'rinishda bo'lishini hisobladik.

Ap -

0 0 0 0 0 0

0 0 0 0 0 0

0 0 0 0 0 0

0 0 0 AP 44 AP 45 0

0 0 0 AP45 AP 55 0

0 0 0 0 0 0

Germanat vismut kristallarida (001) tekislik bo'ylab bo'ylama va ko'ndalang akustik to'lqin tarqalganda samarali fotoelastiklikning akustik to'lqin vektoriga bog'liqligi

1-rasmda keltirilgan.

1-rasmdan ko'rinib turibdiki, bo'ylama to'lqinlar hosil qilgan fotoelastiklik (001) tekislikda izotropdir, shuning uchun ko'ndalang to'lqinlarning anizotropiyasiga to'xtalib o'tamiz. ya'ni Ap va peff o'rtasidagi munosabatni aniqlaymiz.

2-rasm. Bi12GeO20 kristallaridagi (001) tekislikdagi ko'ndalang to'lqinlar uchun samarali fotoelastik koeffitsienti va Ap ning bog'liqligi.

2-rasmda (001) tekislikdagi piezoelektrik ta'sirning foizi 45 gradusda fotoelastiklikning samarali qiymatiga eng ko'p hissa qo'shishi va uning qiymatini maksimal darajada kamaytirishini ko'rsatadi..

Vismut germanat kristallaridagi akustik to'lqinlarda Bragg yorug'lik tarqalishini o'rganish natijalari pyezoelektrik effektli kristallarda akusto-optik samaradorlikka qo'shimcha hissani hisobga olish zarurligini ko'rsatadi. Ushbu hissa natijasida ularning elastik va fotoelastik xususiyatlari anizotropik bo'lib, akusto-optik qurilmalarni ishlab chiqishda hisobga olinishi kerak.

May 15, 2024

281

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

REFERENCES

1. Elboyeva M.I. Axmedjanov F.R " Влияние пьезоэффекта на фотоупругие свойства кристаллов силиката висмута " O'zMU xabarlari 3/1, 2023,.B.524-528..

2. Shepelevich, V. V., Egorov, N. N., Orientation and polarization effects of two-beam coupling in a cubic optically active photorefractive piezoelectric BSO crystal. Journal of the Optical Society of America B, 11(8), 1999, .pp. 1394-1402. doi: 10.1364/JOSAB. 11.001394 (https://doi.org/10.1364/JOSAB.11.001

282

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.