Научная статья на тему 'ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHINI NATIJASIDA INSON SALOMATLIGIGA TAʼSIR QILUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)'

ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHINI NATIJASIDA INSON SALOMATLIGIGA TAʼSIR QILUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR (XORAZM VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1496
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gaz tarkibi / ozon tuynugi / atmosfera sirkulyatsiyasi / barometr. / gas content / ozone hole / atmospheric circulation / barometer

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sobirov Javoxir Xayrulla Oʻgʻli, O'Ktamov Murodjon Gʻafur Oʻgʻli

Atmosferani oʻrganish va tadqiq qilish ancha yillar oldin boshlangan boʻlib asosan qanday tuzilgan tarkibida qanday moddalar borligi oʻrganilgan. Endilikda esa atmosfera havosini turli xil yoʻllar bilan ifloslanishi natijasida uni boshqa tomonini oʻrganish kengaydi. Oʻzi biron muammoni oldin keltirib chiqarib keyin bartaraf etish yoʻllari izlanadi buni barchamiz yaxshi bilamiz. Ushbu maqolada atmosfera havosining ifloslanishini inson salomatligiga taʼsir qiluvchi geografik omillar haqida Xorazm viloyati misolida maʼlumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOGRAPHICAL FACTORS AFFECTING HUMAN HEALTH OF ATMOSPHERIC AIR POLLUTION (IN THE EXAMPLE OF KHORAZM PROVINCE)

The study and research of the atmosphere began many years ago, mainly studying how it is composed and what substances it contains. Now, as a result of atmospheric air pollution in various ways, the study of the other side of it has expanded. We all know that it causes a problem first, and then looks for ways to eliminate it. In this article, information is given on the geographical factors affecting human health of atmospheric air pollution on the example of Khorezm region.

Текст научной работы на тему «ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHINI NATIJASIDA INSON SALOMATLIGIGA TAʼSIR QILUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)»

ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHINI NATIJASIDA INSON SALOMATLIGIGA TA'SIR QILUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR (XORAZM VILOYATI MISOLIDA) Sobirov Javoxir Xayrulla o'g'li O'ktamov Murodjon G'afur o'g'li Urganch davlat universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.6833592

Annotatsiya. Atmosferani o'rganish va tadqiq qilish anchayillar oldin boshlangan bo'lib asosan qanday tuzilgan tarkibida qanday moddalar borligi o'rganilgan. Endilikda esa atmosfera havosini turli xil yo'llar bilan ifloslanishi natijasida uni boshqa tomonini o' rganish kengaydi. O'zi biron muammoni oldin keltirib chiqarib keyin bartaraf etish yo'llari izlanadi buni barchamiz yaxshi bilamiz. Ushbu maqolada atmosfera havosining ifloslanishini inson salomatligiga ta'sir qiluvchi geografik omillar haqida Xorazm viloyati misolida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: gaz tarkibi, ozon tuynugi, atmosfera sirkulyatsiyasi, barometr.

ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ЗДОРОВЬЕ ЧЕЛОВЕКА ЗАГРЯЗНЕНИЯ АТМОСФЕРНОГО ВОЗДУХА (НА ПРИМЕРЕ ХОРАЗМСКОЙ

ОБЛАСТИ)

Аннотация. Изучение и исследование атмосферы началось много лет назад, в основном изучая, из чего она состоит и какие вещества в ней содержатся. Сейчас, в результате загрязнения атмосферного воздуха различными способами, расширилось изучение его обратной стороны. Все мы знаем, что он сначала создает проблему, а потом ищет пути ее устранения. В данной статье дана информация о географических факторах, влияющих на здоровье человека загрязнения атмосферного воздуха на примере Хорезмской области.

Ключевые слова: газоносность, озоновая дыра, атмосферная циркуляция, барометр.

GEOGRAPHICAL FACTORS AFFECTING HUMAN HEALTH OF ATMOSPHERIC AIR POLLUTION (IN THE EXAMPLE OF KHORAZM PROVINCE)

Abstract. The study and research of the atmosphere began many years ago, mainly studying how it is composed and what substances it contains. Now, as a result of atmospheric air pollution in various ways, the study of the other side of it has expanded. We all know that it causes a problem first, and then looks for ways to eliminate it. In this article, information is given on the geographical factors affecting human health of atmospheric air pollution on the example of Khorezm region.

Key words: gas content, ozone hole, atmospheric circulation, barometer

KIRISH

Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigl bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo'lib.

Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo'lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob-havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq. Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert gazlar 0.95%, karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo'ladi. Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir. Atmosfera tarkibida turli tumandagi chang zarralari va kimyoviy elementlar hamda eng muhim hisoblanadigan quyi amudaryo okrugida uchraydigan tuzlar ko'pchilikni tashkil etadi. Inson hayoti faoliyati davomida tabiatdagi tabiiy va texnogen jarayonlar natijasida insonlar salomatligi salbiy yoki aksincha ijobiy tomonga o'zgaradi. Ushbu maqolada biz aynan Xorazm viloyati misolida atmosfera havosining ifloslanishini insonlar salomatligiga ta'sirini hamda atmosfera havosini ifloslovchi omillarning butun viloyat miqyosida geografik tarqalishi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tabiat unsurlaridan oqilona foydalanish jarayoni murakkab va majmualiligi bilan tavsiflanganligi tufayli resurslarni qishloq xo'jalik muomalasiga kiritilayotganda hududning ekologik vaziyatiga yetarli e'tibor bermaslik natijasida ma'lum muddatdan so'ng uning turli toifalardagi oqibatlari shakllana boshlaydi. Ba'zan bu oqibatlar tez muddatlarda, ayrim hollarda kech sodir bo'lishi natijasida atrof-muhit degradatsiyasining yuz berishi va rivojlanishi ham uzoqqa cho'zilishi mumkin. Bunda hududning ekologik vaziyatini qisqa vaqtda keskin o'zgarishini ham sodir bo'lish yoki bo'lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Buni tabiiy komplekslarning strukturali dinamik holatining yo'nalish xususiyatlarini o'rganish bilan aniqlash mumkin.[1] Tabiiy resurslarni o'zlashtirish jarayonida yuqorida tavsiflangan nohush hodisalarni ro y bermasligini oldini olish maqsadida hamda ulardan oqilona va samarali foydalanish tamoyillariga tayanib, qishloq xo'jalikni barqaror boshqarish uchun agroresurslarni ekologik-geografik jihatdan asoslangan holda muomalaga kiritish ayni muddaodir. Bu borada tabiatdan foydalanish jarayonini ekologik va geografik qonunlar hamda qonuniyatlarga asoslangan tarzda asosiy tamoyillari va uslublarini ishlab chiqish amaliy ahamiyat kasb etadi. Lekin bu umumiy metodologik asos, aslida har bir landshaft yoki landshaftlar guruhi uchun ilmiy tamoyil va uslublar tizimi asoslanishi lozim.

TADQIQOT NATIJALARI

Tabiatdan foydalanishning ekologik-geografik asoslari nazariy jihatdan o'rganilgan holda mazkur hududning tabiatidan foydalanishning uzoq muddatga mo'ljallangan strategiyasini tavsiflash amaliy ahamiyatga ega.

Xorazm viloyati xududining geografik joylashuvi natijasida atmosferaning ifloslanishiga tabiiy jihatdan ham ta'sir ko'rsatadigan juda ko'p omillar bo'lib ularning natijasida atmosferaga turli xil tuzlar, changlarning ko'tarilishi natijasida bu xududlarda yashaydigan aholi orasida turli xil kasalliklar kelib chiqmoqda. Xorazm viloyati respublikamizda yog'in sochin eng kam bo'lgan hududlardan hisoblanadi. O'rtacha yillik yog'in 80-110 mm ni tashkil etadi, aksincha, mumkin bo'lgan bug'lanish esa 1300-1400 mm ni tashkil etadi.[2]

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki Xorazm viloyati havosining inson salomatligiga tasiri faqat insonlarning faoliyati natijasida emas balki xududda tarqalgan tabiiy omillar

natijasida ham ifloslanib bormoqda. Bu o'rinda viloyatning eng yirik cho'llarning orasida joylashganligi hamda orol dengizining qurishi eng ko'p ta'sir ko'rsatadi. Bunday atmosferani ifloslanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan tabiiy omillarni insonlar turli xil qonunlar dasturlar natijasida ijobiy tarafga o'zgartirishi mumkin. Masalan, Xorazm milliy tabiat bog'I tashkil etilishi bilan tabbiy lanshaftlarni saqlab qolish va ularni maydonini kengaytirish borasida olib borilgan ishlar natijaida atmosfera havosini kislorod bilan ta'minlab yangilab turadigan har xil turdagi daraxtlar o't o'simliklar ekildi. Prezidentimizning 2022-yildagi "yashil makon" milliy dasturi loyihasi natijasida ham viloyatda yashil maydonlar kengayib atmosferaning yaxshilashishiga sabab bo'lmoqda. Shunday ishlar olib borilmagan taqdirda atmosferada Janubiy Amerika janubidagidek ozon tuynuklari uchrab viloyat hududdida turli xil yomon kasalliklarni keltirib chiqargan bo'lar edi.

REFERENCES

1. Xorazm viloyati agroiqlim resurslarining qishloq xo'jaligini rivojlanishidagi ahamiyati. Mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi. Urganch 2013.

2. Xorazn viloyati qishloq xo'jaligi geografiyasi(o'quv uslubiy qo'llanma). D.Ro'zmetov, M.Matchanov, U.Qalandarov. Urganch-2017ro

3. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN' ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 1. - C. 38-42.

4. Kuzibayevna K. D. et al. Drying of the Aral Sea and changes in the landscape of the Aral Sea region //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - T. 4. -C. 108-110.

5. Islambayevna M. M. et al. PROSPECTS FOR SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE ECONOMY OF KOSHKOPIR DISTRICT //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 9. - №. 12. - C. 1375-1378.

6. Amanov A. K. et al. ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL FEATURES OF THE FORMATION OF NAVOI FREE ECONOMIC ZONE //Thematics Journal of Geography. - 2021. - T. 6. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.