Научная статья на тему 'AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA VIRTUAL TA’LIMNING O‘RNI'

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA VIRTUAL TA’LIMNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
522
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
virtual modellashtirish / virtual ta’lim texnologiyasi / virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar / virtual modeling / virtual educational technologies / virtual educational process management systems.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — E. Mo‘Minov

Hozirgi kunda zamonaviy qaratilgan axborot kommunikasiya izlanishlar to‘xtovsiz jamiyatni standart sanoatlashgan iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o‘tishi kuzatilmoqda. Virtual modellashtirish va virtual texnologiyalar vizual tasvirlarni ob’ektiv haqiqat bilan bog‘lash uchun yangi omillarni yaratib, bular makon ko‘lami, vaqt ko‘lami, vaqtning teskari aylanishi, real bo‘lmagan vaziyatlarni modellashtirish singari omillar bilan tavsiflanadi..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF VIRTUAL EDUCATION IN THE INFORMATION SOCIETY

At present, modern research in information and communication technologies is constantly changing society from a standard industrial economy to a new economy. Virtual modeling and virtual technologies create new factors for the connection of visual images with objective reality, which are characterized by such factors as the scale of space, time scale, time reversal, modeling of unreal situations.

Текст научной работы на тему «AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA VIRTUAL TA’LIMNING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA VIRTUAL TA'LIMNING O'RNI

Mo'minov Elyor Abdualievich

GulDU, tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7150095

Annotatsiya. Hozirgi kunda zamonaviy qaratilgan axborot kommunikasiya izlanishlar to'xtovsiz jamiyatni standart sanoatlashgan iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishi kuzatilmoqda. Virtual modellashtirish va virtual texnologiyalar vizual tasvirlarni ob'ektiv haqiqat bilan bog'lash uchun yangi omillarni yaratib, bular makon ko'lami, vaqt ko'lami, vaqtning teskari aylanishi, real bo'lmagan vaziyatlarni modellashtirish singari omillar bilan tavsiflanadi..

Kalit so'zlar: virtual modellashtirish, virtual ta'lim texnologiyasi, virtual ta'lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar.

РОЛЬ ВИРТУАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ОБЩЕСТВЕ

Аннотация. В настоящее время современные исследования информационно-коммуникационных технологий постоянно меняют общество от стандартной индустриальной экономики к новой экономике. Виртуальное моделирование и виртуальные технологии создают новые факторы связи визуальных образов с объективной реальностью, для которых характерны такие факторы, как масштаб пространства, масштаб времени, обращение времени, моделирование нереальных ситуаций.

Ключевые слова: виртуальное моделирование, виртуальные образовательные технологии, виртуальные системы управления образовательным процессом.

THE ROLE OF VIRTUAL EDUCATION IN THE INFORMATION SOCIETY

Abstract. At present, modern research in information and communication technologies is constantly changing society from a standard industrial economy to a new economy. Virtual modeling and virtual technologies create new factors for the connection of visual images with objective reality, which are characterized by such factors as the scale of space, time scale, time reversal, modeling of unreal situations.

Keywords: virtual modeling, virtual educational technologies, virtual educational process management systems.

KIRISH

Hozirgi kunda ta'lim jarayoniga axborot-kommunikasiya texnologiyalari (АКТ) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, u ta'limning samaradorligini oshirishda eng qulay omillardan biri bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham ilg'or mamlakatlar ta'lim tizimida kompyuter texnikasidan, texnologiyalaridan unumli foydalanishga harakat qilishmoqda. Umuman olganda, hozirgi kunda zamonaviy qaratilgan axborot kommunikasiya izlanishlar to'xtovsiz jamiyatni standart sanoatlashgan iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishi kuzatilmoqda [5].

Yangi iqtisodiyot mijozlari-foydalanuvchilar iqtisodiyoti hisoblanadi, shuning uchun jahon axborot va telekommunikatsiya sanoatini rivojlanishini asosiy omili keng ko'lamda yangi avlod xizmatlarini taqdim etish bo'lib kelmoqda [7].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ta'limda fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o'qishni, mustaqil masofaviy va virtual ta'lim tizimi bilim

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

olishni individuallashtirish, texnologiyasini ishlab chiqish va o'zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida elektron ta'limdan foydalangan holda talabalar o'qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.

Ta'lim tizimining virtuallashuvi texnologik jihatdan axboriy yondashuvga asoslangan bo'lib, u virtual axborot maydoni, virtual ta'lim modellari, virtual ta'lim texnologiyalari, virtual axborot tuzilmalari va axborot ta'siridan tarkib topgan. Ushbu komponentlar virtuallikning ajralmas qismi sifatida yangi ta'lim texnologiyalarini o'zida ifodalaydi [6]. Virtual modellashtirish va virtual texnologiyalar vizual tasvirlarni ob'ektiv haqiqat bilan bog'lash uchun yangi omillarni yaratib, bular makon ko'lami, vaqt ko'lami, vaqtning teskari aylanishi, real bo'lmagan vaziyatlarni modellashtirish singari omillar bilan tavsiflanadi. Katta axborot sig'imini o'z ichiga olgan axborot modellarining paydo bo'lishi virtual ta'lim uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratdi.

Virtual ta'lim texnologiyasi - bu o'quvchi va o'quv manbasi o'rtasidagi virtual axborot o'zaro ta'siri jarayonida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan yangi ta'lim texnologiyalaridan biri hisoblanadi [4].

Virtual ta'limning o'ziga xos xususiyati - bu o'qituvchi bilan talaba va virtual haqiqat o'rtasida vositachining yo'qligi. Bu texnologiyani faol ishbilarmonlik o'yiniga asoslangan o'rganish bilan solishtirishimiz mumkin[8]. Virtual ta'limning afzalliklari ko'pincha multimediali o'qitish vositalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan oqlanadi. Medialashuv virtual ta'limning asosi bo'lib, endi an'anaviy ta'limning zarur elementiga aylanmoqda. Atrofdagi hodisalarning xilma-xilligi va ular orasidagi aloqalar ongdagi tasvirlarning turli tuzilmalarini vujudga keltirishi mumkin. Tabiiyki, voqelikni aks ettirish usullari iloji boricha polimorf bo'lishi kerak. Shuning uchun, axborot ta'sirining murakkabligi, ya'ni axborot vositachilik qilsa, u qabul qiluvchining ongidagi axborot-aqliy tuzilmalarga ta'sir qilish nuqtai nazaridan kommunikantga shunchalik katta ta'sir ko'rsatadi.

TADQIQOT NATIJALARI

O'quv jarayonini elektron ta'lim asosida tashkil etish, shu jumladan, o'quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma'lum o'zgartirishlar kiritish kerak bo'ladi [9]. Bunda ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga erishishdagi eng samarali yo'ldir. Ta'lim tizimiga elektron axborot ta'lim texnologiyalarini tatbiq etish, ta'lim muassasalarining moddiy texnik bazasini tanqidiy baholash va takomillashtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan

• elektron ta'limni o'quv jarayoniga tatbiq etish uchun lozim moddiy texnika bazasini yaratish;

• o'quv jarayoni uchun elektron ta'lim mo'ljallangan ta'lim texnologiyalarini yaratish va qo'llash;

• talabalami zamonaviy elektron ta'lim texnologiyalari sohasida bilim va ko'nikmalarini shakllantirish; oshirish.

Elektron ta'limni joriy etish orqali ta'lim tarbiya va o'qitish jarayonining samaradorligini elektron axborot resurslari ta'limga oid axborotlami yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidan iborat bo'lib, u ta'limga oid turli axborotlaming yaratilishini belgilovchi ichki va tashqi omillarga bog'liq:

- ichki omillar — bu axborotlaming yaratilishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallami bajarish, ulami jamlash, uzatish, saqlash va h.k.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- tashqi omillar — bu elektron ta'limning texnika uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalami amalga oshirishni bildiradi.

Elektron ta'limdan foydalanish esa, ular bilan muloqotda foydalanuvchilaming ko'nikma va malakalariga bog'liq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy telekommunikasiya vositalarining o'zi nimaligini bilib olish muhim sanaladi.

"XXI asr axborotlashtirish asri" da ta'lim sohasiga elektron ta'limni joriy etish, har bir ta'lim muassasasida: o'qitish va o'qish jarayonining; ta'lim muassasasi boshqarilishining ta'lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. Ta'lim muassasida elektron ta'lim muhitini tashkil etish bosqichlari psixologik axborot muhitini yaratishdan boshlanadi. Texnologik va ilmiy natijalar, yaratilgan dasturiy mahsulotlar asosida zamonaviy vositalar va metodlardan foydalanishga ehtiyoj shakllantiriladi [1]. Bunda har bir ta'lim muassasida individual va maslahat mashg'ulotlar asosida pedagoglami mustaqil va kompyuter ta'limi tizimini tashkil etish kerak. Ta'lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta'limda foydalanishga mamlakatimizda alohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim tizimiga elektron ta'limni joriy etish, birinchi navbatda, jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta'lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta'lim resurslarini ishlab chiqishiga bog'liq [2]. Ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o'qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta'lim (MT) va virtual ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida elektron ta'limdan foydalangan holda talabalar o'qishini jadallashtirish ana shunday muhim vazifalar sirasiga kiradi. O'quv jarayonini elektron ta'lim asosida tashkil etish, shu jumladan, o'quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma'lum o'zgartirishlar kiritish kerak bo'ladi. AKTni ta'lim jarayonida (xususan, MT jarayonini) qo'llash asosan ikki xil ko'rinishda amalga oshiriladi.

Birinchi sharti, bu texnik jihozlar bo'lsa,

Ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta'minotlar bilan ta'minlanganligidir.

Texnik jihozlar bilan ta'minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qo'rilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, video konferensiya jihozlari va hakazo.

Dasturiy ta'minotga qurilmalami ishlatadigan dasturiy ta'minotlardan tortib shu soha uchun mo'ljallangan dasturlar to'plami kiradi. So'nggi yillarda g'arbda ta'lim tizimini boshqarishda qo'llanilib kelinayotgan internet tarmog'i orqali elektron shakldagi ta'lim turini Eleaming (elektron ta'lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta'lim - axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosidagi ta'limning turli ko'rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta'lim tashkillashtirishning ko'pgina manbalari orasidan quyidagilami ko'rsatish mumkin:

- Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);

-Virtual ta'lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems);

- Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management Systems) [3].

MUHOKAMA

Virtual ta'lim talaba va o'qituvchi alohida, hech bo'lmaganda bitta xonada hamkorlik qilmaydigan turli xil o'rganish formatlarini nazarda tutadi. Ushbu ta'lim shakllarining ba'zilari real vaqtda uchrashuvlarni o'z ichiga oladi, O'qituvchilar va talabalar odatda turli joylarda bo'lib, kompyuterlar orqali bir-biriga bog'langan. Bundan tashqari, virtual o'rganishning barcha turlari real vaqt rejimida ulanishni osonlashtirmaydi. Ba'zan material oldindan tayyorlanadi va har qanday muhokama vaqtni kechiktirish bilan birga keladi, masalan, elektron pochta orqali

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

muhokama. Virtual ta'limning bu xilma-xil shakllari ommalashib bormoqda va an'anaviy sinfda yuzma-yuz o'qitish muhitiga muqobil variantlarni taklif qilmoqda.

"Internet" va IT-texnologiyalar gullab-yashnashidan oldin, hozir juda oddiy bo'lib ko'ringan narsalarni tasavvur qilib bo'lmas edi: dunyoning narigi chekkasida bo'lgan odam bilan real vaqt rejimida muloqot qilish va ko'rish, barcha ma'lumotlarga ega bo'lish. va entsiklopediya. ochmasdan, faqat ikki marta bosish bilan, bankka shaxsan tashrif buyurmasdan turib, moliyaviy ahvolingizni bilib oling. Albatta, sinfga bormasdan yangi narsalarni o'rganish va cheksiz narsalarni, jumladan, faqat kompyuter va yaxshi internet aloqasi. Bu virtual o'rganish va u bizning hayotimizga ko'p foyda keltirdi.

Keyinchalik, yangi narsalarni o'rganishga intilayotgan barchamiz uchun virtual o'rganish nimani anglatishini aytib beramiz.

Virtual o'rganishni tanlash imkoniyatining afzalliklari

Esimda, darsxonada vaqt o'tishi bilan o'qitish o'zgaradi va ehtimol o'qituvchi-o'qituvchining roli avvalgi yoki hozirgidek muhim va muhim emas edi. Ularning barchasi bo'lajak o'qituvchilar bo'lib, bizning boshimizga qo'l qo'yib, kelajakdagi ishimiz haqida o'ylashadi, shuningdek, bizning bolalikdagi o'qituvchilarimizni yoki o'rta maktab o'qituvchilarini eslashadi, ular nafaqat fanlarni (informatika) o'rganishadi.

Biroq, bugungi kunda men bir vaqtning o'zida ishlash imkoniyatiga ega bo'lish uchun masofaviy universitetga kirish qanday ekanligini ham bilamiz. Hech qanday o'qitish, yuzma-yuz yoki virtual, boshqasini almashtirmasligi kerak va ikkalasi mukammal tarzda birga yashashi mumkinligi (xuddi kitob va "elektron kitob" paydo bo'lganida "adabiyot" orasida shunday shov-shuvga sabab bo'lgandek).

Yuzma-yuz o'qitish sizni har doim ham o'qituvchilar, ham sinfdoshlar bilan shunchalik yaqinlashtiradiki, siz qanchalik harakat qilsangiz ham virtual yaqinlashmaydi. Biroq, ta'kidlash kerak bo'lgan virtual o'rganishning boshqa afzalliklari ham bor:

To'liq moslashuvchan dastur bilan o'qing: siz uni ehtiyojlaringiz va majburiyatlaringizga moslashtirasiz. Bu yuzma-yuz o'qitishni tasavvur qilib bo'lmaydi (ular ro'yxatlardan o'tadilar va davomat etishmaydilar, barcha sinfdoshlaringiz bilan bir vaqtda amal qilishlari kerak bo'lgan kun tartibi, bajarilishi kerak bo'lgan muayyan tadbirlar va h.k.) [10].

Talabalar o'rtasida hamkorlik va hamjihatlik kuchayadi, chunki biz kurs oldidan yolg'iz qolganimizda, odatda, boshqa yillardagidan farqli o'laroq, bizga ushbu jamoaviy ishda "yordamchi" virtual hamkasblarning kichik guruhini qidiramiz. va boshqalar.

La interactivity Virtual Kampusda siz o'qish uchun kerak bo'lgan hamma narsani topasiz: eslatmalar, talabalar forumi, shubhalar uchun forum, o'qituvchilar bilan suhbat, elektron pochta, tushuntirish videolari, tavsiya etilgan o'quv taqvimi va imtihon sanalari, o'z-o'zini baholash va boshqalar.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, ta'lim tizimi virtuallashuvi an'anaviy ta'limda uchraydigan ko'plab muammolarga yechim bo'lib, biz ta'lim uchun sinf xona, qat'iy belgilangan vaqt, yo'l ovvoragarchiligi, zerikarli, bir tempdagi ma'ruza, o'tkazib yuborilgan mashg'ulot kabi masalalarga samarali yechim sifatida ko'riladi. Qolaversa, o'quvchining tanqidiy, ijodiy tafakkurlashiga asos bo'la oladi.

Shuning uchun faqat bir fikr, men virtual va global ta'lim hayotimizga zarardan ko'ra ko'proq foyda keltirganiga ishonaman, lekin u yuzma-yuz o'qitishning o'rnini bosmasligi kerak,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

aksincha, Sizga nima ko'proq yoqsa siz o'shani tanlab o'z ustingizda ishlash uchun harakat qilishingiz kerak.

REFERENCES

1. Пак Н.И. Информационный подход и электронные средства обучения: монография Красноярск: РИО КГПУ, 2013.

2. Дешко И.П. Информационное конструирование: Монография. - М.: МАКС Пресс, 2016. - 64с. ISBN 978 -5-317-05244-7.

3. Elektron ta'lim bo'yicha Xusan Xolmuratovich Muratovning shaxsiy blogi. x.muratov@cspi.uz

4. Internet sayti. https://www.netinbag.com/hi/education/what-is-virtual-education.html

5. Internet sayti. https://www.formacionyestudios.com/hi/ha-supuesto-la-ensenanza-virtual.html

6. Eshbaevich, T. D., Bakhronovich, N. M., Abdubanopovich, Y. U., & Sherali's, S. I. (2020). Resource support of distance course information educational environment. Journal of Critical Reviews, 7(5), 399-400.

7. Abdubanapovich, Yuldashev Ulmasbek, and Samatboyeva Marjona Baxtiyor Qizi. "RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING TA'LIM SOHASIDA QO'LLANILISHI. " Science and innovation 1.B3 (2022): 110-113..

8. Abdubanatovich, Yuldashev Ulmasbek, and Khakimova Farangis Abdualimovna. "USING THE MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES TO IMPROVE THE QUALITY OF THE EDUCATION PROCESS." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 2.05 (2021): 693-697.

9. Юлдашев У. А., Худойбердиев М. З., Ахмедов Т. Б. У^УВ ЖАРАЁНИНИНГ СИФАТИНИ ОШИРИШДА ЗАМОНАВИЙ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 1262-1268.

10. Eshbaevich, T. D., Bakhronovich, N. M., Abdubanopovich, Y. U., & Sherali's, S. I. (2020). Resource support of distance course information educational environment. Journal of Critical Reviews, 7(5), 399-400.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.