Научная статья на тему 'ANTROPONIMLARNING ONOMASTIK BIRLIK SIFATIDA USLUBIY-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI'

ANTROPONIMLARNING ONOMASTIK BIRLIK SIFATIDA USLUBIY-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Atroponimiya / onomastika / kulturologiya / diskurs / deyktiv / kommunikativ / affektiv / ideatsion / volyutativ / nominativ.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdurahimova Durdona

Maqolada antroponimlar onomastik birlik sifatida uslubiyfunksional jihatlari tadqiq etilgan va badiiy adabiyotlardan olingan parchalar orqali ishonchli dalillar asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANTROPONIMLARNING ONOMASTIK BIRLIK SIFATIDA USLUBIY-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI»

ANTROPONIMLARNING ONOMASTIK BIRLIK SIFATIDA USLUBIY-

FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Abdurahimova Durdona Tavakkaljon qizi

dabdurahimova00@gmail .com

Annotatsiya: Maqolada antroponimlar onomastik birlik sifatida uslubiy-funksional jihatlari tadqiq etilgan va badiiy adabiyotlardan olingan parchalar orqali ishonchli dalillar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Atroponimiya,onomastika, kulturologiya, diskurs, deyktiv, kommunikativ, affektiv, ideatsion, volyutativ, nominativ.

Ism insonni nomlaydi va shu orqali odamni so'z va hodisaga olib kiradi. Ism kishilarning fikr va mulohazalarini ifodalaydi, ular uchun muloqot vositasi sifatida xizmat qiladi. Ism ayni vaqtning o'zida inson ma'naviyati va madaniyatining buyuk mahsuli va rivojlanish imkoniyati hamdir. Insonning inson sifatida shakllanishida uning tafakkuri va nutqi asosiy ahamiyatga ega.

Tilda mavjud bo'lgan so'zlar kabi ism (antroponim) lar ham tilda turli vazifalarni bajaradi. Antroponimlarning funksional xususiyatlari haqida so'z yuritishdan avval til funksiyalarining o'zi haqida to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi. Chunki antroponimkonlar tilning ichida bo'lib, uning nutqdagi vazifalarini bilmasdan turib anglab, tasniflab bo'lmaydi.

Til funksiyalari haqida ilmiy adabiyotlarda turlicha ma'lumotlar berilgan. Ayniqsa, zabardast rus va o'zbek tilshunoslaridan A.A.Reformatskiy, V.A.Zvegensev, L.R.Zinder, V.V.Rojdestvenskiy, S.Usmonov, A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiev, A.E.Mamatov kabi tilshunoslar asarlarida bu masala ancha batafsil yoritilgan .

Olimlar tilni jamiyatdan, jamiyatni esa tildan tashqarida tasavvur etib bo'lmasligini ta'kidlab, tilning asosan beshta funksiyasi mavjudligini uqtiradilar. A.Mamatovning "Tilning eng muhim 100 ta funksiyasi" nomli asari nisbatan keyinroq

72

chop ettirilgan bo'lib, unda bu mavzu ancha batafsil o'rganilgan. Ushbu asarda muallif tomonidan quyidagilar ta'kidlanadi: "...tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning kommunikativ vazifasini tashkil qilsa, ma'lum xabar, darakni ifodalab, insonlarga ta'sir o'tkazishi, tinglovchiga yetkazishi ekspressiv-informativ vazifani, his-hayajon, hissiyot(emotsiya)ni ifodalab kelishi bilan esa ekspressiv-emotsional vazifani bajarib keladi".

Antroponimlarning funksiyasini o'rganish jarayonida A.P.Shustovaning "Антропонимические функции в языковом и художественном узусе " nomli risolasini tahlil qildim va kuzatishlarim natijasida ismlarni quyidagicha funksiyalarini aniqladim

Antroponimlarning eng asosiy vaifasi- nominativ funksiyadir. Chunki antroponim avvalo o'zi tegishli bo'lgan shaxsni nomlaydi, uning shaxsini tasdiqlaydi. Bu funksiya har bir uslubga xos bo'lib, universal funksiya hisoblanadi. Lekin eng ko'p ta'kidlanadigan uslub badiiy uslubdir. Boisi yozuvchi o'z asarlariga bosh qahramon tanlar ekan, bu jarayonga jiddiy yondashadi. Chunki aksariyat hollarda kitobxon badiiy ijod mahsulini asar nomi bilan emas, balki personajlar ismi orqali eslab qoladi. Shuning uchun ham ko'p hollarda antroponimlarga faqatgina nominative funksiya xos deb qaraladi. Ammo antroponimlar yana bir qancha uslubiy-funksional xususiyatlarga egaki, ularni chetlab o'tish xatodir.

Antroponimlarning eng asosiy funksiyasi - kommunikativ funksiyasidir. Chunki antroponimlarsiz jamiyatda muloqot o'rnatish umuman ilojsiz yoki judayam qiyin bo'lgan bo'lardi. Boisi har qanday muloqot jarayonini tashkil etishdan avval murojaat qiluvchi va tinglovchi o'rtasida ularning ismlari aloqa sifatini tiklovchi, uning konkretligini ta'minlovchi element bo'lib xizmat qiladi. Shaxs ismini muloqot jarayonida ishlatish tinglovchini diqqatini jalb qilish, kommunikabellikni oshirishga yordam beradi.

Antroponimlar tomonidan ifodalanadigan yana bir muhim funksiya- ekpressiv funksiyadir. Bu funksiya asosan shaxs nomlanishining turli shakllaridan foydalanish natijasida amalga oshadi. Chunki biz shaxsga turli xil usulda murojaat qilish orqali muloqot jarayoniga turli munosabatni ifodalaymiz:

73

a) Fayziyeva Kamola Umidjon qizi, John Fitzgerald Kennedy - shaxs nomlanishining eng to'liq shakli- asosan rasmiy uslubda ishlatiladi va muloqot jarayoniga rasmiylik, konkretlikni ta'minlaydi;

b) Gulnoza, Sharlotta- neytral muloqot uchun xos bo'lib, har qanday usluda foydalanish mumkin. Ko'pincha kattalar tomonidan kichiklarga nisbatan yoki tengqurlar davrasida ko'p foydalaniladi;

c) Masha, Imronchik- ismning qisqartililgan shakli- norasmiy muloqot uchun xos bo'lib, asosan, so'zlashuv uslubida keng foydalanadi. Kichraytirish, suyish, erkalash, emotsionallikni oshirishga xizmat qiladi.

Ekspressivlikni ta'minlash va qaysi usul orqali shaxs ismidan foydalanish so'zlovchining muloqot madaniyati va tinglovchi bilan munosabati darajasiga bog'liq. Qolaversa, intonatsiya ham ekspressivlikni ta'minlovchi unsur hisoblanib, qaysi intonatsiya orqali murojaat qilish ham turli ekspressiv bo'yoqdorlikni oshiradi.

Antroponimlarning navbatdagi funksiyasi- kulturologik funksiya deb nomlanadi. Bu funksiya har bir millat lingvistikasiga mansub bo'lib, shaxs ismlari universal tarzda o'sha millat madaniyatini ifodalab beradi. Masalan o'zbeklarda qo'yiladigan Yo'lchi, O'g'iloy singari ismlar qozoq, turkman millatlarida uchramaydih hatta bir turkiy tillar oilasiga mansub bo'lsa ham. Xuddi shuningdek ma'lum bir millat madaniyati ajralmas bo'lagi bo'lmish dinning ta'siri ham nom berishga turlicha yondashuvni yuzaga keltiradi va ismlar orqali ayrim shaxslar qaysi dinga mansubligi, madaniy odatlarini bilib olishimiz mumkin. Xususan, bugungi kunda musulmon xalqlarda Muhammad, Abdulloh, Mustafo singari diniy ismlar urf bo'lmoqda va kulturologik funksiya orqali biz shaxs mansub bo'lgan madaniyatdan ham xabardor bo'lyapmiz.

Qolaversa, antroponimlarning uslubiy-funksional xususiyatlari haqida so'z yuritilar ekan, ularning aynan badiiy uslub uchun aniqlangan turlari haqida ham izoh keltirish o'rinlidir. Boisi badiiy asarlarda ular boshqa uslublarda uchramaydigan, uslubiy bo'yoqdorlikni ta'minlaydigan, emotsionallikni oshiruvchi onomastic birlik bo'lib xizmat qiladi.

Aksiologik funksiyasi

Nutqda so'zlovchining shaxsiy fikri, u yoki bu predmet, narsa va shaxsni baholashi, ularga berilgan sifatlarning tilda ifodalanishi Abdulla Qodiriy (adresant) "O'tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlarining bosh qahramonlari Otabek, Kumush, Anvar va Ra'nolarga o'zlariga mos ismlar tanlagan.

Affektiv

Funksiyasi Odatda, emotiv funksiya qanday bo'lsa, affektiv funksiya ham uning o'zi, kognitiv funksiyaga qarama-qarshi tarzda mavjud bo'ladi; hissiy qabulqilinajak dunyoni barcha idrok eti shlar affeksiyaga asoslangan bo'ladi.

Nodirajon, Shoirajon,

Tanam qimir etmaydi.

Osmon to'la havolar,

Faqat menga yetmaydi.

(Shavkat Rahmon).

Shoir (adresant) qizlari (adresat)ga emotiv tarzda yuzlanmoqda.

Vokativ

Funksiyasi Murojaat qilinayotgan insonning diqqatini jalb qilishda qo'llanuvchi nomlarni atashda, chaqirib murojaat qilishda yuzaga keladigan funksiyasi. Onang o'lsin, Ibrohim,

Makkadan ham yirog'im.

O'chib qolgan chirog'im,

Tutab qayda yotarsan?..

(Muhammad Yusuf)

Volyutativ

Funksiyasi So'zlovchining biror orzu-istak - xohishini bildirishini izhor qilishida ifodalanadi. Tursunboy, Yursinboy, To'xtasin, O'lmasxon, Ko'paysin, Kifoyat kabi ismlar.

Deyktik

Funksiyasi Koreferent tarkibiy qismlardan birini olmoshga almashtirishning grammatik jarayon sifatida nomlash natijasi to'g'risida gapirishning ahamiyati yo'q bo'lganda, olmoshlar aksariyat ko'p holatlarda aynan sof deyktik funksiyalarda

75

ishlatiladi. Fa^'ona vodiysi ayollari tuгmush o'гtoqlaгi haqida gapirayotganda uning ismi yoki "trnmush o'rtog'im", "umг yo'ldoshim" o'mida "bu", "bu kishi" olmoshlaridan foydalanadilar

Diskurs

Funksiyasi Gapning mantiqiy fikT, diskuгs(nutq)da o'гinli ishlatishga yo'naltiгilgan funksiya. Bunday vazifani gapda "mavzuning" stгategik joyla-shishi hal qiladi.Bn kishining ism familiyasi, ota ismlarini nutqiy vaziyatga ko'гa haг xil shaklda qo'llash:

Diloromxon (adabiy tilda), Dilorom Alieva (ilmiy uslubda), Dilorom Akbarovna (rasmiy uslubda), Dilya (so'zlashuv uslubida).

Belgili (semiotik)

Funksiyasi Bu glossematikaga taalluqli bo'lib, u belgi ifodasi va mazmuni o'rtasida sodn bo'ladi va "hamAk-lilik" sifatida ta'riflanadi. Bunga hamma tildagi har bir ismni misol qilib keltirish mumkin. Chunki har qanday ism tilda, eng avvalo, belgilik funksiyasini bajaradi.

Ideatsion

Funksiya Bu funksiya tilning "mazmun" ifodasi sifatida xizmat qiladi, ya'ni real dunyoda insonning o'z tafakkuri, idraki, ichki dunyosini o'z ichiga olgan holda inson tajгibasining ifodasi bo'lib xizmat qiladi. Bunga yosh va tajribali ota-onalar tomonidan o'z fareandlariga qo'yilgan ismlaгidagi farqlaгni misol qilib keltirish mumkin. Yosh ota-ona^ ko'pгoq zamonaviy va hatto ajnabiy tillaгga xos ismlaT (Sharlotta, Gamlet kabi), nisbatan yoshi katta ota-onalaг ko'pгoq islomiy (Abdu bilan boshlanuvchi yoki payg'ambar ismi qo'shib aytiladigan ismlaг) qo'yishadi.

Indikator

Funksiyasi Insonlaming ma'lum ijtimoiy gumhga daxldoгligini bildiгishda ifodalanadi. Bu funksiya ismla^a "bek", "xo'ja", "xonim", "begim" so'zlaгini qo'shib aytishda namoyon bo'ladi.

Antroponimlarning ajratish (farqlash) xususiyati deyilganda, ularning bir millatni ikkinchi millatdan fa^lovchi jihatlaгi nazaгda tutiladi. Masalan, Alisher To'ychiev

ism-familiyasini eshitishimiz (yoki o'qishimiz) bilan o'zbek, Aleksey Popov o^ali ms

~ 76 ~

millatiga mansub kishi ko'z oldimizga kelsa, Alisherjon orqali norasmiy, Alisher Alievich orqali rasmiy murojaatlar xayolimizda jonlanadi. Bundan tashqari, ismlar orqali farzandning oilada tutgan o'rni va u bilan bog'liq jihatlar ifoda etiladi. Oilada to'rtinchi o'g'il bo'lib dunyoga kelgan farzandga Sori (Surxondaryo, Qashqadaryo hududlarida ko'p uchraydi), to'rtinchi qizga Robiya (diniy qarashlar bilan bog'liq), o'g'il farzand ko'rish orzusida O'g'iloy/O'g'ilxon/O'g'ilcha, ko'p farzand ko'rgan oilalarda Kenjaboy/Kenjabek/Kenjaxon ismlari qo'yiladi. Antroponimlar diskurs relevanti sifatida birlashtirish va ajratish(farqlash)lik funksiyasini ham bajaradi. Masalan, biror notanish kishi sizga ismingiz (familiya yoki otangizning ismi) orqali murojaat qilsa, birdan o'rtadagi begonalik ma'lum ma'noda ortga chekinadi. Ya'ni, siz murojaat qiluvchiga xuddi eski tanishga qaragandek yuzlanasiz. Antroponimlarning aynan mana shunday xususiyati mavjudligini amerikalik mashhur sotsiolog olim Deyl Karnegi bir qator asarlarida qayta-qayta ta'kidlaydi. Jumladan, dunyoning bir necha tillarida ko'plab nusxada nashr etilgan "Qanday qilib do'st orttirish va odamlarga ta'sir ko'rsatish mumkin?" nomli asarining "Agar buni bilmasangiz, sizni ko'ngilsizliklar kutadi", deb nomlangan bobida bu mavzuga alohida to'xtaladi va shunday xulosaga keladi: "Odamlar o'zlarining ismlari bilan shunday g'ururlanadilarki, uni har qanday yo'l bilan bo'lsa ham, umrbod qoldirishga intiladilar... Shunday qilib, agar siz odamlarga yoqmoqchi bo'lsangiz, uchinchi qoidaga rioya qiling. Esda tuting, odamlarning ismi - uning uchun hamma tilda eng yoqimli va eng muhim tovush hisoblanadi..." .

Antroponim(ism)larning bu kabi birlashtiruvchilik xususiyatlari Tursunoy Sodiqovaning "Murosa ilmi" hamda Siddiq Mo'minning "Muloqot mezoni" risolalarida ham asosli fikrlar bildirilgan .

Antroponimlardan ijodkorlar badiiy uslubda turli maqsadlarda foydalanadilar. Jumladan, antroponimlar asar g'oyasini ochish, personajning ichki va tashqi olamini yoritish, asar badiiy qimmatini oshirish kabilarga xizmat qiladi. Ayrim ijodkorlar o 'z badiiy g 'oyalarini kitobxonga yetkazishda xalq orasida juda kam ishlatiladigan va umuman, lug'atda bo'lmagan ismlarni ham qo'llaydi. Masalan, G'afur G'ulomning "Netay" qissasidagi Netay, taniqli dramaturg Sharof Boshbekovning "Temir xotin"

77

spektaklidagi Alomatxon, Anvar Obidjonning "Akang qarag'ay Gulmat", "Mirzaqand piyonning hasratlari" nomli turkum hikoyalaridagi Usta Gulmat, Mirzaqand personajlarining ismlari shular jumlasidandir. Ijodkor mahorati bilan bog'liq bunday to'qima ismlar haqida gap ketganda, 2014 yili suratga olingan G'afur Shermuhammedovning "Quduq" nomli fîlmidagi bosh qahramon ismini ham eslab o'tish o'rinlidir. Mehnatdan, odamlarga quduq qazib, suv chiqarib berish orqali yaxshilik qilishdan boshqasini bilmaydigan film bosh qahramoni Elmurod o'ta halol yigit. Biroq o'z haqini talab qilishga qolganda o'ta lallaygan bu odamni hech kim o'z ismi bilan atamaydi - Lallay, Lallay aka, deb murojaat qiladi. Hech qaysi lug'atda bo'lmagan bu ism muallifning topilmasi bo'lib, u tomoshabin bilan bo'ladigan muloqotida shu ismni relevantga aylantirgan.

Shuningdek, atoqli otlar (antroponimlar)ning muayyan maqsad bilan qo'llanishiga aloqador kuzatishlar olib borish mumkin. Chunki badiiy asarda qo'llanilgan ayrim ismlar yozuvchining badiiy -estetik niyatini aniqlashga yordam beradi. Atoqli otlarning ana shunday vazifalarda qo'llanishi bilan bog'liq hodisa ayrim adabiyotlarda antonomasiya degan nom ostida umumlashtiriladi. O'zbek adabiyotida personaj xarakter-xususiyatini ochib beruvchi, tag ma'noli kulgi yaratuvchi ismlar Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va boshqa yozuvchilarning hajviy asarlarida juda ko'p uchraydi. Masalan, Salimsoq semiz, Kerzon, So'navoy, Sovinak, Mag'zavaqori, Burnash abziy, Kalvak mahzum, Toshpo'lot tajang (A.Qodiriy); Jonfîg'on, Cho'loq domla, Norin Cholpiq, Nabigul, Semiz Nazarov, Oriq Nazarov, Yovqosh Olloberganov (A.Qahhor); qahramonlari ismlarida yozuvchining kinoyasi aniq sezilib turadi. Mahoratli yozuvchilarimiz qahramonning hayoti, taqdiri va ruhiyati bilan uning ismi o'rtasida mushtaraklik o'rnatish orqali betakror obrazlar yaratishga harakat qiladilar. Bu albatta yozuvchining lisoniy mahorati hisoblanadi va bunday holatlarni tadqiq etish orqali yozuvchining poetik olamiga kirib borish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. E.A.Begmatov. O'zbek tili antroponimikasi. Toshkent: Fan. 2013

2. Menajiyev. Y., Azamatov.X., Abdurahmonov.D.,Begmatov. E. Ismingizning ma'nosi nima? Toshkent: Fan.

3. Nosirov U. Uzbek tilidagi kishi nomlari haqida badiiv mulohazalar // Ilmiy asarlar. Qarshi - Toshkent

4. Sattorov G. H. O'zbek ismlarining turkiy qatlami: Filol. fan. nome.... dis. avtoref Toshkent

5. Rahimov S. Xorazm mintaqaviy antroponimiyasi: Filol. fan. nom. ... dis. Toshkent, 1998

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.