Научная статья на тему 'AVTOMOBIL SHINALARI YEYILISHI NATIJASIDA ATROF-MUHITGA CHIQADIGAN ZARRALAR MIQDORI'

AVTOMOBIL SHINALARI YEYILISHI NATIJASIDA ATROF-MUHITGA CHIQADIGAN ZARRALAR MIQDORI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
13
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL SHINALARI YEYILISHI NATIJASIDA ATROF-MUHITGA CHIQADIGAN ZARRALAR MIQDORI»

AVTOMOBIL SHINALARI YEYILISHI NATIJASIDA ATROF-MUHITGA CHIQADIGAN ZARRALAR MIQDORI

Karimova Kamola G'ulomovna

t.f.f.d.PhD Jizzax politexnika instituti ORCID: 0000-0001-5035-0525 Email: kamola.karimova1987@smail.com Tel: +998 90 264 74 00 Berdiyorova Iroda Shavkatovna Jizzax politexnika instituti "Transport vositalari muhandisligi" kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10841305

Annotatsiya. Ushbu maqolada avtomobil shinalarining ekologik ta'sirini baholashda ularning to'liq hayot siklining barcha davrlari keltirilgan. Avtomobil shinalarida ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar sarfi keng yoriltilgan. Avtomobil tezligi, shinalar turi, yo'l qoplamasining turi va haydash sharoitlari shinalar yeyilishi uchun ta'sir ko'rsatadigan parametr sifatida qabul qilingan. Shinalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan metall elementlar tahlili keng yoriltilgan. Shinalarning yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar protektor va yo'l qoplamasi orasidagi ishqalanish natijasida hosil bo'ladi. Ushbu holatda zarralar mexanik ravishda hosil bo'ladi. Shinalarning yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralarning kimyoviy elementlarni tahlili keltirilgan.

Аннотация. В данной статье представлены все этапы полного жизненного цикла автомобильных шин в экологической экспертизе. Широко освещено потребление материалов, используемых при производстве автомобильных шин. Скорость транспортного средства, тип шин, тип дорожного покрытия и условия вождения рассматривались как параметры, влияющие на износ шин. Широко освещен анализ металлических элементов, используемых при производстве шин. Частицы износа шин образуются в результате трения между протектором и поверхностью дороги. В этом случае частицы образуются механическим путем. Представлен анализ химических элементов частиц, образующихся в результате износа шин.

Abstract. In this article, all stages of the complete life cycle of car tires are presented in the environmental impact assessment. The consumption of materials used in the production of car tires is widely covered. Vehicle speed, tire type, road surface type, and driving conditions were considered as influencing parameters for tire wear. The analysis of metal elements used in the production of tires is widely covered. Tire wear particles are created by friction between the tread and the road surface. In this case, particles are formed mechanically. The analysis of chemical elements of the particles formed as a result of tire wear is presented

Barcha davrlarda energiya resurslari, tabiiy resurslar sarfini atrof-muhit va inson salomatligiga ta'siri bo'yicha baholash ishlari amalga oshiriladi. Yiliga avtomobil parkining o'sish dinamikasi aholining o'sishiga nisbatan yuqori. Har bir avtomobilga odatda ikki xil (qishgi va yozgi) shinalardan foydalaniladi, bu esa juda ham ko'p shinalar jamlanmasi bo'lib to'liq hayotiy siklda atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Avtomobil shinalarining ekologik ta'sirini baholashda ularning to'liq hayot siklining barcha davrlari (xom ashyo olish, xom-ashyoni qayta ishlash va material olish, ulardan transport ishlarini bajarishda foydalanish, resurs masofasi tugagandan so'ng utilizatsiya qilish) hisobga olinishi kerak.

Avtomobil shinalarini ishlab chiqarishda quyidagi materiallari qo'llaniladi: protektor qismlari asos (30%), mustahkamlovchi materiallar (15%), plastifikatorlar (6%), vulkanizatsiya

uchun kimyoviy moddalar (6%) va eskirishga qarshi to'ldiruvchi qo'shimchalar qo'shilgan turli xil kauchuklar (41%) hamda 2% aralashmalaridan iborat.

Shinalardan foydalanish muddati davomida yeyilishi hisobiga o'z massasining 10% gacha bo'lgan miqdorini "normal" haydash sharoitida zarra sifatida chiqariladi. Avtomobil tezligi, shinalar turi, yo'l qoplamasining turi va haydash sharoitlari shinalar yeyilishi uchun ta'sir ko'rsatadigan parametr sifatida qabul qilingan.

Shinalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan metall elementlar tarkibi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Shinalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan metall elementlar [7]

Metall element nomi Miqdori (mg/kg) Metall element nomi Miqdori (mg/kg)

Ag 0,08 Mg 32-106

As 0.8 Mn 2

Al 81-420 Mo 2.8

Ba 0,9-4,1 Na 610

Ca 113-562 Ni 0,9-50

Cd 0,28-4,96 Pb 1-160

Co 0,88-24,78 Sb 2

Cr 0,4-6,73 Se 20

Cu 1,8-29,3 Sr 1,16-3,13

Fe 2,12-533 Ti 195

K 180 V 1

Li 0,23-2,3 Zn 8378-13494

Avtomobil shina rezinalari tarkibida uglevodorodlarning ko'p turlari shina protektorining asosiy qismini tashkil qiladi. Uglerod asos va Si esa asosan to'ldiruvchi sifatida qo'llaniladi. Bundan tashqari, S, Se, Te, tiazollar, organik peroksidlar va azot birikmalar ko'pincha vulkanizatsiya qiluvchi moddalar sifatida ishlatiladi. Oltingugurt birikmalari Ca, Pb, Mg asosan, Zn oksidlari bilan birga vulkanizatsiya jarayonida tezlatgich (katalizator) sifatida ishlatiladi. Boshqa kimyoviy moddalar orasida terpen-qatron kislotasi aralashmalari, sintetik organik yog'lar va smolalar, fenollar, shuningdek kaltsiy oksidi kabi noorganik moddalar kabi turli xil organik birikmalar mavjud.

Shinalarning yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar protektor va yo'l qoplamasi orasidagi ishqalanish natijasida hosil bo'ladi. Ushbu holatda zarralar mexanik ravishda hosil bo'ladi. Juda mayda zarralarning hosil bo'lishi shinalar protektoridagi issiq nuqtalar bilan yuqori haroratga erishadigan va uchuvchi moddalarning bug'lanishiga olib keladigan termo-mexanik jarayon sifatida tavsiflanadi.

Shinalar polimeri, shinalar harorati 180°C dan oshib ketganda (ekstremal burilish, noodatiy manevrlar, to'liq to'xtash, tormozlash) mayda zarralar ko'rinishida uchuvchan, so'ngra materialning kondensatsiyasi natijasida o'ta mayda zarralar hosil bo'ladi [18,19, 20].

S.H.Cadle va R.L.Villiams tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar atmosfera havosi tarkibida uzoq vaqt turib qolmasligini aniqladilar [10]. Boshqa tomondan, havodagi shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralarini ularning o'lchamlariga ko'ra mayda va yirik zarralarga bo'lish mumkin. Shinalarning havodagi zarralarining bu farqi birinchi bo'lib 1970-yilda o'tkazilgan tadqiqotlarda aniqlangan [9, 21].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.