Научная статья на тему 'ARXITEKTURA VA INTERYER MAKETINI YASASHDA XOM-ASHYO VA MATERIALLARNING O`RNI'

ARXITEKTURA VA INTERYER MAKETINI YASASHDA XOM-ASHYO VA MATERIALLARNING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
1266
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arxitektura / interyer / o`quv jarayoni / maketlash / materiallar / konstruktiv yechimlar / masshtab / Architecture / interior / educational process / modeling / materials / constructive solutions / scale

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Fotima Karim Qizi Kamalova

O`quv jarayonida maket yasashda qanday materiallar va vositalardan foydalanish muhokama qilingan. Arxitektura va interyer maket loyihasini har tamonlama ko`rinishini tasavur qilish, qanday vositalar kerakligi, ularni qanday qilib to'g'ri tanlash va ulardan foydalanish afzaliklari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF RAW MATERIALS IN THE CREATION OF ARCHITECTURE AND INTERIOR MODEL

What materials and tools to use in modeling were discussed during the training. The advantages of imagining a comprehensive view of the architectural and interior layout project, what tools are needed, how to properly select and use them.

Текст научной работы на тему «ARXITEKTURA VA INTERYER MAKETINI YASASHDA XOM-ASHYO VA MATERIALLARNING O`RNI»

ARXITEKTURA VA INTERYER MAKETINI YASASHDA XOM-ASHYO VA

MATERIALLARNING O RNI

Fotima Karim qizi Kamalova

Milliy rassomchilik va dizayn instituti "Dizayn"kafedrasi assistenti

erkatoymultik770@mail.ru

ANNOTATSIYA

Oquv jarayonida maket yasashda qanday materiallar va vositalardan foydalanish muhokama qilingan. Arxitektura va interyer maket loyihasini har tamonlama ko'rinishini tasavur qilish, qanday vositalar kerakligi, ularni qanday qilib to'g'ri tanlash va ulardan foydalanish afzaliklari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Arxitektura, interyer, o'quv jarayoni, maketlash, materiallar, konstruktiv yechimlar, masshtab

THE ROLE OF RAW MATERIALS IN THE CREATION OF ARCHITECTURE

AND INTERIOR MODEL

Fotima Karim kizi Kamalova

Assistant of the Department of Design of the National Institute of Art and Design

erkatoymultik770@mail.ru

ABSTRACT

What materials and tools to use in modeling were discussed during the training. The advantages of imagining a comprehensive view of the architectural and interior layout project, what tools are needed, how to properly select and use them.

Keywords: Architecture, interior, educational process, modeling, materials, constructive solutions, scale

KIRISH

Arxitektura va interyer sohalarida maket muhim o'rin egalaydi. Maket xomaki loyiha memorlikda loyihalangan yoki mavjud inshoat, ansanbl, memoriy majmuaning kichraytirilgan hajmda tayorlangan nusxasi boTib kelgan. O'rta Osiyo arxitekturasini o'rganishda, shu narsa ma'lum bo'ldiki, shu soha olimlari, jumladan A.YU. Yakubovskiy 1932 yilda "Zafarnoma"ning bir nusxasida keltirilgan Samarqanddagi Temur soldirgan Jome masjidning qurilishiga bag'ishlangan bir mo'jaz tasvirdagi me'mor qo'lida tutib turgan bino yasamasi (maketi)ga e'tiborni qaratib, madomiki bo'lajak bino yasamada bajarilgan ekan, bunday me'moriy loyihalash mavjud edi,

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

degan fikr kelib chiqmasmikin? - degan g'oyani o'rtaga suradi (M.Q. Ahmedov. O'rta Osiyo me'morchiligi tarixi 112 bet.) Bularga misol qilib Misr ehromlaridan topilgan uylar, xramlarni kichik maketlari, Yunonistonda esa antik vaqtdan boshlab yog'och ashyosidan ehromlarning kichik nuxsalaridan foydalanishgan. Italiyada Uyg'onish davrida maketlardan foydalanish keng rivojlangan, unda cherkovlar, ibodatxonalarni kichik shakllarini yasashgan. Rimdagi Petr ibodatxonasini ko'rishimiz mumkin, bunda uning balandligi 7 metrni tashkil etadi.

1-rasm. Yaroslav Mudriy qo 'lida Kievdagi Sofiya ibodatxonasini maketini ushlab turibdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Otgan asrning o'rtalarida arxitekturada maketlash ishlari loyihalash amaliyotida emas, balki o'quv jarayonida xam qo'llanilgan. Shundan beri arxitekturada maketlash keng qollanilib kelinmoqda.

Maketlash bolg'usi arxitektorni fazoviy fikrlash va sezish qobiliyatlarini o'stirishga, yangi ijodiy qirralarini ochishga imkon beradi. Ijodkor texnik fikrlash va maketni bajarish, fikrlash qobiliyatini o'stirish va tarbiyalash, shaxsiy va ijodiy mualliflik uslubini yaratish, maketlarni tuzish va bajarish jarayonida zamonaviy texnik vositalar, asbob-uskunalar, materiallardan foydalanish va qollash konikmalarini egallashga imkon beradi. Arxitektor ijodiy g'oyasining fazoviy rejaviy yechimlari, olchamlari, rangi va fakturasi maketda oz ifodasini topmog'i lozim. Maketning asosiy qismlaridan biri g'oyani to'g'ri o'lchamga solish va toza ishlashdadir. Maketning masshtabi uning asosiy xususiyatlaridan biridir. Biror narsaning maketini masshtabga bog'lamasdan qilish juda qiyin. Nusxasini olmoqchi bo'lgan har qanday obyekt ma'lum bir kerakli hajmga tushirilishi kerak.

Badiiy maketlashda kichraytirish masshtablarda asosan qo'llaniladi. Ularni tanlashda maketning masshtabi, xajimiga katta axamiyat beriladi.

Yaxshi maket loyihasini yaratish uchun foydalaniladigan materiallar va vositalarni yuqori sifatli tanlash talab qilinadi, talaba nafaqat materiallarni turlari, balki u ishlaydigan maket vositalarining xususiyatlarini ham yaxshi bilishi kerak. Maket yashashda materiallar ikkita asosiy guruhga bo'linadi: asosiy va yordamchi. Asosiy materiallarga quyidagilar kiradi: qog'oz, karton, penoplast va plastmassa. Yordamchi

www.scientificprogress.uz

materiallar guruhiga quyidagilar kiradi: gofrokarton, penoplast, gips, yog'och, organik shisha. Hozirda 3D bosib chiqarish usulidan foydalanib kelinmoqda bu aqlli qurilish, me'moriy san'at va dizayn sohasida tarixiy binolarning shakli, bezaklarini, obyektiga aylantirishga egadir.

MUHOKAMA

Hajimli maketini yasashda turli xil materiallardan foydalanish mumkin, ma'lum bir maketni yasash masshtab va maqsadiga bog'liq. Shu bilan birga, maketlarni tayyorlash uchun asosiy materiallar karton qog'ozi va penoplasdan foydalanish oson. Qog'oz kartoning farqi shundaki, old va orqa tomonlariga ega bo'lib, ko'pincha ranglari bilan ajralib turadi. Ijodiy g'oyani yanada aniqroq ifodalash uchun maketlar ham rangli, ham oq rangdagi yuzalardan foydalanish mumkin. Karton qog'ozlarni alohida qismlarda shakl tuzib (kombinatsion harakatlar) orqali yig'iladi.

Maket tayyorlashda tez-tez ishlatiladigan yana bir material kartondir. Bu har xil qalinlikda zich list va rulon bo'lishi mumkin. Maket uchun qalinligi 0,8-1 mm bo'lgan karton ishlatiladi. Karton yaxshi bo'yaladi va yopishadi. Karton odatda, yetarlicha katta hajmdagi maketlarni tayyorlash uchun ishlatilinadi.

Maketlar bilan ishlash uchun vositalar to'plami bo'lishi kerak. Turli materiallar bilan ishlashning asosiy vositasi bu maket pichog'dir. Bu pichoqlari almashtiriladigan maket pichog'i bo'lib, qurilish pichog'iga o'xshaydi, faqat u kichikroq va ixchamroqdir. Bu kichik shakildagi qismlarni kesish, shablonlar va boshqa zargarlik buyumlarini tayyorlash uchun qulaydir.

NATIJA

Yana muhim vositalardan biri metall o'lchagichdir. Metall o'lchagich maket yashash uchun mos keladi. Maket yasashda turli shakildagi o'lchagichlardan ham foydalanish mumkin. Ish jarayonida pichoq stol yuzasini kesmaslik uchun maxsus rezina gilamchasidan foydalaniladi. Maket qismlarni yopishtirishda yelimni to'g'ri tanlash kerak. Maketlashda bir necha turdagi yelim kerak boTadi. PVA yelim qog'oz va kartonni yopishtirish uchun eng qulayidir, chunki u oq rangga ega va varaqda iz qoldirmaydi. Rezina yelim rangli qog'oz vatman qog'oz, yoki kartonga yopishtirish uchun foydalaniladi. Moment yelim plastmassa yoki qog'ozni tez yopishtiruvchi hususiyatga egadir. Loyiha maketini chizishda qattiqligi HB, H, 2H, ZN yoki TM, T, 2T, ZT standart qalam bo'lishi kerak. Kichkina detallar bilan tozza ishlashda, va maket qismlarini yahshi yopishtirishda pinset muximdir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda ta'lim jarayonida o'quvchilarga maket yaratish uchun xom-ashyo va materiallarning xususiyatlari, maqsadi, to'g'ri ishlatilishini tushuntirish kerak. Bu bajarilgan maketlarning sifatini oshiradi va ularni yaratish jarayonini osonlashtiradi. Har yili Kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida turli xildagi arxitektura va interyer loyiha maketlari bajariladi.

Masshtabiga asosan

M 1:500

M 1:50

M 1:200

M 1:25

Arxitekturaviy maketlarning turlari

Asosiy xom-ashyolar

Karton qogoz

Penakarton

Plastik

Org oyna

Yog' och

Gips

Obyekt turlariga qarab ajratiladi

Landshaftli

Interyer

Rejalashtirilg an

Shaxarsozlik

Ponoramniy

Konseptual

Yoyilmali

Axoli yashash —jo^yi

Ommaviy

I

Qishloq xo'jaligi

Sanoat

Obyektning Mexanizatsiya

klassifikatsiyasi darajasi va elektr

bo'yicha yorug'liligi

Yoritgichlarsi

z ^

Tashqi yoritilganligi

Harakatlanuv chi yortgichlar

Turli hildagi yoritgichlar

Harakatli va harakatsiz elementlar bilan

U

M 1:1000

M 1:250

M 1:100

M 1:20

REFERENCES

l.Uzbekistan milliy ensiklopediyasi 2 tom.

2.Slugin A.P. Maket va modellashtirish. Toshkent 2010.

3.Model making of modern architectural.

4.U.M. Kalinin, M. V. Perkova. Arxitekturnoe maketirovanie. Belgorod 2010.

5.YU.P.Skachkova Arxitekturnoe maketirovanie. Penza 2014.

6.Fomenko N.N. «Maketirovanie i modelirovanie». Uchebnoe posobie. Tashkent. TASI. 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.