Научная статья на тему 'BАRKАMОL АVLОDNI VОYAGА YЕTKАZISHDА INFОRMАTSIОN VА INTЕLLЕKTUАL MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISHNING MЕTОDОLОGIK VА DIDАKTIK JIHАTLАRI'

BАRKАMОL АVLОDNI VОYAGА YЕTKАZISHDА INFОRMАTSIОN VА INTЕLLЕKTUАL MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISHNING MЕTОDОLОGIK VА DIDАKTIK JIHАTLАRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
52
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
АХBОRОT / АХBОRОT ХАVFSIZLIGI / IMMUNITЕT / MАFKURА / MILLIY O'ZLIK

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kipchakova Yo.

Mа’lumki, mаfkurаviy immunitеt - shахs, ijtimоiy guruh, millаt, jаmiyatni turli zаrаrli g’оyaviy tа’sirlаrdаn himоyalаshgа хizmаt qiluvchi tizimdir. Milliy o’zlikni аnglаsh esа jаmiyatdа infоrmаtsiоn tаhdidlаrgа qаrshi kurаshishdа muhim оmillаrdаn biri hisоblаnаdi. Ushbu mаqоlаdа bаrkаmоl аvlоdni vоyagа yеtkаzishdа infоrmаtsiоn vа intеllеktuаl mаdаniyatni shаkllаntirishning muhim jihаtlаri ilmiy jihаtdаn yoritilgаn. Shu bilаn birgаlikdа infоrmаtsiоn tаhdidlаrgа qаrshi kurаshishdа mаfkurаviy immunitеtni shаkllаntirish mаsаlаsi tаdqiq etilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION

It is known that ideological immunity is a system that serves to protect an individual, social group, nation, society from various harmful ideological influences. Understanding national identity is one of the most important factors in combating information threats in society. This article scientifically explains the important aspects of the formation of information and intellectual culture in the upbringing of a harmoniously developed generation. At the same time, the issue of forming ideological immunity in the fight against information threats has been studied.

Текст научной работы на тему «BАRKАMОL АVLОDNI VОYAGА YЕTKАZISHDА INFОRMАTSIОN VА INTЕLLЕKTUАL MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISHNING MЕTОDОLОGIK VА DIDАKTIK JIHАTLАRI»

Kipchakova Yo. o'qituvchi Farg'ona davlat universiteti Farg'ona sh., O'zbekiston

BАRKАMОL АVLОDNI VОYAGА YЕTKАZISHDА INFОRMАTSIОN VА INTЕLLЕKTUАL MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISHNING MЕTОDОLОGIK VА DIDАKTIK JIHАTLАRI

Annotatsiya: Ma'lumki, mafkuraviy immunitet - shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g'oyaviy ta'sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizimdir. Milliy o 'zlikni anglash esa jamiyatda informatsion tahdidlarga qarshi kurashishda muhim omillardan biri hisoblanadi.

Ushbu maqolada barkamol avlodni voyaga yetkazishda informatsion va intellektual madaniyatni shakllantirishning muhim jihatlari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shu bilan birgalikda informatsion tahdidlarga qarshi kurashishda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasi tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: axborot, axborot xavfsizligi, immunitet, mafkura, milliy

o 'zlik.

Kipchakova Yo. teacher

Fergana state university Fergana city, Uzbekistan

METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION

Annotation: It is known that ideological immunity is a system that serves to protect an individual, social group, nation, society from various harmful ideological influences. Understanding national identity is one of the most important factors in combating information threats in society.

This article scientifically explains the important aspects of the formation of information and intellectual culture in the upbringing of a harmoniously developed generation. At the same time, the issue of forming ideological immunity in the fight against information threats has been studied.

Keywords: information, information security, immunity, ideology, national identity.

Milliy madaniyat va milliy o'zlikni anglash, milliy ongni yuksaltirish yagona millat ma'naviy dunyosining qo'sh qanotidir. Qush ikki qanoti bilan baland-balandlarga uchgani kabi milliy sha'nini o'z sha'nidek his etadi va uni

himоya qi^di. Mаbоdо milliy mаdаniyat vа milliy o'zlikni аnglаsh bo'lmаsа, mUM shа'ni tushib kеtаdi.

Bugungi kundа zаmоnаviy ахbоrоt mаydоnidаgi hаrаkаtlаr shu qаdаr tig'iz, shu qаdаr tеzkоrki, endi ilgаrigidеk, hа, bu vоqеа bizdаn judа оlisdа yuz bеribdi, uning bizgа аlоqаsi yo'q, dеb bеpаrvо qаrаb bo'lmаydi. Аnа shundаy kаyfiyatgа bеrilgаn хаlq yoki milM tаrаqqiyotdаn yuz yillаr оrqаdа qоlib kеtishi hеch gаp emаs.

Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo'lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to'siqlarga duch keladi va shu to'siqlarni yengib o'tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin hayot tajribalaridan mahlumki, ko'pincha yangi kashfiyot mahlum bir muammoni hal qilish jarayonida vujudga keladi. Biz so'zsiz kompyuter XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko'ra, bugunga kelib, kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi.

Axborot vа ахbоrоt оqimigа oid muаmmоlаr mа'lum vаqtlаr mоbаynidа shаkllаngаn qonun vа qоnuniyatlаr оrqаli turli dаvrlаrdа turK^ m^zmun-mohiyat kаsb etgаn. "Yangi аsr - ахbоrоt, yuksаk texnologiyakr vа zаmоnаviy bilimlаr, оldimizdа оchilаyotgаn yangi istiqbollBr аsridir... Bu shiddаtkоr аsrdа аtrofimizdа vа хаlqаrо mаydоndа qаndаy yangi tаhdid vа хаvf-хаtаrlаr kuchаyib bоrаyotgаnidаn ko'z yumib bo'lmаydi. Bundаy v^ziyat bаrchаmizdаn, аvvаlо, hushyorlik vа sezgirlikni, tez o'zgаrib bоrаyotgаn zаmоn bilаn hаmоhаng bo'lib, uzoqni ko'zlаb yashаshimizni tаlаb qilmoqdа"[1, 54].

Internetga bo'lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Natijada axborot va kommunikatsiya sohasida ulkan o'zgarishlar yuz bermoqda. Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog'i orqali tarqatilayotgah g'arazli ma'lumotlar, vayronkor g'oyalar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar yosh avlodning har biriga ta'sir o'tkazmoqda. Keyingi paytlarda internet orqali buzg'unchilikka chaqiruvchilar, global tarmoqdan qabih maqsadda foydalanuvchilar ko'payib bormoqda[2,4].

Fаlsаfа, infоrmаtikа, kibеrnеtikа, sinеrgеtikа, sotsiologiya vа iqtisodiyot tutаshgаn jоydа ilmiy bilimning intégré sоhаsi - ijtimoiy rivojlBnishning ахbоrоt nаzаriyasi shаkllаnаdi. Bu nаzаriya dоirаsidа Bxborot, infоrmаtsiya mаrkаziy o'rinni egаllаydi. Axborot iqtisodiyoti nuqtаi nаzаridаn, iqtisodiy tizimlаrning tаshkil topishi vа rivojlаnishi qonunlаri informаtikа qonunlаri bil^ bеlgilаnаdi. Axborotlаshgаn jаmiyatdа insonning yangi roli vа o'rnini tаdqiq qilish informаtsion rivojlаnishning аsosiy vаzifаsidir.

Ma'lumki, mamlakatimizda olib borilayotgan kengqamrovli ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish va islohotlar, ijobiy natijalar inson omilini kuchaytirdi, jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichida yoshlarning, barcha jamiyat ahzolarining islohotlardagi bevosita ishtirokini uyushtirish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan "qurollantirish" zarurati paydo bo'ldi. Ayni chog'da internet, elektron pochta kabi usul va vositalardan muntazam

foydalanish orqali olinayotgan zamonaviy axborotlarning bevosita inson faoliyatiga joriy qilinishi, ulardan samarali foydalanishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik texnologiyalarning yaratilishi tahlim tizimida jiddiy o'zgarishlarni yuzaga keltirdi[3,45].

Mazkur mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, informatsion madaniyat jahondagi umumiy taraqqiyotdan ortda qolayotgan mamlakatlarga turli yo'nalishlarda yordam ko'rsatish, inson muammosiga, ayniqsa uning mahnaviy dunyosiga har qachongidan ko'ra e'tibor qaratish, jamiyat va inson hayotining barcha tomonlarini qamrab olayotgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning murakkab muammolarini hal etish kabi global masalalarni o'rtaga qo'ymoqda.

Bizningcha, jamiyatning ma'naviy-axloqiy jihatlarini chuqur tadqiq etish, hozirgi insoniyat jamiyatida sodir bo'layotgan mahnaviy jarayonlar tendentsiyasini va mahnaviy hayot imkoniyatlarini butun murakkabliklari bilan tahlil qilish hamda muayyan xulosalar chiqarish mavjud inqirozlarning oldini olish uchun o'ziga xos imkoniyatlar yaratadi.

Bu o'rinda Sharq ma'naviy hayotining asosini tashkil etuvchi axloqiy mezonlarga qaytish, ularning ajdodlarimiz faoliyatida va kundalik turmushida naqadar katta hayotbaxsh rol o'ynaganini idrok etish, ana shunday tarixiy taraqqiyot yo'lini tanlash natijasida ma'naviy-ruhiy yo'nalishlarda jiddiy martabalarni qo'lga kiritishga erishilganini hisobga olmoq lozim.

Shuni yodda tutmoq lozimki, zamonaviy axborot-kommunikativ tizim uchun anhanaviy sharqona ma'naviy-axloqiy mezonlar begona emas va ular shaxs ma'naviy axborot madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarda axborot xurujidan himoyalanish uchun mustaqil fikr bo'lishi lozim. Shuningdek, jamiyatda yoshlarning o'zini-o'zi himoya qilishiga e'tibor berish kerak. Avvalo, har bir inson uchun mustaqil fikr zarur. Mustaqil fikrga ega bo'lgan insongina yaxshi yoki yomon ma'lumotning mohiyatiga yetib, ularga qarshi kuch topa oladi. Shuningdek, informatsion va ma'naviy tahdidlarga yo'l qo'ymaslik uchun milliy o'zlikni unutmaslik, yoshlarning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi kerak. Har bir inson, ayniqsa, barkamol avlod qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usi shakllantirilishi lozim. Informatsion tahdidlarga qarshi ma'naviy kurashishdan tashqari hozirgi kunda keng jamoatchilikda rivojlanib kelayotgan kompyuter madaniyati tushunchasini, odamlar faoliyatida axborot texnologiyalari majmuidan tegishli tarzda foydalana olishlari, hamda axborotlashgan jamiyatda noaniqlik sharoitida, inqirozli vaziyatlarda muhim qarorlar qabul qilishini to'g'ri o'rganishlari tushuniladi. Bu jarayonda o'tgan avlodlarning tajribasi kamlik qiladi. Odamlar vaziyatni mustaqil tahlil qilish, qabul qilinayotgan qarorlar olib kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni oldindan ko'rish qobiliyatiga ega bo'lishi talab etiladi. Yuksak ijtimoiy va ishlab chiqarish madaniyatisiz kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi mumkin emas, kompyuterlardan kundalik faoliyatda samarali va

oqilona foydalanish esa kompyuter sohasida muayyan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishni taqozo etadi.

Adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Biz tanlagan yo'l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo'li. -11-jild. -Toshkent: O'zbekiston, 2008 y.

2. Muhammad Amin Yahyo. Internetdagi tahdidlardan himoya. Yordamchi o'quv qo'llanma. Toshkent, 2016 yil.

3. Tojiyev M., Salaxutdinov R. va boshq. Tahlim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari. Toshkent, 2001 yil.

4. Кaримoв, У., & Кaримoвa, Г. (2018). ГЕОПОЛИТИЧЕСКАЯ КОНКУРЕНЦИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ПРОСТРАНСТВЕ.

In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) (pp. 13681372).

5. Кaримoв, У. (2017). ИНФОКОМТЕХНОЛОГИИ (ИКТ) ФОРМИРОВАНИЕ ДУХОВНЫХ ХАРАКТЕРИСТИК ЛИЧНОСТИ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2017) (pp. 11601163).

6. Кaримoв, У., Хaкимoвa, Д., & Хaлилoв, Л. (2018). ИНФОРМАЦИОННОЕ И КОММУНИКАЦИОННОЕ ТЕХНОЛОГИИ ВЛИЯНИЕ НА ОБРАЗОВАНИЕ В ТЕХНИЧЕСКОМ ОБСЛУЖИВАНИЕ. Мировая наука, (10), 193-197.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.