Научная статья на тему 'BANKLARDA LIZING OPERATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH'

BANKLARDA LIZING OPERATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lizing / operativ lizing / moliyaviy lizing / ssuda / lizing obyektlari. / lease / operating lease / financial lease / loan / leased objects.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A., Qahhorova Sh.S., Umidov D.U.

IMPROVEMENT OF LEASING OPERATIONS IN BANKS

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF LEASING OPERATIONS IN BANKS

This article provides information on the concept of leasing transactions in banks, the rights of the parties, the leasing contract, and the advantages of leasing.

Текст научной работы на тему «BANKLARDA LIZING OPERATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Shirinov U.A. dotsent SamISI Qahhorova Sh.S. talabasi SamISI Umidov D.U. talabasi SamISI

BANKLARDA LIZING OPERATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada banklarda lizing operatsiyalari tushinchasi, tomonlarning huquqlari, lizing shartnomasi, lizingning afzalliklari haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: lizing, operativ lizing, moliyaviy lizing, ssuda, lizing obyektlari.

Shirinov U.A. associate professor SamIES Kahhorova Sh.S.

student SamIES Umidov D.U. student SamIES

IMPROVEMENT OF LEASING OPERATIONS IN BANKS

Abstract. This article provides information on the concept of leasing transactions in banks, the rights of the parties, the leasing contract, and the advantages of leasing.

Key words: lease, operating lease, financial lease, loan, leased objects.

So'nggi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing (leasing-inglizcha «ijara») operasiyalarini moliyalashtirish bilan bog'liq faoliyat turlari keng rivoj topmoqda. Lizing tushinchasi mamlakatimizga yaqin yillarda kirib kelayotgan tushinchalardan biri bo'lib, mulkni foydalanuvchilarga muntazam haq to'lab borish va so'ngida sotib olish sharti bilan ijaraga berishdir.

O'zbekistonda dastlabki lizing kompaniyalari 1994-yildan boshlab tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 'Lizing to'g'risida'gi Qonunning 2-moddasida lizingga quyidagicha ta'rif berilgan.

Lizing ijara munosabatlarining alohida turi bo'lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig'iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo'yish maqsadida mol-mulkni (lizing obektini) oladi.

Lizing beruvchi lizing obektini kimdan olayotgan bo'lsa, shu shaxs sotuvchi deb etirof etiladi. Lizing shartnomasi bo'yicha lizing oluvchiga kelgusida lizing beruvchilar, xususan tijorat banklari xaridor sifatida maydonga chiqmoqchi bo'lishsa, u holda ular o'zlarining faoliyatlarini lizing operasiyalarini amalga oshirishga yo'naltirgan bo'lishlari lozim. Bunday hollarda bank mulkni sotib olish uchun korxonalarga ssuda kredit berish o'rniga ularni o'zi sotib oladi va ularni ijara oluvchilarga ijaraga bergan holda, egalik huquqini o'zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki shartnomaga binoan ijara haqini (lizing to'lovini) oladi.

Korxonalarda buxgalteriya hisobi va lizing operatsiyalari va ular hisobiga doir tadqiqotlarni quyidagi olimlar olib borishgan: Jumayeva G., Murodova N. Yusupova F. va Shirinov U. lar o'z ishlarida fikr va mulohazalarini keltirishgan.

Lizing ko'char va ko'chmas mulkni ijaraga berishda qo'llaniladi. Masalan, ko'char mulk ko'rinishidagi lizing transport vositalari, qurilish texnikasi, signallarni uzatish vositalari, asbob-uskunalar, dastgoxdar, lisenziyalar, «nou-xau», loyihalar, kompyuter dasturlari va shunga o'xshashlarni o'z ichiga oladi.

Yer uchastkalari va tabiatning boshqa obyektlari, shuningdek, erkin muomalada bo'lishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan yoki muomalada bo'lishining alohida tartibi belgilangan mol-mulk lizing obyektlari bo'lishi mumkin emas.

Lizing beruvchi quyidagi huquqlarga egadir:

• lizing oluvchining lizing obektidan qanday sharoitlarda foydalanayotganligi va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayotganligini lizing shartnomasi shartlariga hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq nazorat qilish;

• lizing oluvchining roziligi bilan lizing obekti va uning sotuvchisini tanlash;

Lizing oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

• lizing obektini mustaqil aniqlash va sotuvchini tanlash;

• lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik tufayli etkazilgan zarar qoplanishini talab qilish;

• sotuvchiga lizing obekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi talablarni, jumladan, uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli tamirlashi va hokazolar xususida talablar qo'yish;

Sotuvchi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlarni bajaradi. Agar lizing shartnomasida yoki oldi-sotdi (mahsulot yetkazib berish) shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha sotuvchining lizing oluvchiga nisbatan

huquq va majburiyatlari lizing beruvchiga nisbatan huquq va majburiyatlaridek bo'ladi. Bunda lizing oluvchi lizing obekti oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga yoki uni haqiqiy emas deb topishga haqli bo'lmaydi.

Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi. Agar lizing oluvchi jismoniy shaxs bo'lsa, lizing shartnomasi notarial tasdiqlanishi lozim.

Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi:

• lizing obyektining tasniflanishi (liznng obektining miqdori, sifati, ro'yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko'rsatkichlari) va shartnoma umumiy pul summasining ko'rsatilishi;

• taraflarning lizing obektini olish va berish bilan bogliq majburiyatlari;

• lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obektini etkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;

• lizing to'lovlarini to'lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;

• lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va tamirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;

• shartnomaning amal qilish muddati.

Bank tizimi manfaatlarida, banklarda pulga talab kamaygan vaqtlarda ortiqcha resurslar paydo bo'ladi. Ilgari banklar bu mablag'larni (rivojlangan mamlakatlarda) ko'chmas mulk sotib olishga sarflashgan. Pulga talab oshganda esa, teskari operasiyalarni amalga oshirganlar. Bazi g'arb mamlakatlarida, xususan AQSh da 1985-yilda yangi Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra har qanday mol-mulkka, u foyda keltirmasa ham, soliq belgilanadi. Endi banklar uchun o'z mablaglarini ko'chmas mulkka sarflash samarali bo'lmay qoldi.

Banklar asosan uzoq muddatli kreditlar hisobiga faoliyat yuritishadi va daromad olishadi. Bunday kredit malum tahlikaga xavfga ham ega bo'lishi tabiiy. Kredit berilayotganda, odatda, mulk garovga qo'yiladi. Shu nuqtai nazardan banklar uchun ham lizing manfaatlidir. Bank lizing kompaniyasiga uzoq muddatli kredit beradi. Kredit hisobiga lizing kompaniyasi uskunalarni sotib oladi va ular firmaning mulkiga aylanadi. Bundan tashqari hozida xalqaro lizing ham rivojlanib bormoqda. Xalqaro lizingning afzalliklaridan biri shuki, bunda boshqa mamlakatlarning takomillashgan texnika va jihozlaridan foydalanish xalqaro shartnomalarga ko'ra moliyaviy va soliqlar bo'yicha imtiyozlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Xalqaro valyuta fondi (XVF)ning qaroriga binoan chet el mashina va mexanizmlarini ijaraga olish, ijaraga oluvchi mamlakatning chet el qarzlari miqdorini oshirmaydi. Respublikamizda xalqaro lizingdan foydalanish masalasini qo'shma lizing kompaniyalari yoki firmalarini tuzish yo'li bilan ham hal qilish mumkin.

Mamlakatimizda lizing munosabatlarini takomillashtirishning bir qancha yechimlari mavjud. Xususan, hukumat tomonidan lizing kompaniyalari oldiga qo'yilgan vazifalar o'z vaqtida, izchil hayotga tatbiq etilsa, banklarda lizing operatsiyalari keng ko'lamda tashkil etilsa, aholining moliyaviy savodxonligini oshirilib, ularga lizing haqida yetarlicha ma'lumotlar yetkazilsa, reklamalar va

ijtimoiy tarmoqlarda lizing to'g'risidagi ma'lumotlar keng ko'lamda targ'ib qilinsa bu sohada koplab yutuqlarga erishishimiz mumkin. Ammo banklar va boshqa lizing tashkilotlari lizing munosabatlarini marketingiga yetarlicha pul ajratmaydilar. Bu esa lizing operatsiyalari tor doiradagi foydalanuvchilar uchun xizmat qilishiga olib keladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mamlakatda xususan banklarda lizing operatsiyalarini takomillashtirish mamlakat iqtisodiyoti va aholi uchun katta foyda keltiradi. Masalan qishloq xo'jaligi sohasida qaraydigan bo'lsak, u fermer xo'jaliklariga ham zamonaviy texnologiyalarni qo'lga kiritish imkonini yaratadi. Bu esa uning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. Oqibatda tarmoq rivoji yangi bosqichga ko'tariladi. Kichik mikrofirmalar ham asosiy vositalarini haridi uchun yetarlicha mablag' ajratolmasligi mumkin. Agar ular lizingdan foydalansa ishlab chiqarishda unumdorlikka erishadi. Bugungi banklarda lizing oeratsiyalarining yangi bosqichiga chiqish uchun uning marketingiga etiborni qaratishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Джумаева Г. Узбекистонда лизинг ва ижара битимлари ва портфелларининг танлили //образование наука и инновационные идеи в мире. - 2024. - Т. 43. - №. 8. - С. 140-143.

2. Муродова, Н. (2011). Лизинг тадбиркорлик асосида молиявий ресурсларни сафарбар этишнинг замонавий шакли. Экономика и финансы (Узбекистан), (6), 38-42.

3. Юсупова Ф. Опыт зарубежных стран по использованию маркетинговой стратегии в развитии лизинговых отношений //Экономика и инновационные технологии. - 2021. - №. 4. - С. 258-264.

4.Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини такомиллаштириш. Экономика и социум, (6-2 (97)), 810-813.

5.Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика и социум, (6-2 (97)), 814-817.

6.Ширинов, У. А. (2021). Improvement of methodology of auditoral assessment of segmentary accounting and reporting reality in committees providing communication services. Экономика и социум, (5-2), 642-647.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.