Научная статья на тему 'ANDIJON VILOYATIDA PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERLARINI HUDUDIY BAHOLASH VA SWOT-TAHLILI'

ANDIJON VILOYATIDA PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERLARINI HUDUDIY BAHOLASH VA SWOT-TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
42
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiiy omillar / iqtisodiy-ijtimoiy va demografik omillar / qo‘shimcha qiymatli maxsulot yaratish / . SWOT-tahlili / ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish / innovatsion faoliyat / boshqaruvni tashkil etish / ishlab chiqaruvchi hamkor tashkilotlar hamkorligi.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Zaynabiddinov K.A., Ergashev S.A.

Ushbu maqolada, paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududiy tahlili va baholash amalga oshirilgan. Andijon viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari SWOTtahlili amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANDIJON VILOYATIDA PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERLARINI HUDUDIY BAHOLASH VA SWOT-TAHLILI»

Zaynabiddinov K.A.

"Sayyora favvorasi" korxonasining

ijrochi direktori Ergashev S.A. Andijon davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o 'qituvchisi

ANDIJON VILOYATIDA PAXTA-TO'QIMACHILIK KLASTERLARINI HUDUDIY BAHOLASH VA SWOT-TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu maqolada, paxta-to 'qimachilik klasterlarini hududiy tahlili va baholash amalga oshirilgan. Andijon viloyatidagi paxta-to'qimachilik klasterlari SWOT- tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so'zlar: tabiiy omillar, iqtisodiy-ijtimoiy va demografik omillar, qo'shimcha qiymatli maxsulot yaratish,. SWOT-tahlili, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish, innovatsion faoliyat, boshqaruvni tashkil etish, ishlab chiqaruvchi hamkor tashkilotlar hamkorligi.

Zainabiddinov K.A.

Executive Director enterprise "Sayyora favvorasi" Ergashev S.A. senior lecturer Department of Geography Andijan State University

REGIONAL ASSESSMENT AND SWOT ANALYSIS OF COTTON TEXTILE CLUSTER IN ANDIJAN REGION

Abstract. This article provides a regional analysis and assessment of cotton-textile clusters. A SWOT analysis of cotton-textile clusters in Andijan region was carried out.

Key words: natural factors, economic, social and demographic factors, creation of value-added products. SWOT analysis, territorial organization of production, innovation activity, management organization, cooperation of partner production organizations.

Kirish: Mamlakatimiz barcha sohalarini birdek rivojlanishini ta'minlash maqsadida "O'zbekiston-2030" strategiyasi ishlab chiqildi va hayotga izchillik bilan tadbiq qilinmoqda. Strategiyaning 1-ilovasida mamlakat eksport salohiyatini ko'tarish maqsadida alohida band kiritilgan. "Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo'shilgan qiymati yuqori bo'lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish" maqsadi belgilangan. Yanada

aniqroq aytganda, eksport hajmini 2 barobar oshirish va 45 milliard dollarga yetkazish, eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish. Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar ko'paytirish, Yevropa davlatlariga GSP+ va boshqa tizimlari doirasida tayyor va texnologik mahsulotlar eksportini kengaytirish [1] maqsadlari belgilab olingan. Aynan yengil sanoatda klasterlar shu maqsadni amalga oshirishda peshqadam bo'lib kelmoqda.

Adabiyotlar tahlili: Klaster atamasi fransuzcha so'z bo'lib "panja", "bosh", "bog'lam", "guruh", "to'planish", "turg'un" ma'nolarini bildiradi. Klaster nazariyasiga oid ilk fikrlar M. Porterga tegishli bo'lib uning fikriga ko'ra, "Klaster" bu- ma'lum hududda o'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta korxonalarning to'plamidan iborat bo'lgan (asosiy vositalarni yetkazib beruvchilar, maxsus xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar, mol yetkazib beruvchilar, ilmiy tadqiqot muassasalari) bir-birini raqobatbardoshligini oshirishga xiz mat qiluvchi va o'z navbatida, klasterni ham rivojlanishini ta'minlaydigan o'zaro manfaatli hamkorlar jamlanmasidir [2,3,4,5,6]. Maykl Yujin Porter fikri bo'yicha, hududiy klasterlarni shakllantirish uchun quyidagi omillar talab qilinadi: cheklangan geografik hududda barcha klaster ishtirokchilarining konsentratsiyasi; mazkur mintaqada, klasterni shakllantirishga va korxonalarni qo'llab quvvatlash va xizmat ko'rsatishga yordam beradigan raqobatbardosh ustunlikka ega bo'lgan yetakchi kompaniyalarning mavjudligi; ishtirokchilar o'rtasida hamkorlik muvofiqlashtirish; klaster tarkibiga, mahalliy darajada hamkorlik qilish orqali mintaqalararo darajada raqobatlashish uchun, klasterning "yadrosi"ni tashkil etadigan ilmiy-tadqiqot institutlari, ta'lim muassasalari, turli professional va jamoat birlashmalarini olishi mumkin [2,3,8]

Asosiy qism: Klaster boshqaruv tizimini joriy etishda yagona qolip mavjud emasligini tushungan holda mavjud tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy sharoitdan kelib chiqib nazariy asoslarni amaliyotga joriy etish lozim [9]. Paxta-to'qimachiilik klasterlarini hududiy o'rganish o'ziga xos tartib va yondashuvni talab etadi. Hududiy majmuada ishlab chiqarish sikli xom-ashyo yetishtirishdan boshlanadi, ekin turlarini tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirish olinadigan maxsulot sifati va xajmiga ta'sir ko'rsatadi. Tuproq tarkibi, ekin maydonini nishabligi, litologik tarkibi, musbat haroratlar yig'indisi, atmosfera namligi, suv resurslari bilan ta'minlanganligi haqidagi ma'lumotlar olish bilan tadqiqot boshlanadi. Yuqorida ta'kidlaganmizdek xom-ashyo, mehnat resurslari, transport yengil sanoat korxonalarini hududiy tashkil etishga birlamchi ta'sir ko'rsatuvchi omillardir. Bu omillar yengil sanoatning turli tarmoqlari uchun turlicha ta'sirga ega. Ilmiy tadqiqotda bu omillarni qay darajada ta'sirga ega ekanligini aniqlash va shunga ko'ra tizmning tarkibiy qismlarini joylashtirish yuzasidan taklif tavsiyalar ishlab chiqish kerak bo'ladi. Boshqaruvni to'g'ri tashkil etish mavjud sharoitdan kelib chiqib shakllantirib boriladigan jarayon. Ilmiy tadqiqot davomida hududning tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy va demografik hususiyatidan kelib chiqib boshqaruv tizimini shakllantirib borilishi yuzasidan tavsiya ishlab chiqish lozim.

Klaster ma'lum bir hududda ishlab chiqarish tarmoqlarini uyg'un joylashuvi hisoblanar ekan mavjud tarmoqlar orasidagi aloqalarni tartibga solish ular orasidagi davomli aloqalarni o'rganish katta ahamiyatga ega. Geografik omillarni o'rganish tashkiliy masalalarni tahlil qilish, baholash va kartalashtirish bilan hududda va tizmdagi mavjud muammo va o'zgarishlarni ko'rish mumkin. SWOT-tahlili orqali hududga klaster tizimini joriy etish yuzasidan maqsadli dastular yaratish va amaliyotga joriy etish bilan ilmiy tadqiqotni so'ngi bosqichi yakunlanadi.

Paxta-to'qimachilik klasterlarini hududiy tahlili va baholash

N

a pi

H

H

XI

Klaster birlashmalarini joylashtirishda tabiiy iqtisodiy geografik omillar

Tuproq sharoiti

Iqlim sharoiti

Suv resurslari

Xom-ashyo

Transport

Mexnat resurslari

Infratuzilma

p

n a

Klaster birlashmalarini 1 Hududda boshqaruv,

vertikal gorizontal 1 iqtisodiy-ijtimoiy

aloqalari o'zgarishlar

Tashkiliy boshqaruv

Xom-ashyo yetkazib

m'A

beruvchi va qayta ishlovchilar orasidagi hamkorlik

r^l

O'zak korxonlar hamkorligi

Aloqador tarmoqlar

Moliyaviy tashkilotlar

\ Hududdagi boshqa korxonalar bilan hamkorlik

Tahlil, baholash, kartalashtirish

Transport tizimini o'zgarishi

Iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilmani o'zgarishi

Maxalliy byudjet mablag'larini ortishi

Aholi daromadlari

Aholi bandligi

Tahlil va baholash natijasida muammolarni aniqlash

Paxta-to ' qimachilik klaster larini joylashtirishni takomillashtirish yuzasidan maqsadli dasturini ishlab

SWOT- tahlil

Andijon viloyati paxta-to'qimachilik klasterlarini kuchli va kuchli tomonlarini, imkoniyatlar va tahdidli tomonlarini aniqlashga asoslangan

SWOT tahlili

Kuchli tomonlari Kuchsiz tomonlari

Tabiiy sharoit Paxta xom-ashyosi yetishtirish uchun tuproq sharoiti va iqlim sharoit mos, mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan suv resurslari bilan yaxshi ta'minlangan. Viloyatning orografik tuzilishi sug'orma dexqonchilik uchun qulay. Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash uchun kerakli texnikalarga ega Klaster kompleks ish tashkil etganligi uchun ba'zi hollarda yerga bo'lgan munsobat o'zgarishi mumkin

Transport Klasterga birikkan korxonalarning biri-biriga yaqin joylashgani va paxta xom-ashyosini shu yerning o'zida to'liq qayta ishlashga erishishi transport xarajatlarini kam bo'lishiga olib keladi. Logistika markazlari tashkil etadi Tayyor maxsulotni xorijga yetkazib berishda kerak bo'ladigan transport turlariga ega bo'la olmaydi. Transport to'rini tashkil etishda imkoniyati cheklangan ya'ni ta'sir doirasida shakllantira oladi

Mexnat resurslari Mexnat resurslarining xarakati yaxshi, mexnat taqsimoti yaxshi yo'lga qo'yilgan. Malakali mexnat resurslari yetarli. Mexnat resurlari malakasini oshirishga alohida etibor qaratilgan Mexnat faoliyatining mavsumiyligi. Mexnat resurslarini yangicha tizmiga moslashuvchanligi sekin kechadi

Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish Geografik yaqin hududlarda, texnologik bog'langan, klaster manfaatlariga mos, iqtisodiy-ijtimoiy va demografik vaziyatdan kelib chiqib joylashtiriladi. O'sish qutblarini shakllantiradi Ma'muriy chegaralar bilan chegaralangan, hamkor tashkilotlarni bir hududda joylashtirish mumkin emas

Innovasion faoliyat Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yuzaga keladi. Ta'lim talab va taklif asosida shakllanadi. Ilmiy tadqiqot institutlari aniq maqsadli qo'llab quvvatlanadi. Venchur korxonalar paydo bo'ladi Fan yutuqlarini ayniqsa to'qimachilik mashinasozlikda erishilgan yutuqlarni moliyaviy qo'llab quvvatlash uchun chettdan yordam kerak bo'ladi

Investisiyani jalb qilish Hudud tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy va demografik imkoniyatlarga ega. Jahon bozorida pirovard maxsulotga domiy talab mavjud. Asosiy fondlarni barpo qilish boshqa sanoat tarmoqlariga nisbatan arzon Jahon va mintaqa bozorida qiyosiy ustunlikga ega bo'lish qiyin, mavsumiylik, texnologik jarayonni bosqichlarini ko'pligi tufayli daromadning kechikishi, sanoatning ayrim tarmoqlariga nisbatan samaradorligini pastligi, yuqori hosil olish kafolatmaganligi

Hudud va tarmoq Eksport salohiyat yuksaladi. Paxta xom-ashyosi miqdori va uni qayta ishlashdagi mutannosiblik yuzaga Tarmoq korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayoni umumiy maqsadga bo'ysundirilganligi tufayli ba'zi

keladi.To'liq siklli ishlab chiqarish shakllanadi. Qishloq xo'jaligi zamon talablari asosida rivojlanadi. Moliyaviy imkoniyatlar ortishi tufayli asosiy fondlar xajmi ortadi. Aholi daromadlari va bandligi ortadi. Iqtiodiy-ijtimoiy infratuzilmalar shakllanadi korxonalar o'zining natijasi uchun emas umumiy natija uchun ishlaydi. Kompleks ihtisoslashuv natijasida bozordagi arzimas o'zgarishlarga ishlab chiqarishga ta'sir ko'rsatadi

Imkoniyat Tahdid

Xom-ashyo Xom-ashyoni o'zi yoki hamkor ishlab chiqaruvchilar bir hududda yetishtiradi Xom-ashyo sifati kuzgi ob-xavo sharoitiga bog'liq. Hosildorligi mavsumdagi ob-xovoga bog'liq va xom-ashyo tan narxida kutilmagan o'zgarishlar bo'lishi mumkin

Boshqaruvni tashkil etish Mexnat resurslariga bo'lgan talab ortadi. Boqimanda ish o'rinlari keskin kamayadi. Mexnat resurlarining xarakati tezlashadi. Iqtisodiyotda katta kuch sifatida umumiy muammolarni tez hal qiladi. Konsalting firmalar faoliyatini yo'lga qo'yish orqali istemol bozori yaxshi o'rganiladi. To'liq iqtisodiy tizm joriy etiladi. Davlatning ishtiroki kamayadi Boshqarishada katta samara bergan usul bu hududda aksincha bo'lishi mumkin. To'liq iqtisodiy tizmni joriy etilganligi tufayli bozordagi sharoitni o'zgarishi keskin qarorlar qabul qilishga sabab bo'ladi. Tez fursatlarda yirik korxonalarni barpo etish ulrning keyingi faoliyatini nazorat qilishni qiyinlashtiradi

Ishlab chiqaruvchi tashkilotlar hamkorligi Paxta-to'qimachilik klasterlarini egasi bir bo'lishi ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni bir maqsadga bo'y sundiradi. Umumiy infratuzilmadan foydalanish iqtisodiy samaradorlikga olib keladi. Moliyaviy muammolarni birgalikda hal qilinadi bir maqsad sari intiladi. Venchur korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlarini tashkil etish hamda marketing bo'limlarini yaxshi ish tashkil etishi katta imkoniyat beradi Hududiy majmuaning bir-biriga qattiq bog'lanishi va ishlab chiqarish jayonini yirik ko'lamda amalga oshirilishi tashqi ta'sir vaqtida sharoitga moslashuvchanlikni pasaytiradi

Aloqador tashkilotlar hamkorligi Ishlab chiqarishda bilvosita ishtirok etadigan korxonalar bilan kelishuvlar faqat iqtisodiy manfaatlarga tayanadi hamda yangi bosqichga ko'tariladi. Ba'zi aloqador tashkilotlarning hududiy yaqinlashuvi kuzatiladi Ma'muriy tizim ta'siri kam bo'lganligi uchun aloqador tashkilotlarda ishlab chiqrarish jaryonidagi o'zgarishlar yoki silkinishlar klaster tizimiga tez ta'sir qiladi

Yuqoridagi SWOT- tahlilining ba'zi bir jihatlariga izox berib lozim. Paxtani ekishdan tortib undan tayor maxsulot yaratishgacha bo'lgan jarayonda yerni egasini topish zarur va bu bo'g'in o'z mehnatidan manfatdor bo'lishi kerak. Klaster tizimidagi ishchi-xizmatchilarga alohida e'tibor kerak va bu e'tiborni xodim sezishi lozim, yangi tizm imkoniyatlarini tushintirish ularga iqtisodiy, ma'naviy yordam

berish kerak bo'ladi. Andijon viloyatida hududiy tashkil etilayotgan paxta-to'qimachilik klasterlari ma'lum bir ma'muriy hudud ichida tashkil etilmoqda bu holat klasterlar orasida raqobatga ta'sir qiladi. Shu sababidan klasterlarni aniq bir chegarada tashkil etishni olib tashlash kerak, tuzilma hududiy kengayib yirik transmilliy korparasiyaga aylansin shunda jahon miqiyosidagi brendlar yaratiladi. Mintaqa va jahon miqiyosida ustunlikga ega bo'lish qiyin buning eng asosiy sababi, to'qimachilik bilan bog'liq mashinasozlik zavodlari bugungi kun talabi darajasida ishlash imkoniga ega emasligi, bu esa daromadning katta qismi chet elga chiqib ketishiga sabab bo'ladi va oqibatda tannarx ortadi. Shu sababdan kichik sexlar barpo qilish bu sexlar butlovchi qismlar tayorlashi kerak bo'ladi, keyinchalik bu sexlar kengayib borishi lozim. Imkon bo'lsa bu sexlar klasterning ilmiy tadqiqot markazlari bilan birikib ishlab chiqaruvchining o'ziga xos ustun jihatlarini yaratishi lozim. Paxta-to'qimachilik klasterlariga eng katta taxdid bu ob-havoning qanday kelishi, urug'chilikni rivojlantirish klasterga bu tahdiddan qisman qutilish imkoniyatini beradi. Klasterlarda ishlab chiqarish sikllining uzoq davom etishi va yirik majmua shakllanishi ba'zi xollarda bozordagi o'zgraishlarga tez moslashuvchanlikni pasaytiradi. Bir-biriga bog'liq turli tarmoqlarni bir maqsad yo'lida biriktirish davomida, bir tarmoqdagi o'zgarish boshqa tarmoqlarga ham tez va kuchli ta'sir ko'rsatadi.

Xulosa: Klasterlarni iqtisodiy geografik tahlil etish, hududiy-tizmli tahlil qilishni talab etadi;

•Paxta-to'qimachilik klasterlarini hududiy tashkil etishda tabiiy, iqtis odiy-ijtimoiy va demografik omillarni tahlil qilish;

•Ishlab chiqaruvchi tarmoqlar aloqalarini tahlil qilish;

•Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish natijasida sodir bo'layotgan o'zgarishlarni baholash;

•Baholash, mavzuli kartalar yaratish, SWOT-tahlilini amalga oshirish; •Majmuadagi mavjud va kutiliyotgan muammolarni aniqlash va shu yuzasidan aniq maqsadli dasturlar ishlab chiqish.

Foydalangan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF158-son Farmoniga 1-ILOVA

2. Портер Майкл. Конкуренция: Пер. с англ. / Майкл Портер. - М. и др.: Вильямс, 2003. 605 с.

3.Портер М.Э. Конкуренция. Пер. с англ. - М.: Издат. Дом «Вильямс», 2001.

4. Баранчиков Е.В., Горохов С.А., Козоренко А.Е. и др. под ред. Баранчикова Е.В. География - 6 е-изд., стер. - М.: Издателский центр «Академия» 2009. -480 с.

5. Бергман Э., Фезер Э. Индустриальные и региональные кластеры. М.: Деловой экспресс, 2014. - 222 с.; 1.1 бор

6. Костенко О.В. Региональная кластерная политика: - Киров: Вятская ГСХА, 2016. - 162 с.; 1.1 бор

7. Лаврикова Ю.Г. Кластеры как рыночный институт пространственного развития экономики региона. Автореф. дис. докт. экон. наук: - Екатеринбург, 2009. - 47 с.; 1.1 бор

8.Портер М.Э. Международная конкуренция. - М.: Международные отношения, 1993. - 896 с.; 1.1 бор

9. Ergashev S.A. Andijon viloyatida klasterlar tashkil etishning hududiy jihatlari.-"Экономика и социум" №7(110) 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.