Научная статья на тему 'AXBOROTLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHI'

AXBOROTLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
438
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DAVLAT SIYOSATI / AXBOROTLASHUV JARAYONI / YOSHLAR DUNYOQARASHINI O'STIRISH / IJOBIY AXBOROTLAR / SALBIY AXBOROTLAR / MASOFAVIY TA'LIM

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xo'Janazarova N.M.

Maqolada axborotlashuv jarayonining yoshlar ma’naviy dunyoqarashiga, ularning ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijobiy va salbiy jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

YOUNG PEOPLE IN THE INFORMATION PROCESS SPIRITUAL WORLDWIDE

The article examines the problems associated with the influence of the informatization process on the formation of the worldview of youth.

Текст научной работы на тему «AXBOROTLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHI»

Xo 'janazarova N.M. katta o'qituvchisi Qo 'qon Davlat Pedagogika Instituti

AXBOROTLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR MA'NAVIY DUNYOQARASHI

Annotatsiya: Maqolada axborotlashuv jarayonining yoshlar ma'naviy dunyoqarashiga, ularning ma'naviyatiga ta'sir ko'rsatuvchi ijobiy va salbiy jihatlari yoritilgan.

Kalit so 'zlar: Davlat siyosati, axborotlashuv jarayoni, yoshlar dunyoqarashini o'stirish, ijobiy axborotlar, salbiy axborotlar, masofaviy ta 'lim.

Khojanazarova N.M. senior lecturer Kokand State Pedagogical Institute

YOUNG PEOPLE IN THE INFORMATION PROCESS SPIRITUAL WORLDWIDE

Annotation: The article examines the problems associated with the influence of the informatization process on the formation of the worldview of youth.

Keywords: State policy, informatization process, the formation of world outlook of the youth, positive information, negative information, distance education.

Ma'lumki, XXI asr "Axborot texnologiyalari asri". haqiqatan ham ilmiy texnika taraqqiyoti insoniyat va jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Axborot tarqatish sohasida ilgari ko'z ko'rib, quloq eshitmagan sur'at va ko'lamga erishildi.

Globallashuv davri deb qaralayotgan bugungi kunda milliy va umumbashariy madaniy estetik qadriyatlar insoniyat hayotida har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, globallashuv sharoitida o'zlarining g'arazli niyatlarini amalga oshirishga intilayotgan, o'zlarining jirkanich muddaolariga "ommaviy madaniyat"ni targ'ib qilish orqali erishishga intilayotgan qora kuchlar mavjudki, ular ijtimoiy ongi shakllanib ulgurmagan, hayotiy tajribalari yetarli bo'lmagan yosh avlodga ta'sir etishning turli vositalaridan foydalanishga harakat qiladilar.

Axborotlashgan jamiyat kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatikadan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini

ifodalovchi tushuncha bo'lib, axborotlashuv jarayoni jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy o'zgarishlarga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.

Xususan, axborotlashgan jamiyat:

- uyda ishlash imkoniyatining kengayishiga, transport harakatining kamayishiga va tabiatga, ayniqsa, ekologiyaga salbiy ta'sirlarni kamaytiradi;

- ish kunining qisqarishi odamlarning ko'proq uyda bo'lishiga va oilaviy muhitning barqaror bo'lishiga zamin yaratadi;

- kishilarning qishloqdan turib ham butun olam bilan muloqot qilish, nufuzli tashkilotlarda xizmat qilish, shahar aholisi bahramand bo'layotgan madaniyat yutuq laridan keng foydalana olish imkoniyatini yaratadi. Natijada kishilarning nisbatan osuda va tinch bo'lgan, tabiatga yaqin qishloqlarga qaytishi yoki u yerda doimiy yashab qolish uchun imkoniyat yaratadi;

- masofaviy ta'lim - ta'lim olishning eng qulay shakliga aylanadi, aholining keng qatlamlari uchun hatto nufuzli oliy o'quv yurtlari eshiklarining ochilishiga olib keladi va ma'lumotlilik ko'p darajada insonning xohish-irodasiga bog'liq bo'lib qoladi.

Ayni paytda axborotlashuv jarayoni bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi: - "Ochiq pornografiya" bilan bog'liq muammolar;

- mualliflik hamda intellektual mulk huquqining buzilishi;

- muayyan axborotlarni yashirish, ayrim axborotlarni noqonuniy ravishda e'lon qilish ko'rinishidagi suiste'molliklar kelib chiqadi.

Bugungi kunda jamiyatda aynan axborotni olish, unga yo'l topish sohasida

tabaqalashuv sodir bo'lmoqda. Natijada yoshlar o'zining harakatchanligi va yangilikka intiluvchanligi, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun yuqori darajada kommunikativ faollik ko'rsatilib, boshqa guruhlarda esa, nisbatan passivlik kuzatilmoqda. Buning oqibatida birinchi guruhda tobora faollashayotgan agressiv siyosiy ta'sirga berilib ketish xavfi vujudga keladi, ikkinchi guruhning pozitiv mazmunga ega axborotlar ta'siridan tashqarida qolishiga olib keladi.

Axborot iste'moli ijtimoiy, ma'naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir. Har qanday xizmatni iste'mol qilishdan avval uning sifati, narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi xususiyatlari inobatga olinadi. Biroq axborotni iste'mol qilish o'ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ayrim axborotlar aniq shaxs uchun qiziqarli bo'lsa, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun ahamiyatsiz. Shuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega. G'arbda o'ta ommabop bo'lgan axborotlar Sharq xalqlari tomonidan kam iste'mol qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, ma'lum bir davrda katta qiziqish bilan kutib olingan ma'lumotlar vaqt o'tishi bilan odatiy holga aylanadi.

Lekin axborot kim tomonidan iste'mol qilinishidan qat'iy nazar, axborot iste'moli madaniyatiga rioya qilinishi va u insoniyat ma'naviy hayotining tarkibiy qismiga aylanishi zarur. Axborot iste'moli madaniyati globallashuv

jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri bo'lgan, Internet tarmog'i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.

Zarur axborotlarga ega bo'lishga intilish - davr talabi. Biroq, axborotlarga ko'r-ko'rona ergashish, ularni noto'g'ri talqin etish, G'arbdan kirib kelayotgan "ommaviy madaniyat"ga taqlid qilish aslo mumkin emas.

Internet orqali juda ko'p ijobiy ma'lumotlar bilan birga, Sharq madaniyatiga, xususan, yoshlarning axloq-odobiga salbiy ta'sir etuvchi axborotlar ham kirib keladi. Bularning oldini olish uchun, kishilarda, ayniqsa, yoshlarda axborot iste'moli madaniyatini shakllantirib borish lozim. Buning uchun tarmoqdan illat qidirish emas, balki uning imkoniyatlaridan yurtimiz shon-shuhratini dunyo miqyosida keng yoyish yo'lida foydalanish zarur. Yoshlar ongida miliy g'oya, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, turli yot g'oyalarga ko'r-ko'rona ergashishning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berib borish maqsadga muvofiqdir.

Biz farzandlarimizni ma'lumotdan, axborotdan cheklay olmaymiz, balki uni taxlil qilishni o'rgata olish imkoniyatiga egamiz. Buning uchun ota-ona sifatida bizning o'zimizda axborot madaniyati, ma'lumotlarni saralash uquvi bo'lishi zarur, Qachonki, ota-onalar o'z farzandlariga axborotni ijobiy saviyada, salomatligini tiklashga, ruhiyatini sog'lomlashtirishga, ma'naviy kamolotini e'tiborga olib murojaat qilishga o'rgatar ekanlar, ularni ko'r-ko'rona turli ma'lumotlar ta'siriga tushib qolish, unga taqlid qilish xavfidan himoyalay olgan bo'ladilar va ijtimoiy immunitetni shakllantirgan bo'ladilar. Axborot iste'moli kim tomonidan iste'mol qilinishidan qat'iy nazar, qabul qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan bosqichlarda amalga oshadi. Ayniqsa, inson yosh davrlari ichida eng murakkab davr hisoblangan o'smirlik davrida yoshlar tomonidan turli axborotlarni hech qanday to'siqsiz, oson qabul qilinishi natijasida ularning turli norasmiy ma'lumot va axborotlarga ko'r-ko'roni ergashib ketish holatlari ko'proq kuzatiladi.

Bunda ota-onalar, ta'lim muassasalari, keng jamoatchilik birdek mas'ul. Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli sport va fan to'garaklari, turli tadbirlar, eng asosiysi yoshlar taqdiriga befarq bo'lmaslik muhimdir. Muxtasar aytganda, Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo falokat, yo halokat, yo saodat - masalasidir", degan so'zlarni yoshlar tarbiyasida dasturilamal qilib olish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Axborot psixologik xurujlarga qarshi immunitetni shakllantirish bo'yicha tavsiyalar. "ADU" nashriyoti, 2018-yil.

2. "Sharq mutafakkirlari asarlarining dunyo madaniyati va ma'naviyati rivojlanishiga qo'shgan hissalari" 2019-yil 15-16-may kunlari Samarqand shahrida o'tkazilgan ilmiy- amaliy konferensiyasi materiallari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.