Научная статья на тему 'ARALASH SAYLOV TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

ARALASH SAYLOV TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
saylov tizimi / aralash saylov / proporsional saylov / majoritar saylov / vakillik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rustamova Gulchexra

ushbu maqolada saylovlar, saylov tizimi haqida,respublikamizda bu yil oʻtkaziladigan saylov jarayonlari boʻyicha,saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlar va ularning ahamiyati boʻyicha fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Rustamova Gulchexra

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ARALASH SAYLOV TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 18 (40) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ARALASH SAYLOV TIZIMI VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Rustamova Gulchexra Komiljonovna

Namangan viloyati yuridik texnikumi o'qituvchisi gulcehrar06@gmail.com

Annotatsiya: ushbu maqolada saylovlar, saylov tizimi haqida,respublikamizda bu yil o'tkaziladigan saylov jarayonlari bo'yicha,saylov qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar va ularning ahamiyati bo'yicha fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: saylov tizimi,aralash saylov,proporsional saylov,majoritar saylov,vakillik.

Keyingi yillarda parlamentimiz hamda davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida izchil yangilanishlar, jumladan, davlat boshqaruvida siyosiy partiyalar rolini yanada kuchaytirish, vakillik organlariga saylangan deputat va senatorlarning Parlament hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatidagi mas'uliyati va faolligini oshirish borasida tizimli huquqiy islohotlar kechmoqda.

Saylov kodeksiga kiritilgan yangi normalarga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi, ya'ni majoritar va proporsional saylov tizimi asosida o'tkazish belgilandi.

Bugungi kunda aralash saylov tizimi dunyo mamlakatlarida tobora ommaviylashib borayotganini kuzatish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, so'nggi yillarda majoritar va proporsional saylov tizimlarining eng yaxshi jihatlarini o'zaro uyg'unlashtirish maqsadida Markaziy va Sharqiy Yevropadagi bir qator davlatlarda aralash saylov tizimini joriy qilish tendensiyasi kuchaymoqda.

Aralash saylov tizimi hozirda Germaniya, Ispaniya, Yaponiya, Vengriya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Gvineya, Albaniya, Janubiy Koreya, Litva, Somali, Meksika kabi mamlakatlarda va Tayvanda (XXR), MDH doirasida esa Rossiya, Armaniston, Qozog'iston, Ozarbayjon, Gruziya - jami 40 ga yaqin davlatlarda amal qilmoqda.

O'zbekistonda ham aralash saylov tizimiga o'tishning huquqiy asoslari yaratildi, jumladan, 2023-yilda qabul qilingan yangi qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga va amaldagi qonunlariga aralash saylov tizimiga o'tishni ko'zda tutuvchi muhim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Biroq aralash saylov tizimini hayotga tadbiq qilish jarayoni endi-endi boshlanmoqda. Chunonchi, joriy yilning oktyar oyida bo'lib o'tadigan parlament saylovlari ilk marta aralash saylov tizimi asosida tashkil qilinadi.

Aralash saylov tizimi o'zida ikkita — proporsional va majoritar saylov tizimini uyg'unlashtirgan. Unda vakillik organidagi deputatlik o'rinlarining bir qismi

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 18 (40) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

deputatlikka nomzodlaming partiya ro'yxatiga muvofiq siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda, ikkinchi qismi esa bevosita siyosiy partiya tomonidan bir mandatli saylov okruglaridan ko'rsatilgan deputatlikka nomzodlarga berilgan ovozlar natijasiga ko'ra taqsimlanadi.

Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining joriy yil oktyabrda rejalashtirilgan saylovi ham aynan aralash saylov tizimi asosida o'tkaziladi. Bunda Qonunchilik palatasining 75 deputati avvalgidek bevosita bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 deputat siyosiy partiyalarning saylovda olgan ovozlari soniga proporsional tarzda, partiya tomonidan taqdim etilgan deputatlikka nomzodlar ro'yxati bo'yicha saylanadi.

Majoritar saylov tizimi bo'yicha siyosiy partiya bir mandatli saylov okruglarining har biridan bittadan, jami 75 ta deputatlikka nomzodni ko'rsatish huquqiga ega. Proporsional saylov tizimida yagona saylov okrugi bo'yicha siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan deputatlikka nomzodlarning ro'yxatiga kamida 75, ko'pi bilan 100 nafar nomzod kiritilishi lozim.

Saylov kodeksi talablariga muvofiq, partiya ro'yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a'zolari yoki partiyasiz bo'lishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning a'zolari ushbu ro'yxatga kiritilishi mumkin emas. Ayni bir nomzod faqat bitta partiya ro'yxatiga kiritiladi. Bir mandatli saylov okruglari bo'yicha ko'rsatilgan nomzodlar ham partiya ro'yxatiga kiritilishi mumkin emas.

Deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari bo'yicha, shuningdek, partiya ro'yxati asosida siyosiy partiyadan ko'rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida qirq foizini (avval bu miqdor o'ttiz foiz edi) tashkil etishi kerak. Bunda partiya ro'yxatidagi ketma-ketlikda kamida har besh nomzodning ikki nafari ayol kishi bo'lishi lozim. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga aralash saylov tizimi bo'yicha saylov o'tkazilishi munosabati bilan har bir saylovchiga saylov kuni majoritar saylov tizimi bo'yicha bitta, proporsional saylov tizimi bo'yicha ham bitta, jami ikkita saylov byulleteni beriladi.

Bu yerda quyidagilarga alohida e'tibor berish lozim:

— majoritar saylov tizimida: bir mandatli saylov okruglari bo'yicha o'tkaziladigan saylovda saylov byulleteniga siyosiy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan deputatlikka nomzodlarning ism-sharifi kiritilgan bo'ladi;

— proporsional saylov tizimida: Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo'yicha o'tkaziladigan saylovda saylov byulleteniga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning nomi kiritiladi.

Saylov byulletenini to'ldirishda saylovchi mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, o'z xohish-irodasini erkin ifoda etadi, shu tariqa o'zi ma'qul deb topgan deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz beradi.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 18 (40) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Saylov kodeksiga muvofiq, Qonunchilik palatasidagi bir yuz ellikta deputatlik o'rnidan yetmish beshtasi proporsional saylov tizimi bo'yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib holda taqsimlanadi. Masalan, saylovda ishtirok etgan saylovchilarning 40 foizi qaysidir siyosiy partiyani yoqlab ovoz bergan bo'lsa, demak, mazkur siyosiy partiya Qonunchilik palatasida mavjud 75 ta deputatlik o'rnining 40 foizi, ya'ni taxminan 30 ta deputatlik o'rnini qo'lga kiritgan hisoblanadi.

Proporsional saylov tizimining afzalliklaridan biri oraliq saylov, ya'ni muddatidan oldin bo'shab qolgan deputatlik o'rni uchun saylov o'tkazilmasligida namoyon bo'ladi. Chunki saylovchilar saylov kampaniyasi davrida proporsional saylov tizimi bo'yicha siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan deputatlikka nomzodlarning partiya ro'yxatini inobatga olgan holda siyosiy partiyalarni yoqlab ovoz berib bo'lgan. Har bir partiya ro'yxatida 75 nafardan 100 nafargacha deputatlikka nomzod mavjud. Saylov yakuniy natijalariga ko'ra, biror siyosiy partiya ellik foiz saylovchilar ovozini olgan taqdirda ham u tomonidan taqdim etilgan ro'yxatdagi deputatlikka nomzodlarning ko'pi bilan 38 nafari deputat etib saylanadi, partiya ro'yxatida qolgan 37 nafardan 62 nafargacha nomzod zaxirada turadi. Proporsional saylov tizimi bo'yicha qaysi partiyadan saylangan deputatning vakolati muddatidan ilgari tugatilsa, uning o'rni ushbu partiyaning partiya ro'yxatida zaxirada bo'lgan deputatlikka nomzodlarning navbatdagisi hisobiga to'ldiriladi.

Xulosa qilib aytganda, aralash saylov tizimi jamiyatda saylovchilarning huquqiy ongini yuksaltirish, ijtimoiy- siyosiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Zero, saylovchi nafaqat nomzodlarning shaxsi, balki dasturlari, g'oyalari, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq turmushini yanada farovonlashtirish bo'yicha ilgari surayotgan takliflari bilan ham yaqindan tanishadi, o'rganadi, ularni real hayotda nechog'liq tatbiq etish imkoniyatlari mavjudligini baholaydi. Shundan so'ng muayyan qarorga keladi hamda o'zi lozim topgan nomzodni va siyosiy partiyani qo'llab-quvvatlaydi.

Aralash saylov tizimida siyosiy partiyalarning mas'uliyati yanada ortadi. Qaysi siyosiy partiya o'z dasturi orqali maqsadlari, jozibador g'oyalarini ifoda etib, ularni ro'yobga chiqarish uchun real imkoniyatlarga ega ekaniga xalqni ishontira olsa, buning uchun munosib harakat qilsa, aholi tomonidan kengroq qo'llab-quvvatlanishga, saylovchilarning ko'proq ovozini olishga erishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 .O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,-Toshkent,Adolat,2023yil;

2.O'zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi,-Toshkent,Adolat,2019-yil;

3.Yangilangan Konstitutsiya: 100 savolga 100 javob,-Toshkent,Adolat,2023-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.