AYOLLAR FUTBOLINI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLARI
J. A. Zulxaydarov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Jismoniy tarbiya nazariyasi" kafedrasi
o'qituvchisi
S. D. Abduraximov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Jismoniy tarbiya nazariyasi" kafedrasi
o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola yurtimizda ayollar futbolini rivojlantirish yo'llari, soxada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning fikr-mulohazalari talqin qilingan. Soxani rivojlantirishning eng samarali yo'llarini amalda tadbiq etishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Ayollar futboli, professional shartnomalar, moddiy-texnik baza, ayollar futbol musobaqalari, Ayollar futboli mutaxassisligi, Ayollar oliy ligasi
ABSTRACT
This article describes ways to develop women's football in our country, opinions of experts working in the field. It is aimed at implementing the most effective ways of developing the field
Keywords: women's football, professional contracts, financial and technical base, women football competitions, women football spequality, women high league
KIRISH
Zamonaviy futbol millionlar o'yinidan milliardlar o'yiniga aylanib ulgurdi. Futbolning ko'lami va ahamiyati kundan kun ortib bormoqda. Futbol bo'yicha erkaklar o'rtasida jaxon chempionati Olimpiada musobaqalaridan so'ng jaxonning eng qiziqarli va tomoshabop musobaqasi bo'lib turibdi. Zamonaviy futbol nafaqat erkaklar balki, ayollar o'rtasida ham sevimli sport turiga aylanmoqda. Mamlakatimizda ham futbolga hususan ayollar futboliga bo'lgan etibor ham yildan-yilga ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2019-yil 4-dekabr sanasidagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli farmonida ham mamlakatimizda futbolni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ayollar futbolini rivojlantirish, ayollar futbol jamoalarini infratuzilmalarini takomillashtirish, ayollar o'rtasida chempionat va birinchi liga
November, 2022
588
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
musobaqalarida raqobatbardosh jamoalami yaratish, yurtimizda yosh qizlar orasida futbolga qiziqishlarini orttirish borasida bir qator vazifalar belgilangan va bu orqali ayollar terma jamoasi uchun nomzodlarni shakllantirish terma jamoa va klublar o'rtasidagi xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qo'lga kiritish asosiy maqsad qilib olingan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 2021-yildan boshlab kamida bir yosh toifasida, FIFA tomidan 2 ta yosh toifasida ayollar o'rtasida musobaqalar tashkil etish vazifasi qo'yilganidan keyin, har bir ayollar professional futbol klublari negizida U-14 va U-16 yosh toifasida O'zbekiston chempionatlari tashkil etildi. 2022-yil ayollar o'rtasida ayollar musobaqalarida 10 ta jamoa g'oliblik uchun baxs olib borishdi. 2022-yilgi O'zbekiston chempionati musobaqasi 3 davrada tashkil etilishi belgilangan va 2-davra yakuniga ko'ra yuqori besh o'rinni egallagan jamoalar yakuniy final bosqichida musobaqa g'olibligi uchun baxs olib borishadi.
Bundan tashqari, bu yilgi mavsumdan ayollar o'rtasida birinchi liga musobaqalari start oldi va 5 ta jamoa g'oliblik uchun baxs olib borishdi.
O'zPFL va O'FA tomonidan ayollar futbol jamoalarining U-14 va U-16 jamoalarini shakllantirish va ularga sarf etiladigan harajatlarni hisobga olib, O'zbekiston chempionati va jamoalardan badal pullaridan ozod etilganligi bu jamoalarning yosh toifasidagi jamoalarga e'tibori va asosiy jamoaning tarkibini shakllantirish uchun asosiy omil bo'lmoqda. Bundan tashqari, O'zPFL bu yosh toifasidagi qizlar bilan shartnoma tuzish talabini olib tashlaganligi jamoalar uchun sarf-harajatlarni bir muncha kamayishiga zamin yaratdi. Asosiy maqsad ayollar futbolini rivojlantirishda yosh qizlarni futbolga bo'lgan qiizqishlarini orttirish va ularni rasmiy musobaqalar orqali mahoratlarini shakllantirishga qaratilmoqda.
O'FA hamda O'zPFL jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida U-14 musobasini hududiy futbol assosiasiyalari yordamida o'tkazadi. Ayollar jamoalari qoshida esa U-16 jamoalari tashkil etiladi. Bunda: -mazkur yosh toifasidagi qizlar bilan shartnoma imzolash majburiyati bo'lmaydi, futbolchi qizlar kelishuv bitimi asosida qabul qilinadi. Demak, klublar oylik-maoshlar uchun ortiqcha chiqim qilmaydi;
-musobaqa markazlashtirilgan formatda o'tkaziladi va katta harajatni talab qilmaydi;
-U-16 yosh toifasida asosan mahalliy qizlar to'p suradi. Bu
esa yashash va ovqatlanish uchun katta harajat qilishga olib
November, 2022
kelmaydi. Pirovardida hududlarda futbolchi bo'lish istagidagi qizlaming millionlar o'yiniga kirib kelishi uchun sharoit yaratadi;
O'z navbatida O'zPFL jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida ayollar jamoalaridan badal puli olish odatiga chek qo'yadi, ayollar jamoalari badal pullarisiz musobaqalarda ishtirok etadi. Orttirilgan pul U-16 jamoasi harajatlariga sarf etiladi.
Maqsadi: Yurtimizda ayollar futbolini rivojlantirishning samarali usullarini aniqlash va mutasaddi tashkilotlarga takliflar berish. Qizlar orasida futbolni targ'ib etish usullarini amalga oshirish.
Vazifalari:
1.Ayollar futboli haqida jamiyat fikr-mulohazalarini o'rganib chiqish; 2.Sohani rivojlantirish uchun asosiy omillarni aniqlab olish; 3.Turli yosh toifasida ayollar futboli musobaqalarini yo'lga qo'yish.
So'rovnomada har bir qatnashuvchi o'zining shaxsiy fikrlari ayollar futbolini rivojlantirish chora-tadbirlari yoritib berishdi.
Mamlakatimizda ayollar futbolini rivojlanritish uchun qanday ishlarni amalga oshirish zarur degan savolga ko'plab insonlar turlicha javob berishi mumkin. Shu holatlarni hisobga olib, biz ham shu soha bo'yicha mutaxassislar, ayollar futboli ishtirokchilari (murabbiylar, ayol futbolchilar), Oliy ta'lim jismoniy madaniyat va sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, Xotin-qizlar sporti yo'nalishi talabalari bilan ochiq so'rovnoma o'tkazdik.
№ Anketa savollari Xa Yo'q
1. Yurtimizda ayollar futboliga bo'lgan e'tibor sizni qanoatlantiriladimi? 13 15
2. Ayollar futboli o'rtasidagi musobaqalarni kuzatib borasizmi? 25 3
3. Ayollar futboli uchun yaratilgan shart-sharoitlar (ayollar jamoalaridagi) sizni qoniqtiradimi? 15 13
4. Ayollar oliy liga baxslari uy-safar tizimida o'tkazilishi foydali deb o'ylaysizmi? 22 6
5. Ayollar o'rtasida O'zbekiston kubogi baxslari bitta uchrashuvda g'olib aniqlanishi foydali deb hisoblaysizmi? 18 10
6. Oliy ta'lim muassasalarida ayollar futbol jamoalari va mutaxassisliklari ochilishi shu soha rivojiga foydali bo'ladi deb hisoblaysizmi? 26 2
7. Ayollar futbolini rivojlantirish uchun yana qanday ishlar amalga oshirilishi kerak deb hisoblaysiz? Shaxsiy fikr etila ar taqdim di
So'rovnomada ayollar futboli yoki jismoniy tarbiya va sport soxasiga aloqador bo'lgan mutaxassislardan (asosan ayollar) 28
November, 2022
59G
Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022
^SSN^218^^^^ite-Factor:0,89J^IS:U2J^S№
nafari ishtirok etdi va ulardan ayollar futboli haqidagi fikr-mulohazalari o'rganib chiqildi. Ishtirokchilarning 13 nafari (46,4%) yurtimizdagi ayollar futboliga bo'lgan e'tibor qanoatlanishi ma'lum bo'ldi. 25 nafari (89,2%) doimiy ravishda ayollar musobaqalarini bevosita stadiondan yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishi ma'lum bo'ldi. 15 nafar (53,5%) ishtirokchi ayollar futbol jamoalarida yaratilgan shart-sharoitlardan qoniqishi ma'lum bo'ldi. Ayollar oily liga baxslarini uy-safar tizimida o'tkazish 22 nafar (78,5%) va kubok baxslarining bir uchrashuvdan iborat g'olibni aniqlash tizimini 18 nafar (64,2%) ishtirokchiga maqul keldi. 26 nafar (92,8%) ishtirokchi Oliy ta'lim muassasalarida ayollar futbol jamoalari va mutaxassisliklari ochilishi shu soha rivojiga foydali bo'ladi deb hisoblashi ma'lum bo'ldi.
So'rovnomada eng asosiy ohirgi savol bo'yicha mutaxassislarning ayollar futbolini rivojlantirishda asosiy e'tibor berilishi lozim bo'lgan jihatlarni so'ralganda quyidagicha taklif va mulohazalarni oldik:
25
20
15
10
tarafdorlar betaraflar
qarshi fikr bildiruvchilar
Ayollar futbol Ayol futbolchilar Ta'lim
ayollar futbol Ayollar futboli
jamoalarini
sonini ko'paytirish
bilan
professional shartnomalar
tuzishni shakllantirish
muassasalarida jamoalari mutaxassisligini
ayollar futboli to'garaklari va
doimiy musobaqalarni yo'lga qo'yish
moddiy-texnik yo'nalishlarini bazasini tashkil etish
shakllantirish
Berilgan fikr mulohazalarning eng dolzarblarini tanlab olib, biz yana barcha so'rovnoma qatnashchilaridan 5 ta asosiy e'tibor
November, 2022
5
0
591
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
qaratilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan fikrlari so'raldi. Ayollar futbol jamoalarini ko'paytirish zarur degan fikrga 22 nafar ishtirokchi qo'shilgan bo'lsa yana 2 nafari betaraf va 5 nafari qarshi fikr bildirishdi. Ayol futbolchilar bilan professional shartnomalar tuzishni targ'ib etish fikriga 18 ta tarafdor, 5 tadan betaraf va qarshi fikr bildiruvchi bor ekanligi ma'lum bo'ldi. Ta'lim muassasalarida ayollar futboli sport to'garaklari va doimiy hududiy musobaqalar tashkil etishni yo'lga qo'yish fikriga 23 ta ijobiy 2ta salbiy va 3 ta betaraf fikrlar bildirildi. Ayollar futbol jamoalarininig moddiy-texnik bazasini shakllantirish zarurligi fikriga 20 ta tarafdor, 5 tadan betaraf va qarshi fikr bildiruvchi bor ekanligi ma'lum bo'ldi. Va ohirgi so'rov ayollar futboli mutaxassisligini tashkil etish ayollar futbolini rivoji uchun asosiy omillardan biri bo'lishi to'g'risidagi fikrga 22 ta ijobiy, 4 ta betaraf va 2 ta salbiy fikrlar bildirildi.
XULOSA
Yurtimizda ayollar futbolini yanada rivojlantirish, yosh qizlarni futbolga bo'lgan qiziqishlarini shakllantirish borasida bir qator e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar aniqlab olindi. Bulardan eng muhimlari:
- Ayollar futbol jamoalarini moddiy-texnik bazasini shakllantirish, turli yosh toifasidagi mashg'ulotlar va musobaqalar tashkil etish;
- O'zPFL, O'FA va ta'lim vazirliklari hamkorlikda maktab, o'rta va oliy ta'lim tizimida ayollar futbol musobaqalarini doimiy yo'lga qo'yish;
- O'zDJTSU va uning filliallari, pedagogika universitetlari jismoniy madaniyat yo'nalishi negizida ayollar futboli mutaxassisliklarini ochish va ayollar futboli mutaxassislarini yetqazib berish;
- Ayollar futbol jamoalari uchun turli subsidiyalar ajratish.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabr sanasidagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli farmoni.
2. Жавлонбек Абдукахор угли Зулхайдаров. Футболчиларни тайёрлаш жараёнидаги мусобакалар фаолияти курсаткичларини тахлил килишнинг ахамияти. Academic research in educational sciences (ares), volume 2, issue 10,764-
770.
3. Абдулахатов А.Р. Зулхайдаров Ж.А. Профессионал футболчиларни жисмоний тайёргарлиги буйича моделлаштириш меьёрлари. Мугаллим , 1(1)2022, 106-110.
November, 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
4. Зулхайдаров Ж.А. Юк;ори малакали футболчиларни махсус чидамкорлигини ривожлантириш.Интернаука.23(199) 2021г. 55-56.
5. Zulxaydarov J.A.O'zbekistonda stritbol-sport turini rivojlantirish. PROSPECTS FOR THE NATIONAL SPORT DEVELOPMENT OF - KURASH. April 8-9.2022. chirchiq-2022.
November, 2022