Научная статья на тему 'ARTISHOK (CYNARA SCOLYMUS L.) NAVLARNING TURLI TUPROQ SHAROITLARIDA ELEMENTLAR TARKIBI'

ARTISHOK (CYNARA SCOLYMUS L.) NAVLARNING TURLI TUPROQ SHAROITLARIDA ELEMENTLAR TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

24
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
introduksiya / mikroelementlar / vegetasiya / g‟unchalash / gullash / mevalash / urug‟ / dorivor / yem-xashak / o‟sish / rivojlanish / hosildorlik. / интродукция / микроэлементы / вегетация / бутонизация / цветение / плодоношение / семя / лекарственное / корм / рост / развитие / урожай.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Mohinur Qodir Qizi Botirova

Artishokning yer ustki qismida protein, yog‟, kletchatka, kul, qand, karatin, inulin hamda mis, rux, temir, marganes va boshqa elementlar yetarli miqdorda uchraydi. Har qanday yangi yem-xashak o‟simligini izlash va introduksiyalash uchun avvalo, uning ozuqalik xususiyatiga batafsil baho berish kerak. Buning uchun esa, dastlab bu o‟simlik ho‟l vaznining kimyoviy tarkibini o‟rganish, organik moddalar ozuqaliligi, uning hazm bo‟lishi shuningdek senaj, silos tayyorlash imkoniyatlari hisobga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikamiz iqtisodini taraqqiy ettirishning eng muhim omillaridan biri bu, chorva mollari sonini ko‟paytirish, mahsuldorligini oshirish bo‟lib, bu borada katta ishlar qilinmoqda. Bu ayniqsa, sut, go‟sht yetishtirishga ixtisoslashgan shirkat va fermer xo‟jaliklarining tashkil etilishida namoyon bo‟lmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Надземная часть Артишока богата белком, жиром, клетчаткой, золой, сахаром, каротином, инулином, а также медью, цинком, железом, марганцем и другими полезными элементами. Чтобы найти и внедрить какое-либо новое кормовое растение, сначала необходимо детально оценить его питательные свойства. Для этого в первую очередь учитывается изучение химического состава сырой массы растения, пищевой ценности органического вещества, его усвоения, а также возможность внесения сенажа, силоса. Одним из важнейших факторов развития экономики республики в условиях рыночной экономики является увеличение поголовья скота, повышение продуктивности, и в этом направлении ведется большая работа. Это особенно заметно при создании фермерских хозяйств, специализирующихся на производстве молочной и мясной продукции.

Текст научной работы на тему «ARTISHOK (CYNARA SCOLYMUS L.) NAVLARNING TURLI TUPROQ SHAROITLARIDA ELEMENTLAR TARKIBI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ARTISHOK (CYNARA SCOLYMUS L.) NAVLARNING TURLI TUPROQ SHAROITLARIDA ELEMENTLAR TARKIBI

Mohinur Qodir qizi Botirova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'quvchisi

Artishokning yer ustki qismida protein, yog', kletchatka, kul, qand, karatin, inulin hamda mis, rux, temir, marganes va boshqa elementlar yetarli miqdorda uchraydi. Har qanday yangi yem-xashak o'simligini izlash va introduksiyalash uchun avvalo, uning ozuqalik xususiyatiga batafsil baho berish kerak. Buning uchun esa, dastlab bu o'simlik ho'l vaznining kimyoviy tarkibini o'rganish, organik moddalar ozuqaliligi, uning hazm bo'lishi shuningdek senaj, silos tayyorlash imkoniyatlari hisobga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikamiz iqtisodini taraqqiy ettirishning eng muhim omillaridan biri bu, chorva mollari sonini ko'paytirish, mahsuldorligini oshirish bo'lib, bu borada katta ishlar qilinmoqda. Bu ayniqsa, sut, go'sht yetishtirishga ixtisoslashgan shirkat va fermer xo'jaliklarining tashkil etilishida namoyon bo'lmoqda.

Kalit so'zlar: introduksiya, mikroelementlar, vegetasiya, g'unchalash, gullash, mevalash, urug', dorivor, yem-xashak, o'sish, rivojlanish, hosildorlik.

Надземная часть Артишока богата белком, жиром, клетчаткой, золой, сахаром, каротином, инулином, а также медью, цинком, железом, марганцем и другими полезными элементами. Чтобы найти и внедрить какое-либо новое кормовое растение, сначала необходимо детально оценить его питательные свойства. Для этого в первую очередь учитывается изучение химического состава сырой массы растения, пищевой ценности органического вещества, его усвоения, а также возможность внесения сенажа, силоса. Одним из важнейших факторов развития экономики республики в условиях рыночной экономики является увеличение поголовья скота, повышение продуктивности, и в этом направлении ведется большая работа. Это особенно заметно при создании фермерских хозяйств, специализирующихся на производстве молочной и мясной продукции.

ANNOTASIYA

АННОТАЦИЯ

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Ключевые слова: интродукция, микроэлементы, вегетация, бутонизация, цветение, плодоношение, семя, лекарственное, корм, рост, развитие, урожай.

Kirish: Artishok O'zbekiston uchun noan'anaviy bo'lgan istiqbolli qimmatbaho o'simlik bo'lib, undan yashil holida silos, senaj va quruq yem-xashak sifatida foydalaniladi, hamda oziq-ovqat, farmasevtika sanoati uchun xomashyo va chorva mollariga ozuqa sifatida muhim ahamiyatga egadir. Tajribalarimizda sug'orilgan sharoitda sug'orilmaganga qaraganda o'simlik xomashyosi tarkibida makro-mikroelemetlar miqdor jihatidan farq qilishi ma'lum bo'ldi. Artishokning navlarning gul o'rni tarkibida 86,5% suv, 2,5% azotli moddalar, 1% qand, 2% dekstrin, 1,3% kletchatka va 1,3% kul moddasi mavjud. Savatcha o'rama bargchalarining etli qismida 2,2% qand moddasi to'planadi.

Tadqiqot ob'ekti va uslubiyati. Cynara scolymus L. Qoqio'tdoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub. Dala tajribalari Samarqand davlat universiteti Botanika bog'i sharoitida olob borildi. Fenologik kuzatishlar I.N. Beydeman usuli yordamida olib borildi. Bunda o'simlik vegetatsiyasining boshlanishi, g'unchalash, gullash, mevalash, meva yetilishining boshlanishi, to'liq yetilish muddatlari aniqlandi. Azot, protein, karotin, inulin, uglevod, kletchatka, yog', quruq moddalar, kul moddalarining miqdori V.A. Alikayev va boshq, usullari yordamida aniqlandi. Mikro va makroelementlar miqdorini o'rganish bo'yicha kimyoviy tahlillarni N.A. Lukashik, V.A. Tashilinlar taklif etgan usullarida o'tkazildi.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Artishok navlarning ho'l vazinda mineral moddalarning qay miqdorda bo'lishi katta qiziqish uyg'otadi, chunki hayvonlar organizimida bo'lib, o'tadigan hayotiy jarayonlarning qulay kechishi uchun ularning oziqasi tarkibidagi mineral moddalarning miqdori muhim ahamiyatga ega. Hayvonlar ozuqasi rasionida ana shu moddalardan birortasi yetishmasa, ular organizimida, albatta, biror-bir patologik holat yuzaga keladi. Shu sababli Artishok navlarning yer ustki organlarida mineral elementlar to'planishi rivojlanish fazalariga ko'ra o'rganiladi.[1,2,3]

Sug'oriladigan maydonda kalsiy (15,05-17,36 g/kg) va oltingugurt (2,32-2,79 g/kg) lar eng ko'p miqdorda g'unchalash va gullash fazalarida to'plansa, kam miqdorda kalsiy (10,88 g/kg) vegetasiyaning boshlanishi fazasida, fosfor (0,66-0,95 g/kg) vegetasiyaning boshlanishi va mevalashda kuzatildi. Magniy elementi eng ko'p miqdorda mevalash fazasida (10,2 g/kg) ko'p bo'lsa, kam miqdorda vegetatsiyaning boshlanishi va g'unchalash fazalarida

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

(4,52-5,83 g/kg) uchraydi. Kaliy esa gullash fazasida (21,36 g/kg) ancha ko'p miqdorda uchrasa vegetasiyaning boshlanishida (12,56 g/kg) deyarli ikki barobar kam bo'ladi. Natriy miqdori g'unchalash va gullash (4,56-6,45 g/kg) fazalariga nisbatan mevalashda (1,98 g/kg) ancha past bo'ladi (1-jadval).

Sug'orilmaydigan maydonda g'unchalash va gullash fazalarida kalsiy (14,6017,2 g/kg), fosfor (1,329-1,12 g/kg) eng ko'p miqdorda, lekin vegitatsiyaning boshlanishi fazasida (10,32 g/kg), fosfor (0,62 g/kg) kam miqdorda bo'ladi. Magniyda ham eng ko'p miqdorda mevalash fazasida (10,1 g/kg) bo'lsa, kam miqdorda vegetatsiyaning boshlanishi va g'unchalash fazalarida (5,51-4,32 g/kg) to'planadi. Kaliy esa gullash fazasida (21,4 g/kg) ancha ko'p miqdorda vegetasiyaning boshlanishida va mevalash fazalarida (12,20-15,4 g/kg) kam bo'ladi. Natriy g'unchalash va gullash fazasida (4,20-6,15 g/kg) ko'p miqdorda mevalash fazasida (1,55 g/kg) kam miqdorda to'lanadi (1-jadval).

1-jadval

Artishok navlarning turli sug'orish sharoitlaridagi elementlar tarkibi (absolut quruq massa, mg/kg hisobida)

O'sish fazalari Сa P S Mg K Na

sug'oriladigan maydon

Vegetasiyaning Boshlanishi 10,88 0,95 2,04 5,83 12,56 3,58

G'unchalash 15,05 1,58 2,32 4,52 18,45 6,45

Gullash 17,36 1,43 2,79 7,88 21,36 4,56

Mevalash 11,80 0,66 1,82 10,2 15,44 1,98

Urug' 3,02 4,64 1,04 1,51 9,28 0,88

sug'orilmagan maydon

Vegetasiyaning boshlanishi 10,32 0,62 1,99 5,51 12,20 3,16

G'unchalash 14,60 1,29 2,0 4,32 18,2 6,15

Gullash 17,2 1,12 2,32 7,40 21,4 4,20

Mevalash 11,20 0,40 1,33 10,1 15,2 1,55

Urug' 2,90 4,20 0,90 1,34 8,40 0,41

O'simlikning ozuqalik xususiyati yuqori bo'lishi uning tarkibidagi yuqorida keltirilgan mineral moddalarning miqdoriga ham bog'liqdir. Bu ma'lumotlar asosida Artishok o'simligini chorva mollarining elementlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun ozuqa sifatida ishlatishni tavsiya qilish mumkin [4,5,6,7]

Nomozova, Z. B. [2] larning ko'rsatishicha, o'tloqlarda o'sadigan yem-xashak o'simliklar tarkibida mis miqdori eng kam

May 12-13

1080

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

miqdorda (3-5 mg/g) to'planadi. Shuning uchun chorva mollarining misga bo'lgan ehtiyoji qoplanmaydi. Bu jarayonni, ayniqsa, yoz faslida ko'pgina o'simliklar yer ustki qismi qurigan paytda sezilarli darajada kuzatish mumkin, chunki ana shu paytda misning miqdori juda ham kamayib ketadi. Artishok navlarning tarkibida uchraydigan chorva mollari organizmi uchun muhim bo'lgan (Cu, Fe, Mn, Zn) mikroelementlarning to'planish miqdorini o'simlik rivojlanishining turli fazalarida o'rganildi. Artishokning yer ustki qismida misning umumiy miqdori 13-14 mg/kg ni tashkil etib, an'anaviy ozuqabop javdar, raps, beda, makkajo'xori o'simliklariga nisbatan 2-3 barobar ko'p bo'ladi. Rivojlanish fazalarida esa juda o'zgaruvchandir (2-jadval).

2- jadval

Artishok navlarning turli sug'orish sharoitlaridagi elementlar tarkibi (absolut quruq massa, mg/kg hisobida)

O'sish fazalari Cu Fe Mn Zn

Sug'oriladigan maydon

Vegetasiyaning boshlanishi 8,75 166,9 52,7 31,8

G'unchalash 14,37 195,1 60,3 38,0

Gullash 16,67 209,7 74,2 47,3

Mevalash 17,86 238,2 47,4 52,9

Urug' 3,02 45,7 29,6 21,1

Sug'orilmagan maydon

Vegetasiyaning boshlanishi 8,75 155,9 51,9 30,9

G'unchalash 14,2 186,0 59,1 37,3

Gullash 16,20 198,0 73,5 46,6

Mevalash 16,50 229,2 46,3 51,7

Urug' 2,85 44,2 28,4 20,4

Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinadiki, sug'oriladigan maydondagi o'simliklarda misning miqdori vegetasiyaning boshlanish fazasida juda kam (8,75 mg/kg), gullash va mevalashda esa ko'p (16,67-17,86 mg/kg) bo'ladi. Shunday muhim elementlardan marganes ham eng ko'p miqdorda, g'unchalash va gullash fazalarida (60,3-74,2 mg/kg), kam miqdori esa vegetasiyaning boshlanish va mevalash fazalarida (47,0-47,4 mg/kg) kuzatildi. Marganesning miqdori artishokda vegetatsiyaning boshlanishi fazalarida (31-38 mg/kg) miqdorda, gullash va mevalash fazalariga (43,7-52,9 mg/kg) to'g'ri keladi. Xuddi shuningdek, temir (Fe) elementining miqdori ham rivojlanish fazalari bo'yicha

May 12-13

1081

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

iy

o'zgaruvchan bo'lib, asosan gullash va mevalashida eng ko'p miqdorda (209,7-238,2 mg/kg) to'planadi.

Sug'orilmaydigan maydonda misning miqdori gullash va mevalash fazalarida (16,20-16,50 mg/kg) ko'p vegetasiyasining boshlanish fazalarida (8,25 mg/kg) kam bo'ladi. Marganes ham gullash fazasida (73,5 mg/kg) ko'p miqdorda, vegetasiyasining boshlanish fazasida (51,9 mg/kg) kam bo'ladi, shuningdek ruxning miqdori gullash va mevalash fazalarida (46,6-51,7 mg/kg) ko'p, vegetasiyasining boshlanish fazalarida (30,9 mg/kg) kam to'planishi aniqlanadi.

Xulosa. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Artishok kimyoviy tarkibi jihatdan an'anaviy yem xashak o'simliklari bilan raqobatlashadigan qimmat baho ozuqa bob o'simlikdir. Shu bois, Artishokni bizning sharoitimizda yetishtirish juda katta amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.

REFERENCES

1. Абзалов, А. А., Туляганов, Р. Т., Номозова, З. Б., Шодманов, М., & Миррахимова, Т. А. (2014). О зависимости интенсивности биосинтеза биологически активных веществ в тканях артишока колючего от обеспеченности его влагой и минеральным питанием. Фармацевтический журнал, (3), 16-19.

2. Normurodov, X. N., & Nomozova, Z. B. (2001). Artishokning (cynara) Samarqand viloyati sharoitida ba'zi bir biologik xususiyatlari. O'zb biol. jurnal.-Toshkent, (4-B), 41-44.

3. Nomozova, Z. B. (2005). Cynara scolymus L.-stiqbolli o „simlik. Fan yutuqlari va qishloq xo , jaligini rivojlantirish istiqbollari: Ilmiy-amaliy anjuman materiallari.

4. Абзалов, А. А., Белолипов, И. В., Номозова, З. Б., & Исламов, А. М. (2013). Артишок колючий-CYNARA SCOLYMUS L. перспективное растение для Фарминдустрии Узбекистана. Материалы Х международного симпозиума «Новые и нетрадиционные растения и перспективы их использования».-Москва-Пущино, 273-276.

5. Isomov, E. (2023). ARTISHOK "CYNARA SCOLYMUS L." NAVLARNING ONTOGENEZI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(5), 5-7.

6. Исомов, Э. Э. (2021). ОНТОГЕНЕЗ ГЕНЕРАТИВНЫХ ОРГАНОВ CYNARA SCOLYMUS L. В РАЗЛИЧНЫХ УСЛОВИЯХ ОРОШЕНИЯ. Вестник науки, 5(1 (34)), 191-195.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

7. Isomov, E. E., & Nomozova, Z. B. (2022). ARTISHOK NAVLARINING O „SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI. Academic research in educational sciences, (Conference), 244-248.

8. Исомов, Э. Э. (2019). Антэкология и семенная продуктивность CynaraScolymusL в условиях Самаркандской области (Узбекистан). Вестник современных исследований, (2.7), 35-36.

9. Isomov, E. E., & Nomozova, Z. B. (2022). CHEMICAL COMPOSITION OF CYNARA SCOLYMUS L. AT DIFFERENT VEGETATIVE PHASES. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 75-77.

10. Erkhonovich, I. E., & Toshpulatov, Y. (2022). Influence of Soil Salt on Growth, Development and Seed Productivity of Artichoke Varieties. American Journal of Plant Sciences, 13(5), 557-563.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.