Научная статья на тему 'Badiiy asar yaratishda tasviriy san’atning texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslari'

Badiiy asar yaratishda tasviriy san’atning texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
133
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
badiiy asar / tasviriy san’at / texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mardona Shodlikovna Otajonova

Mazkur maqola tasviriy san’atga dastlabki qadam qo‘yayotgan talabalarning badiiy asar kompozitsiyasini yaratishda uning texnologiyalaridan foydalanish metodikasi, atrofdagi shakllarni tasvirlashda chiziq, rang, nisbat, fazoviy tuzilish kabi qonuniyatlarni anglashi, ulardan amaliy mashqlar bajarishda to‘g‘ri foydalana olishi xaqida boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Badiiy asar yaratishda tasviriy san’atning texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslari»

Badiiy asar yaratishda tasviriy san'atning texnologiyalaridan

foydalanishning metodik asoslari

Mardona Shodlikovna Otajonova

ChDPU

Annotatsiya: Mazkur maqola tasviriy san'atga dastlabki qadam qo'yayotgan talabalarning badiiy asar kompozitsiyasini yaratishda uning texnologiyalaridan foydalanish metodikasi, atrofdagi shakllarni tasvirlashda chiziq, rang, nisbat, fazoviy tuzilish kabi qonuniyatlarni anglashi, ulardan amaliy mashqlar bajarishda to'g'ri foydalana olishi xaqida boradi.

Kalit so'zlar: badiiy asar, tasviriy san'at, texnologiya

Methodological foundations of using the technologies of visual

art in creating a work of art

Mardona Shodlikovna Otajonova

ChSPU

Abstract: This article is about the students who are taking the first steps in visual art, the methodology of using its technologies in creating the composition of an artistic work, understanding the rules such as line, color, proportion, spatial structure in describing the surrounding shapes, and being able to use them correctly in performing practical exercises. goes

Keywords: artwork, fine art, technology

Deyarli har bir inson rasm chizishni o'rganishi mumkin. Albatta, bu qo'liga qalam tutganlarning hammasi betakror musavvir bo'lib yetishadi, degani emas. Tug'ma iste'dod kurtaklarining borligi ham kelajakda u yoki bu shaxsdan buyuk ijodkor chiqishini kafolatlamaydi. Zero, sayqal berilmagan, tinimsiz mehnat bilan rivojlantirilmagan iqtidor kapalakka aylanolmay yarim yo'lda qotib qolgan g'umbakdan uncha farq qilmaydi: uning bu shaklidan na o'ziga manfaat bor, na elu-yurtga.

Badiiy iste'dodni ro'yobga chiqarish uchun esa idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik kabi sifatlarni izchil tarbiyalab borish kerak. Tasviriy faoliyat voqea-hodisalari mohiyati, ularning zamiridagi aloqadorlikni kashf etish, reallikni badiiy vositalar yordamida ifodalashga imkon beradigan layoqat bo'lib, uni mehnatga mehr bermasdan takomillashtirib bo'lmaydi.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 785 [Ml^^^H

Rasm chizish - bu o'rab turgan voqelik va o'zining o'ziga nisbatan bo'lgan munosabatlarni ifodalash usulidir. Uni tom ma'noda badiiy-ijodiy jarayon mahsuli sifatida ham, ko'ngilochar mashg'ulot yoki stressdan halos qiluvchi vosita maqomida ham qabul qilish mumkin.

Rasm - natura in'ikosi, qalam esa atrof-muhitni qog'oz yuzasida muhrlashga imkon beradigan ish qurolidir. Rasm chizishda grafit qalamlardan keng foydalaniladi. Albatta, tasviriy san'at olamida bu qalam turlaridan boshqa vositalar ham serob. Lekin rasm chizishni o'rganishda dastlabki saboqlarni qulay va odatiy ish quroli yordamida olgan ma'qul. Chunki bu sohada qo'yiladigan ilk qadamlar juda murakkab va qiyin tuyulishi mumkin.

Tasviriy san'atning maqsadlari:

• vizual olamni grafik vositalar bilan tasvirlashga o'rgatish;

• grafik vosita va materiallardan mohirlik bilan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish;

• har bir talabaning ijodiy qobiliyati, shaxsiy sifatlarini rivojlantirish;

• fanlararo aloqalarni ta'minlash;

• talabalarning mustaqil ijodiy faolligi uchun shart-sharoit yaratish.

Mazkur maqolada materiallar muayyan tartibda va foydalanish uchun qulay shaklda joylashtirilgan bo'lib, bu darslarni oson o'zlashtirish, olgan bilim, ko'nikmalarni amaliy mashg'ulotlar bilan yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Unda grafika san'ati turlaridan biri hisoblangan rasm to'g'risida umumiy ma'lumotlar taqdim etilgan. Shuningdek, tasviriy savodxonlik asoslariga ta'rif berilgan, perspektiva tamoyillariga oydinlik kiritilgan va ulardan xilma-xil hajm, shaklga ega rasmlar chizishda foydalanish usullari tavsiflangan. O'quv natyurmorti va uni yaratish bosqichlari ketma-ketligi mavzusi ko'rib chiqilgan. O'simliklar, daraxtlar va tabiat manzaralarini tasvirlash bo'yicha uslubiy tavsiyalar berilgan.

Tasviriy san'at - bu grafik vositalar, masalan, kontur chiziqlar, shtrix, bo'yoq dog'lari (nur-soya) yordamida qo'l bilan tekis yuzada ifodalangan biron-bir tasvir. Bu vositalarni o'zaro uyg'unlashtirish (shtrixlar, bo'yoq dog'lari, chiziqlar va hokazolar kombinatsiyasi) orqali rasmning plastik modeli yaratiladi, uning tus va nur-soya munosabatlari shakllantiriladi. Rasm, odatda, bir yoki undan ko'proq ranglar birikmasidan tarkib topadi. Rasmdan foydalanish imkoniyatlari esa nihoyatda rang-barang bo'lib, u ilmiy-yordamchi vosita vazifasini bajarishdan tashqari, amaliy, texnik ahamiyat ham kasb etishi mumkin.

Badiiy rasm tasviriy san'atning eng muhim hamda keng rivojlangan sohalaridan biri hisoblanadi va tekis yuzada yaratiladigan barcha turdagi badiiy tasvirlar, xususan, rangtasvir, grafika, relef, gravyura, ofort asosi sifatida namoyon bo'ladi.

Rasm - grafika va san'atning eng qadimiy turi. U insonning voqelikni anglash, idrok etish, uni obrazlar orqali aks ettirish vositasidir. Inson salohiyati va mehnatining

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 786 LME^^fi]

eng rivojlangan shakllaridan biri sifatida rasm tasviriy san'atning barcha turlari mohiyatini tashkil qiladi hamda badiiy ta'lim tizimidagi yetakchi fan sanaladi. Rasm -har qanday tasviriy san'at turi qurilmasining eng muhim tarkibiy qismi, yadrosidir.

Rasm shakli - bu tekis yuzaga tushirilgan tasvir, chizgilar. Lekin olam, bilamizki, uch o'ichamli hisoblanadi. Undagi barcha narsalar ham voqelikning o'zi singari muayyan hajm va uch o'lchamli shaklga ega. Shuning uchun rasmning asosiy maqsadini ikki o'lchamli makonda uch o'lchamli hajmni ifodalash deya ta'riflash mumkin. Rasm chizishga o'rgatish zamirida fazoviy hajmlar bilan tafakkur qilish va murakkab olamni oddiy ham sodda tushunchalar orqali ko'ra bilish qobiliyatini rivojlantirish yotadi.

Chiziqlar chizish usullarining soddaligi va shakl yaratish tamoiyillarining universalligi rasmni grafika va san'atning boshqa turlari o'zagiga aylantirdi. Rasmni, aytaylik, chizmakashlik namunalari bilan taqqoslash, uning yaqqol afzalliklari va xususiyatlarini aniqlashda yordam beradi. Birinchidan, rasm qo'lda chiziladi. Bu tasvirlash jarayonini tezlashtirib, kundalik hayotdagi turli hodisalarga nisbatan zudlik bilan munosabat bildirish imkonini beradi. Ikkinchidan, rasm chizishda ko'z bilan o'lchash muhim o'rin tutadi va aynan shu qobiliyat predmetni aynan emas, balki qanday tasavvur qilinsa, shunday tasvirlashda ko'maklashadi. Ob'ektiv anglash va ijodiy tafakkur qorishib ketadigan bunday obraz hamma uchun tushunarli va ruhan yaqin shartlilik, ramziylik kasb etadi. Uchinchidan, rasm mohiyatan ko'rimli bo'lib, u narsaning asosiy tashqi belgilari, moddiyligi, hajmi, makonda joylashuvi, predmetga tushayotgan yorug'lik xususiyatlari va boshqalarni xayoliy tafakkur orqali yetkazib beradi. To'rtinchidan, rasm narsa va muhitning rang-barang tashqi belgilarini tasvirlash bilan cheklanib qolmay, ular o'rtasidagi munosabatlar orqali ob'ekt hamda uni o'rab turgan voqelikning ichki mazmunini ham ifodalaydi va shu orqali tomoshabinda muayyan hislar, o'y-xayollar uyg'otadi.

O'ziga xos xususiyatlarini yanada chuqurroq va atroflicha o'rganish maqsadida rasm ifodalash, moddiy-texnik vositalari va maqsadidan kelib chiqib bir necha turlarga ajratilgan. Ifodalash vositalariga ko'ra rasmlar tusli hamda chiziqli turlarga taqsimlanadi.

Chiziqli rasm, odatda, yorqin, yengil, umumiylashtirilgan bo'ladi. Badiiy obraz chiziqlar yordamida yaratiladi, shuningdek, sinf doskasiga jadvallar, sxemalar, rasmlar chiziladi.

Tusli rasmlar predmet va muhit to'g'risida hajm, yorug'lik, moddiylik va fazoviy munosabatlar orqali batafsilroq ma'lumot beradi. Bu kabi ijodiy ishlar nur-soyali va tusli yoki tonal rasmlar deb ataladi. Jismlar to'plami va konturi orasida boshqalarining tabiati, harakat va xususiyatlari yaqqol namoyon bo'ladi. Shuning uchun ularni tasvirlashda ba'zan tonal rasmlarning eng oddiy turi - siluet - kontur rasmdan foydalaniladi va u bir maromdagi tus bilan to'ldiriladi.

Maqsadiga ko'ra rasmlar akademik va ijodiy turlarga bo'linadi.

Akademik rasm - bu chizishni o'rganish, ifodalash usullari, turli shakl va belgilarni o'zlashtirish uchun bajariladigan va uzoq muddat talab qiladigan rasm. U tasvirlanayotgan predmet tashqi qiyofasining barcha muhim jihatlarini qayd etishi bilan ajralib turadi.

Ijodiy rasm - bu rassomning o'y-fikrlari, hissiyotlari va dunyoqarashini obrazlar orqali aks ettiruvchi tasviriy san'at asari.

O'quv va ijodiy ishlarda chizgi, qoralama, etyudlardan keng foydalaniladi. Qisqa muddatli rasm qoralama deb ataladi. Qoralamalarda chiziqlar asosiy vosita sifatida qo'llaniladi va shtrixlashga nisbatan kam murojaat qilinadi yoki ular surtma harakatlar bilan bir tusga kiritish orqali boyitiladi.

Xulosa o'rnida shularni aytish mumkinki, tasvirlanayotgan predmet va uning tarkibiy qismlari etyud yordamida batafsil o'rganiladi. Etyud yaratishga sarflanayotgan uzoq vaqt mobaynida predmetning ichki va tashqi tomoni xususiyatlari, ob'ekt belgilari kuzatiladi va qayd etiladi. Etyudlar va qoralamalar orqali idrok etilgan voqelikdan ijodiy rasm yoki kartinalar yaratishda foydalaniladi. Rasm chizish dastlabki xomaki chizgilar - eskizdan boshlanadi, kelgusida bu qoralamalar mustaqil asar darajasigacha ko'tarilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Baymetov Botir Boltaboevich Formation of the skills of portraying the future teacher of fine arts in pencil drawing ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Year: 2020, Volume: 10, Issue:5 Firstpage: (1122)

2. Botir Boltabaevich Baymetov, Muratov Khusan Kholmuratovich, Self Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30493 Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Vol. 63. No. 2, (2020) @ www. solidstatetechnology. us

3. Б. Байметов. История развития изобразительного искусства Узбекистана. Наука, образование и культура, Москва, 2016. стр. 19-23.

4. Baimetov Botir Boltabayevich, Sharipjonov Muhiddin. Development of students» descriptive competencies in pencil drawing practice. Issue 08, 2020 issn 2689-100x the usa journals, usa www. usajournalshub. com/inde x.php/tajssei... mso, ISSN 2689-100X The USA Journals, 261-267.

5. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students'Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. http://www.usajournalshub.com/index.php/tajssei. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.

6. Boltabayevich, B. B., & Shodievna, B. O. (2020). Individual Approach To The Formation Of Artistic And Creative Talents Of Students In Art Schools. http://www.usajournalshub.com/index.php/tajssei. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 637-642.

7. Boltabayevich, B. B., & Shodievna, B. O. (2020). Individual Approach To The Formation Of Artistic And Creative Talents Of Students In Art Schools. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 637-642.

8. Boltabayevich, B. B, & Pardaboy, K. (2020). Scientific and theoretical aspects of the formation of compositional abilities of students in painting Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 |e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30494 classes. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).

9. Байметов Ботир Болтабаевич. Актуальные вопросы подготовки педагогических кадров республике Узбекистан. Международный научный журнал «ВЕСТНИК НАУКИ» 2020/10. Том 1. 10 (31). Страницы 5-9.

10. Байметов Ботир Болтабоевич. Тасвирий санъатдан булажак рассом-укитувчиларни касбий тайёрлашда композиция фанининг назарияси ва методикаси. Science and education journal. 2020/4. Стр. 461-467

11. Байметов, Б. Б. (2020). Педагогика олий таълим муассасаларида талабаларга композиция фанини укитишнинг назарияси ва амалиёти. Science and Education, 1(7).

12. Байметов, Б. Б., & Талипов, Н. Х. (2016). Методическая последовательность ведения работы над живописным портретом в педагогическом ВУЗЕ. Научная дискуссия: вопросы педагогики и психологии, (4-1), 46-50.

13. Baymetov, B. B. (2020). Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. The American Journal of Applied sciences, 2(10), 154159.

14. Botir Boltabaevich Baymetov. Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. 2020/10 Журнал. The USA Journals. Том 2. Страницы- 154-159

15. Botir Boltabayevich Baymetov. Technologies Of Moving Images Of People From Different Views In Fine Arts Lessons. The American Journal of Social Science and Education Innovations. The American Journal of Social Science and Education Innovations (ISSN - 2689-100x) Published: January 31, 2021. Стр. 463-468 Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30495

16. B.B Baymetov. Inson qomatining turli ko'rinish va holatlaridan qisqa muddatli tasvirlaridan bajarish myetodikasi. "Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue. 357-365

17. Botir Boltabaevich Baymetov. oliy pyedagogik ta'limda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning ba'zi masalalari. academic research in educational sciences volume 2 | issue 1 | 2021. 277-283 бетлар.

18. BB Baymetov, XX Muratov.Tasviriy san'atdan amaliy mashg'ulotlarida talabalarning tasvirlash mahoratlarini takomillashtirish texnologiyalari.Science and Education, 2021.349-354.

19. Мукаддам Тожикузи кизи Хамрокулова, Рашид Неъматович Зульфиев, Ботир Болтабаевич Байметов. Теория и практика преподавания академического рисунка в подготовке будущего художника педагога. Science and education scientific journal. 2020/12.Том 1. Номер 9. стр 364-372.

20. Botir Boltabaevich Baymetov. Art Of Modern Uzbekistan: The History Of Its Development During The Years Of Independence. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2020/10. 125-132.

21. BB Boltaboevich. Methods of portraiture in the process of making sketches and drawings of the human face in higher pedagogical education. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 2020. Том 24. Номер 5.Страницы 6408-6415.

22. Botir Boltabayevich Baymetov. Technologies Of Moving Images Of People From Different Views In Fine Arts Lessons. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2021/1. The American Journal of Social Science and Education Innovations (ISSN - 2689-100x) Published: January 31, 2021.том 3.номер 1. Страницы 463-468.

23. BB Baymetov.Inson qomatining turli ko'rinish va holatlaridan qisqa muddatli tasvirlaridan bajarish myetodikasi"Science and Education"Scientific. January 2021.Volume 2Issue1.357-365. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30496

24. BB Baymetov, XX Muratov. Tasviriy san'atdan amaliy mashg'ulotlarida talabalarning tasvirlash mahoratlarini takomillashtirish texnologiyalari. Science and Education, 2021. 349-356.

25. Botir Boltabaevich Baymetov Xusan Xolmuratovich Muratov. Methods Of Teaching Students To Do Sketches In Independent Learning.2020/12. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2. Номер 12. Страницы 8-13

26. Ulfat Shuxratovich Ismatov Botir Boltabaevich Baymetov. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarini bosh namunasini tasvirlashga o'rgatish orqali tyexnik mahoratlarini takomillashtirish. 2020/11. "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8 Страницы 476-484

27. Laylo Mirsoatova Botir Boltabayevich Baymetov. Oliy pyedagogik ta'limda inson qomatini tasvirlashning nazariyasi va myetodikasi.2020/11 "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8. Страницы 467-475

28. Botir Boltabaevich Baymetov, Ulfat Shuhratovich Ismatov. Development of competencies of future fine art teachers in description of nature in graphic materials. 2020. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.TOM 10.Номер П.Страницы 864-871.

29. Botir Boltabaevich Baymetov. Creativity Of The Outstanding ArtistMiniaturist Kamaleddin Behzad (1455-1536). International scientific and current research conferences "science and innovation in the xxi century: crucial issues, discoveries and achievements" Doi - 03 2021/2/19.Pages: 67-71. Hungary, Europe.

30. Shoxidahon Odiljonovna Botirova Boltabaevich Baymetov. Theoretical foundations of coloring in the organization of fine arts classes.2021/4. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal https://saarj.com.ToM 11,номер 4,Страницы 775-782. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30497

31. Bobur Abdugani Ogli Nabiyev Botir Boltabayevich Baimetov. Technologies for Improving the Composition of Students in the System of Higher Pedagogical Education 2021/4. The American Journal of Social Science and Education Innovations.HoMep 03. Страницы 64-70

32. Pardaboy Khudoyberdiev Baimetov Botir Boltabayevich Use The Theoretical Foundations Of Color Science In Teaching Students To Work With Educational Productions From Painting. 2021/3. The American Journal of Social Science and Education Innovations. Номер 03.Страницы 330-337.

33. Muxiddin Sharipjonov Botir Baymetov. Oliy pedagogik ta'limda talabalarga inson qiyofasini amaliy tasvirlash jarayonida ijodiy kompyetyensiyalarini rivojlantirish. 2021. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. Том 2.Номер 3.1066-1070.

34. Iqboloy Ibrahimova Botir Boltabaevich Baymetov. Technologies for using fine arts in developing students' artistic imagination. 2021/4. Asian Journal of Multidimensional. Research (AJMR) https://www.tarj.in.ToM 10.4. 544-551.

35. Botir Boltabayevich Baymetov. Theory and Practice of Teaching Composition to Future Fine Arts Teachers in Pedagogical Higher Education Institutions Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 26514451 | e-ISSN 2651-446X. www.turkjphysiotherrehabil.org. Pages: 30482-30497

36 Байметов Ботир Болтабаевич.ТАСВИРИЙ САНЪАТ ДАРСЛАРИДА ХАРАКАТДАГИ ИНСОНЛАРНИ ХОМАКИ ТАРЗДА ТАСВИРЛАШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. 2022/7. Multidisciplinary Scientific Journal. Том 1, номер 4. Стр.136-139.

37. BB Boltaboevich, K Ogiloy. MASTER OF HISTORICAL PORTRAIT GENRE. 2008. A TEACHER WHO CREATED A SCHOOL IN THE FIELD OF FINE ARTS PEOPLE'S ARTIST OF UZBEKISTAN PROFESSOR MALIK NABIEV (1906-2008)

38. MT kizi Khamrokulova, RN Zulfiev, BB Baymetov, Theory and practice of teaching academic drawing in the preparation of the future artist-teacher Science and education scientific journal 12,2020. 364-372

39. BB Baymetov. Methods of performing short-term images of the human body from different perspectives and conditions." Science and Education" Scientific Journal 2 2021 (357-365)

40. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students' Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.