ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-198-203
ANTIK DAVR GIPS BOSH HAYKALLARINI TASVIRLASH JARAYONIDA BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHISINI KASBIY TAYYORLASH
Botir Boltaboyevich Baymetov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institute "Tasviriy san'at" kafedrasi professori [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqola oliy ta'lim tizimida bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisini kasbiy tayyorlashda "Antik" davr gips bosh haykali namunasini naturaga qarab tasvirlashning metodik bosqichlarda tasvirlashda shaklni kompozitsiyaviy joylashtirish, uning munosabatlari, o'zaro nisbatlari va boshning fazodagi holatini, konstruktiv asosini namayon etish va perspektiva ko'rinishlarini ochib berish, va talabalarning tasvirlash mahoratlarini shakllantirishga biaratilgan.
Kalit so'zlar: qalamtasvir, antik haykal, chiziq, shtrix, kompozitsiya, metodik izchillik.
ABSTRACT
The article is devoted to the professional training of a future teacher of fine arts in higher pedagogical education in the process of depicting a sculpture of an Antique plaster head in which compositional solution, proportional features, airspace, linear constructive construction of a figure and the development of visual competencies in students are revealed.
Keywords: drawing, antique sculpture, line, stroke, composition, methodological sequence.
KIRISH
Umumta'lim maktablari va maxsus san'at maktab-litseylari uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlashda tasviriy san'at mashg'ulotlarida shaklni naturaga qarab haqqoniy tasvirlash mashqlari muhim ahamiyatga ega. Ulardan eng muhim vazifalardan biri, antik davrga mansub klassik boshning davomli tarzda tasvirlash hisoblanadi. Shaklni tasvirlashning butun majmui tasviriy san'atning ustivor tamoyili-umumiylikdan xususiylikka va xususiylikdan yana umumiylikka usul va uslubiga asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, naturaning butun qismlarini tahlil qilish orqali-umumiy shakl obrazini ifoda etish qoidasiga rioya qilish kerak. Bu
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-198-203
tamoyil rasm chizish bo'yicha chiqarilgan, hamma o'quv dasturlarida o'z aksini topgan va maxsus badiiy maktab va oliy ta'limda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Bu mashqlar barcha talabalarga ta'lim dasturlarida taklif etiladi va uni to'laqonlikda bajarish talab qilinadi. Talabalar uni osonroq egallab olishlari va uning mazmuni bilan yaxshiroq tushunib chiqishlari uchun tasvir ustida ishlashning murakkab majmui alohida-alohida bosqichlarga bo'linadi. Bundan tashqari uslubiy izchillikka rioya qilgan holda tasvirlash talabaga har bir bosqichni alohida tushunib yetishga va ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni anglashga imkon yaratadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Davomli tarzda rasm chizish jarayoni juda murakkab bo'lib, bunda yetarlicha ish tajribasiga ega bo'lmagan talaba ko'pincha qiynalib qoladi. U eng avvalo nimalarga e'tibor berish, o'z imkoniyatlaridan qanday qilib oqilona foydalanishni bilmaydi va o'z ishni kerakli lozim darajada tashkil qila olmaydi. Bunday talaba odatda nimani ko'rsa shundayligicha ko'chirib qo'ya qoladi. Tashqi shakl ko'rinishidan diqqat bilan nusha ko'chiradi. Kerak-nokerak qismlarni ham ajratmay birdek tasvirlayveradi. Detallarga berilib ketib, ular naturaga juda o'xshayapti degan fikrda chizaveradi. Ko'pchilik talabalar odam boshi rasmini chizar ekanlar, ishda uslubiy ketma-ketlikka rioya qilmaydilar, darhol murakkab vazifalarni bajarishga kirishadilar va tez orada muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Vaholanki bosh rasmi ustida ishlashning uslubiy bosqichlari ham o'ziga xos xususiyatlarga egaki, ularni rasm chizuvchi albatta bilishi kerak. O'quv materialini yaxshi o'zlashtirib olish uchun chizuvchi ushbu ish bosqichida muayan darajada qaysi vazifani amalga oshirishi, tasvir qurishning qaysi jihatlariga alohida e'tiborni jalb qilishi kerakligini tasavvur etishi zarur. Bunday talaba naturani kuzatuv va tahlil jarayoni hamda uning rasmni konstruktiv chizish-qurish jarayonida aniq tizimga rioya kilishi kerak bo'ladi. Rasm ishlashning uslubiy izchilligidagi barcha nozik taraflarni Antinoy Antik davr haykalining gipsdan yasalgan boshini chizish misolida ko'rib chiqamiz. Biz rasm ustida ishlashning uslubiy ketma-ketligini bayon eta borib, bir yo'la tirik odam boshi shakli qurilishining asosiy qonuniyatlari va tasvirlash usullarini (jumladan, ishning texnik usullarini) o'rganishda davom etamiz. Bu jarayon o'zaro bir-biri bog'liq uslubiy izchillikda amalga oshirilishi lozi. Ular quyidagilardan iborat:
> shaklni kompozitsiyaviy joylashtirish;
> shaklining o'lcham munosabatlari, o'zaro nisbatlari va boshning fazodagi holatini ochib berish;
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-198-203
> shaklning chiziqli konstruktiv asosini namayon etish va perspektiva ko'rinishlarini ochib berish;
> shakllarni aniqlashtirish va xarakterli xususiyatlarini ochib berish;
> boshning chiziqli-konstruktiv asosini belgilab olib va nur-soya nisbatlari yordamida uning hajmini shakllantirish;
> shaklni batafsil barcha mayda bo'laklarigacha ishlab poyoniga yetkazish.
NATIJALAR
Naturani ishlashdan oldindan bunday batafsil reja tuzish va unining asosida bosh haykalini tasvirlashga o'tish talabaning piravod natijada muvaffaqiyatini o'taydi.
Bosh shakli tasviri qog'ozga qalam bilan juda yengil belgilanib nozik, umumiy va chizikli konustruktiv tarzda aks ettiriladi. Natura katta shakli umumiy qurilishining asosiy xususiyati ochiladi. Ko'pchilik talabalar rasmda chiziqlardan qanday foydalanish kerak, bosh shaklini birdaniga aniq chiziq bilan ifodalash kerakmi yoki faqat yengilgina chizish kerakmi, deb so'raydilar. Bu masalada fikr bildirgan P.Chistyakov shunday yozgan edi: «Bu o'rinda har xil usullar bo'ladi: bir kishi qo'lida qalam bilan uzoq vaqt qarab turadi va so'ng shaklni tasvirlaydi boshqasi esa qalamni qog'oz ustida tez, tez yurgiza boshlaydi va shu bilan birga bir yo'la belgilar chizadi, ya'ni ham joy, ham harakat ustida ishlaydi. Xo'sh qaysi biri durust? Har ikkisi ham yaxshi. Eng asosiysi - bosib chizmaslik. Chunki qora chiziqlar xatolarni ko'ra bilishni qiyinlashtiradi. Bu xatolarni tuzatish esa undan-da qiyin». Rassom bosh shaklini tahlil qilar va uni ifoda etar ekan, u eng avvalo shaklning umumiy massasini, uning xususiyatini, mutanosiblik, o'lchamlararo nisbatlarni belgilab topib yuzaga chiqarishi lozim. Ya'ni yengil chiziqlar bilan boshning umumiy ko'rinishini ifoda qila olishi kerak. Bosh shakli va uning umumlashtirilgan ko'rinishidagi o'ziga xos qiyofasini ocha borib, boshqa qismlar bilan taqqoslagan holda solishtirish usulidan foydalanishi lozim.
MUHOKAMA
Talaba o'z qarshisida turgan bosh shaklining umumiy xususiyatini osonroq ilg'ab olishi uchun ko'zlarini salgina qisib qarashi kerak, shunda shak lning hamma bo'laklari yo'qoladi, hamda hajmning umumiy katta hajmi ko'rish maydonida qoladi. Yaxlit holda idroklanadi. «Antinoy» bosh shaklini ko'rib chizar ekanmiz, biz uning chakka qismi ancha keng ekanini va dahani torayib borganligini ko'ramiz. Agar bosh shaklining old qismiga qaraydigan bo'lsak, u uchburchak shakliga yaqinligini sezish
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-198-203
mumkin: ya'ni, boshning yuqori qismi (sochlar) jag' qismidan kengroq, jag' qismi esa dahandan keng ekanligi namayon bo'ladi.
Boshning umumiy ko'rinishini belgilab olib, uning har bir qismiga ozgina ko'z yugurtirib chiqish kerak. Ular beshta asosiy yuzadan iborat: peshona, ko'z kosalari va ulardan bo'rtib chiqqan ko'zning sharsimon shakllari, shuningdek burunning prizmatik shaklidir. Rasmda lablar, dahan va yonoqlarni belgilab beradigan yuzalik yo'nalishlarni aniqlab olamiz. Lekin ularni hozircha chizib chiqmaymiz, balki joylashgan yerini bilib olamiz va ular boshning umumiy xususiyatiga qanday ta'sir etishini tekshirib chiqamiz. Asosiy yuzalar bilan boshning umumiy massasini aniqlash bilan bir paytda, shu yerning o'zida boshning egilganligi va burilib turish holatini aniqlamiz: ya'ni bosh vaziyatini tomoshabinga to'g'ri ko'rsatishga harakat qilamiz.
Boshning egilganlik holatini to'g'ri topish uchun peshona va dahan o'rtasini hayolan to'g'ri chiziq bilan tutashtirish kerak va bu chiziq tasvirdagi vertikal o'rtasida qanday burchak hosil qilishini bilish mumkin. Keyin profil chizig'i bilan vertikal oralig'idagi egilish burchagini aniqlab olib, boshning egilganlik holatini ham to'g'ri belgilab olish mumkin bo'ladi. Boshning fazo kengligidagi holatini aniqlash bilan bir qatorda, bosh va bo'yinning o'zaro xususiyati, mutanosibligini tekshirib olish kerak.
Boshning bo'yin bilan bog'lanishi masalasini ko'rar ekanmiz, konstruktiv-anatomik qonuniyatlar haqida ham to'xtalib o'tishimizga to'g'ri keladi. Bosh kamdan-kam hollardagina, bo'yin va yelka kengligisiz tasvirlanadi. Uning yelka kengligi bilan uzviy tarzda bog'lanmagan xolati kamdan-kam bo'ladi. Bunday holat portretning fazodagi ko'rinishini ishonchli tarzda ochib berolmaydi. Buni biz xatto bo'yin va yelka kengligi to'la chizilmagan va ushbu misolimizda keltirilgandek, u faqatgina kontur chiziq bilan belgilab qo'yilgan taqdirda ham yaqqol sezamiz.
Oddiy geometrik shakllarga qiyoslab boshni tuximsimon, bo'yinni-silindr, yelka kengligining yuqori qismini esa - romb shaklida ularni o'zaro bog'liq holda ko'ramiz. Dastlab boshning old qismini ikki teng va simmetrik qismlarga ajratuvchi profil chizig'ini belgilab olamiz. Bosh to'rtdan uch burilishda joylashganligi uchun yuz qismi perspektiv qisqarishda bo'ladi. Shu sababli profil chizig'i perspektiva qonuniyatiga ko'ra uzoqdagi qismni qisqarishda (kichik), yaqindagisini esa katta qismlarga ajratishi kerak. Lekin bunda juda ehtiyot bo'lish, o'zgarishlarga yo'l qo'ymaslik lozim.
Boshning asosiy bo'laklarini tasvirlashga (ko'zlar, burunlar, soch tolalari va hakazolarga) kirishilar ekan albatta shakl asosi-mazmunidan kelib chiqish kerak
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-198-203
ya'ni: burun - bu prizma, ko„z esa shar, peshonaga tushib turgan sochlar bo'lsa -silindrik gardishdir.
XULOSA
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shularni aytish kerakki, uzoq muddat davom etadigan rasm ustida ishlashda chizuvchining qarash nuqtasi butun rasm chizish jarayoni mobaynida o'zgarmay qolishi kerak. Talaba bosh rasmini qurish jarayonida juft va simmetrik shakllarning to'g'ri taqsimlanganligini alohida e'tibor bilan kuzatishi kerak. Buning uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: birinchidan - juft va simetrik shakllarni bir vaqtning o'zida chizish lozim, ikkinchidan - har bir juft va simmetrik shakllar chetidan boshqasiga qarata parallel chiziqlar tortish kerak. Masalan, ko„z qorachig'i (olmasi)ning yuqori cheti o„ng va chapdan bitta chiziqda turishi kerak, bunda bitta ko„z qovog'ining kengligi va qalinligi belgilab olinib darhol ikkinchisiga o'tilishi lozim.
REFERENCES
1. Boltaboevich, B. B. (2020). Formation of the skills of portraying the future teacher of fine arts in pencil drawing. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1122-1127.
2. Baymetov, B. B., & Muratov, K. K. (2020). Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology, 224-231.
3. Байметов, Б. Б. (2016). История развития изобразительного искусства Узбекистана. Наука, образование и культура, (1 (4)).
4. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students' Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.
5. Boltabayevich, B. B., & Shodievna, B. O. (2020). Individual Approach To The Formation Of Artistic And Creative Talents Of Students In Art Schools. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 637-642.
6. Boltabayevich, B. B, & Pardaboy, K. (2020). Scientific and theoretical aspects of the formation of compositional abilities of students in painting classes. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).
7. Байметов Ботир Болтабаевич. Актуальные вопросы подготовки педагогических кадров республике Узбекистан. Международный научный журнал «ВЕСТНИК НАУКИ» 2020/10. Том 1. 10 (31). Страницы 5-9.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-198-203
8. Boltaboevich, B. B., & Ogiloy, K. (2008). Master of historical portrait genre, a teacher who created a school in the field of fine arts people's artist of uzbekistan professor malik nabiev (1906-2008).
9. Болтабаевич Ботир Байметов. San'atshunoslik fakultyetlarida talabalarga qalamtasvir mashg'ulotlarini o'tishning nazariy asoslari. Материалы конференции Science and Education. 2020/5. Том 2. Номер No. 3. Страницы-406-409.
10. Байметов Ботир Болтабоевич. Тасвирий санъатдан булажак рассом-укитувчиларни касбий тайёрлашда композиция фанининг назарияси ва методикаси. Science and education journal. 2020/4. Стр. 461 -467
11. Байметов, Б. Б. (2020). Педагогика олий таълим муассасаларида талабаларга композиция фанини укитишнинг назарияси ва амалиёти. Science and Education, 1(7).
12. Baymetov, B. B. (2020). Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. The American Journal of Applied sciences, 2(10), 154-159.
13. Botir Boltabaevich Baymetov. Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. 2020/10 Журнал. The USA Journals. Том 2. Страницы- 154-159