Научная статья на тему 'AUROBINDO GXOSHNING “INTEGRAL VEDANTA”SI SHAKLLANISHIDA YEVROPA FALSAFASINING TA’SIRI'

AUROBINDO GXOSHNING “INTEGRAL VEDANTA”SI SHAKLLANISHIDA YEVROPA FALSAFASINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
59
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gegel / dialektika / dialektik mantiq / Bredli / Absolyut / idealizm / materializm / Freyd / irratsionalizm. / Hegel / dialectic / dialectical logic / Bradley / Absolute / idealism / materialism / Freud / irrationalism.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shakambarov, Abdurashid Abdujabbarovich

Maqola hind faylasufi Aurobindo Gxosh tomonidan yaratilgan “Integral vedanta” ta’limotida G’arb falsafasining ta’sir jarayonini tahlil qilishga bag'ishlangan. Ushbu maqolada Hind va g’arb falsafasi sintezi hisoblangan bu ta’limot shakllanishida Yevropadagi falsafiy qarashlarning roli, o’xshashligi va farqlanishi atroflicha tavsiflangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF EUROPEAN PHILOSOPHY ON THE FORMATION OF THE "INTEGRAL VEDANTA" OF AUROBINDO GHOSH

The article is devoted to the analysis of the influence of Western philosophy on the doctrine of "Integral Vedanta", created by the Indian philosopher Aurobindo Ghose. This article describes in detail the role, similarities and differences of philosophical views in Europe in the formation of this doctrine, which is a synthesis of Indian and Western philosophy.

Текст научной работы на тему «AUROBINDO GXOSHNING “INTEGRAL VEDANTA”SI SHAKLLANISHIDA YEVROPA FALSAFASINING TA’SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AUROBINDO GXOSHNING "INTEGRAL VEDANTA"SI SHAKLLANISHIDA YEVROPA FALSAFASINING TA'SIRI

Shakambarov Abdurashid Abdujabbarovich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Sharq falsafasi va madaniyati" yo'nalishi 2-bosqich magistranti

a.shoqambarov@mail .ru

Maqola hind faylasuf Aurobindo Gxosh tomonidan yaratilgan "Integral vedanta" ta'limotida G'arb falsafasining ta'sir jarayonini tahlil qilishga bag'ishlangan. Ushbu maqolada Hind va g'arb falsafasi sintezi hisoblangan bu ta'limot shakllanishida Yevropadagi falsafiy qarashlarning roli, o'xshashligi va farqlanishi atroflicha tavsiflangan.

Kalit so'zlar: Gegel, dialektika, dialektik mantiq, Bredli, Absolyut, idealizm, materializm, Freyd, irratsionalizm.

Статья посвящена анализу процесса влияния западной философии на учение «Интегральная веданта», созданное индийским философом Ауробиндо Гхошем. В данной статье подробно описывается роль, сходства и различия философских воззрений в Европе в формировании этого учения, представляющего собой синтез индийской и западной философии.

Ключевые слова: Гегел, диалектика, диалектическая логика, Брэдли, Абсолют, идеализм, материализм, Фрейд, иррационализм

The article is devoted to the analysis of the influence of Western philosophy on the doctrine of "Integral Vedanta", created by the Indian philosopher Aurobindo Ghose. This article describes in detail the role, similarities and differences of philosophical views in Europe in the formation of this doctrine, which is a synthesis of Indian and Western philosophy.

Keywords: Hegel, dialectic, dialectical logic, Bradley, Absolute, idealism, materialism, Freud, irrationalism.

Aurobindo Gxosh falsafiy asarlarining ahamiyatini baholab, uning Hindistondagi izdoshlari ham, boshqa mamlakatlardagi burjua faylasuflari ham u yaratgan tizim hind va g'arb falsafasining eng muhim g'oyalari hamda bu g'oyalar ortidagi madaniy

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qadriyatlarning sintezi ekanligini ta'kidlaydilar. Gxosh eng qadimgi Sharq hikmatlarini zamonaviy talqin etib, o'zining yangi ta'limoti -Integral vedantani ishlab chiqdi, uni G'arb falsafiy donishmadligi bilan, shuningdek, hozirgi davr fani va texnikasi tahlili bilan ham uzviy bog'lab, davrimizning yangi metafizikasini yaratdi. Biroq, Yevropadagi falsafiy g'oyalarning Gxosh dunyoqarashiga ta'sirining ko'lami va xarakterini aniqlash juda qiyin. Chunki o'zining asarlarida g'arb falsafasini tanqid qilgan Gxosh asosan qadimiy hind falsafiy asarlariga iqtibos keltiradi. Zero, bunga sabab bo'luvchi bir qator ijtimoiy faktorlar mayjudligini aytish mumkin, masalan, mustamlakachilik siyosatini oqlovchi yevrosentrizm g'oyalari. Biroq, biz masalaga holis yondashib Hind va G'arb falsafasi sintezi hisoblangan bu ta'limot shakllanishida Yevropadagi falsafiy qarashlarning roli, o'xshashligi va farqlanishiga atroflicha to'xtalamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hind falsafiy merosining turli manbalariga minglab iqtiboslar keltirgan Aurobindo Gxosh o'ziningko'plab asarlarida deyarli g'arb faylasuflarining tushunchalariga to'g'ridan-to'g'ri va "ochiq-oydin" ma'noda murojaat qilmaydi. Biroq, bu holat uning bu sohadagi nodonligidan dalolat bermaydi. Gxosh ataylab Yevropa manbalariga havola qilishdan qochadi, bu borada o'zini XIX asr oxiridagi hind liberal yozuvchilari bilan taqqoslaydi, ular har qanday masalani muhokama qilishda yevropalik va birinchi navbatda ingliz mualliflaridan iqtibos keltiradilar. Qolaversa, u G'arb va Hindiston sivilizatsiyalari o'rtasidagi qarama-qarshilik haqidagi nazariyasiga asoslanib, butun boshli g'arb falsafasini samarasiz, befoyda va sxolastik (diniy aqidani nazariy isbotlashga uringan quruq safsata) deb qoralaydi. Masalan, S. Radxakrishnandan farqli o'laroq, Gxosh garchi ular iqtisodiy va siyosiy hayot, ilm-fan va boshqa sohalarda Yevropadan o'rganishlari kerak bo'lgan narsalar ko'p bo'lsa-da, falsafa sohasida hindlarning yevropaliklardan o'rganadigan deyarli hech narsasi yo'q, deb ishonadi. Nima bo'lganda ham, Gxosh falsafasining, shubhasiz, Yevropadagi bir qancha falsafiy qarashlar bilan uzviy bog'liqligini ko'rishimiz mumkin. Masalan, Gxoshning dunyoqarashi Gegel g'oyalari ta'sirida shakllangan, deb hisoblaydigan Charlz Mur fikrlari uchun ham yetarlicha sabablar bor. [1, 85-b.]. Ular sirasiga ruhiy borliqning moddiy jihatdan o'z-o'zidan begonalashishi va uning eng yuqori bosqichda - bilishdagi haqiqatga qaytishi, insoniyat tarixining samoviy jarayonlardagi alohida o'rni, zaruriyatdan erkinlikka sakrash g'oyalari, "xalq ruhi" va tarixiy davrlar ruhi, ijtimoiy ong shakllari (san'at, din, falsafa) ni rivojlantirish orqali mutlaq g'oyani amalga oshirish va hokazolar kiradi. Gegel dialektikasining Gxosh falsafasiga ta'sirini, xususan, dialektik inkor

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

haqidagi ta'limot, rivojlanishning pastdan yuqoriga o'sib boruvchi xususiyati, shuningdek, borliqdagi qarama-qarshi mavjudot kategoriyalarining o'zaro bir-biriga kirib borishi misollarida keltirish mumkin.

Shu bilan birga, Gegel va Gxoshning falsafiy tushunchalari bir qator muhim jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Gegel, inson tafakkurini mutlaqlashtiradi, mantiqiy kategoriyalarning oldindan mavjudligi haqidagi ta'limotni yaratadi, Gxosh supermantiqiy, tushunchalarda ifodalab bo'lmaydigan, Absolyut tabiatini ta'kidlaydi; Gegel ratsional bilishning metafizik cheklovlarini tanqid qilib, unga dialektik aqlni qarshi qo'yadi, Gxosh esa teskarisi, sezgini aqlga qarshi qo'yadi; Gegel falsafani ilmiy qilishni o'z vazifasi deb bilsa, Gxosh falsafiy muammolarga sof ilmiy yondashishning befoydaligi haqida gapiradi. Bu jihatlari bilan biz Gxosh falsafasi 19-asr oxiridagi ingliz neo-gegelchilarining qarashlariga ma'lum darajada o'xshashligini ko'rishimiz mumkin. (Grin, Keyrd, Bredli).

Bredli, xususan, o'zining aql qabul qiladigan munosabatlar doirasidan tashqarida amalga oshiriladigan inson tajribasi barcha jabhalarining (ong, iroda, his-tuyg'ular) eng yuqori sintezi sifatidagi Absolyut konsepsiyasi bilan Gegelning Absolyut g'oyasiga qarshi chiqadi. U bilish kategoriyalarining dialektik mohiyatini so'nggisining unga mos kelmasligi va mistik ichki tajribaga murojaat qilish zarurligining dalili sifatida ko'rsatishga harakat qiladi. Shu munosabat bilan, uning nuqtai nazaridan, falsafa va tabiiy fanlar ham metodologiya, ham o'rganish predmeti bo'yicha farqlanadi - birinchisi "voqelik", keyingisi esa "tashqi ko'rinish" bilan shug'ullanadi.

Bredli g'oyalarining Gxoshga ta'siri katta ehtimol; masalan, Gxoshning "supramental ong" (bo'linishsiz ko'plik, moddiydan farqli o'laroq maxsus "ruhiy" davr va boshqalar) tabiati haqidagi ba'zi g'oyalari bilan Bredlining "reallik" tabiati haqidagi qarashlari o'xshashligini ta'kidlash kerak. Biroq, bu ta'sirni bo'rttirib yubormaslik kerak. Birinchidan, Gxoshning mantiqdan yuqorida turuvchi Absolyut va ilohiy intuitsiya haqidagi g'oyalari qadimgi hind falsafiy an'analariga borib taqaladi. Ikkinchidan, uning nuqtai nazari bir qator jihatlar bo'yicha Bredlinikidan tubdan farq qiladi.

Shunday qilib, u dunyoning haqiqiy emasligini isbotlash uchun "salbiy dialektika" usulidan foydalanmaydi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, empirik dunyoning g'ayritabiiyligi haqidagi tezisni inkor etish Gxosh falsafiy asarlarining asosiy maqsadlaridan biridir. Bredli kabi falsafani o'ziga xos fanlarga qarama-qarshi qo'yib, ilmiy bilimlarning cheklanganligi, torligi, biryoqlamaligini ta'kidlasa-da,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Gxosh, undan farqli o'laroq, o'z falsafasining qoidalarini tasdiqlash uchun ko'pincha ilm-fanga murojaat qilishga harakat qiladi.

Gxoshning o'tgan asrning emas, balki XX asr ilm-faniga murojaat qilishi xarakterlidir. Bu ikki holatga bog'liq. Birinchidan, u ko'pincha XIX asrni Millning utilitarizmi, Spenserning pozitivizmi va boshqalar bilan, shuningdek, XIX asr oxirida inglizparast hind liberallari tomonidan qabul qilingan mafkura bilan izohlaydi. Ikkinchidan, u o'tgan asr ilm-fanini materialistik dunyoqarash bilan (mexanika bilan aniqlangan, deb hisoblaydi), XX asr boshlaridagi zamonaviy fanni esa idealistik dunyoqarash bilan bog'laydi.

Gxosh fízikaning inqirozi deb ataladigan ko'plab Yevropa idealizm maktablariga ergashib, XX asr boshidagi buyuk ilmiy kashfiyotlarni noto'g'ri talqin qiladi. Xususan, Ostvald fíkrlaridan ilhomlangan Gxosh dunyoning materialistik nuqtai nazarini energiya bilan almashtirish haqida gapiradi, energiyani esa o'zining shakti tushunchasi bilan taqqoslaydi.

Yana boshqa yevropalik olimlar, favquloddagi evolyutsiya ta'limotining asoschilari Aleksandr va Lloyd Morganlarning hayot va ongni materiyadan kelib chiqmagan, ular mavjudlikning alohida turlari degan g'oyasi bilan Gxosh o'zining "uch olam" nazariyasini bog'laydi. [2, 7-bet]. Aleksandr konsepsiyasining boshqa ba'zi jihatlari ham Gxoshga yaqin, jumladan, evolyutsiyaning maqsadi ilohiy tamoyilni amalga oshirish, uning harakatlantiruvchi kuchi esa ruhning yaratuvchanlik istagi ("nizus") ekanligini e'tirof etish. Shu bilan birga, Gxosh yangi sifatlarning paydo bo'lishi nazariyasiga qo'shilmaydi; u miqdor va sifat o'zgarishlari o'rtasidagi bog'liqlikni inkor etmaydi, garchi uni mistika qilib ko'rsatsa ham. U Aleksandrdagi evolyutsiyaning fazo-vaqt asoslari haqidagi ta'limotga ham qarshi chiqadi. [3, II jild 4-bet].

Gxosh, shuningdek, "zamonaviy ilm-fan" xulosalariga ishora qiladi, uning ong osti nazariyasini va uning insonning ongli faoliyatiga ta'sirini asoslaydi. Bunda u Freydni nazarda tutganga o'xshaydi, uning ta'siri, Gxoshning tushlarning ahamiyatini talqin qilishi, inson instinktlarining "sublimatsiyasi" haqidagi ba'zi fikrlar, inson psixikasining ongli va ongsiz tomoni o'rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish va boshqalarda ko'rinadi. Biroq, freydizmning Gxoshga ta'sirini bo'rttirib bo'lmaydi. Ongli va ongsiz o'rtasidagi munosabatlar muammosi hind falsafasida Freyddan ancha oldin qo'yilgan. Freydning eros rolini bo'rttirib ko'rsatishi, uning antiistorizmi, taraqqiyotni inkor etishi, urushlar, ekspluatatsiya uchun kechirim so'rashi va hokazolar inson ruhiyati ichki tabiatining majburiy ko'rinishlari sifatida Gxoshga begonadir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Gxosh nafaqat Yevropa falsafasining idealistik maktablari g'oyalarini bevosita qo'llaganligini, balki aksariyat hollarda bu maktablar idealizmning zamonaviy irratsionalistik versiyasini, klassik idealizmning parchalanishi mahsulini ifodalovchi maktablar ekanligini ko'rish qiyin emas. Gxosh faqat Gegel falsafasidan haqiqatan ham Yevropa falsafasining haqiqiy yutuqlaridan biri bo'lgan ba'zi g'oyalarni olishga muvaffaq bo'ladi.

Integral Vedantaning idealist tarjimonlari Gxosh tomonidan Sharq va G'arbning falsafiy qadriyatlari aynan qanday sintez qilinganligini aniqlashga harakat qilganda, faktlar ko'proq yuzaga chiqadi. Ularning ko'pchiligiga ko'ra, Gxosh rivojlanayotgan koinot va o'zgarmas mutlaq haqidagi, amaliy faoliyatning qadri va ma'naviy kamolotga intilishi haqidagi, hushyor aql va mistik sezgining afzalliklari haqidagi, ham o'ziga xosligi bilan noyob shaxs, ham dunyoning yagona va shaxssiz asosi mavjudligi haqidagi g'oyalarning "yarashishi" va o'zaro "muvozanati" ga erisha olgan. Biroq mana shunday va shunga o'xshash kategorik mulohazalar tarzida ifodalangan, G'arb va Sharq falsafiy merosiga qarshi bo'lgan antitezalar yolg'on bo'lib chiqadi.

Shunday qilib, shaxsning betakror o'ziga xosligini tan olish uchun Gxosh G'arb falsafasiga murojaat qilishi shart emas: bunday o'ziga xoslik Ramanujaning "Vishishta advayta"sida va boshqalarda ma'lum darajada tan olingan. [4, 86-bet]. Gxoshning amaliy faoliyat va aqlning qadr-qimmatini tan olishi o'z-o'zidan uning G'arb falsafiy an'analariga murojaat qilganidan dalolatdir, degan tushunchalar ham unchalik asoslanmagan. Aslini olganda, bu g'oyalar Gxosh juda qattiq kurashgan va ko'p jihatdan muvaffaqiyatli bo'lgan yevrosentrizmga hurmatdan boshqa narsa emas.

Aqlning roliga kelsak, shubhasiz, butun boshli tarixiy taraqqiyot davrining mazmuni sifatida insonda ratsional tamoyilning infraratsionallik ustidan g'alaba qozonishi haqidagi Gxoshning g'oyasi, noan'anaviydir. Aql, o'rta asr xurofotlarini yengib, jamiyat uchun yangi istiqbollar ochish, feodal kishanlaridan ozod bo'lgan shaxs, insoniyat taraqqiyoti, uning bunyodkorlik qudratini anglash g'oyalari haqiqatan ham o'z davrida G'arbning eng ilg'or burjua mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan. Gxosh, shubhasiz, ularning ta'sirini qisman Gegel falsafasi orqali, qisman esa rivojlangan Yevropa tafakkuri merosini o'zlashtirgan 19-asr hind mutafakkirlari falsafasi orqali his qilgan.

Ammo bu g'oyalar Gxosh falsafasida qanday noodatiy shaklda namoyon bo'l adi, degan savol tug'iladi. Javob quyidagicha: Aql diniy tushunchalarni buzib tashlaydi, faqat yanada takomillashtirilgan, "oliy ratsional" dinga yo'l ochib beradi. Inson an'analar yukidan faqat "erkin" va "ixtiyoriy ravishda" bu an'analarni (varnadxarma)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mos ravishda "tozalangan" va takomillashtirilgan holda o'matish zarurligini tan olish uchun ozod qilinadi. O'z-o'zini anglaydigan insonning yaratuvchanlik kuchini ro'yobga chiqaradigan taraqqiyot o'zining Xudoga mutlaq bog'liqligini tan olish, ya'ni o'zini o'zi kamsitish bilan yakunlanadi, shundan so'ng u bir marotaba va butunlayga tugaydi.

Aurobindo falsafasining xususiyatlaridan biri - uning involyutsiya va evolyutsiya haqidagi qoidasidir. Mutafakkir shundan kelib chiqadiki, «g'arbning» tadrijiy rivojlanish g'oyasi fizik va biologik tabiat tomonidan chegaralangan, «uning harakatida hech qanday ruhiy uyg'otish manbasi yo'q, balki faqat tolmas moddiy zaruriyat kuchi bor xolos».[5, 232-bet]. U o'zining tadrijiy rivojlanish haqidagi tushunchasini olg'a surib, unga qo'shimcha sifatida involyutsiya kategoriyasini kiritadi. Involyutsiya evolyutsiya (tadrijiy rivojlanish) dan oldin kelib, umumiy aql dunyoning tabiatidan kelib chiqadi.

Shu narsani ta'kidlash joizki, biz Sharq falsafasining jozibadorligi siri tufayli, uning ong evolyutsiyasining qanday bosqichiga tegishli ekanini tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo'ldik. Ushbu sir inson ruhiyatining samoviy ilhom bulog'i bilan bog'lanishida ekan. Shu ma'noda A.Gxosh tasnifiga ko'ra foydalansak, Sharq poetik falsafasi G'arbning ratsionalistik falsafasidan ikki pog'ona baland turadi. Vaholanki, Gegel o'zining yevrosentrizm pozitsiyasidan turib G'arb ma'naviy madaniyatini Sharqnikidan ustun o'ringa qo'ygan edi. Boshqa ishida esa uning o'zi o'z dialektikasini ishlab chiqishda Rumiyning "Ma'naviy masnaviy"sidan ta'sirlanganini yozadi.

Chindan ham, Gxosh tasnifiga ko'ra Sharq falsafasi oliy aqlning emas, hatto nurlangan aqlning ham emas, balki intuitiv pog'onaning mahsuli ekani ko'rinadi. Shu munosabat bilan biz G'arb eksperimental ideologiyasining xavfli tomonlarini ko'rsatib bergan taniqli hind mutafakkiri A.Gxoshning fíkrlarini, ayniqsa uning zamonaviy ideologiyada yo'l qo'yilayotgan xatolar oqibati haqida aytganlarini va bu borada G'arbning Sharqdan o'rganishi kerak bo'lgan juda katta bilim sohasi borligini ko'rsatadi.

Zamonaviy davrda taraqqiyotning ajralmas sharti sifatida xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini va barcha mazlum xalqlarning ozod bo'lishi zarurligini asoslash, xalqaro munosabatlarda tenglik tamoyilini himoya qilish, mustamlakachilikni nazariy asoslash sifatidagi yevrosentrizmni tanqid qilish, ozodlik

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kurashida zo'ravonlikdan foydalanishning qonuniyligini qo'llab-quvvatlash - bu Gxosh ijtimoiy ta'limotining eng yaxshi tomonlaridir.

REFERENCES

1. «The Integral Philosophy of Sri Aurobindo. A Commemorative Symposium», London, 1960.

2. Sri Aurobindo, Evolution, Pondicherry, 1950.

3. Sri Aurobindo, The Life Divine, vol. I—II, Calcutta, 1944—1947.

4. Sri Aurobindo, The Foundations of Indian Culture, Pondicherry, 1959.

5. Aurobindo Sri. Birth Centenary Library, rol. 16, Pondicherry, 1972

6. Akhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

7. Qodirov, M. (2022). AKADEMIK XAYRULLAYEV-MA'NAVIYATIMIZ DARG'ASI (1931-2004). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 13-19.

8. Qodirov, M. (2021). PIFAGOR VA AFLOTUNNING HARAKAT VA ZAMON TA'RIFI HAQIDA IBN SINO E'TIROFLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 16-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.