Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA DARSLARIDA “TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR” MAVZUSINI O‘QITISHDA KEYS-STADI USILINI QO‘LLASH'

GEOGRAFIYA DARSLARIDA “TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR” MAVZUSINI O‘QITISHDA KEYS-STADI USILINI QO‘LLASH Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
physical and geographical processes / exogenous and endogenous forces / teaching methods / Case-study / logical thinking / solving a case situation / discussion / observation.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Xidoyatxon Oripovna Abdinazarova, Bunyodjon Xoliqnazarovich Abdinazarov, Zuhraxon Xoliqnazarovna Imomova

The article is devoted to the methodology of teaching “Physical-geographical processes” in geography lessons. It examined the problems of teaching the subject, its relevance, form, methods and means, and also developed conclusions and recommendations on the subject.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA DARSLARIDA “TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR” MAVZUSINI O‘QITISHDA KEYS-STADI USILINI QO‘LLASH»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

GEOGRAFIYA DARSLARIDA "TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR" MAVZUSINI O'QITISHDA KEYS-STADI USILINI QO'LLASH

Xidoyatxon Oripovna Abdinazarova

Qo'qon davlat pedagogika instituti

Bunyodjon Xoliqnazarovich Abdinazarov

Qo'qon salomatlik va tibbiyot texnikumi

Zuhraxon Xoliqnazarovna Imomova

Buvayda tumani 21-umumta'lim maktabi

ANNOTATSIYA

Maqola geografiya darslarida "Tabiiy geografik jarayonlar" mavzusini o'qitish metodikasiga bag'ishlangan. Unda mavzuni o'qitish muammolari, dolzarbligi, shakl, usul va vositalari o'rgaanilgan, shuningdek mavzu yuzasidan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tayanch so'zlar: tabiiy geografik jarayonlar, ekzogen va endogen kuchlar, o'qitish metodikasi, Keys-stadi, mantiqiy fikrlash, keys vaziyatini yechish, muhokama, mushohada.

ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА CASE-STUDY ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ ТЕМЫ «ФИЗИКО- ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ ПРОЦЕССЫ» НА УРОКАХ

ГЕОГРАФИИ

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена методике преподавания «Физико-географических процессов» на уроках географии. В нем были изучены проблемы преподавания предмета, актуальность, форма, методы и средства, а также разработаны выводы и рекомендации по предмету.

Ключевые слова: физико-географические процессы, экзогенные и эндогенные силы, методика обучения, Case-study, логическое мышление, решение кейс-ситуации, дискуссия, наблюдение.

49

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

APPLICATION OF THE CASE-STUDY METHOD WHEN TEACHING THE TOPIC "PHYSICO-GEOGRAPHICAL PROCESSES" IN GEOGRAPHY

LESSONS

ABSTRACT

The article is devoted to the methodology of teaching "Physical-geographical processes" in geography lessons. It examined the problems of teaching the subject, its relevance, form, methods and means, and also developed conclusions and recommendations on the subject.

Keywords: physical and geographical processes, exogenous and endogenous forces, teaching methods, Case-study, logical thinking, solving a case situation, discussion, observation.

Kirish. Ilm-fan, texnika va texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda o'sib kelayotgan yosh avlodni yuksak tafakkurli, keng dunyoqarash va yuq ori bilimli, malakali kadrlar etib tarbiyalash bugungi kun pedagoglari zimmasiga juda ulkan vazifalarni yuklaydi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev o'zining ta'lim sohasidagi olib borilayotgan nutqida "...Taraqqiyot strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish ham, "Inson qadri uchun - 100 ta maqsad"ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab ta'limi bilan bog'liq", - deya ta'kidladi [8]. Bular esa ayni paytdagi ta'lim jarayonidagi dolzarb masalalardan biri sanaladi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar. Amaliy vaziyatlarni hal etish uslublari va vositalari, ya'ni keys-stady (ingilizcha "case"-yig'ma, aniq amaliy, holat, stady-o'quv) texnologiyasi bo'lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar hayotidan olingan real vaziyat deganidir. Gary Thomas quyidagi keys-stadyga oid tarifni keltirib o'tadi: Keys stadylar bu shaxslarni, voqealarni, qarorlarni, davrlarni, loyihalarni, qonunlarni, tashkilotlarni va boshqa tizimlarni bir yoki undan ortiq usullar orqali avvaldan o'rganib kelinayotgan tahlili hisoblanadi. Keysning sub'yekti tahliliy vaziyatlardir, ob'yekti esa uni tahlil qilish jarayonidir. Keys-stady bo'yicha yana bir ta'rif bu uni tadqiqot strategiyasi deb belgilanishidan iborat. Keys-stady bu bir yoki bir nechta keyslarni, ko'p miqdordagi dalillarni o'z ichiga olishi mumkin, turli-xil dalil manbalariga bog'liq va nazariy vaziyatlarning oldingi rivojlanishidan manfaat olishini anglatadi. Keys-stadylar statistik izlanishlar va ko'p ma'lumot to'plagan holda tadqiqot qilish bilan farqlay olish lozim. Bir mavzudagi tadqiqot keys- stady ma'lumotlaridan foydalanib, xulosalar qabul qilish uchun asos keltirib beriladi. Bundan tashqari Lamnek ham keys-stady bo'yicha'bildirgan fikrlarida o'z

50

April 26, 2024

tasdig'ini topadi va shakllanadi. Uning fikricha Keys-stadi - bu tadqiqotli yondashish, aniq ma'lumotlar olish texnikalari va metodologik paradigmalar orasida joylashganligidadir [3, 4, 5, 8]. Mazkur texnologiyalardan ta'lim jarayonini tashkil qilish bo'yicha o'zbek olimlaridan A.A. Abduqodirov ham tadqiqotlar ol ib borganlar. Olimning fikricha keysdan foydalanib o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda har qanday uslublarni qo'llab bo'lmaydi - deya ta'kidlaganlar [1. 2. 3. 5, 6. 7].

Muhokama va natijalar. Keys-stady uslubidan geografiya fanlarini, xususan tabiiy geografiyani o'qitishda foydalanish, nafaqat aniq bilim yoki ko'nikmalarni egallash, balki o'quvchining umumiy intellektual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga ham qaratilgan. Umuman olganda mazkur fanni o'qitish jarayonida amaliy keyslardan foydalaniladi.

Quyida umumiy holda tabiiy geografiya kursidagi "Tabiiy geografik jarayonlar" mavzusida "Keys-stady"dan foydalanish uslubiyotini ko'rib chiqamiz.

Mavzu: Tabiiy geografik jarayonlar.

Mashg'ulot turi: amaliy.

O'tkazish joyi: geografiya xonasi.

Ajratilgan vaqt: bir juftlik (80 daqiqa).

Mashg'ulot maqsadi: aniq vaziyatlarni tahlil qilish uslubi (keys-uslubi) yordamida «Tabiiy geografik jarayonlar» mavzusi bo'yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash.

Vazifalar:

1. Didaktik.

O'quvchi quyidagilarni bilishi kerak: Tabiiy geografik jarayonlar va uni tashkil etuvchilari, endogen va ekzogen kuchlar va ularni namoyon bo'lishi, o'zlarining bilimlarini "Tabiiy geografik jarayonlar" mavzusida keys vaziyatlarini yechish uchun qo'llashni, keysga tegishli asosiy savollarni ajratish va baholash, tahlilni kengaytirilgan shaklda taqdim etish, tanqidiy ravishda ijodiy yondashuv namoyon qilishni va h.o.

2. Rivojlantiruvchi.

O'quvchi quyidagilarni ko'rsata olishi kerak: tabiiy geografik jarayonlar mavzusi bo'yicha fikrlarni ketma-ket va mantiqiy bayon qilish qobiliyatini, mavzu bo'yicha keys vaziyatini yechishda tahliliy fikrlashni qo'llay olish, taklif etilgan ma'lumotlarni tizimlashtirish qobiliyati va ularni nazariy bilimlar bilan taqqoslash kabilarni.

3. Tarbiyaviy.

51

April 26, 2024

O'quvchilarda quyidagi ishchanlik sifat va xususiyatlarini shakllantirish:

mavzu yuzasidan o'zini fikrini aniq ifodalashni bilishda kommunikativ malakalarini va aytganlarini asoslashni, axborotlarni taqdim etish bo'yicha taqdimot qilish ko'nikma va malakalarni, jamoaviy tuyg'u, birgalikdagi ishi uchun ma'suliyat hisini, jamoada qarorlar qabul qila olishni, o'qishga motivatsiyasini o'zgartirishni, shaxs rivojlanishini ahloqiy rag'batlantirishni, kasbiy kompetentlikni mustaqil baholay olish va uni ishlab chiqishni rivojlantirish.

Tarqatma material: keys va unga mos savollar, mavzu bo'yicha nazariy materiallar, tayanch ma'ruza matnlari, glossariy. Mashg'ulot rejasi:

1. Mashg'ulotni boshlashni tashkil etish (3 min).

2. Mashg'ulotga motivatsiya (2 min).

3. Mashg'ulot maqsadini aniqlash (3 min).

4. O'quvchilarning dastlabki bilimlar darajasini nazorat qilish (7 min).

5. Keys bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar berish (5 min).

6. Keys bilan mustaqil ishlash: keysni guruhda muhokama qilish; keyslarni kichik guruhlarda tahlil qilish; yechimlarni taqdimot qilish (30 min).

7. Muhokamaga yakun yasash, yangi olingan bilimlarni mustahkamlash (10 min).

8. O'quvchilarning yakuniy bilimlar darajasini nazorat qilish (10 min).

9. O'quvchilar ishlarini baholash va mashg'ulotga yakun yasash (7 min).

10. Uyga vazifa berish (3 min).

Keysdan foydalanib o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda har qanday uslublarni qo'llab bo'lmaydi. 1-jadvalda A.A. Abduqodirov tomonidan ishlab chiqilgan keysda qo'llanilishi mumkin bo'lgan uslublar ajratib ko'rsatilgan (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Keys bilan ishlash uslublari. (A.A. Abduqodirov bo'yicha) [1, 2]

Keys-uslubida integratsiyalan gan uslublar Uslub tabiati Berilgan keysda uslubni qo'llash mumkinligi

Modellashtirish Vaziyat modelini yaratish Foydalanish mumkin

Tizimli tahlil Tizimli tasavvur qilish va vaziyatni tahlil qilish Foydalanish mumkin

Fikriy tajriba Vaziyat bilimlarini fikrlash orqali o'zgartirish

52

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

Muammoli Vaziyatdagi muammolarni taqdim etish

Tavsiflash Vaziyat tavsifini yaratish

Sinflashtirish Vaziyatni tashkil etuvchilarning ro'yxatini va xossalarini yaratish

O' yinli Vaziyat qahramonlarining hulq-atvor variantlarini taqdim etish Foydalanish mumkin

Aqliy hujum Vaziyatga nisbatan g'oyalarni generizatsiya (almashtirish) qilish Foydalanish mumkin

Munozara Muammo va uni hal etish yo'llari bo'yicha turli qarashlarni o'zaro almashish Foydalanish mumkin

"Tabiiy geografik jarayonlar" mavzusini o'qitishda Keys bilan ishlashni tashkil etishning 4-bosqichini ajratish mumkin:

1. Tayyorgarlik bosqichi.

2. Birgalikdagi faoliyatga kirishish bosqichi.

3. Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish bosqichi.

4. Hamkorlikdagi faoliyatni tahlil qilish va refleksiya bosqichi.

Guruhda keys ustida ishlashni tashkil etish bo'yicha uslubiy tavsiyalar.

O'quvchilar kichik guruh(jamoa)lar tarkiblarini shakllantiradilar. Har bir jamoa

o'z sardorini tayinlaydi. Sardor ishi: «Aqliy hujum» mobaynida aytilgan barcha g'oyalarni belgilaydi; g'oyalarni tanqid qilishga yo'l qo'ymaydi, aytilgan g'oya va fikrlarni guruhlarga ajratadi, kichik guruh ishini tashkil etadi. Mashg'ulot mavzusi bo'yicha ish tugagandan so'ng 10 daqiqagacha vaqt mobaynida o'z kichik guruhi ishining natijasini ma'ruza qiladi. Har bir kichik guruh amaliy mashg'ulot mobaynida bitta mavzuni bajaradilar. Kichik guruhlar o'zaro musobaqalashadilar [1, 2, 3, 6, 7].

Tabiiy geografik jarayonlar mavzusida muhokama ketma-ketligi quyidagicha bo'lishi mumkin: keysda olingan kirish axborotini muhokama qilish, fikr almashish va muammo ustida ishlash rejasini tuzish, muammo ustida ishlash (munozara), muammo yechimini ishlab chiqish, oxirgi yechimlarni qabul qilish bo'yicha munozara, ma'ruza tayyorlash, asoslangan qisqa ma'ruza kabilar.

Tabiiy geografik jarayonlar mavzusi bo'yicha ishlarning natijalarini taqdim etish. Mavzu yuzasidan qilingan ishlarning natijalarini taqdim etish uchun bir varoqda xulosa ko'rinishidagi (matn, grafiklar, jadvallar) matn tayyorlash taklif etiladi.

Dars davomida guruh sardorining chiqishi 5-7 daqiqa chegarasida bo'lishi va oldindan auditoriya taxtasiga ishning asosiy natijalari yozib qo'yiladi. Kichik

53

April 26, 2024

guruhdagi boshqa a'zolari ma'ruza tinglovchisi va sardorlaming opponentlari bo'ladilar. Sardorning ma'ruzasi muhokama etiladi. Mavzuning muhokamasi o'qituvchining yakuni bilan tugaydi.

Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Keys-sady bilan ishlashni tashkil etish bo'yicha o'qituvchiga quyidagi uslubiy tavsiyalarni berish mumkin:

- Birinchidan, guruh o'quvchilarning bilim darajasi va soni teng bo'lishi talab etiladi. Guruh o'quvchilarini o'zlari tomonidan alohida kichik guruhlarga ajratish va ular tarkibiga 4-6 o'quvchi kirishi maqsadga muvofiq. Imkoni bo'lsa, kichik guruh a'zolar soni toq sonda bo'lsa yanada yaxshi. Har bir kichik guruh, o'zlarining ishini umlashtiruvi sardorlarni tayinlaydilar.

- Ikkinchidan, O'qituvchi Keys-satdy ustida ishlanganda tartibni qat'iy saqlagan holda ishlash mumkin emas, chunki ko'pchilik hollarda bu ijodiy ish hisoblanadi. O'qituvchi faqat o'quvchilar ishini muvofiqlashtirib, har bir kichik guruhda mustaqil tartib va mustaqil ishni tashkil etish sharoitini yaratish zarur.

- Uchinchidan, o'qituvchi har bir kichik guruh oldiga kelishi, muhokama borishini kuzatishi, ba'zan o'quvchilarning ruhini ko'tarishi, lekin yechimni to'g'riligi haqida hech qanday izoh bermasligi kabilar.

REFERENCES:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Abduqodirov A.A., Astanova F.A., Abduqodirova F.A. «Case-study» uslubi: nazariya, amaliyot va tajriba.-T.: "Taffakur qanoti", 2012.-134 b.

2. Abduqodirov A.A. «Pedagogika» va «Psixologiya» fanlarini o'qitishda keysdan foydalanish. Toshkent-2015.

3. Abdinazarova, X. O. "Application of pedagogical technologies in teaching the subject "Useful minerals of Uzbekistan" in geography lessons." Экономика и социум 2 (105) (2023): 4-7.

4. Abdinazarova, X. O., B. X. Abdinazarov, and J. Xamdamjonova. "Tabiiy geografiya darslarida "Avstraliya materigi iqlimi" mavzusini o'qitishda assesment texnikasidan foydalanish." Proceedings of International Educators Conference. Vol. 2. No. 12. 2023.

5. Oripovna, Abdinazarova Xidoyatxon. "Geografiya darslarida "Yoqilg'i sanoati" mavzusini o'qitishning interfaol usullari." Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies. Vol. 2. No. 12. 2023.

6. http://www.casemethod.ru/base1.php

7. https: //uzreport.news

8. https://cyberleninka.ru

54

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.