Научная статья на тему 'AXBОRОT ОLISH VA ОLINGAN AXBОRОTNI BAHОLASH TAMОYILLARI'

AXBОRОT ОLISH VA ОLINGAN AXBОRОTNI BAHОLASH TAMОYILLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axbоrоt / оʻquvchi / matn / sahifa / yоzuvchi / maʼlumоt / rоʻyxat / vazifa / оnlayn. / Infоrmatiоn / reader / text / page / writer / infоrmatiоn / list / task / оnline.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Seytimbetоva Uldawlet Bazarimbetоvna

Ushbu maqоlada Zamоnaviy ta'limning mоhiyatini оchib berish, pedagоg faоliyatini keng qamrоvli yоritish. Bоʻlajak оʻqituvchilarda kasbiy mahоrat va darsga ijоdiy yоndоshib, unda оʻqitishning yangi shakl usullarini qоʻllash, оʻquvchilarni ijоdkоrlik faоliyatini shakllantirish haqida sоʻz bоradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES ОF ОBTAINING INFОRMATIОN AND ASSESSING THE INFОRMATIОN RECEIVED

In this article tоreveal the essence оf mоdern educatiоn, a cоmprehensive cоverage оf pedagоgical activity. In the future teachers, a creative apprоach tоprоfessiоnal skills and lessоns is given, in which it is said tоapply new fоrm methоds оf teaching, tоfоrm the activity оf creativity оf students.

Текст научной работы на тему «AXBОRОT ОLISH VA ОLINGAN AXBОRОTNI BAHОLASH TAMОYILLARI»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

PRINCIPLES ОF ОBTAINING INFОRMATIОN AND ASSESSING THE INFОRMATIОN RECEIVED

Seytimbetоva Uldawlet Bazarimbetоvna

2nd year master's student of primary education at Asia International

University

https://doi.org/10.5281/zenodo.11112486

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 28th April 2024 Accepted: 03rd May 2024 Online: 04th May 2024 KEYWORDS Information, reader, text, page, writer, information, list, task, online.

In this article to reveal the essence of modern education, a comprehensive coverage of pedagogical activity. In the future teachers, a creative approach to professional skills and lessons is given, in which it is said to apply new form methods of teaching, to form the activity of creativity of students.

AXBОRОT ОLISH VA ОLINGAN AXBОRОTNI BAHОLASH TAMОYILLARI

Seytimbetova Uldawlet Bazarimbetovna

Osiyo xalqaro universiteti boshlangich talim 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11112486

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 28th April 2024 Accepted: 03rd May 2024 Online: 04th May 2024 KEYWORDS

Axborot, o'quvchi, matn, sahifa, yozuvchi, ma'lumot, ro'yxat, vazifa, onlayn.

Ushbu maqolada Zamonaviy ta'limning mohiyatini ochib berish, pedagog faoliyatini keng qamrovliyoritish. Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy mahoratva darsga ijodiy yondoshib, unda o'qitishning yangi shakl usullarini qo'llash, o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatini shakllantirish haqida so'z boradi.

Axborotni olish va undan foydalanish uchun o'qish axborot beruvchi matnlar qator vazifalardan kelib chiqib yoziladi va o'qiladi. Binobarin, axborot beruvchi matnlarning asosiy vazifasi ma'lumot berishdan iborat bo'lgani sababli, odatda yozuvchilar o'zlari yortimoqchi bo'lgan mavzuga turli maqsad bilan yondoshadi. Ko'p axborot beruvchi matnlarda faktlar biror topshiriqni bajarish bosqichlari yoki biografik tafsilotlar kabi to'g'ridan-to'g'ri bayon etiladi. Shunga qaramasdan, ayrim axborot beruvchi matnlar subyektiv xususiyatga ega. Masalan, mualliflar izohlovchi mulohazalar, undash xususiyatli insholar toki puxta o'ylab chiqilgan mulohazalar orqali izohlar va faktlarni o'quvchiga yetkazib berishi mumkin. O'quvchi o'z dunyoqarashini shakllantirish uchun mazkur matnlarga tanqidiy yondashishi kerak. O'quvchi matnlarning maqsad va vazifalariga yaxshiroq tushunishi uchun undagi ma'lumotlar boshqacha tartibda, ya'ni uning mazmuni, tuzilishi va shakli o'zgartirilgan holda taqdim etilishi mumkin. Boshlang'ich sinf o'quvchilari turli mavzularni qamrab olgan axborot beruvchi matnlarni, jumladan, ilmiy, tarixiy, jo'g'rofiy yoki ijtimoiy matnlarni o'qishlari mumkin. Bunday

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

matnlar ham undagi o'quvchiga yetkazib berilishi kerak bo'lgan mazmun-mohiyatni ochiq berilishi nuqtai-nazaridan farqlanishi mumkin. Masalan, tarixiy ma'lumotlar xronologik tartibda, ko'rsatmalar yoki yo'riqnomalar ketma-ket tartibda va mulohazalar esa mantiqiy ketma-ketlikda taqdim etilishi mumkin (masalan, sabab va oqibat yoki qiyoslash va zidlash). Ma'lumotlar turli formatlarda taqdim etiladi. Hatto bir matn ko'rinishida taqdim etilgan ma'lumot ham faktlarni asoslashda jadvallardan, tasvirlarni tasvirlashda esa suratlardan iborat bo'lishi mumkin. Har ikkala bosma materiallar (masalan, qo'lyozmalar va gazetalar) va veb sahifalar ro'yhatlar, chizmalar, grafalar va diagrammalar yordamida qator ma'lumotlarni taqdim etishi mumkin. Bundan tashqari, reklama yoki e'lonlarda bo'lgani kabi so'zlar katta hajmli matn yoki izohlar, ro'yhatlar yoki vaqt chizig'i kabi qo'shimcha ma'lumotlardan iborat matnga ilova qilingan ustun (rukn) shaklida bo'lishi shart emas. PIRLS xalqaro tadqiqotida qo'llanilgan axborot beruvchi matnlar o'quvchining ham maktabda ham maktabdan tashqarida axborot beruvchi matnni o'qib tushunish ko'nikmasini aks ettiradi. Odatda, mazkur matnlar va ayrim ePIRLS veb saytlari yosh o'quvchilar auditoriyasi bilan ishlash tajribasiga ega mualliflar tomonidan yoziladi va o'zlarining o'quvchilari o'qiydigan axborot beruvchi materiallarga namuna sifatida ishtirokchi mamlakatlar tomonidan taqdim etiladi. Tushunish jarayonlari turli o'qish tarzi o'quvchilardan matn mazmunini turli xil usulda shakllantirishni taqozo etadi. Shuning uchun, PIRLS tadqiqoti odatda boshlang'ich sinf o'quvchilari tomonidan qo'llaniladigan to'rt tushunish jarayonini baholaydi. Bu to'rtala tushunish jarayonlariga diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotni topish; to'g'ridan to'g'ri xulosalar chiqarish; kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash; g'oyalar va ma'lumotni talqin qilish va uyg'unlashtirish kiradi. Mazkur jarayonlar chegarasidan o'qib, o'quvchilarga o'qib tushunish ko'nikmasini tekshirish va o'z qarashlarini o'zgartirish imkonini beradigan tushunish jarayonlari va strategiyalarini o'zlashtiradi.

Bundan tashqari, o'quvchilarni o'qib tushunishlari uchun kerak bo'ladigan bilim va birlamchi tajribalari ularga tilni, matnlarni, dunyoni tushunishlariga yordam berib, ular bu bilim va ko'nikmalaridan foydalanib, biror material (yoki ma'lumot) haqidagi tushunchalarini tahlil qiladi. Onlayn tarzda o'qiladigan ma'lumotlar mazmunini shakllantirish an'anaviy bosma materiallarni o'qib tushunish uchun talab etiladigan o'qib tushunish jarayoni bilan yangi raqamli savodxonlikni birlashtirilishini taqozo etadi. ePIRLS tadqiqoti o'quvchilarning o'qib tushunish ko'nikmasini baholabgina qolmay, balki PIRLS tadqiqoti doirasida beriladigan matnlardan ko'zlangan maqsad o'quvchilarni qator veb sahifalardan fotosuratlar, chizmalar, xaritalar, jadvallar va boshqa visual vositalar hamda videolar, animatsiyalar va ekranda vaqtincha ochilib-yopilib turadigan oynachalar kabi boshqa innovatsion imkoniyatlar bilan birga qo'llay olishga o'rgatishdir.

PIRLS va PIRLS dasturlarida to'rtala tushunish jarayoni har bir beriladigan matn (yoki matnlar jamlanmasi) yoki topshiriqqa asoslangan o'qib tushunishga yo'naltirilgan savollarni takomillashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Matnlar bilan ishlash mobaynida, o'quvchilarning matnni o'qib tushunish jarayonini baholashga mo'ljallangan qator savollar ularga yozma matnlarning mazmunini tushunishlarida o'zlarining bilim va tajribalarini namoyon etishlariga imkon beradi. Tadqiqot doirasidagi topshiriqlar haqida fikr yuritganda o'qishga oid topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan murakkab tushunish jarayoni va

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

matnning murakkablik darajasi va hajmi o'rtasida sezilarni bog'lilkil mavjud ekanini esdan chiqarmaslik zarur.

Avvalo, shuni alohida e'tirof etib o'tish joizki, aniq bayon etilgan ma'lumotga e'tibor qaratish va qidirish, aytaylik, butun bir matnni o'qib talqin etish va talqin etilgan matn mazmunini avval o'zlashtirilgan mulohaza va tajribalar bilan taqqoslashdan qiyin bo'lib ko'rinishi mumkin. Shunday bo'lsada, matnlar va topshiriqlar ularning hajmi, sintaktik jihatdan murakkabligi, ularda ifoda qilingan fikr-mulohazalarning mavhumligi, tashkiliy tuzilmasi va anglash uchun qo'yiladigan talabdan kelib chiqib bir-biridan farqlanishi mumkin. Shunday ekan, matnning o'ziga xos xususiyati berillayotgan savollarning murakkabligiga hamda to'rtala tushunish jarayonlarining har biri va ularning barchasi uchun ta'sir ko'rsatadi. Diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotni topish o'quvchilar matnda aniq bayon qilingan ma'lumotlarga turlicha diqqat e'tibor bilan qaraydilar.

Matnda bildirilgan ayrim fikr-mulohazalar o'quvchilarning diqqat- e'tiborlarini jalb etadi, ba'zilari esa ularda hech qanday qiziqish uyg'otmaydi. Masalan, agar matndagi fikr-mulohazalar o'quvchilar matn mazmuni yoki o'qishdan ko'zlagan umumiy maqsadiga oid fikr-mulohazalariga zid yoki ularni tasdiqlasa, o'quvchilar ayni shunday fikrlarga ko'proq e'tibor qaratadi. Bundan tashqari, o'quvchilar odatda o'qish bo'yicha berilgan savolga javob berish yoki matnning ayrim jihatlari qay daraja tushunganliklarini tekshirish uchun undagi ma'lumotlarni qidirib topishga harakat qiladi. Kerakli ma'lumotlarni samarali qidirish matnda qo'llanilgan so'zlarni, iboralarni yoki gaplarni ular qidirilayotgan ma'lumotga tegishli ekanini inobatga olib, tez yoki g'ayriixtiyoriy tarzda tushunishni taqozo etadi.

Masalaning qiziq jihati shundan iboratki, bosma matnlar, avvalambor, kichik birliklar darajasida o'qilib, qayta tahlil etilsa, o'quvchining matn tarkibida ma'lumot beruvchi biror gap, ibora yoki grafik tasvirga e'tibor qaratishidan avval matndagi katta birliklarni qayta tahlil qila olish qobiliyati matnlarni onlayn tarzda qidirish strategiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Matn bo'yicha tuzilgan topshiriqlarni tasniflashda matnda berilgan ma'lumotga tayangan holda to'g'ri javob va topshiriq matnning qaysi qismidan olinganini tekshirish lozim. Agar topshiriq savolida va to'g'ri javobda matnda berilgan so'zlar aynan qo'llanilgan va ular gap shaklida yoki bir-biriga bog'langan holda joylashtirilgan bo'lsa, mazkur topshiriq "Diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotni topish" turkumiga mansub topshiriq sifatida tasniflanadi.

References:

1. Okon.V. Vvedeniye v obshuyu didaktiku. Per. s pol'sk. - L.G.Kashkurevicha, N.G.Gorina. -M.:Vo'ssh.shk., 2009-387 s.

2. Usova A. V., Bobrov A. A. Formirovanii u uchashixsya uchebnbix umeniy M.: Znaniye 201180 s.

3. Karimov, K. (2020). Turkistonda tarixan shakllangan qozilik mahkamalari faoliyatiga kiritilgan o 'zgarishlar. Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.