Научная статья на тему 'ATMOSFERANING SIRT QATLAMI TURBULENTLIGIGA TA’SIR QILUVCHI METEOROLOGIK PARAMETRLAR'

ATMOSFERANING SIRT QATLAMI TURBULENTLIGIGA TA’SIR QILUVCHI METEOROLOGIK PARAMETRLAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ATMOSFERANING SIRT QATLAMI TURBULENTLIGIGA TA’SIR QILUVCHI METEOROLOGIK PARAMETRLAR»

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

ATMOSFERANING SIRT QATLAMI TURBULENTLIGIGA TA'SIR QILUVCHI METEOROLOGIK PARAMETRLAR

Y.A.Tillayev, A.M.Azimov

Mirzo Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti, O'zbekiston Milliy universiteti.

O'zbekiston.

Observatoriyalar yuqorisidagi atmosfera asosan 3 qismga bo'lib o'rganiladi. Bular: yer sirti qatlami, chegaraviy qatlam va erkin atmosfera. Yer sirti qatlami balandligi 500 metrgacha bo'lishi mumkin[1]. Chegaraviy qatlam atmosferaning bu troposferaning sutkalik o'zgarib turuvchi qismi bo'lib, uning balandligi 1-3 kmgacha qiymatni tashkil qiladi. Bu balandlikdan yuqorida erkin atmosfera joylashgan.

Yer sirti qatlamidagi tasvir sifatini hozirgi kunda zamonaviy va ko'plab observatoriyalarda qo'llanilib kelayotgan LuSci qurilmasi yordamida o'lchash mumkin. LuSci nomi bu Lunar Scintillometer so'zlarining qisqartmasidan olingan bo'lib, ushbu qurilma Oy nurlarini miltillashlarini baholash orqali yer sirti qatlamidagi tasvir sifatini o'lchaydi [2]. LuSci qurilmasi sirt qatlamining turli balandliklardagi, ya'ni yerdan 4, 16, 64 va 256 metr balandliklardagi tasvir sifatini baholaydi. Atmosfera turbulentligi astronomik tasvir sifati kattaligi orqali ifodalanib, yoy sekundi birliklarida o'lchanadi.

Tasvir sifatini o'lchashda ayrim meteorologik parametrlani hisobga olish muhim sanaladi, chunki ayrim meteorologik parametrlar tasvir sifatiga sa'lbiy ta'sir qiladi va uning qiymatini yomonlashtiradi [3]. Bu esa astronomik kuzatuvlarga salbiy ta'sir qiladi.

Maydanak observatoriyasida 2021-yildan boshlab atmosferaning yer sirti qatlamidagi turbulentlik monitoring qilinmoqda. Ushbu tadqiqot doirasida turli balandliklardagi tasvir sifatiga tun davomidagi shamol tezligi va temperatura o'zgarishining ta'siri baholandi.

Dastavva l4, 16, 64 va 256 metr balandliklardagi tasvir sifatiga shamol tezligining ta'sirini ko'rib chiqamiz. Tadqiqotdan olingan natijalar 1-rasmda keltirilgan. Grafiklarda x o'qida shamol tezligi va y o'qida esa mos balandliklardagi tasvir sifati keltirilgan.

193

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current

ChaLes.hnnoeon.andPru.en

1-rasm. Sirt qatlamining turli balandliklardagi tasvir sifatiga shamol tezligining

ta'siri

Har bir balandlik uchun tasvir sifati va shamol tezligi kattaliklari orasidagi bog'lanishni ifodalovchi korrelyatsiya chiziqlarini o'tkazdik. Olingan natijalar shuni korsatmoqdaki, shamol tezligi turli balandliklardagi tasvir sifatiga sezüarli ta'sir qilar ekan. Korrelyatsiya chiziqlaridan shuni ko'rish mumkinki, shamol tezligi ortgani sari tasvir sifati qiymati ham yomonlashib boradi. 4, 16, 64 va 256 metr balandliklardagi tasvir sifati hamda shamol tezligi orasidagi korrelyatsiya koeffítsientlari mos ravishda 48%, 55%, 56% va 46% ekanligi aniqlandi. Bundan ko'rinib turibdiki, shamol tezligining eng katta ta'siri 16 va 64 metr balandliklarga to'g'ri kelmoqda.

Keyingi navbatda temperatura o'zgarishlarining turli balandliklardagi tasvir sifatiga ta'siri o'rganildi (2-rasm). Natijada tun davomida temperaturaning keskin o'zgarishlari tasvir sifatiga sezilarli ta'sir qilishi aniqlandi.

194

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current

2-rasm. Sirt qatlamining turli balandliklardagi tasvir sifatiga temperatura

o'zgarishimng ta'siri

Dastlab tun davomida temperaturning maksimal o'zgarish qiymatlari topildi. Shu bilan birga ushbu tunlardagi turli balandliklarda o'lchangan tasvir sifatining mediana qiymatlari hisoblandi. Grafikda x o'qida tun davomidagi temperatura o'zgarishi hamda y o'qida esa mos ravishda turli balandliklardagi tasvir sifati qiymatlari berilgan. Har bir balandliklar uchun korrelyatsiya chizigi (qizil chiziq) o'tkazilgan. Shuningdek, har bir balandlik uchun korrelyatsiya koeffítsientlari grafik yuqorisida keltirilgan. Ushbu tunlarda temperatura 7°C gacha o'zgargan.

Olingan natijalar shuni ko'rsatmoqdaki, temperatura o'zgarishlari qancha katta bo'lsa tasvir sifatining qiymati ham shuncha yonomlashmoqda. Tasvir sifati va temperatura o'zgarishlari orasidagi korrelyatsiya koeffitsienti 4, 16, 64 va 256 metr balandliklar bo'yicha mos ravishda 29%, 30%, 31% va 33% ni tashkil qildi. Eng katta korrelyatsiya 256 metr balandlikka mos kelmoqda.

Xulosa. Shamol tezligi hamda temperatura o'zgarishlari tasvir sifati kattaligiga sezilarli ta'sir qilishi, hamda ushbu kattaliklar ortgani sari tasvir sifati ham yomonlashib borishi aniqlandi. Shamol tezligi sirt qatlamidagi tasvir sifatiga 56%

May 15, 2024

195

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current _Challenges, Innovations and Prospects

gacha salbiy ta'sir qilishi mumkin. Temperaturaning tun davomida o'zgarishi sirt qatlamidagi tasvir sifatiga 33% gacha salbiy ta'sir qilishi mumkinligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Azimov, A.; Tillayev, Y.; Ehgamberdiev, S.; Rajabov, Y.; Ilyasov, S.; Sarazin, M. Surface Layer Turbulence at the Maidanak Observatory. Atmosphere 2023, 14, 1779. https://doi.org/ 10.3390/atmos 14121779

2. Hickson, P.; Lanzetta, K. Measuring Atmospheric Turbulence with a Lunar Scintillometer Array. Publ. Astron. Soc. Pac. 2004, 116, 1143-1152. https://doi.org/10.1086/427046.

3. Tillayev, Y.; Azimov, A.; Ehgamberdiev, S.; Ilyasov, S. Astronomical Seeing and Meteorological Parameters at Maidanak Observatory. Atmosphere 2023, 14, 199. https://doi.org/ 10.3390/atmos 14020199

196

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.