Научная статья на тему 'AXBOROT TELEKAMUNIKATSIYA HAMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI SAMARALI RAVISHDA YOSH AVLODGA O`RGATISH'

AXBOROT TELEKAMUNIKATSIYA HAMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI SAMARALI RAVISHDA YOSH AVLODGA O`RGATISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bilimdonlik / Dasturlar / Interaktiv / Tarmoq / Internet / Ta'lim / Innovatsiyalar / O'qitish / O'rganish / Muhandislik / Multimediya / Ma'lumotlar / Kompetensiyalar / Tanlovlar / O'qituvchilar / Texnologiyalar / Qo'llab-quvvatlash / Raqamli o'quv yurtlar.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Fazliddinov Jasurbek, Sharipov Baxtiyor

Maqola tarkibida insonning rivojlanish hayoti davomida, hozirda mavjud yuqori axborotlashgan texnologiyalarning o`rni hamda ularning imkoniyat darajasini anglagan holda ulardan oqilona foydalanib jamiyat va kelajak avlod avlod rivoji uchun qo`shishi kerak bo`lgan hissini uyg`otish. Bu borada umumta`lim maktab dasturiga raqamli iqtisodiyot fan sifatida kiritilish taklifi. Shu, jumladan davlatimizning dunyo reytingi oldida o`z milliy brendiga ega, o`zining har tomonlama dunyoning yetakchi davlatlar qatorida bo`lish uchun rivojida ta`limda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini (AKT) kengroq tadbiq qilishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по компьютерным и информационным наукам , автор научной работы — Fazliddinov Jasurbek, Sharipov Baxtiyor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT TELEKAMUNIKATSIYA HAMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI SAMARALI RAVISHDA YOSH AVLODGA O`RGATISH»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

AXBOROT TELEKAMUNIKATSIYA HAMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI SAMARALI RAVISHDA

YOSH AVLODGA ORGATISH

Fazliddinov Jasurbek1 Sharipov Baxtiyor2

1Toshkent amaliy fanlar universiteti, "Iqtisodiyot" fakulteti, ECO22-01U04 talabasi 2Toshkent amaliy fanlar universiteti, "Iqtisodiyot" fakulteti, "Umumiqtisodiy fanlar" kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13383604 Annotatsiya: Maqola tarkibida insonning rivojlanish hayoti davomida, hozirda mavjud yuqori axborotlashgan texnologiyalarning orni hamda ularning imkoniyat darajasini anglagan holda ulardan oqilona foydalanib jamiyat va kelajak avlod avlod rivoji uchun qoshishi kerak bo lgan hissini uyg otish. Bu borada umumtalim maktab dasturiga raqamli iqtisodiyot fan sifatida kiritilish taklifi. Shu, jumladan davlatimizning dunyo reytingi oldida o'z milliy brendiga ega, o zining har tomonlama dunyoning yetakchi davlatlar qatorida bolish uchun rivojida talimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini (AKT) kengroq tadbiq qilishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Bilimdonlik, Dasturlar, Interaktiv, Tarmoq, Internet, Ta'lim, Innovatsiyalar, O'qitish, O'rganish, Muhandislik, Multimediya, Ma'lumotlar, Kompetensiyalar, Tanlovlar, O'qituvchilar, Texnologiyalar, Qo'llab-quvvatlash, Raqamli o'quv yurtlar.

1 KIRISH

Bugungi kundagi taraqqiyot ko'p jihatdan axborot texnologiyalarining rivojlanish ko'rsatkichlariga bog' liq. XXI asrda internet tarmog' i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan «elektron hukumat», «elektron savdo», «raqamli iqtisodiyot» kabi atamalar paydo bo'ldi. Raqamlashtirishning mohiyati — xizmat ko'rsatish yoki ishlab chiqarish jarayonlarni avtomatlashtirishda axborotni yanada qulayroq raqamli muhitga uzatish va to'plash, bu yerda uni tahlil qilish, so'ngra avtonom tarzda aniq yechim topish. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi.

O'zbekiston 2000-yillarning boshlaridanoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni rivojlantirish va raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat bera boshladi. Jumladan, "2013-2020-yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi", "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" hamda "Raqamli O'zbekiston - 2030" va "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi"da milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatda raqamli transformatsiyani amalga oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko'zda tutilgan.

Davlatimiz rahbarining soha mutaxasislari bilan suhbatlashish chog'ida takidlagan gaplari, yurtimiz oldiga aynan shu sohani rivojlantirish bo'yicha qo'ygan maqsadlari kattaligini ko'rsatdi. - Sizlar hozirgi islohotlarda bizning eng ishongan kuchimiz. Kelajakda sizdek mutaxassislarga ehtiyoj yanada oshadi. Har bir soha va hudud raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakat rivojlanmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Dunyo olimlarining ta'kidlashicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog'liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o'zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o'zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan

2 ASOSIY QISM

O'zbekiston o'z oldiga kuchli demokratik, ilg'or rivojlangan davlatlar safidan mustahkam o'rin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirish — bosh vazifa. Prezidentimizning 2020-yil 5-oktabrdagi 6079-sonli Farmoni bilan "Raqamli O'zbekiston - 2030" milliy strategiyasi tasdiqlanib, 2030-yilda raqamli iqtisodiyotning YAIM dagi ulushi 30 foizni tashkil etishi va unda raqamlashtirishni rivojlantirish bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlar hududlar kesimida yanada batafsil yoritilgan. 2019 yilda chop etilgan UNCTADning raqamli iqtisodiyot hisobotiga ko'ra, 7 ta raqamli kompaniya (Microsoft, Apple, Amazon, Google, Facebook, Alibaba va Tencent) jami global bozor kapitallashuvining 3/2 qismini tashkil qildi. Global axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratilgan qo'shilgan qiymatning qariyb 40 foizi AQSh va Xitoy hissasiga to'g'ri keladi. 2021-yil holatiga ko'ra raqamli iqtisodiyotning O'zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 1,6 foizni, AQShda 9,3 foizni, Xitoyda 3,8 foizni, Hindistonda 8 foizni tashkil etdi. 2025 yilga borib dunyoning raqamli iqtisodiyoti 23 trillion AQSh dollarga yetadi.. Uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi hozirgi 17,1 foizdan 24,3 foizgacha oshadi. Kommunal, sanoat va qishloq xo'jaligi, transport, moliya va boshqa sohalarda raqamli transformatsiyani rag'batlantirish uchun dunyo bo'ylab 100 milliard ulanish o'rnatiladi. Bulutli texnologiyalardan foydalanadigan korxonalar soni 85%, sun'iy intellekt - 86%, raqamli katta ma'lumotlar - 80 foizni tashkil etadi. Keyingi yillarda O'zbekistonning

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

shaxdam qadamlari xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilmoqda. Xususan, nufuzli "The Economist" jurnali dunyoning ikki yuzga yaqin davlatlari orasidan O'zbekistonni "Yil mamlakati", deb topgani fikrimiz tasdig'idir. Ya'ni ushbu nashr O'zbekistonni 2019-yili dunyoda eng ko'p yaxshi tarafga o'zgargan mamlakat, deb topdi. E'tiborlisi, yangilik O'zbekistongacha Markaziy Osiyoning biror bir davlati bunday e'tirofga loyiq ko'rilmagani bilan ham o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, respublikamiz yaqin-yaqingacha, aksariyat tahlilchilar tomonidan jahonning "eng yopiq" davlatlaridan biri sifatida qiyos berib kelinardi. Ochig'ini aytganda, mamlakatimiz haqidagi bunday qarash xalqaro miqyosda katta aks sado berdi. Bu, albatta, yurtimizda qisqa vaqt davomida oqilona yo'lga qo'yilgan ichki va tashqi siyosatning amaliy ifodasidir, desak, ayni haqiqat. Shu bois bugungi kunda davlatlar o'rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari qatorida idoralar, tashkilot va kompaniyalarning ushbu yo'nalishdagi harakatlarini muvofiqlashtirishda muhim o'rin tutadi. Mazkur hamkorlikda 2022-yilda Yekaterinburgda o'tkazilgan xalqaro maqomga ega bo'lgan yuqori texnologiyalar bo'yicha "Xaytek" chempionati muhim ahamiyatga ega. Musobaqa tasodifan xalqaro deb tan olinmagan: musobaqa o'tkazib kelinayotgan sakkiz yil davomida unda 20 dan ortiq davlat ishtirokchilari bellashishdi. Bu yilgi chempionat ham xorijlik ishtirokchilarga boy. 2022-yilning 7-11 noyabr kunlari kunduzgi va masofaviy formatlarda o'tkazilgan musobaqalarda 16 davlatdan ishtirokchilar qatnashdi: Belarus, Braziliya, Gana, Misr, Zimbabve, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Malayziya, Namibiya, Nigeriya, O'zbekiston va Janubiy Afrika.

Tanlovda jami 600ga yaqin ishtirokchi va 500ga yaqin mutaxassislar 38ta unversal va tarmoq kompetensiyalari bo'yicha bellashishadi. Barcha mutaxassisliklar to'rt blokga bo'lindi: qurilish va qurilish texnologiyalari, ishlab chiqarish va muhandislik texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari va kelajak mutaxassisliklar bloki -Future Skills, bu davraga Ozbekistonning ham qoshilishi qilinayotgan saiy harakatlar natijasidir. Oxirgi yillarda ushbu yo'nalishlarda katta o'zgarishlar bo'ldi. Axborot texnologiyalari subyektlari uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar natijasida bunday korxonalar va ish o'rinlari soni, xizmatlar eksporti ortib bormoqda. Xususan, 2017-yilda yurtimizda IT kompaniyalar soni 147 ta bo'lgan bo'lsa, hozirda 1 ming 600 taga yetgan. Ish o'rinlari ham qisqa vaqtda 10 baravar ko'payib, 24 mingtadan oshgan. 2017 yilda 600 ming AQSH dollari bo'lgan eksport hajmi joriy yil yakuni bilan 300 million dollardan oshishi kutilmoqda. My.gov.uz yagona portali orqali bugungi kunda 8 milliondan ortiq aholi va tadbirkorlar 570 turdagi onlayn xizmatdan foydalanmoqda. Ijro intizomi yagona tizimi - ijro.gov.uz orqali davlat idoralari va ularning quyi bo'g'inlari xodimlari tomonidan 28 millionta hujjat elektron ayriboshlangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligiga

tashrif buyurdi. Prezidentimiz bu tizim rahbarlarning ongi va mas'uliyatini o'zgartirganini ta'kidlab, hujjatlar integratsiyasi va sifatini yaxshilash, ijro intizomi nazoratini kuchaytirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi. 2022-yilda BMTning Elektron hukumat reytingida mamlakatimiz 18 pog'ona yuqorilab, 69-o'rinni egalladi. 2030-yilga borib, ushbu reytingda birinchi o'ttiztalikka kirish bo'yicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, "0'zbekiston-2030" strategiyasida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilangan. Buning uchun hududlarda IT infratuzilmani va venchur bozorini rivojlantirish, "local to global" tamoyili orqali mahalliy korxonalarni eksportga olib chiqish, yurtimizda xalqaro kompaniyalarning ofislarini ochish kabi ko'plab choralar ko'zda tutilgan. Shu maqsadda ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, umuman, bu sohaga 100 yillik qulaylik yaratish bo'yicha takliflar muhokama qilindi. Shu yerda sun'iy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish, sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, elektr ta'minoti billingi bo'yicha axborot berildi.

Davlatimiz rahbari ijtimoiy sohalar, ayniqsa, tibbiyot sohasining raqamli tizimini takomillashtirish, odamlarni rozi qilish zarurligini ta'kidladi. Shu bois bugungi kunda davlatlar o'rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari qatorida idoralar, tashkilot va kompaniyalarning ushbu yo'nalishdagi harakatlarini muvofiqlashtirishda muhim o'rin tutadi. Mazkur hamkorlikda 2022-yilda Yekaterinburgda o'tkazilgan xalqaro maqomga ega bo'lgan yuqori texnologiyalar bo'yicha "Xaytek" chempionati muhim ahamiyatga ega. Musobaqa tasodifan xalqaro deb tan olinmagan: musobaqa o'tkazib kelinayotgan sakkiz yil davomida unda 20 dan ortiq davlat ishtirokchilari bellashishdi. Bu yilgi chempionat ham xorijlik ishtirokchilarga boy. 2022-yilning 7-11 noyabr kunlari kunduzgi va masofaviy formatlarda o'tkazilgan musobaqalarda 16 davlatdan ishtirokchilar qatnashdi: Belarus, Braziliya, Gana, Misr, Zimbabve, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Malayziya, Namibiya, Nigeriya, O'zbekiston va Janubiy Afrika. Tanlovda jami 600ga yaqin ishtirokchi va 500ga yaqin mutaxassislar 38ta unversal va tarmoq kompetensiyalari bo'yicha bellashishadi. Barcha mutaxassisliklar to'rt blokga bo'lindi: qurilish va qurilish texnologiyalari, ishlab chiqarish va muhandislik texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kelajak mutaxassisliklar bloki - Future Skills, bu davraga O zbekistonning ham qo shilishi qilinayotgan saiy harakatlar natijasidir

3 XULOSA

Asrlar davomida yig'ilgan ilm-fan xazinasini bugungi yosh avlodga o'rgatish, ularni dunyodagi ilg'or va zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot tizimlari yordamida jahon standartlariga to'g'ri keladigan mutaxassis kadrlar qilib tayyorlash bugungi davrning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Axborot-

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog'i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta'lim samaradorligining muhim omili bo'lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o'zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog'liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog'liqdir. O'quv fanlari bo'yicha elektron o'quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o'qitishda zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Bu o'z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo'yicha bilimlarini chuqur o'zlashtirishlarining asosiy omili bo'lib, ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday say-harakatlar amalga oshirilishi ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o'qituvchilarni ilg'or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta'lim muassasalari tajribasini chuqur o'rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta'lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia -gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ro'yxatdan o'tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari, muayyan vaqtdagi ish, o'z tabiatiga ko'ra statik bo'lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig'ida ko'rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o'tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo'yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi, "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. Multimedia vositalari asosida o'quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo'lga qo'yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o'zi nima degan savol tug'iladi? Ko'pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, mul'timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o'quv materiallarini o'quvchilarga

yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko'rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda o'qitishning usuli hozirgi kunda ta'lim sohasi yo'nalishlari bo'yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo'lib qoldi. Multimedia vositalarining 81- yildagi yalpi oboroti 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo'lsa 94-yil esa 16 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta'lim sohasida keng qo'llash yo'lida urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog'liq edi. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o'quvchilarni o'qitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo'lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o'quvchilar berilayotgan materiallarni ko'rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25- 30%oshadi. Bunga qo'shimcha sifatida o'quv materiallari audio, video va grafika ko'rinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi. Multimedia vositalari asosida o'quvchilarni o'qitish quyidagi afzalliklarga ega: 1) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq ozlashtirish imkoniyati bor; 2) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: 3) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; 4) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bo'ganda amaliyotda qo'llash imkoniyatiga erishiladi. Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob'ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta'minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o'rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo'lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo'nalishlarni ajratib ko'rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug'urta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot tizimlari. Multimedia tizimining paydo bo'lishi ta'lim, fan, san'at, kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o'zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi. Kompyuterlarni ta'lim tizimida qo'llash g'oyasi ancha ilgari paydo bo'lgan bo'lgan bo'lsada, ta'lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qo'llash multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo'lgach to'liq ma'noda amaliyotga joriy etilib boshlandi. Multimedia vositalarini ta'limda qo'llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi: a) ta'limning gumanizasiyalashuvini ta'minlash; b) o'quv jarayonining samaradorligini

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

oshirish; d) ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o'zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o'zini o'zi tarbiyalash, o'zini o'zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo'llay olishi, o'rganishga bo'lgan qiziqishi, mehnatga bo'lgan munosabati); e)ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish; f) kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi; g) ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini tan olish; h) ta'lim oluvchilarda, o'zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish.

Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko'ptarmoqli, predmetga yo'naltirilgan multimediali o'quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo'nalishi bo'yicha bilimlar bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ekspert-o'rgatuvchi tizimlar, o'rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo'lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi. Multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o'quv materiallari tushunish uchun qulay bo'lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi. Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to'liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o'qituvchining ko'magi zarur bo'ladi. Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo'llashda ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o'qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim oluvchilarga ko'maklashish, qo'llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug'ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin.

Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko'rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to'ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta'minlab turishi mumkin. Shu jumladan raqamlashish iqtisodga ham yaxshi ta'sir ko'rsatdi. Raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko'chirishdir. Raqamli iqtisodiyot — iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarning raqamli texnologiyalarini qo'llash asosida amalga oshirish mumkin bo'lgan tizimdir.

Dastlab bu iborani amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte 1995-yilda kiritgan bo'lsada, u bugungi kunda barcha sohada keng qo'llanilmoqda. Raqamli

iqtisodiyot insonlarsiz boshqaruv tizimini yo'lga qo'yish orqali korrupsiyani kamaytiradi, soliq tushumlarini "aqlli" shartnomalar tuzish orqali ko'paytiradi, byudjet xarajatlarining ochiqligini oshiradi, yagona elektron platforma orqali davlat xizmatlarini ko'rsatish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar — deyarli barcha qo'llamoqda. 2016-yilda Jahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta "Raqamli dividendlar" nomli ma'ruza e'lon qildi. Albatta bu malumotlar uzatish, tahlil qilish va qayta ishlashda internet asosiy vazifani bajaradi.

Inernet bu - xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsada, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda. Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada mutahasislarning so'zlari quydagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilibk ketishlaridir. Aynan bizni ham shu muammo izlanishga olib keldi. Chunki atrofimizdagi internet foydalanuvchilarining aksariyat qismi ijtimoiy tarmoqlar qaramiga aylanib qolishmoqda va qimmatli vaqtlarini yo'qotishmoqda. Gohida ilimli insonlarimizdan internet foydalanuvchilariga nisbatan quidagicha fikrlarni eshitib qolamiz, hozirgi yoshlar telefonga mukkasidan ketgan; turli nomaqul illatlar kasaliga duchor bo'lgan, vahokazo shunga o'xshash salbiy fikrlar shular jumlasidan, gohida internetdan noto'g'ri foydalanish oqibatida hayotining katta qismini panjara ortida o'tkazishga majbur bo'lib qolgan vatandoshlarimizni kuzatyapmiz. Ha, vatandoshlarimiz! Ho'sh sizning fikringizcha bu illatlarga duchor bo'lishning sababi nima? Har bir qilingan jinoiy ish va noto'g'ri qoyilgan qadamning ortida ilmsizlik yotadi. Yuqorida vatanimizda ilm fan, axborot texnologiyalariga qaratilayotgan imkoniyatlar haqida ta'kidladik.

Albatta bu sohaga berilayotgan e'tibor juda yaxshi, chunki dunyoda qilinayotgan ishlarning deyarli 70-80% internet orqali amalga oshirilmoqda. Ayni o'z holatimdan kelib chiqib aytamanki, bu imkoniyatlardan foydalanmaslik bu tuban insonning ishi deb o'ylayman. Bizga mutaxasislik fanlar qatorida raqamli iqtisod fani ham o'rgatilmoqda. Fanning asosiy vazifasi ham raqamli texnologiyalarni o'rganish va bu texnologiya imkoniyatlaridan maksimal unumli foydalanishga

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-8 MAY 2024

qaratilgan. Bu sohaning fan sifatida shakllanishi yangi qadam bo'ldi.

Bizning fikrimizcha bu fanning universitet ta'lim dasturida bo'lishi, insonning umumiy hayot davomida rivojlanishida biroz kechroq o'rin egallagan, aniqroq qilib aytganda bu ta'lim jarayonining maktab bosqichida bo'lishi kerak. Chunki har bir insonning rivojlanishining asosiy davri bu maktab hisoblanadi. Yurtimizda bu borada ham qilinayotgan ishlar kam emas. Shular qatorida yuqorida aytgan internet (ijtimoiy tarmoqlar) va axborot texnologiyalari qanday imkoniyatga ega ekanligi va undan foydalanishni ham o'rgatish foydali bo'lar edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

[1] «O'zbekistan Respublikasini yanada riyojlantirish bo'yicha xarakatlar strategiyasi to'grisida»gi F-4947-sonli Farmoni.

[2] O'zbekistan Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent oqshomi. 2020 yil, 25 yanvar. № 13 (14064).

[3] e-gov.uz/news/raqamlashtirish-yangi-ozbekiston-taraqqiyotining-muhim-drayveri-404

[4] https ://www. gazeta.uz/oz/2022/12/15/internet-users/

[5] https://infocom.uz/raqamli-iqtisodiyotning-ozbekistondagi-holati-va-uning-rivojlanish-istiqbollari/

[6] www.lex.uz

[7] www.ziyonet.uz

[8] https://mitc.uz/uz/management/index

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.