AVTOMOBILLARNI XAVFSIZ XARAKATLANISHIDA AGREGATLARNING ISHLASH BOG'LIQLIGI
Sattorov Fozil Jumayevich
O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi o'qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada avtomotik uzatmalarning yaratilish tarixi va hozirda tutgan o'rni haqida so'z yuritiladi. Bundan tashqari avtomatik uzatmalarni boshqa turdagi mexanik va gidromexanik uzatmalar bilan qiyosiy farqlanishi hamda transmissiyalarning mexanik, gidromexanik, gidrohajmiy, elektromexanik, bosqichli, bosqichsiz va avtomatik turlari bo'yicha ma'lumotlar berilib o'tilgan.
Kalit so'zlar: mexanik, gidromexanik, gidrohajmiy, elektromexanik, bosqichli, bosqichsiz va avtomatik transmissiya, differensial, tirsakli vali, tortish kuchi, kardan uzatmasi.
Аннотация. В этой статье рассказывается об истории создания и роли, которую в настоящее время играют автоматические коробки передач. Кроме того, дана информация о сравнительной дифференциации автоматических трансмиссий с другими типами механических и гидромеханических трансмиссий, а также по механическим, гидромеханическим, гидромеханическим, электромеханическим, ступенчатым, бесступенчатым и автоматическим типам трансмиссий.
Ключевые слова: механическая, гидромеханическая, гидромеханическая, электромеханическая, ступенчатая, бесступенчатая и автоматическая трансмиссия, дифференциал, коленчатый вал, тяговое усилие, карданная передача.
Annotation. This article describes the history of creation and the role that automatic transmissions currently play. In addition, information is provided on the comparative differentiation of automatic transmissions with other types of mechanical and hydromechanical transmissions, as well as on mechanical, hydromechanical, hydromechanical, electromechanical, stepped, continuously variable and automatic transmission types.
Keywords: mechanical, hydromechanical, hydromechanical, electromechanical, stepped, continuously variable and automatic transmission, differential, crankshaft, traction, driveshaft.
Avtomatik uzatmalarning tarixiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ushbu qurilmani amerikalik Oskar Benker bilan bog'lashimiz mumkin bo'ladi. Oskar Benker ushbu ixtiro ishini himoya qilish va patent olish uchun 8 yil vaqt sarfladi. Yakunda uning taklifi "GENERAL MOTORS" tomonidan qabul qilindi va o'sha vaqtgacha juda
ko'p texnik nuqsonlar bilan avtomobillarga o'rnatilgan mexanik uzatmalar bilan almashtirila boshladi va o'zining ixtirosi uchun Oskar Benker 1935 yilda patent oladi.
Kompaniya xozirgi vaqtgacha ushbu avtomatik uzatmani yanada mukammallashtirish, soddalashtirish, ekspluatatsiya muddatini oshirish ustida ish olib borishmoqda. Mutaxassislar "avtomatik uzatmalarga" munosib baho bermoqdalar, mexanik uzatmalar ishonchliroq degan qarashlar endilikda yo'q. Zamonaviy avtomatik uzatmalar qutisi o'z xususiyatiga ko'ra ba'zi yo'l sharoiti bo'yicha ustunlik qilmoqda. Agarda bugunga qadar ichki bozorda avtomatik uzatmalari bo'lgan mashinalar faqatgina top komplektatsiyalarga ta'luqli bo'lsa, endilikda ular arzonroq talqinda xam paydo bo'la boshladi.
Yetakchi avtomobilsozlik mutaxassislari fikrlariga ko'ra, yaqin orada mexanik va avtomatik uzatmalar qutisi degan ajratishdan ma'no qolmaydi, bir necha yildan so'ng avtomobil ishlab chiqaruvchilar faqat avtomatik uzatmalar qutisidan foydalanishadilar. Hozirda paydo bo'layotgan ilg'or avtomatik uzatmalar bilan izohlanadi. Klassik avtomat uzatmalar 9 ta va xatto 10 tagacha uzatmaga ega. Qachonlardir DST (ikkita ulagichli uzatmalar qutisi) ning ikkita ustunlik jixati bor edi, bular: ular yengil hamda uzatmalarni o'zgartirish tezligi yuqoriroq edi. Hozirda, uzatmalarni o'zgartirishdagi tezlik ustunligi yo'qoldi, chunki "avtomatlar" aqlliroq va yaxshiroq bo'lib bormoqda.
Shunday qilib, avtomatik uzatmalar ishiga chuqurroq nazar tashlaymiz. Ma'lumki, avtomobil harakatlanayotganda yo'l sharoitiga va tezligiga qarab, unga ta'sir qiluvchi qarshiliklar doimo ixtiyoriy ravishda o'zgarib turadi. Albatta, avtomobil o'ziga ta'sir etuvchi kuchlarni yengib, muntazam ravishda harakatlanishi uchun bu kuchlarga monand holda dvigateldan yetaklovchi g'ildiraklarga kelayotgan burovchi moment xam kerakli kattalikda o'zgarib turishi lozim. Lekin bu qarshiliklarni mutassil yengishda dvigatelning burovchi momenti hamisha yetarli bo'lavermaydi. Masalan, avtomobil joyidan qo'zg'alganda, tezligini ravonlik bilan, sekin-asta yoki shiddat bilan oshirishda yo'l qarshiliklarini bemalol yengish uchun avtomobilning g'ildiraklarida turli kattalikka ega bo'lgan tortish kuchi talab etiladi.
Darhaqiqat, tepalikka shiddat bilan chiqishda, noteks va og'ir yo'l sharoitlarida katta yuklanishlarda harakatlanganda, xususan avtomobilning yetakchi g'ildiraklaridagi burovchi moment dvigatelning eng katta burovchi momentidan bir necha bor katta bo'lishi kerak. Shu bilan birga avtomobil takomillashgan va tekis yo'l sharoitida o'rtacha tezlikda harakatlanganda yo'l qarshiliklarini yengish uchun unga katta bo'ladigan kuch talab etiladi. Lekin yo'l sharoitiga va boshqa sabablarga o'zgaruvchan qarshiliklarni mutassil ravishda yengish uchun dvigatelni unga katta bo'lmagan va juda kichik oraliqda o'zgaruvchi burovchi momenti yetarli bo'lmaydi. Shu sababli shart-sharoitga bog'liq holda avtomobilning yetakchi g'ildiraklaridagi burovchi momentni va tezligini o'zgartirib turish uchun uzatmalar qutisidan
foydalaniladi. Shunday qilib, uzatmalar qutisi asosiy vazifasi bo'lmish burovchi moment qiymatini va tezligini o'zgartirishdan tashqari kerakli paytda ularning yo'nalishini ham o'zgartirib beradi. Avtomobilni o'rnidan qo'zg'atishda yoki noteks va qiyin yo'l sharoitida harakatlanganda burovchi moment qiymati ularni aylanishlar tezligini kamaytirish hisobiga oshiriladi. Shunday qilib, avtomobilning yetakchi g'ildiragi aylanishlar soni kamaytirilsa, ulardagi burovchi moment tirsakli valning aylanishlar soniga nisbatan bir necha marotaba kamaytirilsa, ulardagi burovchi moment tirsakli valning aylanishlar soniga nisbatan shuncha marta ko'payadi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz avtomobilsozligi sohasida aralashgan gidromexanik uzatmalar qutisi keng qo'llanilmoqda. Chunki bunday uzatmalar qo'yganda boshqarish ancha yengil va juda qulay, shuningdek ishlash muddati yuqori. Bu turdagi pog'onasiz aralashgan gidromexanik uzatmalar qutisi 2, 3 yoki 4 pog'onali bo'lishi mumkin.
Transmissiya quyidagi mulohazalarga ko'ra juda zaruriy mexanizmdir.
Dvigatellar vallarining aylanish chastotasi hatto yuqori tezliklarda harakatlanganda ham avtomobillarning yetakchi g'ildiraklari (gussenitsalari) ning aylanish tezligidan ancha katta bo'ladi. Har xil vaziyatlarga muvofiq paydo bo'lgan ortiqcha qarshilikni yengish, dvigatelning quvvatidan to'liq foydalanish, kam yoqilg'i sarflab yuqori unumga ega bo'lish uchun mashinaning yetakchi g'ildiraklariga (gussenitsalariga) uzatiladigan burovchi momentni o'zgartirish talab qilinadi. Transmissiyalar mexanik, gidromexanik, gidrohajmiy, elektromexanik, bosqichli, bosqichsiz va avtomatik turlarga bo'linadi.
Mexanik transmissiya. Faqat mexanik qurilmalardan tashkil topgan avtomobil transmissiyasi mexanik transmissiya deyiladi. Mexanik transmissiya bosqichli (uzatmalar sonini bosqichsiz o'zgartiradi) transmissiyalarga bo'linadi. Bosqichli transmissiya keng tarqalgan. Mexanik (bosqichli) transmissiya quyidagi asosiy mexanizmlardan tashkil topgan. Ilashish mexanizmi ishlayotgan dvigatel va transmissiyani ravon ajratish va qo'shish, uzatmani zarbsiz qayta qo'shish va avtomobilni joyidan ravonlik bilan qo'zg'alishini ta'minlashga mo'ljallangan.
Uzatmalar qutisi dvigateldan yetakchi g'ildirakka uzatiladigan burovchi momentni kattaligi va yo'nalishi bo'yicha o'zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Uzatmalar qutisi yordamida avtomobil harakat yo'nalishi o'zgartiriladi va ishlayotgan dvigatel bilan yetakchi g'ildirakning uzoq vaqt uzviy bog'lanishda bo'lishi ta'minlanadi. Kardan uzatmasi dvigatelning burovchi momentini (uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisi orqali avtomobilning oldi va orqa ko'prigiga uzatish uchun xizmat qiladi. Kardan uzatmasi, shuningdek, dvigatel quvvatining bir qismini reduktor orqali quvvat olish vali (VOM)ga uzatadi. U oldi va orqa ko'priklarning quvvat olish vallari (VOM)ga mos holdagi kardan uzatmadan iborat.
Differensial unga uzatilgan burovchi momentini chiqish vallariga bo'lib berish va ularning har xil tezliklarda aylanishiga imkon beradigan mexanizmdir. Oxirgi uzatmalar (g'ildirak reduktorlari) burovchi momentni qo'shimcha orttirish va avtomobiln harakat tezligini kamaytirish uchun mo'ljallangan. Ular silindrsimon shesternyali planetar mexanizmlar ko'rinishida yasalgan. Quvvat olish reduktori standart bo'yicha VOM aylanishining ikki xil chastotasi (dvigatel tirsakli vali nominal aylanishlari chastotasida);
1 1
16,3 ceK (1028 ayl/min) va 9 ceK (565 ayl/min) ni olish uchun xizmat qiladi. Bitta aylanish chastotasidan boshqasiga o'tish uchun reduktor qayta sozlanadi.
Oldi va orqa yetakchi ko'priklar dvigateldan g'ildirakka burovchi momentni uzatishda qatnashadi. Ko'priklar umumiy karterga joylashgan asosiy uzatma va differensialdan tashkil topgan. Asosiy uzatma bir juft konus shesternyadan iborat bo'lib, transmissiyaning uzatma sonini orttirish va avtomobilnning bo'ylanma o'qiga tik joylashgan valga aylanish uzatish uchun mo'ljallangan.
Gidrohajmiy transmissiya bu gidrohajmiy o'zgartirgichli avtomobil transmissiyasi gidrohajmiy transmissiyasi deyiladi.
Gidrohajmiy transmissiya bosqichsiz transmissiyadir. Gidrohajmiy o'zgartirgichda harakat bir ish elementdan ikkinchisiga berk suyuqlik hajmi bilan uzatiladi. Bir-biriga truboprovod bilan tutashgan nasos gidromator gidrohajmiy o'zgartirgichning asosiy ish elementi bo'lib xizmat qiladi. Nasos dvigatel tirsakli vali bilan bog'langan, gidromator esa bevosita yoki oraliq uzatma orqali traktor yetakchi g'ildiragi bilan bog'langan. Sistemani to'ldirgan ish suyuqligi berk konturda; nasostruba o'tkazgich gidromatorda sirkulyatsiyalanadi. Gidromatorga tushgan moy chiqish valini aylantiradi va yetakchi g'ildirak yuritmasi uchun yetarli moment hosil qiladi. Gidrohajmiy o'zgartirgichlar gidrotrasformatorlarga nisbatan umumiy va ayrim xususiyatlarga ega bo'ladi. Harakat tezligini, kuch va momentlarni bosqichsiz rostlash hamda mashina detallarini o'ta yuklanishda sinishdan avtomatik saqlash xususiyatlari umumiy xususiyatlarga tegishlidir.
Gidrohajmiy o'zgartirgichlarning xususiy xususiyatlariga harakat reversivligi, ya'ni ilgarilanma yoki aylanma harakat yo'nalishini o'zgartirish imkoniyati va distansionligi kiradi. Konstruktiv imkoniyati va bajaradigan texnalogik protsessi nuqtai nazaridan qaraganda gidrohajmiy o'zgartirgich uzellarini qulay kelgan har qanday joyga o'rnatish mumkin.
Gidrohajmiy o'zgartirgich har xil turdagi harakat tezligi, kuch va burovchi momentni o'zgartirish xususiyatiga ega.
Gidrohajmiy o'zgartirgichning burovchi momenti,uzatmalar soni va foydali ish koeffisienti
Gidrohajmiy o'zgartirgichning kuch uzatmasi soni burovchi momentining gidromator va nasos vallari burovchi momenti nisbatiga teng, ya'ni
• =M- = q»
MH qH
Gidromashina ishlashida uch xil hajmiy, gidravlik va mexanik isroflar sodir bo'ladi. Hajmiy isrof-bu isrof suyuqlikning haydash bo'shlig'idan so'rish bo'shlig'iga o'tishda sachrashi hamda zichmas joylardan suyuqlik sirqishidan paydo bo'ladi. Gidravlik isrof-sistemada suyuqlik harakatiga har xil qarshiliklar tufayli: truboprovodlarda, kranlarda, taqsimlagichlarda va hakozoda ro'y beradi. Nasos va gidromator hajmiy f.i.k tegishli holda:
„ = . „ = q^
I OÖ.H ? 'OÖ.2M
? ' O0.2M
q»n» Q
Elektromexanikaviy transmissiya bu elektrik va mexanik uzatmali avtomobil transmissiyasi elektromexanik transmissiyasi deyiladi. Elektromexanik transmissiyali avtomobilda o'zgarmas tok generatori yakorini va o'zgaruvchan tok generatori rotorini yuritadigan dvigatel o'rnatiladi. Generator avtomobil g'ildiragiga o'rnatilgan tortish elektrodvigatelni tok bilan ta'minlaydi va bu transmissiyaning mexanik qismi bo'lgan g'ildirakli reduktorni birlashtiradi. Bu esa avtomobil konstruksiyasini ixchamligini va yaxshi o'tuvchanligini ta'minlaydi, chunki har bir g'ildirakka burovchi moment beriladi, bu moment kattaligi boshqa g'ildirak momentiga bog'liq bo'lmaydi. O'zgaruvchi tok generatori yordamchi mexanizmlar elektrodvigatellarini tok bilan ta'minlaydi. Elektromexanik transmissiyasning kamchililari shuki, uning massasi nisbatan katta, foydali ish koeffitsenti kichik. Ular katta quvvatli (220 kVt dan yuqori) avtomobillar uchun juda qo'l keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mamatov X. Avtomobillar (Avtomobillar konstruksiyasi asoslari) 1 va 2 qism. Darslik, Toshkent, O'qituvchi, 1995 yil.
2. Mamatov X. Avtomobillar (Avtomobillar konstruksiyasidan oliy o'quv yurtlari uchun programmalashtirilgan o'quv qo'llanmasi). Toshkent, O'qituvchi, 1998 yil.
3. Mamatov X.M. Turdiyev Y.T., Qodirxonov M.O. Avtomobillar (Konstruksiya va nazariy asoslari). Darslik, Toshkent, O'qituvchi.