Arab davlatlarida ta'lim tizimi
Fotima Olim qizi Davlatova fotimadavlatova1010@gmail.com Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada Arab davlatlarida ta'lim tizimi va uning tuzilishi, mamlakatimiz ta'lim sohasidagi ba'zi o'xshashlik va farqli jihatlari keltirib o'tildi.
Kalit so'zlar: davlat, ta'lim, tarbiya, maktab, metod, texnologiya, institut, universitet, bilim
Education system in Arab countries
Fatima Olim kizi Davlatova fotimadavlatova1010@gmail.com Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after
Alisher Navoi
Abstract: In this article, the educational system and its structure in the Arab countries, some similarities and differences in the field of education of our country were mentioned.
Keywords: state, education, training, school, method, technology, institute, university, knowledge
"Hammamizga ayonki taraqqiyotning tamal toshi ham mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu ilm-fan, ta'lim -tarbiyadir.Ertangi kunimiz Vatanimizningyorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq. " (ShavkatMirziyoyev)
Bugungi kunga kelib hayotning barcha jabhalari chuqur yangilanishlar maydoniga aylandi. Xususan ijtimoiy sohaning negizi hisoblangan ta'lim tizimidagi rivojlanishlar haqida so'zlash o'rinli.
Darhaqiqat o'zining kelajagiga va taqdiriga e'tiborsiz bo'lmagan har bir millat vakillari ta'lim faoliyatiga oddiy o'tmishdagi madiyati va milliylik ruhida qaramaydi. Xususan, Rivojlangan bir necha mamlakatlar tarix ildizida o'quv faoliyati tizimini tubdan yangilash va barqarorlashtirishga qanchalik e'tibor ko'rsatganligining o'zi ham so'zimizning isboti bo'la oladi.
Ayni vaqtda yurtimizda ta'lim sohasida sezilarli darajada katta imkoniyatlar, talablar va ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ta'lim tizimida ayniqsa ta'lim jarayonini
www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1002
sifatli va qiziqarli tashkil etishda texnologiya, kompyuter, internet, multimedia, masofali o'qitish va shu kabi axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish o'z samarasini bermoqda.
Ko'pgina davlatlarda jumladan Arab davlatlarida ta'lim tizimida ba'zi o'xshashlik va farqlarini ko'rishimiz mumkin.
Misrda ta'lim tizimi: Bilamizki Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va xo'jaligiga ega bo'lgan davlat bo'lgan. Misrda ta'lim-tarbiya berish, o'qitish dargohi asosan maktablar edi. Misr maktablarida tartib-intizom juda qattiq bo'lib u tan jazosi bilan mustahkamlangan. O'sha vaqtda yozilgan "Nasihatlar"da "Ey mirza, dankasalik qilma, yo'qsa jazoga mahkum bo'lasan. Qo'lingda hamisha kitob bo'lsin.ovoz chiqarib o'qigin va o'zingdan ko'p biladiganlar bilan maslahat qilishni odat qil. Bir kun ham yalqovlik qilma yo'qsa kaltak yeysan. Axir bolaning qulog'i yelkasida bo'ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog'iga gap kiradi", deb yozilgan.
Mamlakatimizdagi ta'lim berish qonun-qoidalari bilan solishtirganimizda jazolash metodining bu turi orqali ta'lim berish, tarbiya berish mumkin emasligi barchamizga ma'lum.
Ayni vaqtda arab davlatlarida ta'lim sohasidagi ehtiyojlar uchun katta miqdordagi mablag'lar ajratilmoqda. Davlatni ta'lim tizimi sifatini oshirishda 11-12 milliard dollar ajratilgan. Lekin ta'lim sohasini yuqori darajaga ko'tarishda bu sarmoya yetarlicha emasligi ma'lum bo'lgan.
Misr Oliy ta'lim tizimiga institut, universitet, va 4 yillik kollejlar kiradi. To'liqsiz oliy ma'lumot beradigan 2 yillik texnika institutlari ham mavjud. Mamlakatdagi 14 ta universitetning eng yiriklari Qohira, Aynush Shams, Iskandariya universitetlari, Qohiradagi Amerika universitetlari kiradi.
1956-yildan maktabgacha tarbiyadan to oliy o'quv yurtigacha bo'lgan barcha davlat o'quv yurtlarida be'pul ta'lim joriy etildi. Endilikda bolalar uchun 6 yoshdan boshlab 6 yillik boshlang'ich ta'lim, so'ngra 3 yillik tayyorlov maktabi, 3 yillik to'liq o'rta maktab mavjud. Shuningdek xususiy maktablar, hunartextika bilim yurti, hunar markazlari, o'rta maxsus o'quv yurtlari va 5 yillik texnika maktablarida olib boriladi.
Qadimgi Misr ta'lim sohasining yana bir e'tiborga loyiq jihati "Azon" o'qilishi vaqtida barcha ta'lim maskanlarida o'quv jarayoni vaqtincha to'xtatiladi va o'qib bo'lingach yana davom ettiriladi.
BAA ta'lim tizimi: BAA ta'lim sohasi 5 va undan yuqori yoshdagi barcha amirliklar va shu bilan bir qatorda chet elda yashovchilar uchun ham ta'limni majburiy qilib qo'ydi. 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun boshlang'ich va o'rta ta'lim bepul beriladi.
1-Bolalar bog'chasi: Dubaydagi bog'cha ta'limida 18 oylikdan 2 yoshgacha ta'lim boshlanadi. Asosan ingliz so'zlash darajasi rivojlantiriladi.
www.openscience.uz / issn 2181-0842
1003
2-Bolalar bog'chasi ta'limi: Ushbu ta'lim maskanida to'rt yoshdan besh yoshgacha bo'lgan bolalar qamrab olingan bo'lib u yerda arab tili, musiqa, san'at, matematikadan ta'lim beriladi. Mana shu bosqichda o'quv dasturining asosiy tarkibiy qismi "Din" bo'lib har kim o'ziga tegishli dinni o'rganadi.
3-Boshlang'ich ta'lim: Ta'lim olishning bu bosqichida ingliz tili asosiy til sifatida o'rgatiladi. Ingliz tili bilan birga arab, hind, fransuz, rus tillaridan ham saboq beriladi.
4-O'rta ta'lim: Boshlang'ich ta'limni tamomlab o'quvchilar o'rta maktabga o'tishadi. Dubayda maktab ta'limi litsey, o'quv fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar va talabalarning bilimlarini, mahoratini oshirish uchun texnik maktablar ham faoliyat yuritadi.
BAA "Ta'lim vazirligi" ta'lim tizimiga chuqurroq yondashib, uni tubdan qayta tiklashda chet ellik oilalarning qamrovini oshirib yuqori natijalarga erishmoqda.
Demak ta'lim - bu shaxsning bilim, qobiliyat, ko'nikmalarni egallash, insoniyat tajribasini o'zlashtirish jarayoni va natijasidir. Zero Ahmad Farg'oniy aytganlaridek "Ilm-sahroda do'st, hayot yo'llarida tayanch, yolg'izlik damlarida yo'ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg'uli damlarda madadkor, odamlar orasida zeb-u ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir"
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sattorov V.N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995
2. Sattorov V.N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414
3. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.
www.openscience.uz / issn 2181-0842
1004