Научная статья на тему 'AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA INNOVATSION STRATEGIYANI QO’LLASH ZARURATI'

AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA INNOVATSION STRATEGIYANI QO’LLASH ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
242
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil transporti / innovatsiya / xizmat / strategiya / YaIM. / автомобильный транспорт / инновации / сервис / стратегия / ВВП.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Yuldasheva, S.A., G’iyosidinov, B. B., Egamberdiyev, O.B.

Zamonaviy sharoitda innovatsiyalarni boshqarish bo'yicha nazariy ishlanmalar, ¬shahar transport tizimini innovatsion rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda ¬tizimli va dasturiy-maqsadli yondashuvning samarali usullari va usullaridan foydalanish tahlil qiligan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НЕОБХОДИМОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННОЙ СТРАТЕГИИ В ОБЛАСТИ АВТОМОБИЛЬНОГО ТРАНСПОРТА

Проанализированы теоретические разработки по управлению инновациями в современных условиях, использованию эффективных методов и методов системно-программного подхода при формировании программ инновационного развития транспортной системы города.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA INNOVATSION STRATEGIYANI QO’LLASH ZARURATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA INNOVATSION STRATEGIYANI

QO'LLASH ZARURATI

S.A.Yuldasheva B.B.G'iyosidinov O.B.Egamberdiyev

Toshkent davlat transport universiteti [email protected]

Zamonaviy sharoitda innovatsiyalarni boshqarish bo'yicha nazariy ishlanmalar, shahar transport tizimini innovatsion rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda -tizimli va dasturiy-maqsadli yondashuvning samarali usullari va usullaridan foydalanish tahlil qiligan.

Kalit so'zlar: avtomobil transporti, innovatsiya, xizmat, strategiya, YaIM.

Проанализированы теоретические разработки по управлению инновациями в современных условиях, использованию эффективных методов и методов системно-программного подхода при формировании программ инновационного развития транспортной системы города.

Ключевые слова: автомобильный транспорт, инновации, сервис, стратегия, ВВП.

Avtomobil transporti sohasida innovatsion strategiyani ishlab chiqishning mohiyati tushuntirish uchun avvalo, "xizmatlari bozori", "innovatsiya" va "strategiya" atamalarining mazmunini yoritib o'tish maqsadga muvofiqdir.

"Xizmat" atamasining iqtisodiy fanlar nazariyasi va amaliyotida keng ishlatib kelinishiga qaramay, shu kunga qadar hali uning mazmununi to'la yoritib beruvchi ta'rif mutaxassislar tomonidan berilgani yo'q, desak mubolag'a bo'lmaydi. Klassik nazariyotchilar xizmatlarni inson faoliyatining mavhum ko'rinishi sifatida qarashgan bo'lib, asosiy e'tiborni moddiy ishlab chiqarish sohalari bo'lmish qishloq xo'jaligi va sanoat sohalarining modiylashgan mahsuliga qaratilgan.

Xorijlik mutaxasislarning izlanishlarida "xizmat" atamasining bir qancha ta'riflari mavjud bo'lib, ularning barchasi deyarli bir xil mazmun kasb etadi. Masalan, mashhur tadqiqotchi olim Filipp Kotler xorijlik olimlarlarning ushbu tushunchaga

+99897 762-03-09

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bergan ta'riflarini umumlashtirgan holda, unga qo'yidagicha izoh beradi: "Xizmat -tomonlardan birining boshqasiga taklif etuvchi har qanday tadbir yoki naf bo'lib, uni his etgan bilan nimagadir ega bo'lishini anglatmaydi"

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mazkur tadqiqit doirasida ushbu atamaga qo'yidagicha ta'rif berish mumkin deb hisoblaymiz: xizmat - bu tovar va g'oya ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan, ammo o'z qiymatiga ega bo'lgan iqtisodiy faollikdir. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, xizmatlar qiymatining umumiy yig'indisi mamlakat yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini shakllantiruvchi tarkibiy qismdir. Xizmatlar hozirda iqtisodiyotga har tomonlama ta'sir ko'rsatmoqda, iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanib ulgurdi.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, xizmatlar sohasi va uning rivojlanish sur'atlari global iqtisodiyot rivojlanishining jadalashshuviga, ya'ni jahon xo'jaligining globallashuv fazasiga kirishiga asosiy turtki bo'lib xizmat qiladi. Aynan xizmatlar sohasi ish o'rinlarining muqobil segmentlarini shaklantirib, ish o'rinlari qisqarishining o'ziga xos amortizator vazifasini bajargan. O'tish davrini boshida o'tkazayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti uchun ham xizmatlar sohasi asosiy elementlardan biri hisoblanib, milliy iqtisodiyotda yangi tarkibiy qismlar shakllanishini, eksport xajmining oshishi va unda mahsulot yoki xom ashyo ustinligining qisqarishini ta'minlaydi.

Yuqorida aytilganidek, xizmat ko'rsatish sohasining yuqori sur'atlarda o'zgarib borayotganligi xalqaro iqtisodiyot va mamlakatlar xo'jaligi rivojlanishining statistik ko'rsatkichlarida o'z aksini topmoqda. So'nggi 20 yil Ichida jahon va ko'pchilik mamlakatlar YalM tarkibiy tuzilishi jiddiy o'zgarishlarga uchradi. Jahon mamlakatalari yalpi ichki mahsuloti tarkibida oddiy ishlab chiqarishning (qishloq xo'jaligi va sanoat) ulishi kamayib, xizmat ko'rsatish sohasining ulishi sezilarli darajada oshib borayotganligi kuzatilmoqda.

Xizmat ko'rsatish sohassining an'anaviy tarkibiy qismlaridan biri - bu transport ximatlari ko'rsatishdir. "Transport xizmatlari" iqtisodiy atamasi o'z ichiga barcha turdagi yuk va yo'lovhilar tashuvini va bu jarayonga ergashuvchi yoki yordam beruvchi opreatsiyalarni oladi. Butun jahon savdo tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra umumjahon xizmat ko'rsatish hajmida transport xizmatlarining ulishi 8,2 foizgni, jumladan dengiz transporti xizmati - 1,7 %, ichiki daryo tranporti - 0,5%, havo transporti xizmatlari - 1,0%, temir yo'l transporti - 0,3%, avtomobil transporti - 2,6% quvur transporti - 1,0% ni tashkil qilar ekan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1-rasm. Umumjahon xizmat ko'rsatish hajmida transport xizmatlarining

ulishi.

So'nggi besh yilda mamlakatimiz umumiy xizmatlar hajmida transport ulushining bir oz pasayganini kuzatish mumkin, biroq bu muqloq miqdorda bo'lmay, balki YaIM tarkibida xizmatlar umumiy ulushining ortib borishi bilan tushuntirilishi mumkin

Transport xizmatlarining keng doirasi dunyo miqyosida oshib borayotgan yuk va yo'lovchi oqimini ta'minlab turish orqali xalqaro aloqalarning rivojlanishiga, global iqtisodiyorning shakllanishiga olib kelmoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyot sohasida erishilayotgan muvaffaqiyalar, ya'ni iqtisodiyotning turli tarmoqlarida innovatsiyalarning ommaviy ravishda joriy etilayotganligi umuman xizmatlar ko'rsatish sohasida, jumladan transport xizmatlari ko'rsatish sohasida ham tegishli jarayon bo'lib ulgurdi. Zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalar transport turlarining faoliyati va transport jarayonini boshqarish samaradorligini ta'minlovchi vosita bo'lib bormoqda.

Shu o'rinda "transport" atamasining mohiyatiga ham to'xtalib o'tish lozim. Transport - odamlar, yuklar va axborotlarni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish uchun mo'ljallangan vositalar yig'indisidir. Transport atamasi lotincha trans ("orqali") va portare ("ko'tarib yurish") so'zlaridan kelib chiqqan.

Transport xizmatlari bozori iste'mol bozorining ajralmas qismi hisoblanib, o'zining tarkibiy tuzilmasiga egadir. Hozirda avtomobil transporti eng ko'p tarqalgan transport turi hisoblanadi. Avtomobil transporti boshqa transport turlari bilan o'zining yaxlit bozorini shakllantirgan holda raqobatlashib kelmoqda. Avtomobil transporti bozori tushunchasi iqtisodiyot tarmoqlari bozorlari toifasiga kiruvchi tushunchalardan bo'lib, avtomobil transporti vositalari bozori va avtomobil transporti xizmatlari bozorini o'z ichiga oladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Avtomobil transporti vositalari bozori avtomobilsozlik sanoati mahsulotlari bozori va vositalarning ikkilamchi bozoridan tashkil topgan bo'lib, tovar bozori sifatida avtomobil transporti tizimida foydalaniluvchi transport vositalari ta'minotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Avtomobil transporti xizmati bozori avtomobil transporti vositalari bozoridan farqli o'laroq xizmat ko'rsatish tarmog'iga kiruvchi soha hisoblanadi. Bunda xizmatlar qo'yidagi turlarga bo'linadi: avtomobillarda yuk tashish xizmatlari hamda avtomobillarda yo'lovchi tashish xizmatlari.

Avtomobil transporti bozorining asosiy tashkil etuvchisi bo'lmish avtomobil transporti xizmat bozorini bu turdagi xizmatlarga bo'lgan talab va taklif keltirib chiqaradi. Bunda talab avtomobil transportining qo'yidagi vazifalari doirasida namayon bo'ladi:

- mijozlarning yuklarini tashishga bo'lgan talabi;

- mijozlarning yukni ortish - tushurish ishlariga bo'lgan talabi;

- mijozlarning yukni kuzatib borishga bo'lgan talabi.

Tadqiqotlarning mazkur bandi bo'yicha olib borilgan izlanishlar "xizmat" va "transport" iqtisodiy atamalarining uzviy birikishi natijasida vujudga keluvchi "transport xizmatlari bozori" atamasining mohiyati va uning tuzilishini aniqlash imkoniyatini berdi. Navbatdagi vazifa mazkur bozorni rivojlantirishga ilmiy yondashuvlar, innovatsiyalar va innovatsion strategiyaing ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Innovatsiya - yangi g'oya va bilimlarni ma'lum iste'molchilarni talabini qondirishlikni amaliy qo'llanishidir. Innovatsiyaning asosiy xususiyati fan texnika yangiliklarini tijoriy sotilishi, yangilikning bozorda realizatsiya qilinishi bo'lib, ma'lum iste'molchilarni talabani qodirish qobiliyatidir.

Yangi g'oyani sxema, chizmalardagi ko'rinishi hali innovatsiya emas, agar bu g'oya amalga qo'llanishi mumkin bo'lgan mahsulot, xizmat yoki jarayon bo'lsa faqatgina foydalaniladigan yangi g'oya mahsuloti yoki jarayoni innovatsiya bo'ladi.

Innovatsiyaning muhim tushunchasi innovatsion jarayon hisoblanib, bunga innovatsiyaning yaratilishi va keng tarqatish jarayoni kiradi. Innavatsiya innovatsion jarayonning bir qismi hisoblanadi.

Innovatsion jarayon bir necha qismlardan iborat. Birinchi qism - innovatsiya: yangi g'oya va bilimlar. Bu ilmiy tadqiqotning yakuniy natijasi, konstruktorlik ishlanma yoki ilmiy-texnik natija bo'ladi. Yangi g'oya ochiq, ratsionalizatorlik taklifi, tushuncha, uslub, instruksiya va boshqa korinishda bo'lishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Innovatsion jarayonning ikkinchi qismi innovatsiya (yangilik)ning amaliy faoliyatdagi natijasi hisoblanadi. Innovatsiya ijobiy mehnatni yakuniy natijasi bo'lib, mahsulot yoki texnologik jarayonni yangi ko'rinish olishi tovar ko'rinishini oladi.

Innovatsion jarayonning uchinchi qismi innovatsiyaviy diffuziya bo'lib, oldin o'zlashtirilgan va realizatsiyangan innovatsiyani tarqatish, innovatsion mahsulotni, xizmatni yoki texnologiyani yangi joylarda va sharoitda qo'llanilishi tushuniladi. Bu jarayonning shakli va tezligi kommunikatsion oqim tuzilishi va kuchiga, xo'jalik sub'ektlarini tezda innovatsiyaga ta'sir ko'rsatish qobilyatiga bog'liq.

Innovatsion faoliyat - bu ilmiy tadqiqot natijalari yakunlari, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari yoki fan-texnika yutuqlaridan yangi mahsulot yaratishda foydalanish, bozorda realozatsiya qilinadigan yoki takomillashtitilgan texnologik jarayonni innovatsiyani yaratish va tarqatish ishlarini o'zaro uzviy majmuini taqdim etadi.

Strategiya esa umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash, iste'molchilarning talablarini qondirish va qo'yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishining mumkin bo'lgan turli yo'llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.

Strategiya qanchalik yaxshi o'ylangan va mohirona amalga oshirilgan bo'lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan kompaniyalar ham kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga, kuchli raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. Arislanovna, Y., &Bakhtiyorvich, G. B. (2021). Marketing And Information Support In Public Sector. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, S(1), 940-947.

2. Arislanovna, Y. S., &Bakhtiyorvich, G. B. (2021). Using The Experience Of Developed Countries In Developing A Consortium Between Higher Education Institutions And Production. EuropeanJournalofMolecularandClinicalMedicine, S(1), 819-826.

3. G'Iyosidinov, B. B. O. G. (2022). SHAHARLARDA YO 'LOVCHILARNI JAMOAT TRANSPORTI XIZMATIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 177-188.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Ogli, G. B. B., &Buribayevich, E. O. (2022). Development of Logistics Processes in Transport Enterprises. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(3), 138-142.

5. Юлдашева, С. А., &Буриходжаева, М. С. (2022, September). ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ТАМОЖЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РАЗВИТИИ МЕЖДУНАРОДНОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА.

In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 1, No. 1, pp. 87-91).

6. Abdurakhmanov, O., Khashimova, N., &Yuldasheva, S. (2022, June). Improvement of mechanisms for generation of investment potential in order to ensure sustainable economic growth in Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030006). AIP Publishing LLC.

7. Yuldasheva, S. A., &Malenkikh, D. A. (2018). Unctad methodology in globalization of the direct investment market. Актуальные проблемы экономики и управления на предприятиях машиностроения, нефтяной и газовой промышленности в условиях инновационно-ориентированной экономики, 1, 149-

8. Arislanovna, Y. S., &Nematjanovna, K. M. (2021). Specifics Of Corporate Governance In Road Transport. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 8027-8030.

9. Mukhitdinova, K., &Yuldasheva, S. DEVELOPMENT OF TRANSPORT AND LOGISTICS SERVICES MARKET.

10. Бобур Бахтиёрович Еиёсидинов, Боходир Корабоевич Корабаев, & Умархужа Рашидхужа Угли Курбонхужаев (2022). СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД К ОРГАНИЗАЦИИ ПРОЦЕССА ГРУЗОПЕРЕВОЗОК. Academic research in educational sciences, 3 (10), 336-340.

154.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.