Научная статья на тему 'AVTOMATLASHTIRILGAN QO`NG`IROQ TIZIMINI TASHKIL QILISH'

AVTOMATLASHTIRILGAN QO`NG`IROQ TIZIMINI TASHKIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
415
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Arduino / UNO / sketch / interfeys / robot / datchik / PID kutubxonasi / sensor / robototexnika / transport. / Arduino / UNO / sketch / interface / robot / sensor / PID library / sensor / robotics / transport.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxtorbek Roximovich Yusupov

Maqolada robototexnik qurilmalarni Arduino UNO yordamida dasturlashning amaliy ko’nikmalarini hosil qilish usuli keltirilgan. Maktab va OTMlarda avtomatik qo`ng`iroq chalish tizimi bo`yicha fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ESTABLISHMENT OF AN AUTOMATED CALL SYSTEM

The article presents a method for developing practical skills in programming robotic devices using the Arduino UNO. There are ideas for automatic call systems in schools and universities.

Текст научной работы на тему «AVTOMATLASHTIRILGAN QO`NG`IROQ TIZIMINI TASHKIL QILISH»

AVTOMATLASHTIRILGAN QO NG IROQ TIZIMINI TASHKIL QILISH

Muxtorbek Roximovich Yusupov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi yusupovmuxtor9932@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada robototexnik qurilmalarni Arduino UNO yordamida dasturlashning amaliy ko'nikmalarini hosil qilish usuli keltirilgan. Maktab va OTMlarda avtomatik qo'ng'iroq chalish tizimi bo'yicha fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Arduino, UNO, sketch, interfeys, robot, datchik, PID kutubxonasi, sensor, robototexnika, transport.

ESTABLISHMENT OF AN AUTOMATED CALL SYSTEM

Mukhtorbek Rokhimovich Yusupov

Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

yusupovmuxtor9932@gmail.com

ABSTRACT

The article presents a method for developing practical skills in programming robotic devices using the Arduino UNO. There are ideas for automatic call systems in schools and universities.

Keywords: Arduino, UNO, sketch, interface, robot, sensor, PID library, sensor, robotics, transport.

KIRISH

Rivojlanish va texnika taraqqiyoti jadallashib borayotgan zamonimizda texnika va innovatsion ishlanmalar xalq uchun xizmat qilmoqda, uning yengilini oson qilmoqda, kerak bolsa uning o'rniga ishlayapti ham. Maktabda qo'ng'iroq dars boshlangani yoki tugaganligini bildirib turadi. Hammamizga malumki va ozimiz o'rgangan va bilgan maktab qo'ng'irog'i tugmasi yonida har doim bir navbatchi o'quvchi yoki qorovul o'tiradi va vaqti kelganda qo'ng'iroqni chaladi. Shuning bilan boshqa foydali ishlarga sarflanishi mumkin bolgan inson resursi va vaqti sarflanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Robototexnik qurilmalarni yig'ish bilan birga ularni dasturlash masalasi ham ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Odatda robototexnik qurilmalarga dasturlar Arduino platasi yordamida yoziladi.

Arduino - bu o'ziga xos protsessor va xotiraga ega bo'lgan kichik plata bo'lib, professional bo'lmagan foydalanuvchilarga mo'ljallangan oddiy avtomatlashtirish va robototexnika tizimlarini yaratish uchun mo'ljallangan apparat va dasturiy ta'minot brendidir.

Dasturiy ta'minot qismi dasturlarni yozish, kompilyatsiya qilish va dasturiy ta'minot uchun bepul dasturiy qobiqdan iborat. Uskuna qismi rasmiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan oldindan yig'ilgan bosma elektron platalar to'plamidir. To'liq ochiq tizim arxitekturasi sizga Arduino mahsulotlar qatoriga bemalol nusxa ko'chirish yoki qo'shish imkoniyatini beradi.

Arduinodan avtomatlashtirilgan ob'ektlarni yaratish yoki standart simli va simsiz interfeyslar orqali kompyuterda dasturiy ta'minotga ulanish uchun foydalanish mumkin.

Robototexnik qurilmalarga quyidagi mikrokontrollerlarni misol qilishimiz mumkin: Arduino platalari, Father simlari, Breadboard taxtasi, PIR datchiklar, Svetodiodlar, Fotodiodlar, Sensor datchiklar va boshqalar. Arduino IDE ga yozilgan kodlar sketch deb ataladi. Arduinoga sketch yozish uchun uni kompyuterga Arduino USB orqali bog'lab olish kerak. Sketchlar orqali biz Arduino platalariga dasturlar yozib qurilmalar vazifalarini kiritishimiz mumkin.

NATIJALAR

Biz amalda yaratmoqchi bo'lgan uskunamiz qo'ng'iroq tizimini takomillashtirish va ishlab chiqish, inson resurslaridan samarali foydalanishni tashkil qilish va pirovardda avtomatlashtirilgan va inson ishtirokisiz qo'ng'iroq chaladigan sistemani yaratish. Apparat tizimi maktablarda o'rnatilgani uchun bolalar qo'li etmaydigan joy, ya'ni balandroqda joylashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Hammamizga ma'lumki hozirgi zamonda tez va qulay elektron sistemalarni ishlab chiqarishda Arduino (http://arduino.cc) dastur va apparat sistemasidan jahonda ko'plab sohalarda foydalanmoqda. Hatto Arduino sistemasi uchun Arduino apparat sistemasidan tashqari boshqa sistemalar ham qo'shilmoqda. Yuqorida aytganimizdek maktabda

bolalar sho'xlik qilib qo'ng'iroq chalmasligi uchun qo'ng'iroq sistemasi balandga joylashtirilishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun sistemamiz albatta simsiz aloqa moduli bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Albatta biz Arduino Nano yoki Pro Miniga simsiz aloqa moduli o'rnatishimiz mumkin, lekin simsiz modulning o'zi ham kontroller vazifasini bajara oladigan ESP8266 WI-FI moduli mavjud. ESP8266 moduli WI-FI moduli vazifasini bajaribgina qolmay

kontroller vazifasini ham bajara oladi. Shuning bilan birga Arduino sistemasidan ko'ra ko'proq xotiraga ham ega. WI-FI moduli WPA2-PSK xavfsizlik rejimida ishlaydi va uni buzish juda qiyin. Narx-navo masalasida uncha qimmat emas. ESP8266 kontrolleriga Arduino IDE sida ham dastur tuzish mumkin. Ayrim yosh elektronika dasturchilari vaqtni kontrollerning ozida isbotlamoqchi bo'lishadi va qattiq adashishadi. Chunki hatto kompyuterlar ham vaqtni alohida kontrollerga ishonib topshirishgan. Kompyuter yoki kontroller biron bir ish bilan band bo'lgan vaqtida vaqtni hisoblashga ulgurmay qolishi mumkin hamda elektr toki bo'lmagan vaqtda vaqtni hisoblay olmaydi. Shuning uchun vaqtni avtonom elektr toki, yani batareya bilan taminlangan kontroller xisoblagani maqul. Biz taymer, yani vaqt kontrolleri sifatida keng tarqalgan DS3231 real vaqt soat modulidan foydalanamiz.

DS3231 moduli 3.3 volt elektr toki ishlatadi. Elektr tokida uzilish bo'lgan vaqtda ozida o'rnatilgan CR2032 3 voltli batareyadan foydalanadi. Yangi batareya bu modul uchun 3 yildan ortiq vaqtga etadi.

Barcha maktablarda mavjud qo'ng'iroqlar 220 volt tok bilan ishlagani uchun qo'ng'iroq tugmasini albatta to'g'ridan-to'g'ri bosa olmaymiz va buning uchun oddiy

rele ishlatamiz. Relemiz 5 volt tok bilan ishlaydi va kontrollerdan signal olgan vaqti 220 voltli qo'ng'iroqni chalib beradi. Biz releni kontroller orqali boshqarganimiz uchun unda Morze alifbosiga o'xshagan signallarni chala olamiz va dars boshlanishi, dars tugashi, tanaffus tugashiga oz vaqt qolganligi haqida ogohlantirish kabi shartli signallarni chala olamiz. Masalan uzun-uzun-uzun (dars boshlanishi) va qisqa-qisqa (dars boshlanishiga oz vaqt qoldi) kabi.

MUHOKAMA

Qo'ng'iroq tizimiga qolimiz etmagani tufayli va bolalardan himoya qilish uchun balandga o'rnatilgani sababli hech qanday menyu, knopka va ekran qo'yilmaydi. Faqatgina wi-figa ulanish uchun parol esdan chiqqan taqdirda uning ornatmalarini

tozalab yuborish uchun ichida jamper o'rnatiladi, Jamper qisqa tutashtirilgan holatda uskuna yoqilsa barcha o'rnatmalar tozalanadi va uskuna o'rnatmalarini qaytadan kiritish mumkin. O'natmalarni kiritish uchun Android dasturida dastur tuzmoqchi ham bo'ldik va bu fikrdan qaytdik. Har qanday wi-fi qurilmasi bor uskuna (kompyuter, telefon) bilan brauzer orqali kirib o'rnatmalarni tahrirlash va kiritishni maqsadga muvofiq deb topdik. Xuddi wi-fi routerlarni o'rnatgandek. Bu bilan tuzish qiyinroq bo'lgan Android sistemasidan voz kechish bilan birga krossplatformalikdek qulaylikka ega ham bo'lamiz. ESP8266 sistemasi web server vazifasini ham bajarishi mumkin.

Qurilma TCP/IP protokoli orqali ishlaydi. U ulanish nuqtasi (access point) rejimida ishlaydi. Ulanish masofasi ochiq joyda 50 metrgacha.

Tizimni tahrirlash va ornatish interfeysi oddiy va qulay bo'lishi kerak. Tizimda avtorizatsiya oynasi mavjud emas, chunk wi-fi parolidan kirib kelgan inson avtorizatsiyadan o'tgan hisoblanadi va to'g'ridan-to'g'ri tizimni tahrirlash oynasiga keladi. Oynada har bir darsning boshlanishi va tugashi kiritiladi. Darslar oralig'idagi vaqt tanaffus hisoblanadi. Bundan tashqari vaqtni to'g'rilash oynasi ham mavjud. Har bir dars vaqti to'g'risida o'chirish va tahrirlash tugmalari mavjud.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ushbu tizim maktab va OTMlar avtomatizatsiyasi uchun ozgina bo'lsada oz hissasini qo'shadi va ularning ishni yengillashtiradi. Bunday avtomatlashtirish tizimlari yurtimizda keng tarqalishiga ishonamiz va bu ishda oz hissamizni qo'shamiz degan umiddamiz.

REFERENCES:

1. Жураева, Н. В., Султанов, Р. О., Абдуллаева, С. А., Рахимжонова, В. А. (2020). Systematization of word combinations in the uzbek language. Наука и Мир, 2(6), 6568.

2. Sultanov R. O., Yusupov M. R. (2020). Ta'limda matematika fanini o'qitishdagi muammolar va ularning yechimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati. O'zMU xabarlari, 2(1/2/1), 144-147.

3. Султанов, Р. О. (2020). Idea блокли шифрлаш алгоритмини такомиллаштириш методлари. Academic Research in Educational Sciences, 7(3), 397-404.

4. Kamolov, E. R., Raximov, S. M., Sultanov, R. O., Maxmudov, M.A., (2021). Innovative method of developing creative thinking of students. Экономика и социум, 1(80).

5. Sultanov, R., & Xalmetova, M. (2021). Ikki g'ildirakli transport robotlari harakatini dasturlash. Academic Research in Educational Sciences, 2(Special Issue 2), 108-114.

6. Хуррамов, А. Ж., Комолов, Э. Р., Разработка алгоритма управления с учетом трудноформализуемой информации // Academic research in educational sciences, (2020). Volume 01, Issue 03, -pp: 240-247.

7. Ахмедов, Б. А. (2021). Задачи обеспечения надежности кластерных систем в непрерывной образовательной среде. Eurasian Education Science and Innovation Journal, 1(22), 15-19.

8. Akhmedov, B. A., Xalmetova, M. X., Rahmonova, G. S., Khasanova, S. Kh. (2020). Cluster method for the development of creative thinking of students of higher educational institutions. Экономика и социум, 12(79), 588-591.

9. Akhmedov, B. A., Makhkamova, M. U., Aydarov, E. B., Rizayev, O. B. (2020). Trends in the use of the pedagogical cluster to improve the quality of information technology lessons. Экономика и социум, 12(79), 802-804.

10. Akhmedov, B. A., Majidov, J. M., Narimbetova, Z. A., Kuralov, Yu. A. (2020). Active interactive and distance forms of the cluster method of learning in development of higher education. Экономика и социум, 12(79), 805-808.

11. Akhmedov, B. A., Eshnazarova, M. Yu., Rustamov, U. R., Xudoyberdiyev, R. F. (2020). Cluster method of using mobile applications in the education process. Экономика и социум, 12(79), 809-811.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.