Научная статья на тему 'BEMOR BILAN KECHADIGAN NUTQIY JARAYONDA SOʻZNING TAʼSIRI'

BEMOR BILAN KECHADIGAN NUTQIY JARAYONDA SOʻZNING TAʼSIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
549
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tibbiyot psixologiyasi / shifokor deantologiyasi / psixomatika / ruhiy kasalliklar / psixolog / nutq madaniyati / nutqiy vaziyat / nutq ohangi / muloqot uslubi / lisoniy tahlil. / medical psychology / doctor's deontology / psychomatics / mental diseases / psychologist / speech culture / speech situation / speech tone / communication style / linguistic analysis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abuzalova, Mexriniso Kadirovna, Avliyoqulova, Lola Bebutovna

Ushbu maqolada kasalliklar, ularning kelib chiqishida ruhiyatning roli va bu kasalliklarni davolashda soʻzning taʼsiri haqida fikr yuritiladi. Bemor bilan kechadigan nutqiy jarayon, bu nutqning uslubi, mazmuni, ohangi, soʻzning taʼsir kuchi, undan kasalliklarni davolashda oʻrinli foydalanish kabilar atroflicha yoritiladi. Aytish joizki, yuqorida sanab oʻtilgan masalalarni talqin qilishda sinxron, sotsiologik, kontekstual hamda lingvomadaniy tahlil usullariga tayaniladi. Maqolada bir qancha badiiy asarlar, kinofilmlar hamda hayotiy misollar vositasida soʻzning taʼsir kuchi koʻrsatib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF THE WORD IN THE SPEECH PROCESS WITH THE PATIENT

This article discusses diseases, the role of the psyche in their origin, and the influence of speech in the treatment of these diseases. The speech process with the patient, the style, content, tone of the speech, the power of the word, its appropriate use in the treatment of diseases, etc. will be covered in detail. It should be said that the interpretation of the above-mentioned issues relies on synchronic, sociological, contextual and linguistic analysis methods. The article shows the power of words with the help of several works of art, movies and real life examples.

Текст научной работы на тему «BEMOR BILAN KECHADIGAN NUTQIY JARAYONDA SOʻZNING TAʼSIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BEMOR BILAN KECHADIGAN NUTQIY JARAYONDA SO'ZNING

TA'SIRI

Abuzalova Mexriniso Kadirovna,

BuxDU professori, filologiya fanlari doktori Avliyoqulova Lola Bebutovna, BuxDU O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi 2-bosqich magistranti

I.b.avliyoqulova@buxdu.uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kasalliklar, ularning kelib chiqishida ruhiyatning roli va bu kasalliklarni davolashda so'zning ta'siri haqida fikr yuritiladi. Bemor bilan kechadigan nutqiy jarayon, bu nutqning uslubi, mazmuni, ohangi, so'zning ta'sir kuchi, undan kasalliklarni davolashda o'rinli foydalanish kabilar atroflicha yoritiladi. Aytish joizki, yuqorida sanab o'tilgan masalalarni talqin qilishda sinxron, sotsiologik, kontekstual hamda lingvomadaniy tahlil usullariga tayaniladi. Maqolada bir qancha badiiy asarlar, kinofilmlar hamda hayotiy misollar vositasida so 'zning ta 'sir kuchi ko 'rsatib beriladi.

Kalit soizlar: tibbiyotpsixologiyasi, shifokor deantologiyasi, psixomatika, ruhiy kasalliklar, psixolog, nutq madaniyati, nutqiy vaziyat, nutq ohangi, muloqot uslubi, lisoniy tahlil.

ABSTRACT

This article discusses diseases, the role of the psyche in their origin, and the influence of speech in the treatment of these diseases. The speech process with the patient, the style, content, tone of the speech, the power of the word, its appropriate use in the treatment of diseases, etc. will be covered in detail. It should be said that the interpretation of the above-mentioned issues relies on synchronic, sociological, contextual and linguistic analysis methods. The article shows the power of words with the help of several works of art, movies and real life examples.

Key words: medical psychology, doctor's deontology, psychomatics, mental diseases, psychologist, speech culture, speech situation, speech tone, communication style, linguistic analysis.

KIRISH

Nutqiy faoliyatni nutq akti mazmuni bilan so'zlovchining maqsad-niyati orasidagi aloqadorlik nuqtayi nazaridan o'rganadigan soha psixikolingvistikadir.1

1 Xolmonova Z., Usmonova Z. Sh. Psixolingvistika. - Toshkent, 2018. -B. 8-10.

1385

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ushbu sohaning asosiy o'rganish obyekti inson nutqi va uni o'rganish masalasidir. Bugungi kun tilshunos olimlari tilni insondan ayro holda o'rganishning, uni tahlilga tortishning ilojisi yo'q degan qat'iy fikrdalar. Darhaqiqat, lingvistika kommunikatsiya jarayonida qo'llaniladigan til vositalarining tizimini o'rgansa, psixikolingvistika uchun esa mana shu til vositalarining yuzaga chiqish jarayoni va uning qabul qilinish jarayoni muhimdir.

Amaliy jihatdan psixikolingvistika psixologiyaning pedagogik psixologiya, neyropsixologiya, tibbiyot psixologiyasi, siyosiy psixologiya, sud va yuridik psixologiya, psixiatriya, harbiy psixologiya kabi psixologiyaning bir qator amaliy sohalari bilan uzviy bog'liqdir2 . Shular qatorida psixologiyaning tibbiyot psixologiyasiga diqqatimiz markaziga tortamiz. Bu yo'nalish juda keng qamrovli bo'lib, bemorning nafaqat jismoniy xastaligini, balki, shu xastalikni keltirib chiqaruvchi omillar (bu omil tashqi omil bo'lishi ham, ichki omil bo'lishi ham mumkin)ni aniqlab, avvalo, uni bartaraf etish choralarini ko'radi. Bugungi kunda soha mutaxassislarining ma'lumotiga qaraganda, inson tanasini bezovta qiluvchi aksariyat xastaliklar uning ruhiy muammolari, ichki azoblari, kuchli stress, depressiya oqibatida hosil bo'ladi. Bu holat tibbiyot tilida psixomatika deb nomlanadi. "Kasalliklar, - deydi psixolog Muxtazar Nazarova, - inson ruhiy holatiga, ong ostiga bevosita bog'liqdir. Agar yosh bolalarga e'tibor berilsa, ular kasallikdan kattalarga nisbatan tezroq tuzalib ketishadi, o'z immunitetlarini tezda ko'tarib olishadi. Chunki yosh bolalarda ruhiy charchoq, stress, depressiya holatlari kam uchraydi. Ular yomon narsalarni, yomon hodisalarni tezda unutib yuboradilar, ya'ni ruhiy tomondan tezda o'zlarini qo'lga oladilar. Kattalarda esa aksincha, bu ruhiy depressiyalarning uzoq vaqt kechishi sabab, tanadagi jismoniy xastalik ham tezda tuzalib ketmaydi"3.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

So'zimiz avvalida bugungi tilshunoslik va tibbiyot sohasining bog'liqligiga bejizga to'xtalmadik. So'z bu - tig', so'z bu - qurol, so'z bu - malham. Azal-azaldan so'zning eng kuchli qurol sifatidagi kuchini ham, uning shifobaxsh qudratini ham anglab yetgan oqil insonlar bu "kuch"dan o'z maqsadlari yo'lida foydalanganlar. Mashhur yunon hakimi Buqrotning "Inson ruhini davolamay turib tanga shifo berib bo'lmaydi" degan so'zlari fikrimiz dalilidir. Zamonaviy tibbiyotda kasalliklarni davolashda so'zning shifobaxsh ta'siridan foydalanish kun sayin ortib borayotgani ham bejiz emas. Bugungi zamonaviy tibbiyot insonlar orasida ruhiy muammolardan tashqari ruhiy kasalliklar ham borligini ko'rsatadi. "Ularning turlari juda ham ko'p,

2 Xolmonova Z., Usmonova Z. Sh. Psixolingvistika. - Toshkent, 2018. -B. 8-10.

3 . www.hozir.org

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yuzdan ortiq ruhiy kasalliklar bor. Nevroz, psixoz, depressiya, aqli zaiflik shular jumlasidandir", - deydi oliy toifali psixolog F.Hamidullayev. Bemorlardagi ruhiy o'zgarishlarni, buning qay darajada ijobiy yoxud xavfli ekanligini aniqlash ul ar bilan olib borilgan muloqot jarayonida, turli psixologik amaliyotlarda o'z ifodasini topadi. Inson aqliy va fiziologik faoliyatining mevasi - nutq orqali muloqot jarayonida namoyon bo'ladi. Shu sababdan nutq madaniyatiga qadim davrlardan katta e'tibor qaratib kelingan. Nutq madaniyatiga, bemor bilan muloqot jarayoniga bekam-u ko'st amal qilish oson ish emas. Bu tibbiyot xodimidan yuksak ruhiy manbani, yuqori madaniyatni, o'ta nozik darajadagi sezgirlikni, sabr-matonat va, hattoki, aktyorlik mahoratini ham talab etadi.4 Shifokor bemor bilan muloqotni amalga oshirayotgan vaqtda har bir narsani e'tiborga olmog'i lozimdir. U bemor nutqiga qanchalik diqqatini qaratsa, o'z so'zlayotgan so'ziga ham shunchalik e'tiborli bo'lishi muhimdir. Bunda shifokorning nutqi chiroyli, aniq, tushunarli, sodda bo'lishi bilan birga nutqning ohangi, so'zlarning talaffuzi, hattoki, nutq so'zlovchining ovozi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari shifokorning o'zi qanday ruhiy ( charchagan yoki stress holati) holatda bo'lmasin bemor bilan muloqot jarayonida uning nutqida bu narsa sezilmaligi, aksincha, nutq doimo yaxshi kayfiyatda, samimiylik bilan amalga oshirilmog'i kerak. Va shifokor nutqining eng muhim jihati undagi ishonch ohangining mavjudligidir. Ya'ni, shifokorning bemor oldida ikkilanishi, qayg'uga botishi, ishonchsizlikka berilishi, ayniqsa, buni nutqi orqali sezdirib qo'yishi aslo mumkin emas. Chunki, bu holat bemorda o'z shifokoriga nisbatan ishonchini va tuzalishga bo'lgan umidini yo'qqa chiqaradi. Buni quyidagi nutqiy jarayon orqali tahlilga tortamiz:

Teridagi toshmalar sabab (allergiyaning bir ko'rinishi) bir necha tibbiyot maskanlariga murojaat qilishga majbur bo 'lgan bemor kasallikning tuzalish o 'rniga badtar avj olgani sabab yana bir shifoxona eshigini taqillatishga majbur bo 'ldi. Stol ustidagi katta va qalin daftarga bir nimalarni yozayotgan shifokor boshini ko 'tarmasdan bemordan uni nima bezovta qilayotganini so 'radi. Bemor shifokorning bu harakatini kuzatib bir pas jim turdi-da, oldingi shifokorlarga aytganlarini yana bir marta hafsalasizgina takrorlashni boshladi. Bemordagi bu holatni sezgan shifokor darhol boshini ko 'tardi-da, katta va qalin "do 'st"ini yopib bir chetga surib qo 'ydi. Bemorning gaplari tugamasdan uni to 'xtatib:

- Siz rostdan ham tuzalishni xohlaysizmi? - deb so 'radi. Bemor to 'satdan berilgan bunday noodatiy savolga ishonchsizgina "ha" deb javob berdi.

4 Qosimov E. Y. Shifokorning nutq madaniyati va bemor bilan muloqot san'ati. T.: Sharq, 2002.-B.80-82.

1387

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- Unda hech nimani o 'ylamang, menga ishoning. Shunchaki, ishoning vassalom va men sizni davolayman.

Shu lahzada bemorda shu kungacha sodir bo 'Imagan yangi bir alomat paydo bo'ldi. Bu "ishonch alomati" edi. Buni shifokor bemorining yosh aylanayotgan ko 'zlaridan sezdi.

Bir necha daqiqagina davom etgan ushbu muloqot jarayonida shifokor uchun ham, bemor uchun ham katta hodisa sodir bo'lganiga guvohi bo'lamiz. Ya'ni, shifokorning o'z xatosini vaqtida anglab, uni bartaraf eta bilgani, bemor bilan nutqiy jarayonni to'g'ri olib borgani bemorining ishonchini zabt eta bilishiga olib keldi. Bu esa shifokor uchun yuz foizlik g'alaba demakdir.

Soha mutaxassislarining ta'kidlashicha, xavfli o'sma, yurak kasalliklari, ruhiy kasalliklari mavjud bo'lgan bemorlarga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik va muloyimlik bilan muomala qilish talab etiladi. Bu jarayonda ayniqsa asosiy mas'uliyat hamshiralar zimmasiga tushadi. Ular davolanish davrida bemor bilan eng ko'p muloqotni amalga oshiruvchi kishilar sirasiga kiradi. Bunday hollarda ko'plab psixiatrlar hamshiralardan avvalo bemor xastaligining taxminiy diagnozi, shaxsi, kasbi, ijtimoiy sharoiti, dunyoqarashi, bilim saviyasini va ularning ruhiy holatlarini o'rganib, keyin ular bilan muloqot jarayonini amalga oshirishni maslahat beradilar. Bemorga uning hayoti, salomatligi boshqalar uchun muhim ekanligini his ettira olishning o'zini ko'zlangan maqsadga erishish deb hisoblash mumkin. E'tiboringizni dunyoga mashhur "Doktor House" teleserialidan olingan quyidagi bemor hamda unga mas'ul hamshira o'rtasidagi muloqot jarayoni aks etgan lavhaga qaratsak:

- Operatsiyadan bosh tortibsiz?

- Ha.

- Nima uchun? Axir shifokorlar operatsiyadan keyin tuzalib ketishingiz ehtimoli yuqori deyishyapti-ku. Bundan tashqari, ular o 'z ishining eng kuchli mutaxassislari.

- Hayotim meniki emas, uni Tangri menga ato etgan. Qaytarib oladigan ham uning o 'zi. Bunga qarshiligim yo'q, qachon istasa olaversin. Men tayyorman!

- Shundaymi? Unda ayting-chi, nega bu yerdasiz? Hayotingiz shunchalik qiymatsiz ekan, nega unda chorrahadan o'tayotganda avval chapga, keyin o'ngga qaraysiz? Maslahatim, tezda bu yerdan keting-u, shifokorlarni o 'zingizdan xalos eting. Chunki ular sizga o'xshagan hayoti o'zi uchun keraksiz insonlardan ko'ra hayotni sevadigan, bu ne'matni qadrlaydiganlar uchun ko'proq kerak. Bundaylar esa juda ko 'p.

Suhbat jarayoniga e'tibor bergan bo'lsangiz, hamshiraning bemorga nisbatan biroz keskin muomala qilganligini sezish qiyin emas. Chunki shu davrgacha u

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bemomi, uning shaxsini, ichki olamini, u bilan muloqotni qanday amalga oshirish kerakligini o'rgangan. Shu sababdan bemorga ta'sir etishda bemor shaxsiga xos bo'lgan usuldan foydalangan.

"Bemor bilan muloqot jarayonida unga Myo'qM, " bo'lmaydi", "mumkin emas", "aslo", "mutlaqo" so'zlarini ishlatish mumkin emas. Chunki bunday so'zlar aytilgan vaqtda bemor gapirishdan to'xtaydi, ular ortiq sizga o'z muammolarini, dardlarini aytmay qo'yadilar" - deydi oliy toifali psixiatr Gavhar Teshaboyeva. Soha mutaxassisining fikricha, bemorning fíkrlari, uning qarashlari qanchalik noto'g'ri bo'lmasin psixolog unga "yaxshi","ma'qul", " yomon emas", "ha", " qo'shilaman", "men siz tomondaman" so'zlarini ko'proq ishlatish ancha samarali natija beradi. Ushbu fíkrlarni rad etmagan holda shularni qo'shimcha qilishimiz mumkinki, bemor kasallik davrida ruhiy tushkunlikka tushadi va bu kuchli stressga olib kelishi ham mumkin. Bunday davrda bemor, u kim bo'lishidan qat'iy nazar o'ziga "ittifoqdosh" qidiradi. Bu "ittifoqdosh"ning tibbiyot xodimlari yoki bemorning yaqinlari bo'lishi ancha maqsadga muvofiqdir. Kasallik davomida str ess holati bemorni o'zini ojiz va zaif his etishiga olib keladi. Bunday vaqtda esa bemor o'zining yonida ruhan kuchli, o'ziga ishongan, qat'iyatli insonlarni ko'rishni xohlaydi. Bu bilan bemor o'zining ruhini ham oziqlantiradi. Shuning uchun ham bemor oldida bo'shashish, o'zini yo'qotib qo'yish, ikkilanish, dovdirash, qayg'uga botish aslo mumkin emas. Fikrimizni yanada oydinroq ifoda etish uchun quyida qaynona hamda uning baxtsiz tasodif tufayli vaqtincha falaj bo'lib qolgan kelini o'rtasidagi suhbatga diqqat qaratmoqchimiz:

- Kelin, ertadan muolajalarni davom ettiring.

- Yo 'q, baribir foydasi yo 'q. Qo 'limdan kelmaydi baribir. Hayot meni yo 'Idagi bir tosh singari chetga uloqtirib tashladi. Endi qanchalik qiyin bo'lmasin bunga ko 'nishga majburman.

- Unday bo'lsa o'g'lim bilan ajrashing. Menga bunday bo'shashgan, o'ziga ishonmaydigan kelinning keragi yo'q. O'g'limni boshqasiga uylantiraman. Qo 'limdan kelmaydi deysiz, nega kelmas ekan. Boshqalar eplashyapti-ku, boshqalarning qo 'lidan kelyapti-ku. Birni ko 'rib shukr qilish kerak, birni ko 'rib fikr.

Ko'rib turibsizki, ushbu qaynona va kelin muloqoti jarayonida bemorning "ittifoqdoshi" uning qaynonasidir. Qaynona nutqi tahlil qilinadigan bo'lsa, u nihoyatda keskir, ishonchli, dalillangan. U o'zining kelini bilan birga ekanligini, uning sog'ayib ketishini istashini boshqacha usulda tushuntirdi. Ya'ni, tushkunlikka tushgan kelinini tanbeh, koyish, kerak bo'lsa biroz tahdid (o'g'lini boshqasiga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uylantirish bilan) uni yana kuchga to'lib sog'ayishga harakat etishga da'vat etdi. Fikrini dalillash uchun xalq maqolidan ham foydalanadi.

Og'ir xastalikni boshdan kechirayotgan bemorning ruhiyati ham ancha kuchsizlanib qoladi va bu o'z navbatida uning psixologiyasiga ham turli ta'sirlarni o'tkazmay qolmaydi. Binobarin, bu davrda bemor ancha ta'sirchan, jizzaki, pessimist, e'tiborsiz bo'ladi. U atrofida kechayotgan voqea-hodisalarga qiziqish bildirmaydi, o'zini doim oqimdan chetda ko'rishni xohlaydi. Soha mutaxassislarining ta'kidlashicha, hatto, ayrim bemorlar o'zlarining ruhiy azoblarini ancha bo'rttirib itodalashga moyil bo'ladilar va ular orasida o'zlaridagi kayfiyatni boshqalarga ham "yuqtirishga" urinuvchilari ham yo'q emas. Shu sababdan ular bilan nutqiy muloqot jarayonida har bir so'z, uning talaffuzi, ohanggi masalasiga katta e'tibor qaratiladi. "Yaxshi so'z - jon ozig'i" degan maqolni dono xalqimiz bejizga aytishmagan. Haqiqatan, o'rnida topib aytilgan yaxshi va oqil so'z tanga jon bag'ishlash qudratiga ega. Ammo so'z so'zlovchi nutqi qaratilgan insonning ruhiyati, uning ichki kechinmalari va nutq vaziyatini ham inobatga olishi zarur. Aks holda so'z tildan chiqqach u boshqa maqsadlarga ham "xizmat qilishi" mumkin.

"Chinor" romanidagi fojeali qismat egalaridan biri - Akbarali obrazi va uning fojeasi aks etgan o'rinni yodingizga solsak. Uzoq vaqt davomida kuchli depressiya, ruhiy azoblarni boshidan kechirib kelgan Akbarali Ochil boboni ko'rishi bilan undan bir ilinj, najot istab, dardlariga malham bo'la oladigan biron mazmunli maslahat kutadi. Ochil bobo bera olgan yagona "maslahat" esa "Odam deb yashagan doimo tirik" so'zlari edi. Aslida hayot mazmunini aks ettirgan bu so'zlar Akbaraliga "jon ozig'i" bo'lish o'rniga unga aks ta'sir etadi va uning o'z joniga qasd etishiga bir turki vositasini bajaradi. Xuddi mana shu o'rinda biz yuqorida aytib o'tgan "nutq vaziyati" o'zini namoyish etadi. Ehtimol, boshqa vaziyat bo'lganida Akbarali so'zlardan o'ziga kerakli xulosani chiqarib olar, xatolarini tuzatib, hayotini boshidan boshlashga kuch topa olar edi. Ammo undagi yillab davom etgan kuchli ruhiy og'riqlar, stress, yolg'izlik yana bir "xato"ni sodir etishiga olib keladi. Shu sababli bugungi kun psixologiyasi insonni hayotga qaytarish, undagi xastalikni tuzatishda oldin bemorning ruhini davolashni, bu jarayonda esa ruhiy holat darajasi va uning vaziyatini inobatga olish juda muhim ekanligini ta'kidlaydilar.

Boshqaruv psixologiyasi mutaxassisi Boboyor To'rayev "Kasalliklarni davolash ikki yo'l bilan amalga oshiriladi, - deydi. Bular: birinchisi so'z, ikkinchisi esa dori-darmon hamda tig'. Bulardan birinchisi orqali ruh davolanadi, ikkinchisi bilan esa tana. Agar ruh davolanmasa, tana ham hech qachon tuzalmaydi", - deydi soha mutaxassisi. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, so'z har qanday dori va

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

malhamdan kuchliroq va samaraliroq. Buyuk insonparvar shoir Alisher Navoiy yaxshi so'zni hayot bilan tenglashtirgan. Darhaqiqat, shifokordan najot kutayotgan, hayotini uning qo'liga topshirgan bemor uchun so'zning qiymati mana shunday qudratga ega desak xato bo'lmaydi. Fikrimizni yanada o'rinli qilish uchun quyida Pirimqul Qodirov ijodining yorqin namunasi hisoblangan "Yulduzli tunlar" asaridan olingan shoh Bobur va xasta Humoyunning nutqiy vaziyatiga e'tiborimizni qaratamiz: "...Bobur umid bilan qarab turgan odamlarning orasidan o'tib, Humoyunning to 'shagi yoniga keldi.

- Humoyun, jigarbandim! - dedi hamma eshitadigan tovush bilan. - Sening betoqatlig'ingga men toqat keltiray. Sening shu og'ir dardingni xudo sendan olib menga bersin!

...Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marta aylandi-yu:

- Yo, parvardigor! - deb iltijo qildi. - Menki Boburmen, agar jon berish mumkin bo 'lsa, umr-u jonimni Humoyunga qurbon qildim. Azroil mening jonimni olsin-u, xudo Humoyunga shifo bersin!

...Boburning badanidan "lop etib" olov chiqqanday bo'ldi, vujudi qizib ketdi va behush yotgan Humoyunga qarab:

- Ko 'tardim dardingni! - dedi.5

Asar matni bilan to'liq tanish bo'lsangiz, otaning farzandi hayoti, sog'ligi uchun hatto o'z jonidan ham kechishi aks etgan nutqiy jarayon haqiqatga aylanganini, ya'ni shundan so'ng Humoyun sog'ayib, Boburning esa xastalanib qolishini kuzatasiz. Bundan kelib chiqadiki, so'zni uning mazmuni, ohanggi va nutq vaziyatiga qarab tiriklik suviga yoki og'uga qiyos etish mumkin.

XULOSA

Fikrlarimizni xulosalar ekanmiz, bugungi kunda inson nutqini nutqiy vaziyatdan kelib chiqib tahlil etish, so'zning ta'sir kuchini o'rganish tilshunoslik oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, kasalliklar va ularni davolashda so'zning ta'siri muhim ekanligining o'zi tilni inson va uning ruhiyatidan ayro holda o'rganishning imkoni yo'qligini ko'rsatib beradi. Mana shu nutqning yuzaga chiqish va uni qabul qilish jarayonini o'rganish esa psixikolingvistikaning asosini tashkil etadi.

REFERENCES

1. Xolmonova Z., Usmonova Z.Sh. Psixikolingvistika. - Toshkent, 2018.

2. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. - T., 1972.

5 Qodirov P. Yulduzli tunlar. Roman. -T. :Yangi asr avlodi. 2016. -B.564

1391

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. - М.: МГУ, 1975.

4. Qosimov E.Y. Shifokorning nutq madaniyati va bemor bilan muloqot san'ati. -T.: Sharq, 2002.

5. Asqad Muxtor. Chinor. Roman. - T.:Yangi asr avlodi, 2018.

6. Qodirov Pirimqul. Yulduzli tunlar. Roman. - T.:Yangi asr avlodi, 2016.

7. www.wikipedia.org

8. www.hozir.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.