Научная статья на тему 'BASKETBOLNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI'

BASKETBOLNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
35231
1006
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
basketbol / basketbol tarixi / Springfild kolleji / ishtirok etuvchilar soni / basketbol qoidalari. / basketball / history of basketball / Springfield College / number of participants / basketball rules.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ahmedov, G‘Ayratjon Qosimovich

Basketbol dunyoning eng mashhur va ommaga manzur bo‘lgan sport turlaridan biri hisoblanadi va maqolada basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF BASKETBALL

Basketball is one of the most massive and popular sports in the world, and the article discusses the history of the emergence and development of basketball.

Текст научной работы на тему «BASKETBOLNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BASKETBOLNING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI

Ahmedov G'ayratjon Qosimovich

Fakultetlaro jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Basketbol dunyoning eng mashhur va ommaga manzur bo'lgan sport turlaridan biri hisoblanadi va maqolada basketbolning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: basketbol, basketbol tarixi, Springfild kolleji, ishtirok etuvchilar soni, basketbol qoidalari.

Баскетбол является одним из самых массовых и популярных видов спорта в мире, и в статье рассматривается история возникновения и развития баскетбола.

Ключевые слова: баскетбол, история баскетбола, Спрингфилдский колледж, количество участников, баскетбольные правила.

Basketball is one of the most massive and popular sports in the world, and the article discusses the history of the emergence and development of basketball.

Keywords: basketball, history of basketball, Springfield College, number of participants, basketball rules.

Hozirgi zamon basketbol o'yinining rivojlanish tarixi 1891-yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSh, Massachusets shtati) xristian -ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolledji)ning anatomiya va fiziologiya o'qituvchisi doktor Djeyms A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg'ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o'yinning dastlabkit varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan iborat bo'lgan. Neysmit yangi o'yin uchun futbol to'pini tanlaydi, chunki bu to'pni qo'l bilan ilib olish oson bo'lib, uni oshirish qiyin hamda yerga urilgan vaqtda to'p yerdan doimo yuqoriga otilib o'ynashi unga ma'qul bo'lgan.

Bunday o'yinning avj olishi hozirgi zamon basketboli ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o'sha zamonlarda ham o'yinning nomi xuddi hozirgi singari: "basketbol" deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga mo'ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o'rnatib qo'ygan, savatchaning yonidagi narvon

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ustida farrosh o'tirgan. Uning vazifasi muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to'pni savatcha ichidan olib, pastga o'yinchilarga uzatib turishdan iborat bo'lgan.

1891-yil 21-dekabrda Springfild kollejining gimnastika zalida basketbol bo'yicha birinchi match o'tkaziladi. Matbaa manbalari bu o'yinning uch xil tug'ilish sanasini qayd etadilar: 1891-yil 21-dekabr, 1892-yilning 15 va 20-yanvari. "O'yin yaratuvchi"ning ta'kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891-yilning "rojestvo" bayrami oldidan o'tkazilgan ekan.

Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o'yinda har biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O'yin ko'pchilikka shu qadar ma'qul bo'ldiki, tez orada o'yin qoidasidan nusxa ko'chirib berishni so'rab Neysmitni xoli-joniga qo'yishmadi. Keyinroq, 1892-yilda u o'z o'yinining birinchi "Qoidalar kitobi"ni nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo'lib, ularning ko'pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilmoqda. Prinsip jihatdan u "Qoidalar"ning hozirgilaridan farqi to'pni "olib yurish" qoidalari deb hisoblash mumkin.

Neysmit o'yinda ishtirok etuvchilar sonini qat'iy ravishda cheklab qo'ymagan. Uning ta'rificha, o'yinda uch kishidan boshlab 40 kishigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Holbuki, eng maqbul mezon har jamoada 9 kishi bo'lishi edi. Futbol o'yinidan nusxa ko'chirib o'yinchilarni uchta hujumchiga uchta himoyachiga ajratib qo'yilgan edi. Ularga faqat o'z "zonalarida" o'ynashga ruxsat berilgan edi.

1892-yil 11-martda mana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar huzurida o'yin o'tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to'plandi. Talabalar o'z o'qituvchilari bilan o'ynaydilar va 5:1 hisobida g'olib chiqtilar. Shundan keyin o'yin keng miqyosida rivojlanib ketdi va xuddi 1892-yilning o'zida Meksikada ham basketbol o'ynala boshladi. Oradan biroz vaqt o'tgach Lyu Allen Xartford shahrida noqulay savatchalarni - shaftoli terishga mo'ljallangan ushbu savatlarni simdan to'qilgan silindr shaklidagi og'ir savatchalar bilan almashtirdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'yin-yildan-yilga rivojlanib borib, uning qoidalari ham ancha takomillashtirildi. Chunonchi, 1893-yilda birinchi marta shchitga tegib qaytadigan va to'pni tomoshabinlar orasiga borib tushishdan saqlaydigan qurilma va unga to'r xalta biriktirilgan temir halqa o'rnatildi. Shchitning kattaligi 3,6x 1,8 m bo'lgan. Oradan bir-yil o'tgach, to'pning kattaligi oshirilib aylanasining uzunligi 30-32 dyuymga (76,2-81,8 sm)ga yetkazildi. 1895-yilga kelib o'yin qoidalariga jarima to'pi tashlash kiritildi. Jarima to'pi 15 fut (5,25 sm) masofadan turib tashlanar edi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Oradan ko'p o'tmay savatcha hozirgi zamon shaklini oladi, lekin shchit esa o'zining hozirgi kattaligiga 1895-yilda erishadi. Ayni maxalda shchitni oq rangga bo'yab qo'yganlar, 1909-yilga kelib esa shchitni yaltiroq plastinadan tayyorlay boshlaganlar. Maydonda to'pni olib yurish qoidasi 1896-yilda kiritilgan. To'pni tortib olish ham unga qiyin emas edi. Oradan uch-yil o'tgach, basketbolda foydalanilayotgan fútbol to'pi maxsus tarzda tayyorlangan basketbol to'piga almashtirildi.

O'yin texnikasining tez takomillashishi va o'yinchilar harakatchanligining ortib borishi shunga olib keldiki, 1896-yilda jamoalar tarkibini 5,7 yoki 9 o'yinchi bilan cheklab qo'yish to'g'risida bir bitimga kelishildi. O'yinda necha kishilik jamoa ishtirok etishi o'yin maydonining kattaligiga bog'liq bo'lgan. Tez orada jamoadagi o'yinchilar soni butunlay standart holga keltirildi, ya'ni bir vaqtning o'zida 5 kishidan ortiq o'yinchi qatnashishiga ruxsat etilmaydigan bo'ldi va basketbol bosqichma-bosqich rivojlanib bordi.

I bosqich. 1891-1918-yillarni o'z ichiga olib, basketbolning yangi o'yin sifatida shakllanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga gimnastika mashg'ulotlarini biroz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-sekin sport o'yiniga aylanib, uning o'ziga xos barcha xususiyatlari shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy o'yin qoidalari yaratiladi. Uning o'yin teknikasi va taktikasi shakllanadi. O'yinda ishtirok etayotgan jamoa a'zolarining har biri uchun muayyan funksiya vazifalar belgilab beriladi.

II bosqich. 1919-1931-yillardan iborat bo'lib, bu davr milliy basketbol federatsiyalari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa basketbolning sport o'yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Xuddi shu davrda dastlabki basketbol bo'yicha halqaro turnir - musobaqalar o'tkaziladi.

III bosqich. 1932-1947-yillarni o'z ichiga oladi. Bu davr butun dunyo bo'yicha basketbol o'yini har tomonlama rivojlanganligi bilan xarakterlidir. Bu davrda basketbol o'yini federatsiyasi (FIB) tashkil etiladi. Bu xodisa unutilmas voqea bilan basketbolni sportning Olimpiya turidagi o'yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo'ladi. Shu davrda sobiq sovet basketbolchilari ham halqaro maydoniga chiqadilar. Basketbol texnikasi va taktikasiga yangiliklar kiritiladi.

IV bosqich. 1948-1965-yillarni o'z ichiga oladi. Bu-yillarda butun dunyoda basketbol o'yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay, muayyan sakrashlar tarzidagi taraqqiyot va sport mahoratining o'sishi ham ana shu davrga to'g'ri keladi. To'pni bir qo'l bilan otish qoidasipaydo bo'ladi, raqibning hujumiga qarshi o'zini himoya qilish texnikasi va taktikasida ancha murakkab malakalar paydo bo'ladi. Mini-basketbol o'yini vujudga kelib, dunyo buylab tarqala boshlaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

V bosqich. 1986-1990-yillarda milliy Federatsiyalar soni ortadi. Milliy professional basketbol uyushmalari (NBA) paydo bo'ladi. Basketbolchilaming halqaro aloqalari mustahkamlanadi, o'yin texnikasi va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar qoidasi va hakamlik uslubiyati taqsimlashtiriladi.

REFERENCES

1. Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi. O'quv qo'llanma. - Toshkent, 1993.

2. Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O'quv qo'llanma. -Toshkent: Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002.

3. Юнусова Ю.М. Теория и методика физической культуры. Учебное пособие. - Ташкент: УзГосИФК 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.