Научная статья на тему 'AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB SODIR ETILADIGAN FIRIBGARLIK JINOYATINI FOSH ETISH BО‘YICHA AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI'

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB SODIR ETILADIGAN FIRIBGARLIK JINOYATINI FOSH ETISH BО‘YICHA AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan firibgarlik / kiberjinoyat / kiberfiribgarlik / ijtimoiy tarmoq / axborot makoni / bank plastik kartasi / elektron manzil / akkaunt. / Fraud committed through information technologies / cybercrime / cyberfraud / social network / information space / bank plastic card / electronic address / account.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Muхammatqulov, Shohruhbek Erkin O‘G‘Li

Ushbu maqolada axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan firibgarlik jinoyatini fosh etish bо‘yicha ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlikni fosh etishda tezkor xodimlarning tergovchi, surishtiruvchilar bilan xamkorlik jihatlari va xususiyatlariga oid muammolar, ushbu soha bо‘yicha mutaxassislarning hamkorlikni samarali olib borish borasida fikrlariga asoslanib ushbu jinoyatlarni fosh etish bо‘yicha tegishli xulosa va taklif tafsiyalar berilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EXPERIENCE OF SOME FOREIGN COUNTRIES IN DETECTING FRAUD CRIMES COMMITTED USING INFORMATION TECHNOLOGIES

In this article, the experience of some foreign countries in the detection of fraud crimes committed using information technologies, as well as the problems related to the aspects and characteristics of cooperation of operatives with investigators and investigators in the detection of fraud committed using information technologies, and the effective cooperation of experts in this field based on their opinions, relevant conclusions and suggestions on exposing these crimes were given.

Текст научной работы на тему «AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB SODIR ETILADIGAN FIRIBGARLIK JINOYATINI FOSH ETISH BО‘YICHA AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI»

Research BIB / Index Copernicus

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB SODIR ETILADIGAN FIRIBGARLIK JINOYATINI FOSH ETISH BO'YICHA AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI

Muxammatqulov Shohruhbek Erkin o'g'li

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi "Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi"

mustaqil tadqiqotchisi sh.muhammatqulov@mail .ru

Ushbu maqolada axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan firibgarlik jinoyatini fosh etish bo 'yicha ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlikni fosh etishda tezkor xodimlarning tergovchi, surishtiruvchilar bilan xamkorlik jihatlari va xususiyatlariga oid muammolar, ushbu soha bo 'yicha mutaxassislarning hamkorlikni samarali olib borish borasida fikrlariga asoslanib ushbu jinoyatlarni fosh etish bo 'yicha tegishli xulosa va taklif tafsiyalar berilib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan firibgarlik, kiberjinoyat, kiberfiribgarlik, ijtimoiy tarmoq, axborot makoni, bank plastik kartasi, elektron manzil, akkaunt.

In this article, the experience of some foreign countries in the detection offraud crimes committed using information technologies, as well as the problems related to the aspects and characteristics of cooperation of operatives with investigators and investigators in the detection of fraud committed using information technologies, and the effective cooperation of experts in this field based on their opinions, relevant conclusions and suggestions on exposing these crimes were given.

Keywords: Fraud committed through information technologies, cybercrime, cyberfraud, social network, information space, bank plastic card, electronic address, account.

Bugungi kunda jahonda, axborot asri deb nomlangan biz yashayotgan davr o'ziga xos o'zgaruvchanligi, turfa xilligi, mintaqalar va mamlakatlar o'rtasidagi ma'lumot almashinuvning tezlashuvi va kuchayishi bilan xarakterlanadi. Asrimizning o'ziga xosligi shundaki, inson hayoti va faoliyati uchun eng muhim bo'lgan boyliklar qatorida axborot qayta-qayta tilga olinmoqda. Hattoki, axborot omili dunyoda kechayotgan jarayonlarga ta'sir o'tkazuvchi, uni bir tomondan ikkinchi, boshqa

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

tomonga burib yuborish xususiyatiga ega bo'lgan birlamchi vosita sifatida e'tirof etilmoqda. Zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan samarali foydalanish davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, muayyan mamlakatning strategik rejalarini amalga oshirishda undan unumli foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur jarayonni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

Birinchidan, axborot oqimlarining ortib borishi, kuchayishi va ta'sir doirasining kengayishi o'ziga xos, kutilmagan natijalarni keltirib chiqarmoqda. Axborot sub'ektlari tomonidan muayyan davlatning, jamiyatning dunyoqarashi, ongi va tafakkurini o'zgartirishga bo'lgan urinishlar soni ortmoqda;

Ikkinchidan, bir davlatning ikkinchi bir davlatga nisbatan aniq bir maqsadni ko'zlab tazyiq o'tkazishini qo'llab-quvvatlashda axborotning texnik va mafkuraviy imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Kiberxurujlar vositasida davlatlarning moliyaviy muassasalari, xavfsizlik va boshqa turli idoralarining saytlarini buzib kirish, zarar etkazish, mamlakatni obro'sizlantirishning asosiy vositasi sifatida ko'rilmoqda;

Uchinchidan, muayyan davlat, shaxs, jamiyat, millatning faqat o'ziga tegishli bo'lgan xususiyatlari, madaniyati, an'analaridan begonalashtirish orqali o'zining g'oyaviy ta'sir doirasiga tushirishga bo'lgan urinishlar jahonda gegemonlikka bo'lgan intilishlarning asosiy vositasi sifatida qaralmoqda;

To'rtinchidan, olib borilayotgan harbiy operatsiyalarni axborot orqali qo'llab-quvvatlash natijasida haqiqiy vaziyatni soxtalashtirish, jamoatchilik fikrini o'zgartirish, kam mablag' sarflab ulkan natijalarga erishishning zamonaviy usul va vositalaridan keng foydalanilmoqda;

Beshinchidan, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mamlakatdagi mavjud tabiiy resurslarni noqonuniy o'zlashtirish, muayyan davlat hududini o'zlashtirish hisobiga o'zining geografik territoriyasini kengaytirish jarayonida mamlakatda mavjud konstitutsion tuzumni izdan chiqarishda axborotning noqonuniy vositalari qo'llanilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Global axborot makonida qaysidir davlat ta'sir o'tkazuvchi, qaysidir mamlakat esa tashqi ta'sirlardan himoyalanuvchi rolini bajarmoqda. SHunday ekan, jahon global axborot makonida o'z qat'iy pozitsiyasini saqlay olgan mamlakatgina o'zining kelajak rejalarini, strategik dasturlarini amalga oshira oladi. Ushbu paradoksning mohiyatidan kelib chiqib, axborot texnologiyalarining eng zamonaviy vositalarini qo'llay olgan, o'zining strategik dasturlarini axborot ko'magida amalga oshirayotgan

Research BIB / Index Copernicus

davlatlar tajribasini o'rganish, o'zlashtirish taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatlar uchun muhim manba bo'lib xizmat qilishi shubhasiz.

Axborot siyosatini samarali olib borishning rivojlangan davlatlar tajribasi deganda asosan ichki va tashqi siyosatini olib borishda axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanuvchi AQSH va bir qator Yevropa davlatlarini keltirish mumkin.

Global axborot makonida «katta o'yinchi» maqomiga erishgan mamlakatlar etarlicha. Ammo, ular orasida AQSHning axborot sohasidagi siyosati mamlakatning etakchiligini ta'minlovchi asosiy vositalaridan biri ekanligi mutaxassislar tomonidan tez-tez tilga olinadi. AQSH hukumati esa (qaysi prezident bo'lmasin) etakchilik maqomi o'zida ekanligini aytishdan charchamaydi va ular ushbu etakchilik dunyoga tinchlik va farovonlikni ta'minlashga yo'naltiriladi deb ta'kidlashadi. Mamlakatning 42-prezidenti B Klinton o'z nutqlaridan birida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Bizning xavfsizlik strategiyamizning bosh maqsadi dunyoning barcha mintaqalarida demokratiyaning o'rnatilishiga erishishdir. Zero, demokratik davlatlar bir-biriga hujum qilmaydi»1. Aksariyat ilmiy manbalarda ham yuqoridagi kabi AQSH o'zining tashqi siyosatini dunyoda demokratiyani mustahkamlashga da'vogarlik qilishi ko'rsatilgan. Shu jumladan, mamlakatning axborot sohasidagi davlat siyosati ham birinchi o'rinda mamlakat ichida va tashqarisida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi keltirilgan.

Rossiyalik olim P. Karasev o'tgan asrning 90 yillarida dunyoga keng tarqatilib boshlagan global tarmoq hisoblanmish "internet"ning ushbu mamlakat tomonidan yaratilishi va mamlakat aholisining aksariyat qismi internet xizmatlari bilan ta'minlanishi ortida ham yuqoridagi da'volar asos qilib ko'rsatilganligini ta'kidlaydi. Olimning fikriga ko'ra, "internet deb atalmish global tarmoqqa egalik qilish AQSHga so'zsiz dunyo etakchiligini mustahkamlash va siyosiy manfaatlarini amalga oshirish imkonini berdi"2.

Siyosatshunoslik fanlar doktori O. Sudorgin global tarmoqning har qanday davlat chegarasini biror-bir to'siqsiz bosib o'tuvchi, boshqacha aytganda, makon va zamon tushunchalarini tan olmaydigan tizim sifatida e'tirof etadi. Mazkur tarmoqning faoliyati bir davlat tomonidan nazorat qilinishi esa uning kuch-qudrati va salohiyatining eng yuqori darajada ko'rsatish imkonini beradi. Unga ko'ra, "Internetni nazorat qiluvchi tashkilot to'g'ridan-to'g'ri AQSH hukumatiga hisobdordir. Ushbu tashkilot internetda nom va manzillarni muvofiqlashtiruvchi

1 Clinton, Bill. 1994 State Of The Union Address // The Washington Post [Web-source] URL: http://www.washingtonpost.com/wp-srv/politics/special/states/docs/sou94.htm.

2Карасев Павел Александрович. Политика безопасности США в глобальном информационном пространстве. Диссертация на соискание ученой степени кандидата политических наук. Москва - 2015. С-28.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

xususiy notijorat muassasasi (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers - ICANN) hisoblanadi"3. Ma'lumotlarga ko'ra, an'anaviy OAVdan uzoqlashish va internet imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish sayyoramiz aholisining asosiy mashg'ulotiga aylanib ulgurgan. Aniqroq aytadigan bo'lsak AQSHning o'zida fuqarolarning aksariyati kundalik faoliyatiga daxldor barcha masalalarda internetga murojaat qiladi. "AQSHning internet auditoriyasi 170 milliondan ortiq kishini yoki umumiy aholining 69-74% foizini tashkil qiladi. 96% foiz internet foydalanuvchilari elektron xat orqali ma'lumot almashadi, 83% foizi viruslarga qarshi kurashadi, 75% foizi internet do'konlardan mahsulot xarid qiladi va h.k"4.

AQSH hukumati nafaqat o'z fuqarolariga internet xizmatlari ko'rsatishdan manfaatdor, balki, xorijiy mamlakatlarga zamonaviy axborot xizmatlari ko'rsatish orqali o'zining ta'sir doirasini ushlab turish, kengaytirish imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanib kelmoqda. Internetning zamonaviy texnologiyalari yordamida xorijiy auditoriyani o'ziga jalb qilish turli vositalar yordamida amalga oshiriladi.

D. Zerkal AQSHdagi axborot oqimini boshqarishning ikki asosiy yo'nalishini ko'rsatadi: "birinchisi xalqaro maydondagi voqealarni yoritish bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchisi - ichki siyosat masalalaridir"5. Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar jamoatchilik o'rtasida turli anglashilmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi, xalqda norozilik kayfiyatining paydo bo'lmasligi muhim ahamiyatga ega. Ushbu ikki muhim yo'nalish turli darajadagi ichki va xalqaro jarayonlarda mamlakatning pozitsiyasini fuqarolar tomonidan nafaqat qo'llab-quvvatlash, balki uning ishtirokchisi va targ'ibotchisi sifatidagi faolligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Ma'lumki Qo'shma Shtatlar tomonidan mamlakat tashqarisida turli harbiy amaliyotlar muntazam amalga oshirib kelinadi. Mazkur amaliyotlarning legitimligini asoslash, milliy manfaatlarga mosligini jamoatchilikka etkazish ko'p jihatdan axborot ko'magiga muhtoj bo'ladi. Shu ma'noda milliy OAV hukumatning xalqaro maydondagi harbiy va boshqa ko'rinishdagi amaliyotlarini milliy xavfsizlikni ta'minlash, dunyoga demokratik qadriyatlarni kengroq yoyish nuqtai-nazaridan asoslash borasida kuchli targ'ibotga ehtiyoj sezadi. Mazkur jarayonlarni boshqarish mahalliy OAVning turli ko'rinishdagi tashqi operatsiyalarni vatanparvarlik va amerikacha erkinlikni dunyoga targ'ib qilish imkoniyatlari bilan belgilanadi.

3Судоргин О. А. Современная информационная политика государства: мировой опыт и российская практика: автореф. дисс. д. п.н. М., 2011. С. 140.

4Судоргин О. А. Современная информационная политика государства: мировой опыт и российская практика: автореф. дисс. д. п.н. М., 2011. С. 140.

5 Д.А. Зеркаль. Информационная политика государства: Зарубежный опыт управления средствамимассовойинформации.http://elar.urfu.ru/bitstream/10995/31277/1/rrsick_2014_2_20.pdf.

Research BIB / Index Copernicus

AQSHlik siyosatshunos G. Doris OAVning mamlakat hayotidagi o'rni va rolini quyidagicha tasvirlaydi: «OAV nafaqat har bir amerikalik dunyoqarashining asosiy manbai, balki jamiyat bo'ylab axborot tarqatishning eng tezkor usuli, shuningdek, talqin qilishning eng ishonchli usulidir»6. Darhaqiqat, AQSHda axborot tarqatish va qabul qilishning o'ziga xos tizimi shakllangan. Uning muhim xususiyati shundaki, mamlakat fuqarolari ularga tarqatilayotgan axborotni olishda o'zlari ishonchli deb bilgan manbadan olish imkoniyatiga egalar. Manbalarning soni va ko'lami fuqarolarning axborotga bo'lgan barcha ehtiyojlarini qondiradi.

Mamlakatda axborot olishning tez va ishonchli manbalari axborot siyosatining tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Shu o'rinda mamlakat aholisi va jahonnning aksariyat mamlakatlari uchun axborot tarqatuvchi asosiy manbalardan biri «CNN effekti» iborasi haqida ham ma'lumot berish ehtiyoji tug'ilmoqda. O'tgan asrning 80 yillarida CNN (Cable News Network) telekanali jahonda birinchilardan bo'lib 24 soatlik axborot tarqatish rejimiga o'tgan. Telekanalning yana bir o'ziga xosligi voqea va hodisalarni to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilishi bilan bog'liq. Kuzatuvchilarga dunyoda kechayotgan eng muhim voqealar, harbiy to'qnashuvlarni voqea joyidan namoyish qilinishi o'z davrining shov-shuvli hodisasi sifatida qaralgan.

D Bikovning ta'riflashicha: «Qaerda va qanday vaziyat bo'lishidan qat'iy nazar muhim voqeliklarni eksklyuziv yoritish telekanal translyasiyasining asosiy tamoyillaridan biri edi va hozir ham shunday bo'lib qolmoqda» 7. Qo'shma Shtatlarning sobiq davlat kotibi J.Beyker CNN haqida shunday yuqori baho bergan edi, «Eng asosiysi u (CNN nazarda tutilmoqda) kuchli siyosatchilarning o'z pozitsiyalariga ega bo'lishga majbur qiladi. Chunki u voqealar rivojini juda tez yoritadi. Siz real vaqt rejimidasiz. O'ylashga esa vaqt yo'q»8.

Biz Qo'shma Shtatlarning birgina nufuzli telekanali «CNN effekti»ning imkoniyatlarini tahlil qilib, mamlakatning axborot siyosati sohasidagi erishgan natijalari, ta'sir ko'lami va auditoriyasi haqida umumiy tasavvurga ega bo'ldik. E'tiborli tomoni shundaki, CNN auditoriyasining kengligi, dunyo mintaqalaridagi muxbirlari soni, texnik imkoniyatlari tomonidan dunyoda ikkinchi o'rinda qayd etilgan. Yuqoridagi ko'rsatkichlar bo'yicha birinchi o'rinni Buyuk Britaniyaning BBC telekanali egallaydi.

6 Дьякова Е. Г., Трахтенберг А. Д. Социокультурные механизмы установления повестки дня // Науч. ежегодник Ин-та философии и права Урал, отделения Рос. академии наук. 2001

7Быков Д. В. CNN - новости, которые изменили мир // Медийные стратегии современного мира. Материалы VIII Международной научно-практической конференции (Сочи, 1-3 ноября 2014 г.). - Краснодар : Кубанский государственный университет, 2014. - С. 126-133.

8 Baker III J. A. The Politics of Diplomacy: Revolution, War & Peace, 1989-92. - New York: G. P. Putnam's Sons, 1995. - 687 p.

Research BIB / Index Copernicus

Yevropa ittifoqiga a'zo mamlakatlaming deyarli barchasi axborot siyosatining barcha yo'nalishlarida samarali faoliyat olib borish tajribasiga ega bo'lib ulgurgan. Ular erishayotgan natijalarning zamirida shubhasiz, amaldagi qonunchilikning takomili, uning sifatli ijrosi mavjudligi ayni haqiqat. Ushbu davlatlar eng avvalo, axborot makonida davlatning, jamiyatning va eng asosiysi har bir shaxsning xavfsizligini ta'minlash, axborot olish va tarqatish huquqini muhofaza qilishga strategik vazifa sifatida qarashgani natijadorlikni ta'minlagan. Yana bir asosiy jihat shuki, barcha Yevropa mamlakatlarida axborot siyosatiga bo'lgan yondashuvlar uyg'unligidir. Har bir mamlakat o'zining milliy manfaatlarini ta'minlash qatorida umumyevropa manfaatlarini ro'yobga chiqarish strategiyasi axborot siyosatining muhim yo'nalishi sifatida belgilab qo'yilgan. Mazkur g'oyalarni amalga oshirishda Yevropa Ittifoqining o'rni va roli beqiyosdir. Yevropani yagona ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etgan mintaqaga aylanib borishi ushbu hududdagi axborot tizimlarining rivoji bilan ham bog'liq ekanligi aksariyat mutaxassislar tomonidan e'tirof etilmoqda.

Yevropa Ittifoqining mintaqada yashovchi xalqlar, davlatlar o'rtasidagi umumiy axborot makonini yaratishga bo'lgan intilishlari o'tgan asrning 80-yillarida o'z natijasini ko'rsata boshladi. Buning bir qancha sabalarini keltirish mumkin. Birinchidan, mintaqadagi bir-biriga yaqin madaniyat, ta'lim va ijtimoiy munosabatlarning uyg'un qiyofasi voqealar rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchidan, o'zaro umumiy qarashlar, boshqa qit'alarda sodir bo'layotgan keng ko'lamli ziddiyatlar, iqtisodiy bo'hronlarning Yevropada sodir bo'lishining oldini olish maqsadi bilan bog'liq.

Rossiyalik tadqiqotchi Yu.Kurishevaning qayd etishiga ko'ra, «Axborot makonida Yevropa birligini saqlash maqsadida 1993-yilda Yevropa jamoat teleradiokompaniyalari yagona umumyevropa ko'p tilli kanalini, bugungi kunda Evronyus (Euro news)ni tashkil etishdi, uni faqat Yevropa Ittifoqida 8 million kishi tomosha qiladi»9. Yevropa Ittifoqi va Euro news o'rtasida imzolangan shartnomaga ko'ra, mintaqa ichida va tashqarisida Yevropaning nufuzini targ'ib qilish, mintaqa xalqlarini boshqa hudud axboriy tahdidlardan himoya qilish, yevropa xalqlarining birligi va hamjihatligini keng yoritish, Yel ga a'zo mamlakatlar manfaatlarini birdek himoya qilish kabi vazifalar telekanal zimmasiga yuklatilgan.

BBC (British Broadcasting Corporation) Britaniya teleko'rsatuv, radioeshittirishlar korporatsiyasi Buyuk Britaniya axborot siyosatini olib borish, mamlakat ichida va tashqarisida mamlakatning nufuzi, obro'-e'tiborini yuksaltirishda eng yuqori darajada faoliyat yuritib kelmoqda. 1922 yilda, bundan bir asr oldin o'z

9 Ю. В. KypbraeBa. ^литика ec в инфopмациoннoй cфepe: eвpoпeйcкая идeнтичнocть и кyльтypнoe pазнooбpазиe. Вecтник CaHKT-neTep6yprcKoro yнивepcитeта. Cep. 9. 2008. Вып. 1. Ч. II. C-317.

Research BIB / Index Copernicus

xabarlarini radioeshittirishlar orqali tarqata boshlagan mazkur media-korporatsiya hozirgi davrga kelib, dunyoning o'nlab davlatlariga o'z axborot xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. BBC 1932 yildan boshlab mamlakatdan tashqariga xabarlar tarqata boshlagan va mazkur harakatlarini ingliz tilli xalqlarni birlashtirish g'oyasi asosida tashkil etgan. 2010 yilga qadar BBC Britaniya tashqi ishlar vazirligi (Foreign Office) qaramog'ida faoliyat olib borgan. Bundan anglash mumkinki, tashqi dunyoga ta'sir o'tkazish ustuvor ahamiyat kasb etgan. O'tgan 80 yilga yaqin vaqt mobaynida radiokanal qaysi davlatlarda xabar tarqatgan bo'lsa o'sha davlatlarga britancha turmush tarzi, madaniyati va qadriyatlarini singdirib borgan. Bu esa mamlakatning nufuzi, xalqaro maydondagi obro'-e'tiborining keskin yuksalishini ta'minlagan. Ikkinchi jahon urushi davrida BBC deyarli barcha Yevropa tillarida o'z ma'lumotlarini taqdim qilgan. Radioeshittirishlarning chegarasi va ko'lami urushdan keyin ham kengayib bordi. Korporatsiyaning radioeshittirishlari kuzatuvchilarining hozirgi kundagi soni ma'lumotlarga qaraganda, taxminan 351 million kishini tashkil etmoqda.

BBC korporatsiyasining eng katta yutuqlaridan biri shuki, u faqat radioeshittirishlar bilan cheklanib qolmadi. O'tgan asrning o'rtalarida OAVning zamonaviy ko'rinishlari rivojlanib borishi va televideniening shakllanishi natijasida korporatsiya o'zining turli mavzu va yo'nalishlarda telexizmatlarini taklif etdi. 1953 yil bitta kanal,1964 yildan boshlab esa ikkinchi kanal o'z faoliyatini boshladi. Ayni davrga kelib, 10 ta telekanal o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

BBC telekanallarning asosiy yutug'i sifatida, ular biror hukumat tashkiloti manfaatlariga xizmat qilmasligini mutasaddilar ko'pincha tilga olishadi. Ya'ni, axborot tarqatishda muayyan OAV o'zini moliyalashtiruvchi davlat yoki nodavlat tashkiloti manfaatlariga xizmat qiladi. BBC esa boshqacha yo'l tutgan. Kabel televidenie va sun'iy yo'ldosh orqali xabarlarni ko'ruvchi barcha xonadonlardan yig'iladigan badal pullari telekanalning asosiy moliyalashtiruvchi manbasidir.

BBC korporatsiyasining yana bir muhim yutug'i sifatida «raqamlashtirish» jarayonlariga yuqori sur'atlar bilan o'tganligi bilan bog'liq. Bu o'z navbatida Britaniya hukumati tomonidan 2022 yilda qabul qilingan kiberxavfsizlik strategiyasida belgilangan ustuvor yo'nalishlarga mos keladi. Fikrimizni dalillash maqsadida strategiyaning quyidagi ma'lumotlarini keltirib o'tamiz: «Raqamli asrning imkoniyatlari va muammolarini eng yaxshi tarzda boshqara oladigan mamlakatlar kelajakda xavfsizroq, tahdidbardosh va farovonroq bo'ladi. Buyuk Britaniya raqamli

Research BIB / Index Copernicus

jihatdan eng ilg'or davlatlardan biri bo'lib, mamlakat ichida hamda xorijda ulkan texnologiyalarni rivojlantirish dasturiga ega»10.

Britaniya hukumati tomonidan ishlab chiqilib, qabul qilingan raqamli dasturlar mamlakatning jahonda barcha yo'nalishlardagi ustunligini ta'minlashida axborot ko'magiga tayanishini anglatadi. Jumladan, eng yirik axborot tarqatuvchi uyushma sifatida BBCning imkoniyatlarini yanada oshirishiga huquqiy va amaliy zamin yaratadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, uyushmaning erishayotgan ijobiy natijalari zamirida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishi yotadi. Bugun axborot tarqatish va olishning muhim vositasi «ijtimoiy tarmoqlar» ekanligi hech kimga sir emas. Korporatsiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilar soni hayratlanarli darajada ko'p. Raqamlarga murojaat qilamiz: «Facebook tarmog'ida 49 million, Twitter tarmog'ida 10 million, Instagram da esa 8,7 million kishi dunyo bo'ylab BBCning yangiliklari va boshqa mazmundagi xabar va lavhalarini kuzatib boradi»11. BBC ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni bo'yicha dunyoda yaqqol etakchi.

E'tiborimizni tortgan yana bir jihat shuki, korporatsiyaning barcha yosh senzi va jamiyat hayotining turli yo'nalishlaridagi alohida telekanallarining mavjudligidir. Quyida ularning vikipediya manbasidan olingan yo'nalishlari ko'rsatilgan:

• «BBC Three« — yoshlar uchun maxsus kanali

• BBC Four — madaniyat va ta'lim kanali

• CBBC — bolalar uchun kanal

• CBeebies — bolalar uchun kanal

• BBC News — axborot-tahliliy kanal

• BBC Parliament — parlament kanallaridir»12.

Mazkur telekanallarni dunyoning barcha mintaqasidan turib sun'iy yo'ldosh orqali tomosha qilish mumkin. Bu o'z navbatida, Britaniya axborot siyosatining o'zining madaniyati, mafkurasi, milliy xususiyatlarini targ'iboti yo'lidagi aniq natijalarga qaratilganligini ko'rsatadi.

Axborot siyosatini to'g'ri va samarali tashkil etishning Germaniya tajribasi ham jahonda alohida o'ringa ega. Ikkinchi jahon urushidan mag'lubiyat va misli ko'rilmagan darajada talofot bilan chiqqan Germaniya o'zining sanoati, iqtisodiyoti, siyosiy boshqaruvining demokratik umume'tirof etilgan tamoyillar asosida tashkil etishi bilan bog'liq islohotlar natijasi uzoq kuttirmadi. Germaniya qisqa muddatlarda

10 National Cyber Strategy 2022 Pioneering a cyber future with the whole of the UK. https://assets.publishing.service.gov.uk/government/uploads/system/uploads/attachment data/file/1 053023/national-cyber-strategy-amend.pdf.

11 https://www.ofcom.org.uk/__data/assets/pdf_file/0023/175271/bbc-news-review-bakamo-full-report.pdf.

12 wikipedia.org/wiki/BH-6H-CH.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

barcha sohalarda jahonning etakchi mamlakatlari qatoriga qo'shildi. SHubhasiz, mamlakatning erishgan natijalari uning birinchi navbatda axborot ko'magiga tayanganligi bilan xarakterlanadi. Chunki, o'z fuqarolarini mamlakatdagi izchil o'zgarishlar sari ruhlantirish, hamda, jahon arenalariga chiqishda axborot siyosatining samarali olib borilishi muayyan darajada vosita sifatida qaraldi.

"Tashkilot faoliyati Germaniyaning «Bundestag»i tomonidan qabul qilingan, bir muddat bekor qilingan va 2005 yilda qayta o'zgartirilgan "Germaniya eshittirishlari to'g'risida"gi qonun (Deutsche-Welle-Gesetz) bilan tartibga solinadi" 13. Qonun chiqaruvchi oliy organ tomonidan belgilab qo'yilgan huquqiy asosga ko'ra, tashkilotning vazifasi "Germaniyani Yevropa madaniyatiga mansub millat va erkin demokratik huquqiy davlat sifatida namoyon etish" 14 , barcha jabhalarda erishilayotgan ijobiy o'zgarishlarni muntazam yoritib borish, nemis tili va madaniyatini dunyoda ommalashtirish, taraqqiyot va demokratiyani rivojlantirishga ko'maklashishdan iborat. Qonunda belgilab qo'yilgan va e'tiborimizni tortgan quyidagi jumlani keltirmoqchimiz. "Nemis to'lqini Germaniya Federativ Respublikasining tashqi madaniy siyosatining dirijyorlaridan biri» deb belgilab qo'yilgan"15.

Yevropaning aksariyat mamlakatlari kabi Fransiya ham tashqi makonda o'zining pozitsiyasini mustahkamlashga alohida ahamiyat bergan. Ushbu yo'nalishda harbiy harakatlar olib borish bilan bir qatorda, fransuz tili va madaniyatini targ'ib qilishga ham jiddiy e'tibor qaratilgan. Bu orqali, Yevropada va jahonda fransuz tilida gaplashuvchi insonlarni ko'paytirish, milliy tilni jahon tillaridan biriga aylantirish bosh maqsad sifatida qaralgan. Mazkur yo'nalishdagi yirik loyihalardan biri "Frankofoniya" (fransuzcha - l'Organisation internationale de la Francophonie (OIF) fransuz tilida so'zlashuvchi mamlakatlar ittifoqining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu loyiha fransuz tilida muloqot qiluvchi 54 mamlakatning madaniyati, milliy xususiyatlari fransuz manfaatlari asosiga qurilgan deyishga asoslar etarli. Shu bilan birga, xalqaro maydonda Fransiyaga raqib bo'lgan boshqa yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlarga nisbatan Fransiyaning strategik ustunligini ta'minlagan.

13 HeMe^aa Borna // Eo^bmaa poccHHCKaa энцнкroпegнн : [b 35 t.] / ra. peg. ro. C. ochmb. — M. : Eornmaa poccHHCKaa энцнкïïOпegнн, 2004—2017

14 HeMe^aa Borna // Eo^bmaa poccHHCKaa энцнкroпegнн : [b 35 t.] / ra. peg. ro. C. OcunoB. — M. : Eornmaa poccHHCKaa энцнкflOпegнн, 2004—2017

15 HeMe^aa Borna // Eo^bmaa poccHHCKaa энцнкroпegнн : [b 35 t.] / ra. peg. ro. C. ochmb. — M. : Eornmaa poccHHCKaa энцнкïïOпegнн, 2004—2017

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

REFERENCES

1. Clinton, Bill. 1994 State Of The Union Address // The Washington Post [Web-source] URL: http://www.washingtonpost.com/wp-srv/politics/special/states/docs/sou94.htm.

2. Карасев Павел Александрович. Политика безопасности США в глобальном информационном пространстве. Диссертация на соискание ученой степени кандидата политических наук. Москва - 2015. С-28.

3. Немецкая волна // Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов. — М. : Большая российская энциклопедия, 2004—2017

4. Немецкая волна // Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов. — М. : Большая российская энциклопедия, 2004—2017

5. Журавлёва Нина Николаевна. Информационная политика государства по продвижению национальной культуры за рубежом (на примере России и Франции). Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата политических наук. Санкт-Петербург 2008. С-22.

6. Rahmonova Sanoat Shuhrat kizi. (2024). HARMONY OF EDUCATION AND TRAINING. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(4), 366-375. извлечено от

https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5154.

7. Rahmonova, S. (2024). THE REFORMS IMPLEMENTED IN NEW UZBEKISTAN ARE THE FOUNDATION OF THE THIRD RENAISSANCE. MODERN SCIENCE АND RESEARCH, 3(4), 394-399. https ://doi.org/10.5281/zenodo .10969679

8. Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi, & Sodiqova Durdona Abdu Soli qizi. (2024). THE ROLE OF THE FAMILY IN YOUTH EDUCATION. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(4), 664-674. извлечено от https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5265

9. Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi, & Yo'ldasheva Marjona Muhammad qizi. (2024). ДОЛЗАРБ ВОПРОСЫ СОЦИАЛЬНЫХ И ГУМАНИТАРНЫХ НАУК. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(4), 767-777. https://doi.org/10.5281/zenodo.11066266

10. Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi. (2024). USE OF SUSTAINABLE INNOVATION METHODS IN FIGHTING AGAINST THE INFLUENCE OF "POWER CULTURE". МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(5), 36-48. извлечено от https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5481

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

11. Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi, & Yo'ldasheva Marjona Muhammad qizi. (2024). ДОЛЗАРБ ВОПРОСЫ СОЦИАЛЬНЫХ И ГУМАНИТАРНЫХ НАУК. 13. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(4), 767-777. извлечено от https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5312

12. Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi. (2024). THE ROLE OF SPIRITUALITY IN THE FORMATION OF HUMAN WORLD VIEW. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(6), 135-144. извлечено от https: //universalpublishings .com/index.php/mpttp/article/view/6315

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.