Научная статья на тему 'Avtomobillarni xavfsizlik xususiyatlarini sinash usullari tahlili'

Avtomobillarni xavfsizlik xususiyatlarini sinash usullari tahlili Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
306
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / sinash stenti / aktiv xavfsizlik / sust xavfsizlik / avariyadan keyingi xavfsizlik / ekologik xavfsizlik / inertsiya kuchi / tortish kuchi / ishlab chiqarish talablari / ekspluatatsiya talablari / foydalanuvchining talablari / xavfsizlik talablari / автомобиль / испытательный стенд / активная безопасность / пассивная безопасность / послеаварийная безопасность / экологическая безопасность / инерция / сила тяжести / производственные требования / эксплуатационные требования / требования пользователя / требования безопасности

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Begmatov Baxriddin Yaxshboyevich

Ushbu maqolada avtomobillarning xavfsizlik xususiyatlarini sinash usullari tahlili, avtomobillarni sinashning iqtisodiy samarador bo‘lgan usullari va ulardan foydalanish talablari keltirilgan. Shu o‘rinda avtomobillar turli yo‘l sharoitlarida harakatlanishida xavfsizlikni ta’minlashda muammolarga duch keladi. Aynan qarama-qarshi to‘qnashuv miqdori 20 – 27 % ni tashkil etadi. Ushbu maqolada to‘qnashish jarayonining nazariy echimlari real yo‘l sharoitiga mos holda bir qancha uslublar yordamida keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Анализ методов испытания свойств безопасности автомобилей

В данной статье приведен анализ методов оценки безопасности транспортных средств, эффективных методов испытаний транспортных средств и требований к их использованию. В статическом данном известно, что автомобили сталкиваются в основном с передними частями в различных дорожных условиях. Точное количество столкновений составляет 20-27%. В статье определены теоретические решения процесса столкновения с использованием ряда методов, соответствующих реальным дорожным условиям.

Текст научной работы на тему «Avtomobillarni xavfsizlik xususiyatlarini sinash usullari tahlili»

УДК 629.11.01

AVTOMOBILLARNI XAVFSIZLIK XUSUSIYATLARINI SINASH USULLARI

TAHLILI

Baxriddin Yaxshboyevich Begmatov JizPI, katta o'qituvchi, begmatov.b.1978@gmail.com +998943408005

Annotatsiya.Ushbu maqolada avtomobillarning xavfsizlik xususiyatlarini sinash usullari tahlili, avtomobillarni sinashning iqtisodiy samarador bo'lgan usullari va ulardan foydalanish talablari keltirilgan. Shu o'rinda avtomobillar turli yo'l sharoitlarida harakatlanishida xavfsizlikni ta'minlashda muammolarga duch keladi. Aynan qarama-qarshi to'qnashuv miqdori 20 - 27 % ni tashkil etadi. Ushbu maqolada to'qnashish jarayonining nazariy echimlari real yo'l sharoitiga mos holda bir qancha uslublar yordamida keltirilgan.

Аннотация. В данной статье приведен анализ методов оценки безопасности транспортных средств, эффективных методов испытаний транспортных средств и требований к их использованию. В статическом данном известно, что автомобили сталкиваются в основном с передними частями в различных дорожных условиях. Точное количество столкновений составляет 20-27%. В статье определены теоретические решения процесса столкновения с использованием ряда методов, соответствующих реальным дорожным условиям.

Annotation. This article has translated the analysis of vehicle safety assessment methods, effective vehicle testing methods and requirements for their use. In static data, it is known that cars collide with the front end in various road conditions. the exact number of collisions is 2027%. The article defines the theoretical solutions of the collision process using a number of methods corresponding to real road conditions.

Kalit so'zlar: avtomobil, sinash stenti, aktiv xavfsizlik, sust xavfsizlik, avariyadan keyingi xavfsizlik, ekologik xavfsizlik, inertsiya kuchi, tortish kuchi, ishlab chiqarish talablari, ekspluatatsiya talablari, foydalanuvchining talablari, xavfsizlik talablari.

Ключевые слова: автомобиль, испытательный стенд, активная безопасность, пассивная безопасность, послеаварийная безопасность, экологическая безопасность, инерция, сила тяжести, производственные требования, эксплуатационные требования, требования пользователя, требования безопасности.

Keywords: vehicle, test stent, active safety, passive safety, post-crash safety, environmental safety, inertia, gravity, production requirements, operational requirements, user requirements, safety requirements

Kirish.

Xalq xo'jaligida transport vositalari (aviatsiya, temir yo'l, suv transporti va h.k.) bajaradigan ishlarning ko'lami juda katta. Ularning ichida avtomobil transportining o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. U yukning har xil turlari bilan birga yo'lovchilarni ham manzilga eltadigan vositadir. Bugungi kun talablarini qondirish uchun avtomobil transporti va sanoatiga quyidagi vazifalar yuklanishi zarur:

-xalq xo'jaligi talabini to'laroq qondiradigan avtomobillar turini ko'paytirish va yaxshilash;

-solishtirma yonilg'i sarfini kamaytirish, yonilg'i tejamkorligini ta'minlash;

-avtomobilning ishlatilish samaradorligini yana ham yuksaltirish;

-chiqarilayotgan avtomobillarning sifatini ko'tarish.

Yuklarning turi, hajmi, ko'lamiga mos avtomobillarning ishlab chiqarilishi maqsadga

muvofiq. Bundan tashqari, ular ish jarayoni va sharoitiga ham mos bo'lishi kerak.

Yonilg'ining solishtirma sarfini kamaytirish uning 100 km. masofani bosib o'tishiga yoki transport ishini bajarishiga sarflangan yonilg'i miqdorini kamaytiradi, ya'ni yonilg'i tejamkorligini yaxshilaydi.

Avtomobilning sifati - unga qo'yilgan talablarning bajarilishini ta'minlovchi xususiyatlarning majmuasidir. Xususiyat kategoriyasi har qanday predmetga mansub bo'lib, uning qandaydir tomonini ta'riflab, boshqa predmetga o'xshashligi yoki o'xshamasligini ajratib ko'rsatadi.

Avtomobil har xil ekspluatatsiya sharoitida ishlashi mumkin va unga moslashgan bo'lishi zarur. Shuning uchun avtomobilni loyihalash davrida unga albatta ekspluatatsiya uchun zarur xusu-siyatlarning asoslari kiritilishi kerak, ular:

1. Ishlab chiqarish talablari.

2. Ekspluatatsiya talablari.

3. Foydalanuvchining talablari.

4. Xavfsizlik talablari.

Ishlab chiqarish talablariga avtomobil konstruksiyasining zavoddagi mavjud texnologiyaga yoki bo'lajak yangi texnologiyalarga mos-ligi, material va mehnat sarfi, tannarx kabilar kiradi.

Ekspluatatsiya talablariga avtomobilni ishlatish davrida namoyon bo'ladigan xususiyatlarning (dinamikasi, yonilg'i tejamkorligi, boshqariluvchanligi va h.k.) me'yorda bo'lishi, transport ishi tannarxining kamligi va hokazolar kiradi.

Foydalanuvchining talablariga avtomobil tannarxining arzonligi, uni ekspluatatsiya qilishda kam chiqimliligi, buzilmasligi, ta'mirlanishga mosligi, xavfsizligi, har jihatdan qulayligi kiradi.

Xavfsizlik talablarini o'z navbatida faol, sust (faol emas), avariyadan keyingi, ekologiya turlarga ajratish mumkin.

Faol xavfsizlik — yo'l-transport hodisasi sodir bo'lishi ehtimolini kamaytirishdir. Bu xususiyat ko'p jihatdan avtomobil konstruksiyasiga bog'liq bo'lib, uning xavfli harakati davrida namoyon bo'ladi. Bu xavfsizlik avtomobilning ichidan tashqarining ko'rinishi, yoritilganlik, haydovchining ergonomik sharoiti, uni voqif etuvchi qurilmalar va tortish-tormozlanish dinamikasi, turg'unligi, boshqariluvchanligi kabi ekspluatatsion xususiyatlarga bog'liqdir.

Avtomobilning sust (faol emas) xavfsizligi esa yo'l-transport hodisasi oqibatlarini engillashtirishga yo'naltiradi. U kuzov ichidagi haydovchi, yo'lovchi, yuklarning saqlanib qolishini ta'minlovchi tadbir-choralardir.

Yo'l-transport hodisasidan keyingi xavfsizlik esa o't o'chirish vositalari, dori-darmon, jarohatlanganlarni davolash maskanlariga etkazish kabilarni qamrab oladi.

Ekologik xavfsizlik avtomobilning atrof-muhitga keltiradigan zararini kamaytirishdan iborat. Bunga atrof-muhitga zararli gazlar va changning tarqalishi, shovqinning balandligi, avtomobildagi zirillash holatlari kiradi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

M.A.Vaynshtok yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish sifati ko'rsatkichlarini uch guruhga ajratishni taklif etadi: rejalashtiruvchi, tashkil etuvchi va texnik-iqtisodiy [1].

U rejalashtiruvchi guruhga transport tarmog'ining zichligi, bekatlarni joylashuvi, bir transportdan boshqasiga o'tishda bekatlarni bir-biriga nisbatan joylashuvini ko'rsatadi. Tashkiliy unsurlar guruhiga quyidagi ko'rsatkichlar kiritiladi: yo'nalish pasporti tizimi, harakat chastotasi, transport ishini muvofiqlashtirish, yo'l haqi to'lov tizimi, harakat muntazamligi. Texnik-

iqtisodiy omillar guruhiga quyidagi ko'rsatkichlarni kiritishni taklif etadi: harakat tezligi, salon konstruktsiyasi, yo'l haqi va h.k.

M.A.Vaynshtok bulardan tashqari tashish sifatini mehnat sifatiga bog'liqlik masalalarini o' rgangan.

I.V.Spirin yo'lovchilarga yuqori sifatli xizmat ko'rsatishni ta'minlash yo'lovchi tashuvchi transportda eng asosiy masala ekanligini ta'kidlash bilan bir paytda unga quyidagicha tarif beradi: "Yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish sifati" deganda tashish jarayonlarining majmuasi, belgilangan me'yoriy talablarga muvofiq yo'lovchilarni tashishga bo'lgan talabini qondirishdan vujudga keladigan yo'lovchilarni tashish tizimi tushuniladi [3]. Tashish jarayonlarining xususiyatlarini oddiy va murakkab turlarga ajratadi. I.V.Spirinning fikricha transportni ommabopligi uni tavsiflovchi murakkab sifat ko'rsatkichlaridan biri hisoblanishi kerak. Soddalashtirilgan ko'rsatkichlarga shahar hududini transport bilan to'yinganligi, axborotchanligi kabi xususiyatlar ham kiritiladi.

N.B.Ostrovskiy tahriri ostida tayyorlangan adabiyotda yo'lovchilarni tashishdagi asosiy sifat ko'rsatkichlari sifatida quyidagilar taklif etiladi: safar sharoitini belgilovchi ko'rsatkichlar, ya'ni avtobusni to'lganlik darajasi, harakat muntazamligi, yo'lovchilarni manzilga yetib borish vaqti va harakat xavfsizligi [2]. Shuningdek, ushbu adabiyotda NIIAT (avtomobil transporti ilmiy tadqiqot instiuti) tadqiqotchilari tomonidan tashish sifatini baholash mezonlari va ularning qiymatlari ham keltirilgan. Masalan, bitta turib ketayotgan yo'lovchiga 0,2 kv.m maydonni rejalashtirish, avtobusni to'lganlik darajasini avtobus turiga qarab 0,73-0,78 dan oshmasligi, harakat muntazamligini 98% dan kam bo'lmasligi, transport tarmog'ining zichligini shahar aholisining soniga qarab 1,4 dan 2,3 km/km2, yo'lovchilar oqimining miqdoriga qarab 1 km masofada bo'lishi kerak bo'lgan avtobuslar miqdori va h.k.lar keltirilgan. Natijalar.

Stend — ekspluatatsiya sharoitida agregatga tashqaridan ta'sir etuvchi kuchlarni bera oladigan jihoz bo'lib, sinalayotgan agregatning xususiyatlarini, tavsiflarini olishga mo'ljallangan.

Stend sinovining afzalliklari quyidagilar:

-yo'ldagi sinovlarga qaraganda tezroq o'tadi;

-sinov rejimlarini bir necha bor qaytarish imkoniyatiga ega;

-ishonchli, o'tkazish sharoiti ekspluatatsiya sharoitiga yaqin bo'ladi;

-modul turidagi stendlarni rivojlantirib, har tomonlama ishlatish mumkin.

Stend sinovlariga quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

-mexanik, elektrik, ob-havo, ximiyaviy, kompleks ta'sirlar.

Stend sinovlari obyektni ishdan chiqaruvchi, ishdan chiqarmasdan amalga oshiriluvchi sinovlar bo' lishi mumkin.

Maqsadi bo'yicha: vaqti-vaqti bilan sinash. Bu sinov zavodda mahsulot sifatini tekshirish uchun qilinadi, namunali sinov obyektga kiritilgan o'zgartirishning samaradorligini aniqlash uchun o' tkaziladi.

Vazifasi bo'yicha stendlarning quyidagi gruppalari bor: tajriba -tadqiqot uchun, texnologik sinashlar uchun, diagnostik stendlar.

Tajriba-tadqiqot stendlari zavod laboratoriyalarida; texnik sinov stendlari yig'uv sexlarida, tekshirish joylarida; diagnostik stendlar korxonalarning texnik qarov o'tkazish liniyalarida ishlatiladi.

Aniqlanuvchi tavsiflarining turiga qarab stendlar funksional va puxtalik tavsiflarini aniqlovchi turlarga bo'linadi.

Bajaradigan ish ko'lamiga qarab, yuqoridagi stendlarning o'zi universal va maxsus

usullariga bo'linadi. Universal stendlar siqilish, cho'zilish, siklik yuklanish rejimlarida ishlatilishi mumkin. Maxsus stendlar avtomobilni, uning agregati va qismlarini muayyan funksiyasi bo'yicha sinashga mo'ljallangan bo'ladi. Masalan, bu stendlarda quvvat, yonilg'i tejamkorligi, harorat tavsiflari, zirillashdagi yukla-nishlar va h.k. aniqlanadi.

Yuklanishni tashkil etish turi bo'yicha stendlar bevosita va tutashgan kontur orqali yuklanuvchi bo'lishi mumkin.

Bevosita yuklanuvchi stendlar muvozanatlovchi dvigatel, dina-mometrli moslama, elektrik (gidravlik) tormoz va ulash muftalaridan iborat. Unda agregatlar mustahkamlikni, foydali ish koeffisientini aniqlash uchun sinaladi. Bu holatda elektr energiyasi ko'p sarf bo'ladi. Tutashgan kontur orqali yuklanadigan stendlarning ishlash davrida sinalayotgan agregatda elastik deformasiya hosil qilinib FIK, moyning turi, uzoq muddat ishlay olish qobiliyati va h.k. lar aniqlanadi. Vallarda elastik burovchi moment maxsus yuklagich yordamida, yurituvchi dvigatel momenti esa richagli yuklagich bilan hosil qilinadi.

Sinov rejimi deb, turli tashqi omillar majmuasining sinaluvchi ob'ekt ekspluatasiyasi davrida sodir bo'ladigan sharoitga mos jarayonga aytiladi. Sinov rejimi ta'sirning pog'onasi, chastotasi, muddatini belgilaydi [4].

Stend sinovlarini o'tkazish usuli qidirilayotgan omillarni aniqlash yo'llari bilan belgilanadi. Usul va rejim bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lib, olingan natijalar ularga taalluqlidir.

Sinov rejimini tanlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:

1. Ekspluatatsiya sharoiti to'la - to'kis aks ettiriladi;

2. Ekspluatatsiya sharoitining xususiy jihatlari qayta-qayta hosil qilinadi;

3. Ishga ta'sir etmaydigan omillar chiqarib tashlanadi;

4. O'zaro-muqobil rejim qabul etilib, oldingi o'tkazilgan sinovlarning bir nechta variant rejimlari qaytariladi;

5. Ekspluatatsiya rejimi to'la-to'kis hosil qilinmasada bu ob'ektni emirish bo'yicha ekvivalent yoki noekvivalent bo'lishi mumkin.

Stendda sinov o'tkazilganda quyidagi masalalar hal etilishi mumkin: statik, dinamik tavsiflarni aniqlash; mexanizmning FIK ni aniqlash; taqqoslash; mexanizm imkoniyatlarini baholash; qism mate-rialining fizik-ximik xususiyatlarini aniqlash va h.k.

Hozirgi paytda mavjud bo'lgan va avtomobillarni zarba hosil qilib sinovchi qurilmalar to'rtta asosiy guruhga bo'linadi.

1. Avtomobil qismlarini mustaxkamlikka sinashga mo'ljallangan zarba stendlari;

2. Avtomobillarni to'qnashish paytidagi kontakt kuchi va tezlanish qonunlarini o'rganishga mo'ljallangan zarba stendlari;

3. Real sharoitlarda natural ob'ektlarga ta'sir qiluvchi kuch va tezlanishlarni aniqlashga mo'ljallangan zarba stendlari;

4. Zarba uyg'otish usuli bilansistemaning chastota xarakteristikalarini (tebranish xususiyatlarini) o'rganishga mo'ljallangan zarba stendlari.

Muhokama.

Zarba stendlariga qo'yiladigan asosiy talablarda biri avtomobil modeli yoki uning maketining tezlik olish jarayonida yuklanish darajasi minimal bo'lib, ishchi miqdor o'n foizdan oshib ketmasligi kerak. Buning uchun avtomobil tezlik olishini ob'ektning yuqoridan erkin tushishi bilan xosil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda yuklanish talab etilgan miqdordan oshib ketmaydi, ya'ni bir birlikka teng deb qabul qilinadi.

Zarba hodisasini tajribada ikki usul bilan aniqlash mumkin:

1. Avtomobilning o' zini sinash;

2. Avtomobilning ayrim qismlarini sinash.

Odatda avtomobillarni zarbaga sinashda suniy ravishda avariya xolati barpo etiladi.

Ushbu tajribalarning asosiy kamchiliklari quyidagilar; transport vositasini tajriba o'tkazishda bir ikki martadan ortiq foydalanib bo'lmaydi, ya'ni tajribalar soni cheklangan bo'ladi, sinash sharoitini nazorat qilish qiyin bo'ladi, tajriba o'tkazish uchun katta material va moddiy mablag' talab etiladi. Yo'l -transport hodisalari bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni sinash maxsus poligonlarda o'tkaziladi. Buning uchun sinalayotgan avtomobil qo'zg'almas to'siqqa yoki boshqa bir avtomobil bilan turli vaziyatlarda to'qnashish hosil qilib zarba parametrlari yoki avtomobilning keyingi holatlari aniqlanadi.

Masalan: avtomobillarni zarba sinovchi stend 1960 yil "Mersedes -Bents" firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu stend ikkita lebyotka yordamida trosning harakati orqali relsda harakatlanuvchi platforma -telejkadan iborat. Platforma ustiga avtomobilning oldingi o'rindig'i rul boshqarmasi bilan birgalikda yoki avtomobilning barcha old qismi boshqaruv organlari bilan birgalikda qo'zg'almas qilib o'rnatiladi. Bunda rels bo'ylab harakat qilayotgan telejka zarur bo'lgan boshlang'ich tezlikka erishtiriladi va shundan keyin qo'zg'almas barer yoki devorga uriladi.

Barer devorining yuzasi plastik materialdan tayyorlanadi yoki amortizatorlar bilan jixozlangan bo'ladi. Ushbu sinovlarda telejkani harakatga keltirish uchun prujina kuchida, siqilgan xavo bosimidan yoki potlovchi moddaning yonishidagi reaktiv kuchdan foydalangan.

1965 yilda avtomobilsozlik bo'yicha ilmiy tadqiqotlar asosatsiyasi avtomobillarni zarba va to'qnashishlarga sinovchi maxsus laboratoriya tashkil qildi. Sinalayotgan avtomobil uzunligi 52 metr bo'lgan maxsus yo'l ustida induktsion elektrodvigatel yordamida harakatlantiriladi. Bunda avtomobilning boshlang'ich tezlanishi 15 g miqdorigacha cheklangan bo'ladi. Avtomobillarning massasi va turiga qarab sinovlarni o'zgartirib turish uchun elektrdvigatelda 10 pozitsiyali kuchlanishni boshqarish pulti mavjud [5].

Avtomobil to'siqqa 3 metr masofaga etganda yo'lak ostida joylashgan elektrodvigatel avtomatik ravishda avtomobildan ajratiladi va tormozlanadi. Bu paytda avtomobil o'z harakatini davom ettirib inertsiya kuchi bilan hosil qilgan tezligini yo'qotmagan holda to'siqqa uriladi. Sinovlar bir necha sekundlar ichida sodir bo'ladi. Sinovni avtomatik boshqarish aniq xronametraj o'tkazish va barcha sinov sharoitlarini yaratishga imkon beradi. Bir paytning o'zida yuqori tezlikdagi kinoapparat yotdamida sinov jarayonini yozib olish mumkin.

Amerika Qo'shma Shtatlarida yaratilgan zarba aravachasining konstruktsiyasi avtomobilning to'siq bilan urilishidagi oxirgi natijalarni aniqlab olish uchun xizmat qiladi.

Ushbu sinov stendining boshqa sinov stendlaridan farqi shuki, tinch turgan avtomobil to'qnashish paytida tezlanish olib harakatlanadi va teskari yo'nalishda ham zarur jarayonni xosil qiladi. Bunda avtomobil yoki unga o'rnatilgan moniken inertsiya kuchi haqiqiy to'qnashishdagidan farq qilmaydi. Massasi 1000 kg bo'lgan sinov telejkasi 10 metr uzunlikka ega rels bo'ylab harakatlanadi. Pnevmatik kuch tsilindri yordamida 2,5 metr yo'l uzunligi bosib o'tilgach telejka harakati tezlashtiriladi. Kerakli tezlikni olish uchun pnevmatsilindrga uzatilayotgan siqilgan azotning bosimi o'zgartiriladi. Telejka 6 metr masofani bosib o'tgach tormozlovchi balkaga uriladi va gidravlik tormoz qurilmasi tormoz kuchini o'zgartirish uchun xizmat qiladi [6].

№ Ta'sir xarakteristikasi Avtomobilni harakatlantirish manbai Sinov variantlari

Shatakka oluvchi avtomobil Boshqarilmaydigan avtomobil yoki relsga o'rnatilgan avtomobil

1 Tortish kuchi

2 Og'irlik kuchi Ko' tarilgan avtomobilning potentsial energiyasidan foydalanish Kran bilan ko' tarilgan avtomobilni tashlab yuborish. Qiya yo'l bo'ylab avtomobilni harakatlantirish

To'satdan qo'yilgan kuch

3 Itaruvchi prujina Keskin tormozlanish, keskin tezlik olish

4 Itaruvchi qurilma Reaktiv dvigatel Dinamik chanalardan foydalansh, yo'naltiruvchi relsdan foydalanish

5 Inertsiya kuchi Akkumulyator energiyasi Pnevmatik katapulta yordamida, prujinali katapulta yordamida

6 O'z-o'zidan harakatlanish Ichki yonuv dvigateli yordamida Yo'naltiruvchi rels bo'ylab tezlanish xosil qilish, radioboshqaruv yordamida tezlanish xosil qilish.

Xulosa.

Xulosa o'rnida shuni takidlash joizki avtomobillarni zarbaga sinashdan asosiy maqsad avtomobil xavfsizligini ta'minlashdan iboratdir. To'qnashish paytida yo'lovchilarning xavfsizligini ta'minlash va avtomobillarning zarbadan keyingi olgan jarohatlarini tiklash imkoniyatini aniqlash.

Bundan tashqari kuzov elementlarining holati (lanjeron, traversa, mahkamlovchi qismlar va boshqalar). Kuzov va kabina materiallariga bog'liq holda kuzov va kabina qismlarining bir -biriga ulanishi, yig'ish usuli (payvandlash yoki yig'ib teriladigan panellar), eshik va uning qulfining ishonchliligi, yo'lovchilarning otilib ketishi, dvigatelning salonga surilishi, o'rindiqning mustaxkamligi xavfsizlik tasmalarining qotirilishi, rul chambaragi tomonidan haydovchi va yo'lovchilarga etkazilgan jarohat darajasi, oynalarning turi va ularning yoritilishi. Buning uchun avtomobilning turli nuqtalari uchun to'qnashish tezligiga bog'liq holda sekinlashish paytidagi deformatsiyalarning o'zgarish diagrammasi quriladi.

ADABIYOTLAR

1. BaxpHggHH ^xmuGoeBMH EerMaTOB, & Eoxogup AGgyraHHeBHH XaKKynoB (2020). KAOO^AT AABPH^A ABTOMOEHHnAPHHHr TEXHHK XO^ATHHH TEKmHPHm. Academic research in educational sciences, (3), 61-66.

2. EaxpuggHH ^xmuGoeBMH EerMaTOB, & ^aB^aT PaxMaT YF^H XO^HKOB (2021). ABTOTPAHCnOPT KOPXOHA^APH MHCO^H^A ABTOMOEH^AP TEXHHK XO^ATHHHHT XAPAKAT XABOCH3HHrHrA TAtCHPHHH EAXOHAffl. Academic research in educational sciences, 2 (1), 251-257. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00032

3. Yakhshiboyevich, B. B. (2021). METHOD FOR CALCULATING THE EXTERNAL SPEED CHARACTERISTICS OF THE ENGINE WHEN LEARNING THE SUBJECT CAR DESIGN. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 97-105.

4. A.Muxitdinov va boshq. Avtomobillar. Konstruksiya asoslari. "Istiqlol nuri" nashriyoti. T.: 2015, 332 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. A.Muxitdinov, O.K.Adilov, B.Ya.Begmatov va boshq. Avtomobillarning ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi. "Sharq" nashriyoti. T.: 2019, 150 b.

6. Giancarlo Genta, Lorenzo Morello, Francesco Cavallino, Luigi Filtri "The Motor Car: Past, Present and Future. Springer Science Q Business Media Dordrecht 2014. 673 pages.

7. A.Muxitdinov va boshq. Transport vositalarining tuzilishi. Design of vehicles.- T.: "Ta'lim"nashriyoti, 2014. 160 b.

8. Muxitdinov A.A., Kosimov O.K.., Xalikov R. «Transport vositalari agregatlarining ish jarayoni», O'quv qo'llanma, T.,Toshkent tibbiyot akademiyasi bosmaxonasi, 2016y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.