Научная статья на тему 'AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YALPI XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMLARI'

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YALPI XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
113
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
YALPI XIZMAT KO'RSATISH / YUK VA PASSAJIRLAR / TRANSPORT VOSITASINING MARSHRUTDAGI ISH REJIMI / HARAKAT TEZLIGI / YUK KO'TARUVCHANLIKDAN VA PASSAJIRLAR SIGIMIDAN FOYDALANISH KOEFFITSIENTI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Parmonov N.N.

Ushbu maqolada istemolchilarga yalpi xizmat ko‘rsatish tizimlari tahlil qilingan bo‘lib, avtomobil transportida qo‘llaniluvchi ish o‘lchovlari tizimiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari tashish ishlari o‘lchovi tizimining tarkibiy qismlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL SERVICE SYSTEMS IN VEHICLE TRANSPORT

This article analyzes the gross customer service systems, and also develops requirements for the labor measurement system used in road transport. In addition, the components of a transport work measurement system are explained.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YALPI XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMLARI»

Parmonov N.N.

"Umumtexnika fanlari" kafedrasi asistenti Jizzax politexnika instituti

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YALPI XIZMAT KO'RSATISH

TIZIMLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada istemolchilarga yalpi xizmat ko'rsatish tizimlari tahlil qilingan bo 'lib, avtomobil transportida qo'llaniluvchi ish o'lchovlari tizimiga qo'yiladigan talablar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari tashish ishlari o'lchovi tizimining tarkibiy qismlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar; Yalpi xizmat ko'rsatish, yuk va passajirlar, transport vositasining marshrutdagi ish rejimi, harakat tezligi, yuk ko'taruvchanlikdan va passajirlar sigimidan foydalanish koeffitsienti.

Parmonov N.N. assistant

"General Engineering Sciences" department Jizzakh Polytechnic Institute

GENERAL SERVICE SYSTEMS IN VEHICLE TRANSPORT

Abstract: This article analyzes the gross customer service systems, and also develops requirements for the labor measurement system used in road transport. In addition, the components of a transport work measurement system are explained.

Key words: Public service, cargo and passengers, the mode of operation of the transport vehicle on the route, the speed of the engine, the coefficient of use of cargo capacity and passenger capacity.

Har qanday mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan dasturni ro'yobga chiqarishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va kengaytirish, amaldagi ishlab chiqarishdan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo'jalik mexanizmini takomillashtirish asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish eng zarur vazifadir.

Yuksak darajada taraqqiy etgan hozirgi zamom transportisiz rivojlangan jamiyat asosini yaratib bo'lmaydi. Chunki transport har qanday mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining muhim tarkibiy qismidir. Bizning mustaqil O'zbekistonimizda ham transport aloxida muhim ahamiyatga ega Binobarin, xam iqtisodiy, ham siyosiy, ta'bir joiz bo'lsa, ham psixologik ahamiyat kasb etadi.

Transporting yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning yuk va passajirlarni tashish muntazamligidir. Zarur mahsulot, xomashyo, ehtiyot qismlar, yonilgi o'z vaqtida va muntazam tashilgandagina ularning omborlardagi zaxiralari eng kam miqdorda bo'lishi va ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil etish imkoni yaratiladi. Tabiat boyliklaridan foydalanish va ularni tashishda ham transport, ayniqsa, avtomobil transporti alohida o'rin tutadi. Agar zamonaviy transport vositalari va rivojlangan yo'llar bo'lmasa, tabiat boyliklaridan samarali foydalanish qiyin bo'ladi. Transport xo'jalik vazifalarini hal etishdagina muhim bo'lmay, balki yo'l tarmog'ini rivojlantirish, qishloq aholisini shaharga yaqinlashtirish, masalan, kadrlarning qishloq joylarda mustahkam o'rnashib qolishiga ham ma'lum darajada yordam beradi. Bu, o'z navbatida, katta ijtimoiy maqsadni hal etishga, ya'ni mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga ko'maklashadi.

Transport mamlakatimizda g'oya ko'p va xilma-xil ishlarni bajaradn. U odamlarni kundalik ehtiyojlarini, barcha viloyat va tumanlar o'rtasidagi muntazam aloqalarni ta'minlaydi. Transport tarmoqlarining keng rivojlanganligi, yuqori darajadagi tashish tezligi va ularnlng zamonaviy bo'lishi passajirlar tashish darajasining o'sishiga katta ta'sir etadi. Passajirlar tashuvchi transportlarning o'sish darajasini belgilashda ularning texnik, iqtisodiy ko'rsatkichlarinigina e'tiborga olinib qolmay, balki masalaning ijtimoiy tomonlariga ham e'tibor berilishi lozim. Passajirlar tashuvchi transportlarning muhim vazifasi — kishilarning o'zaro aloqasini kengaytirish, tajriba almashish, ularning madaniy saviyasini oshirishga xizmat qilishdan iborat bo'lishi kerak. Qishloq aholisini shaharlar bilan birlashtiruvchi passajir transporti ishini keng yo'lga qo'yish shahar bilan qishloq o'rtasidagi tafovutlarni kamaytirish omili hisoblanadi.

Xomashyolar, asbob-uskunalar, yarim tayyor mahsulotlar, yonilg' i va boshqa turli xil mahsulotlarni sanoat tarmoqdari va korxonalar o'rtasida tashish transport yordamida amalga oshiriladi. Qishloq xo'jaligiga mineral o'g'itlar, mashinalar, yoqilg'i, ulardan esa iste'molchilarga qishloq xo'jalik mahsulotlari yetkazib berishda transport katta ahamiyatga ega. Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida ham transportdan keng foydalaniladi. Uning yordamida korxona ichida yarim tayyor mahsulotlar, yonilgi va turli xil xomashyolar, omborlardan ish joyiga, tayyor mahsulotlar esa ish joyidan omborlarga tashiladi va xokazo. '

Aholini bir yerdan ikkinchi yerga tashishda transportning ahamiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Bu ishni asosan passajir transporti amalga oshiradi. Passajir transportining asosiy vazifalaridan biri, kishilarni o'z vaqtida ish joyiga va ishdan uylariga eltib qo'yish, ish ko'pi davomida ishchi va xizmatchilarni korxonalar o'rtasida tashishdan iboratdir. Bundan tashqari, passajir transport» aholining bevosita ishlab chiqarish bilan bog' liq, bo'lmagan ko'pdan-ko'p yumushlarni bajarishida, ularni dam olish uylari va sanatoriyalarga qisqa muddat ichida eltib qo'yishda katta ahamiyatga egadir.

So'nggi yillarda turli transport vositasi yordamida mamlakatimiz bo'ylabBva chet ellarga sayohat qilish hamda tijorat ishlarini bajarish keng tarqaldi.

Mustaqil O'zbekistonda sanoat va transport turlarining keng ko'lamda va yuqori darajada rivojlanishi natijasida avtomobil va samolyotsozlik kabi yangidan-yangi sanoat-transport tarmoqlari vujudga kelib, ular fan va texnikaning so'nggi yutuqlari negizida muttasil yuksalib bormoqda.

Transportda tashish jarayoni o'zaro bog'liq va ketma-ket bajariluvchi operatsiyalar (passajirlarning transport vositasiga chiqishga tayyorlanishi yoki yuklarni tashishga tayyorlash, ularning transport vositalariga chiqishi yoki ortish, belgilangan manzilga yetkazish, tushirish, yuklarni egalariga topshirish, transport vositasini navbatdagi tashishga keltirish) yigindisidan iborat bo'lib, uni transport vositasi orqali bajariladi. Transport ishini rejalashtirish, hisobga olish va tahlil qilish uchun muayyan texnik-ekspluatatsion ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: transport vositasining marshrutdagi ish rejimi, harakat tezligi, yuk ko'taruvchanlikdan yoki passajirlar sigimidan foydalanish koeffitsienti, ma'lum masofadagi yo'ldan unumli (yoki ish bajarish uchun) foydalanish koeffitsientu transport vositasiga chiqish-tushish yoki ortish-tushirnsh operatsiyasiga sarflangan vaqt va boshqalar.

Transport vositasidan foydalanish samaradorligi yuqorida keltirilgan har bir omilning va ularni birgaliklagi samaradorligi bilan baholanadi.

Avtomobil transportidagi ishlab chiqarish jarayoni kechadigan shart-sharoitlar (har xil yo'llar, yuk ortish-tushirish joylari, ularning har xil jihozlanganligi, turli xil modeldagi transport vositalari va boshqalar) tashishni rejalashtirish va tashkil etishda o'ziga xos tashish ishlari va ularni o'lchash tizimlarini nazorat qilishni talab etadi.

Avtomobil transportida qo'llaniluvchi ish o'lchovlari tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1) transport jarayoni va uning elementlarini aniq aks ettirish;

2) transport jarayoni tushunchasi va xodisalarini aniq ifodalash;

3) transport jarayonining ayrim omillarining uzaro bog'liqligi va ta'sir etishining qonuniy tizimini ko'rsata bilish;

4) transport vositalari ish unumining miqdor va sifat jihatdan uzgarishini aks ettirish.

Transportda qo'llaniladigan o'lchov birliklari quyidagilardan iboratdir: a) transport jarayoniga sarflanuvchi vaqt, soat; b) kilometrlarda o'lchanuvchi, transport vositasi bosib o'tgan masofa, kilometr; v) passajirlar yoki tonnalarda o'lchanuvchi, tashilgan passajirlar soni yoki yuk vazni. Ayni o'lchov birliklariga asoslangan holda avtomobil transportining ishlab chiqarish jarayonini aks ettiruvchi o'lchagichlar tizimi tuziladi Avtotransport korxonasi yoki uning ayrim ishlab chiqarish elementlarining ish ko'rsatkichlari absolyut qiymatlarda aniqlanuvchi sonli ifodalardan, masalan, avtomobilning bir kunlik bosib o'tgan o'rtacha yo'li — 210 km yoki bir oy mobaynida tashilgan yuk — 100 ming tonna va hokazolardan iborat bo'ladi.

Tashish ishlari o'lchovi tizimiga quyidagilar kiradi:

1) avtomobil saroyi (korxonasi)da foydalanilayotgan avtomobillar soni;

2) marshrutlardagi transport vositalarining ish ko'rsatkichlari;

3) avtotransport vositalarining ish unumi ko'rsatkichlari;

4) transport mahsulotinnng tannarxi ko'rsatkichlari.

Tashish ishlari bajarilishi va transport vositalari ish ko'rsatkichlari foizlarda yoki maxsus kattaliklar (avtomobil saroyidan, passajirlar sigimi yoki yuk ko'taruvchanlikdan, bosib o'tilgan yo'ldan va vaqtdan foydalanish koeffitsientlari) orqali ifodalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Abdurasulovich, K. J., Yangiboevich, K. M., Anvarovich, A. A., Xolmurodovich, G. A., & Abdurasulovich, K. O. (2020). Opportunities and results to increase the effectiveness of multimedia teaching in higher education. Journal of Critical Reviews, 7(14), 89-93.

2. Крсимов, С. (2021). Таълим сохдсида электрон таълим тренажёрларидан фойдаланиш муаммолари ва сабаблари. Academic research in educational sciences, 2(2).

3. Xoshimova, S. (2020). Development of Formative Evaluation in the Teaching-Learning ProcessInternational Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), 5, 503-509.

4. Alekseeva, N.R., Danilova, O.V. (2016). Formation of ICT competence of future specialists inthe field of advertising in the information and communication subject environment. Bulletin of Chuvash State Pedagogical University named after I.Ya. Yakovlev, 2(90), 60-66.

5. Matafonova, T.A., Chopanov,A.Kh. (2014). Model of formation of professional competence of future specialists of tourist profile in the information educational environment. World of science, culture, education,1(44), 113-115.

6. Stadnikov, M.D. (2015). Model of formation of professional and communicative competence of specialists in technical protection of information with the use of integrated information environment. World of education -education in the world,4(60), 259-272.

7. Qarshiboyev Sh.Texnik oliy ta'lim muassasalaridatalabalarning maxsus kompetentsiyalarini shakllantirish. Kasb-hunar ta'limi, 2021 yil 2 son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.