UDK 624.012.36 M 63
BAZALT ARMATURALI EGILUVCHI TO'SINLARNING KUCHLANGANLIK -DEFORMATSIYALANUVCHANLIK HOLATI VA MUSTAHKAMLIGINI
Mirzaaxmedova O'g'iloy Abduxalimjonovna
tayanch doktorant (FarPI)
Razzaqov Sobirjon Jurayevich t.f.d. professor (NamMQI), E-mail: mirzaahmedova @ fer. u z
Annotatsiya. Maqolada egilishga ishlovchi beton to'sinlarda bazalt armaturalarni qo'llash orqali kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holatini va mustahkamligini tadqiq etish maqsadida Farg'ona politexnika instituti "Qurilish sinov laboratoriyasi"da olib borilgan tadqiqot ishlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, sinov modellari va egiluvchi beton namuna to'sinlarini tayyorlash, eksperimental tadqiqot qurilmalari, beton va bazalt armaturaning fizik-mexanik xossalari, bazalt armaturali egiluvchi beton namuna to'sinlarini sinash metodikasi kabi masalalar yoritilgan.
Аннотация. В статье приведены сведения об исследовательских работах, проводимых в «Лаборатории строительных испытаний» Ферганского политехнического института с целью изучения напряженно-деформационного и прочностного состояния при использовании базальтовой арматуры при изгибе бетонных балок. Также освещены такие вопросы, как подготовка испытательных моделей и изгиба бетонных образцов-балок, установка для экспериментальных исследований, физико-механические свойства бетона и базальтовой арматуры, методика испытаний на изгиб бетонных образцов-балок с базальтовой арматурой.
Annotation. The article provides information about the research work carried out at the "Construction Testing Laboratory" of the Fergana Polytechnic Institute in order to study the state of stress-deformation and strength by using basalt reinforcements in bending concrete beams. Also, issues such as preparation of test models and bending concrete sample beams, experimental research devices, physical and mechanical properties of concrete and basalt reinforcement, testing methodology of bending concrete sample beams with basalt reinforcement are covered.
Kalit so'zlar. bazalt armaturalar, sinov modellari, namuna to'sinlar, eguvchi moment, ko'ndalang kuch, fizik - mexaik xossalar, sinash metodikasi, kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati, yoriqbardoshlik, mustahkamlik.
Ключевые слова. базальтовая арматура, испытательные модели, образцы балок, изгибающий момент, поперечная сила, физико-механические свойства, методика испытаний, напряженно-деформируемое состояние, сопротивление разрушению, прочность.
Keywords. basalt reinforcements, test models, sample beams, bending moment, transverse force, physical mechanical properties, testing methodology, stress-deformability state, fracture resistance, strength.
Kirish. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarini o'rganish va tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Respublikasi sharoitida bazalt armaturalar bilan armaturalangan egiluvchi beton to'sin konstruksiyalarning kuch ta'sirlari ostida ishlashi yetarlicha o'rganilmagan.
Hozirgi kunda qurilish sohasida olib borilayotgan tadiqiqotlarning eng maqbul yechimi respublikamizda ishlab chiqarilayotgan nometall (bazalt plastik, shisha plastik) armaturalar, qurilish amaliyotida katta hajmda va barcha turdagi qurilish obyektlarida qo'llaniluvchi oddiy og'ir betonlar ustidagi tadqiqotlar hisoblanadi.
Shu sababdan ham, bazalt armaturali egiluvchi beton to'sinlarning tashqi kuchlar ta'sirida kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holatini, mustahkamligini, to'sin konstruksiyalarida yoriqlar hosil bo'lishi va rivojlanishini, buzilish shakllari va bikrligini aniqlash uchun kompleks eksperimental-nazariy tadqiqotlar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun bazalt armaturalar bilan armaturalangan oddiy og'ir betondan tayyorlangan egiluvchi beton to'sin konstruksiyalarining eguvchi moment va ko'ndalang kuch ta'siriga qarshiligini eksperimental tadqiq etish zarurdir.
Usullar. O'tkazilgan eksperimental tadqiqot uchun ko'ndalang kesimi to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'lgan namuna to'sinlar tayyorlandi. To'sinlar uchun oddiy og'ir betondan foydalanildi. Bog'lovchi sifatida faolligi 42,5 MPa bo'lgan Farg'ona viloyati, Beshariq tumani Adirobod qishlog'idagi "Yasin" sement zavodining portlandsementidan foydalanildi. To'ldiruvchilar sifatida yiriklik moduli M2,25 bo'lgan Farg'ona viloyati Quva tumani Akbarobod kareridan olingan kvarsli daryo qumi va fraksiyasi 5-15mm li granit chaqiqtoshi ishlatildi. Beton tarkibi kubik mustahkamligi B20-B25 sinfiga mos keladigan siqilishdagi mustahkamlikka ega bo'ladigan qilib tanlandi. Granitli chaqiqtosh elanib, maxsus qurilmada yuvildi va so'ngra quritildi.
Namuna to'sinlarni tayyorlash vaqtida xuddi shu qorishmadan o'lchamlari 10x10x10 sm bo'lgan kubiklar ham tayyorlandi. Namuna kubiklar 28 kun davomida me'yoriy harorat t=20±20C va 9=60-65% bo'lgan nisbiy namlik sharoitida saqlanganidan so'ng gidravlik press ostida siquvchi kuch ta'sirida buzilguncha sinaldi.
Beton kublarning mustahkamligi aniqlangandan keyin unga mos keladigan siqilishdagi prizmatik mustahkamligi Rb=0,75R, cho'zilishdagi mustahkamligi esa Rbt = 0,5 V^ formulalar bo'yicha hisoblab topildi. Beton kublarni sinash natijalari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval.
Namuna to'sinlar betonidan tayyorlangan kublarni sinash natijalari_
Seriya To'sinlar shifri Beton yoshi (kun) Namuna kubikla-rining qirrasi, sm Betonning siqilish-dagi mustahkamligi, MPa Betonning mustahkamligi
Rb, MPa Rbt, MPa Eb*10-3MPa
I BBPA I-1 30 10 29,55 29,5 1,78 29,5
BBPA I-2 30 10 28,29 28,3 1,74 28,5
BBPA I-3 30 10 28,70 28,7 1,76 28,5
II BBPA II-1 30 10 28,28 28,3 1,74 28,0
BBPA II-2 30 10 29,83 29,8 1,79 29,1
BBPA II-3 30 10 30,65 30,7 1,82 30,1
III BBPA III-1 45 10 19,69 19,7 1,43 23,9
BBPA III-2 45 10 19,17 19,2 1,4 23,7
BBPA III-3 45 10 18,62 18,6 1,4 23,3
IV BBPA IV-1 30 10 27,76 27,8 1,72 28,2
BBPA IV-2 30 10 31,73 31,7 1,86 30,7
BBPA IV-3 30 10 30,16 30,2 1,81 29,2
Eksperimental tadqiqot uchun ko'ndalang kesim o'lchamlari bxh=16x30sm, uzunligi l=240sm, tayanchlar oralig'i l0=210sm bo'lgan namuna to'sinlari sinov stendida sinaldi. Namuna to'sinlari uchun yog'ochdan qoliplar tayyorlandi. To'sin qoliplarning ichki sirti polietilen plenka bilan qoplandi. Ishchi armatura sifatida cho'ziluvchi sohaga I-ceriya namuna to'sinlari uchun 2014BPA, II-ceriya namuna to'sinlari uchun 2012BPA, III-ceriya namuna to'sinlari uchun 2016BPA, IV-ceriya namuna to'sinlari uchun 4012BPA, siqiluvchi sohaga barcha seriyadagi namuna to'sinlari uchun 2010BPA, xomutlar sifatida 04 yoki 08BPAlar, 10 (15)sm qadam bilan qo'yildi (1-rasm).
1-rasm. Namuna to'sinlarni armaturalanishi va yuklanish sxemalari
Xomutlarga mo'ljallangan bazalt armaturalar bo'ylama armaturalarga yumshoq po'lat simlar bilan to'qib-bog'lab biriktirildi. Sinch armaturalari qolipdagi loyiha o'rnida o'rnatilib, mahkamlandi. Namuna to'sinlari uchun B15-B25 sinfli og'ir betondan foydalantildi. To'sinlar bilan bir vaqtning o'zida xuddi shu betondan o'lchami 10x10x10sm bo'lgan kublar va betondan armaturani sug'urilishiga sinash uchun namunalar ham tayyorlandi. 9 va 12 donadan siqilishga va sug'urilishga sinash uchun namunalar tayyorlandi.
Beton uchun fraksiyasi 5-15 mm bo'lgan granit shebeni-chaqiqtosh, yiriklik moduli M2,25 bo'lgan, Farg'ona viloyati Quva tumani Akbarobod kareridan olingan kvarsli daryo qumi, I,II,IV - seriya namuna to'sinlari uchun Beshariq tumanidagi markasi M400 ga teng bo'lgan "Yasin" portlandsementi va III - seriya namuna to'sinlari uchun Quvasoy shahridagi sement zavodining markasi M400 bo'lgan portlandsementi ishlatildi. Beton hajmi 0,25m ga teng beton qorishtirgichda tayyorlandi va qoliplarga quyilib titratgich (vibrator) yordamida zichlandi.
4-5 kun mobaynida namuna to'sinlari, kublar qolipda saqlab turilgandan so'ng qoliplardan bo'shatildi va sinovgacha laboratoriya sharoitida saqlandi. Dastlabki kublar 28 kundan keyin siqilishga sinaldi. Namuna to'sinlarini sinashdan oldin ham ularning kubik mustahkamligi aniqlab olindi. Kublarni siqilishga sinash natijalariga ko'ra, namuna to'sinlarining betoni V15-V25 sinfdagi siqilishga bo'lgan mustahkamligiga mosligi aniqlandi. Namunalar 200 tonnalik gidravlik pressda sinovdan o'tkazildi. Sinash jarayoni namuna-kublarni buzilguniga qadar olib borildi. Namunalar standart metod bo'yicha GOST 10180-2012 talablari asosida sinovdan o'tkazildi. Sinov natijalari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval.
Sinov namunalari uchun ishlatilgan betonlarning ko'rsatkichlari
Beton turi va qotish sharoiti Beton yoshi, (kun) R, MPa Rb, MPa Rbt MPa Eb*103, MPa Sbn Ybn W, %
Tabiiy sharoitda qotgan oddiy og'ir beton 28 25 19 2,4 20 207 0,83 3,7
Siqilishga sinash uchun beton kubiklarni sinov oldi va sinovdan keyingi ko'rinishlari, namuna to'sinlari armatura sinchlari, namunalarni betonlashtirish jarayonlari va sinovlarning o'tkazilish jarayonlari 2 - rasmda ko'rsatilgan.
a)
b)
v)
2-rasm. a) beton kubiklar; b) kubiklarni siqilishga sinash jarayoni; v) sinovdan so'ng
beton kubiklardagi yoriqlarning ko'rinishi
Natijalar va tadqiqot muhokamasi. Amalda GOST 32492-2013 standart metodikalar bo'yicha namuna to'sinlari uchun ishlatilgan beton va bazalt armaturaning fizik-mexanik xossalari aniqlandi [1].
Namuna to'sinlari uchun qo'llanilgan betonlar loyihadagi mustahkamlikka erishdi. I,II,IV - seriiyadagi namuna to'sinlarining betonlari birmuncha mustahkamlikka erishdi. III - seriyadagi namuna to'sinlarida qo'llanilgan sement faolligining haqiqiy qiymati pastligi sababli, shu seriya betonini past mustahkamlikka ega ekanligi aniqlandi.
Bazalt armaturaning beton bilan birgalikda ishlashi (tishlashishi)ni aniqlash uchun namunalar tayyorlandi va ular sug'irilishga sinaldi (3-rasm).
3-rasm. a) beton bilan tishlashishi uchun tayyorlangan namuna;
b) beton bilan armaturaning tishlashishini aniqlash jarayoni;
v) sinovdan keyingi namunalarning ko'rinishi
O'tkazilgan sinov-tajribalarimizdan olingan natijalar ko'ra, boshqa tadqiqotlarda [2] olingan qiymatlar o'rtacha hisobda ~15-20% ga kichikligi bilan farqlandi. Sababi boshqa mamlakatlarda tayyorlanayotgan kompozit armaturalarni sifati, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahalliy zavodlardagi bazalt plastik armaturalarning sifatidan yuqori ekanligi tajriba - sinovlarimizda yaqqol ko'rindi.
Ayniqsa, bazalt armaturalardagi qobirg'alar orasidagi masofalar kattaligi, qobirg'aning balandligi yetarlicha bo'lmaganligi va qobirg'a uchun ishlatilgan tolalar yaxlit sterjenlar bilan ishonchli yopishmaganligi kuchlar miqdori ortgani sari nisbiy qiymatlarga erishganida, armaturaning betondan sug'irilishiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi, beton va bazalt armaturaning tishlashishidagi kuchlanishlarining pastroq bo'lishiga sabab bo'ldi.
Namuna to'sinlari uchun ishlatilgan bazalt armaturalarning haqiqiy mustahkamligini aniqlash uchun bo'ylama ishchi armaturalarning har bir turidagi (010,12,14,16mm) diametridan GOST 31938 ga asosan 6 tadan maxsus namunalar tayyorlandi va ular cho'zilishga sinaldi (4-rasm).
Sinov-tajribalarda aniqlangan beton va bazalt armaturaning fizik-mexanik hossalari namuna to'sinlarining nazariy hisoblarini bajarishda, xususan Q*it,
mustahkamligini, yoriqlarning hosil bo'lishi, rivojlanishi, yoriqlarning ochilish kengligini, to'sinlarning salqiliklarini aniqlashda qo'llanildi.
a) b)
4-rasm. a) Armaturani cho'zilishga sinash uchun tayyorlangan namuna; b) sinash jarayoni
012,14 mm li bazalt armaturalarni cho'zilishga sinash uchun har bir diametridan 6 tadan namunalar tayyorlandi va olingan natijalar diagramma shaklda 5-rasmda keltirilgan.
Namunalarning cho'zilishdagi vaqtinchalik mustahkamlik chegarasi 757-873 MPa ni, elastiklik moduli 50700-50983 MPa ni, nisbiy uzayishi 1,65-1,75% ni tashkil etdi.
Cho'zilishdagi deformaysiya (%)
5-rasm. 012 va 014 BPA - armatura namunasining o'q bo'yicha cho'zilishdagi "Kuchlanish/Yuk-deformatsiya" diagrammasi
Namuna to'sinlar yuklash stendida sinash uchun ikkita sharnirli tayanchlariga o'rnatildi. Sharnirlar qo'zg'aluvchan, qo'zg'almas qilib tayyorlangan. Kuchlar orasidagi masofa 700mm va 1300 mm, tayanchlardan yukgacha bo'lgan masofalar esa 400mm va 700mm qilib olingan. Namuna to'sinlarning chetidan tayanchgacha bo'lgan masofalar 150 mm ni tashkil etdi. Sinov
jarayonida 40 tonnalik gidravlik domkrat vositasida bosqichma-bosqich yuk berib borildi. Yukni teng taqsimlash uchun traversalar qo'llanildi.
Namuna to'sinlar yuklash sinash stendiga o'rnatilgandan so'ng, sinovlar boshlangunga qadar to'singa o'rnatilgan barcha o'lchov asboblaridagi boshlang'ich o'lchovlar yozib olindi. O'lchash asboblaridagi ko'rsatkichlarni shartli ravishda nolga tenglab qabul qilindi. Sinov davrida yuklash bosqichma - bosqich sekinlik bilan berib borildi.
Sinov stendida to'singa berilayotgan bosqichning yuki hisobiy buzuvchi yukning taxminan 10-15 foizini tashkil etdi. Har bir bosqichdagi yuklanishlardan so'ng, 20 minutgacha uning stabillashishi kutib turildi. Sinov mobaynidagi barcha yuklanish bosqichlarida yuk berilgandan so'ng va bosqichlarning stabillashish jarayonlarida o'lchash asboblarini ko'rsatkichlari yozib olindi [3,4,5].
Yuk ta'siriga sinalayotgan namuna to'sinlaridagi beton va armaturaning deformatsiyalari, to'sinlarda paydo bo'layotgan yoriqlarning hosil bo'lish vaqti, yoriqlarning kengayishi, rivojlanishi, to'sinning salqiligi namunalar buzilgunga qadar o'lchab borildi. Yukning qiymati sinov domkratining manometridan yozib olindi. Yuk belgilangan bosqich qiymatga yetgandan keyin domkratning ventili bekitildi, shu bosqich qiymatda 10-15 minut ushlab turildi. O'lchov asboblarining ko'rsatkichlari yozib olingandan keyin navbatdagi bosqichga o'tilib yuk berildi. Sinovlar shu tariqa bosqichma-bosqich davom ettirildi va namunalar buzilgunga qadar olib borildi [6,7,8].
Sinovlar tugagandan keyin namuna to'sinlar rasmga olindi. Paydo bo'lgan yoriqlarning o'rni belgilanib, yoriqlarning kengligi, balandligi o'lchandi, ular orasidagi masofalar aniqlandi. Namuna to'sinlar ishchi armaturalarining himoya qatlamlari aniqlanib, ishchi balandlik o' lchandi.
Sinov paytida namuna to'sinlarni beton va armaturalarida vujudga kelgan deformatsiyalar, tik va qiya yoriqlarning hosil bo'lish vaqti, yuk miqdori, salqiliklar o'lchanib qayd etib borildi.
Namuna to'sinlarning beton va armaturalaridagi vujudga kelgan deformatsiyalar 100mm va 300mm bazada aniqligi 0,01 mm bo'lgan soat tipidagi indikatorlar bilan jihozlangan ko'chma messura vositasida, salqilik to'sinning uchta nuqtasi bo'yicha-oraliq o'rtasida va tayanchlarda o'lchash aniqligi 0,01 mmli soat tipidagi indikatorlar va aniqligi 0,001mm bo'lgan progibomer yordamida o'lchandi.
To'sinning siqiluvchi va cho'ziluvchi sohasida jihozlangan armaturalarning, siqiluvchi sohadagi betonning deformatsiyalari ham avvaldan belgilangan uchta nuqtalarda kesim balandligi bo'yicha 100mm va 300 mmli bazada 0,001mm aniqlikda o'lchanib, qayd etib borildi.
Tajriba-sinov vaqtida har bir yuklanish bosqichlarida namuna to'sinlarning yuzalari sinchiklab tekshirildi, to'sinlar sirtida paydo bo'lgan dastlabki yoriqlar darhol belgilandi va qayd etib borildi. Yoriqlar kengligi, balandligi va ular orasidagi masofalar o'lchandi, bir vaqtning o'zida yuk qiymati ham belgilab qo'yildi.
Namuna to'sinlariga berilayotgan yukning qiymati buzuvchi yukning taxminan 90 foiziga yetganda, namunadan o'lchov asboblari yechib olindi. Sinov namunaning buzilishiga qadar olib borildi va uning buzilish jarayoni qanday kechayotganligi kuzatildi. Sinalayotgan namuna to'sinlarda buzilish holatiga ko'ra, bitta to'sin tik kesimlar bo'yicha qolgan to'sinlarda esa qiya kesimlar bo'yicha buzilishlar ro'y berdi.
Sinov jarayonlarida namunalarning buzilishi hisobiy yuk ko'rsatkichlariga yaqinligi kuzatildi, tajribaviy yuk hisobiy yukdan o'rtacha 15-20 foizgacha farq qilishi aniqlanib, jadvallarga qayd etib borildi (3-jadval).
Sinovlar yakunlangach to'sinlar stendan yechib olinib, namunalar alohida joyga qo'yildi. To'sin kesimida hosil bo'lgan tik va qiya yoriqlar haritasi chizilib rasmga olindi. Namuna
to'sinlarda yoriqlarning joylashishi, ularning balandligini, ochilish kengligi bir-biriga yaqinligi va o'xshashligi kuzatildi.
Buzilish cho'ziluvchi sohada hosil bo'lib rivojlangani sari, to'sinning siqiluvchi sohasidagi betonning ezilib parchalanish holati kuzatildi. Qiya kesimlarda buzilish ro'y berganida, namunaning sof egilish sohasida buzilishga o'xshash holat vujudga keldi.
Qiya kesimlar bo'yicha buzilish xarakteri kuzatilgan namunalarda, berilayotgan kuch miqdori (0,9-0,95)Qult qiymatlarga erishgandan so'ng, bo'ylama armaturalar bilan xomutlarning birikish tugunlarida buzilishlar ro'y berdi va to'sinning siqiluvchi sohalarida parchalanishlar kuzatilib, qirqilish holati yuzaga keldi.
Namuna to'sinlarining armatura sinchlarini to'qib tayyorlash jarayonida, bo'ylama bazalt plastik armaturalarda kuch ostida hosil bo'ladigan deformatsiyalarni o'lchash uchun cho'ziluvchi va siqiluvchi armaturalarga devorining qalinligi 2-2,3 mmli po'lat quvurlardan tayyorlangan xomut moslamalar kiygizildi.
Xomutlarning har ikkala tomoniga 05mm li teshiklar ochilib, ustidan 05mm li gaykalar quvur-xomutga elektr yoyi vositasida payvandlab joylashtirildi. Xomut moslamalar bazalt armaturalarga kiygizilgandan so'ng, ichki tomondan 05mm li kalta bolt yordamida armaturaga qo'zg'almas qilib tiralguncha burab qotirildi. Huddi shunday tashqi tomondan 05mm li uzun bolt bilan erkin holda burab qo'yildi. Namuna to'sinlar qolipida ochilgan teshikdan uzun bolt tashqariga 2,5-3sm gacha chiqarib qoldirilgan.
Ushbu boltni armatura bilan qolipning ichki sirtigacha bo'lgan qismiga 02-3mm li yumshoq sim bilan burab zich holda o'raldi.
Namuna to'sinlar 5-6 kundan so'ng qoliplardan bo'shatilib, armaturadagi deformatsiyalarni aniqlash uchun mo'ljallangan maxsus moslamaning uzun boltlariga o'ralgan simlar olib tashlandi.
3-jadval
Namuna to'sinlarining armaturalanish ko'rsatkichlari
Namuna seriyasi t/r Namuna to'sin shifri Yuklar orasidagi masofa, sm Armaturalanishi Bo'ylama armaturalanish koeffitsenti p,f, % ■C t« ni a 73 ° r, 1 à rama nti a ne $ I la iff al fe do n'd k o' *
Ko' ndalang (vertikal xomutlar) Xomutlar qadami, Sfw,sm Rfw, MPa Afw, sm2 Bo'ylama cho' ziluvchi Rf, MPa Af, sm2 Bo'ylama siqiluvchi Rfs, MPa Afc, sm2
I BBPA I-1 70 20 8 10 200 1,01 20 14 550 3,08 20 10 100 1,57 0,641 0,0631
BBPA I-2 70 20 8 10 200 1,01 20 14 550 3,08 20 10 100 1,57 0,641 0,0631
BBPA I-3 130 20 8 10 200 1,01 20 14 550 3,08 20 10 100 1,57 0,641 0,0631
BBPA II-1 70 20 4 15 200 0,25 20 12 550 2,26 20 10 100 1,57 0,471 0,0104
II BBPA II-2 70 20 4 15 200 0,25 20 14 550 3,08 20 10 100 1,57 0,641 0,0104
BBPA II-3 70 20 4 15 200 0,25 20 14 550 3,08 20 10 100 1,57 0,641 0,0104
BBPA III-1 70 20 4 15 200 0,25 20 16 550 4,02 20 10 100 1,57 0,837 0,0104
III BBPA III-2 70 20 4 15 200 0,25 20 16 550 4,02 20 10 100 1,57 0,837 0,0104
BBPA III-3 70 20 4 15 200 0,25 20 16 550 4,02 20 10 100 1,57 0,837 0,0104
BBPA IV-1 130 20 8 10 200 1,01 40 12 550 4,52 20 10 100 1,57 0,942 0,0631
IV BBPA IV-2 130 20 8 10 200 1,01 40 12 550 4,52 20 10 100 1,57 0,942 0,0631
BBPA IV-3 130 20 8 10 200 1,01 40 12 550 4,52 20 10 100 1,57 0,942 0,0631
Namuna to'sinlarni sinashdan oldin boltlar chiqarib olindi va boltlar o'rniga bir uchida 05mm li rezba ochilgan 010mm li shtirlar o'rnatildi. Mazkur shtirlarda indikator shtogini tiralash uchun maxsus chuqurchalar qoldirilgan bo'lib, unga ko'chma messura shtoklari tiraladi. 300 (100) mm li bazada aniqligi 0,01mm bo'lgan o'lchov asboblari yordamida bo'ylama armaturalardagi deformatsiyalari o'lchandi.
Xulosalar. Olib borilgan sinov natijalariga ko'ra quyidagicha xulosalar olindi:
1) Tadqiqot uchun tayyorlangan namuna to'sinlarida qo'llanilgan beton va bazalt ) kompozit armaturalarning fizik-mexanik hossalari standart metodikalar bo'yicha o'tkazildi va miqdoriy qiymatlar aniqlandi. ShNQ 2.03.14.18 ning "Kompozit polimer armaturali beton konstruksiyalar"ga qo'yiladigan talablari asosida sinov namunalarining barcha asosiy ko'rsatkichlari hisoblab topildi.
2) Namuna to'sinlarini kuch ostida sinash orqali bazalt armaturali egiluvchi beton elementlarni kuchlanganlik - deformatsiyalanuvchanlik holati, mustahkamligi, to'sinlarda tik va qiya yoriqlarning hosil bo'lishi, rivojlanishi, salqiliklarini ortishi, elementni buzilish shakli va xarakteri to'g'risidagi haqiqiy ma'lumotlar olindi.
3) Tajribaviy va hisobiy natijalarini taqqoslash, tahlil qilish natijasida bazalt armaturali egiluvchi beton to'sinlarning kuchlanganlik - deformatsiyalanuvchanlik holati, mustahkamligi, yoriqbardoshligi va bikrligi to'g'risida asoslangan ilmiy hulosalar tayyorlanib, hisoblash va loyihalash bo'yicha amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqildi.
ADABIYOTLAR
1. ГОСТ 32492-2013. Арматура композитная полимерная для армирования бетонных конструкций. Методы определения физико-механических характеристик. М.: Изд-во Стандартинформ, 2014, с. 4-6.
2. Babayev V.N., Adi^odjayev A.E. "Эффективные железобетонный конструкция". Toshkent, 2019 yil.
3. ShNQ 2.03.14.18 «Kompozit polimer armaturali beton konstruksiyalar»
4. ГОСТ 31938-2012. Арматура композитная полимерная для армирования бетонных конструкций. Общие технические условия. М.:Изд-во Стандартинформ, 2014., с.26-28.
5. Brik V.B., Advanced Concept Concrete Using Basalt Fiber/BF Composite Rebar Reinforcement, Washinton: Transportation Research Board, 2003.
6. Fico R., Limit states design of concrete structures reinforced with frp bars. PHD Thesis, University of Naples Federico II, 2007.
7. Савин В.Ф. Прогнозирование прочностных свойств стекло и базальтопластиковых стержней на основе полимерных матриц из эпоксидных компаундов. Автореферат диссертации к.т.н, Бийск, 2009.
8. Кустикова Ю.О. Исследование свойств базальтопластиковой арматуры и ее сцепления с бетоном/ Ю.О. Кустикова // Строительство: наука и образование. - 2014. -№1. -С.31-42.