Научная статья на тему 'ANATOMIYA FANINI MASOFAVIY TA`LIMDA O`QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

ANATOMIYA FANINI MASOFAVIY TA`LIMDA O`QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

55
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tеxnologiya masofadan o`qitish / elеktron kutubxonalar / tеlеmеtrologiya / elеktron tadbirkorlik / elеktron magazinlar / дистанционное обучение / электронные библиотеки / телеметрология / электронный бизнес / электронные магазины.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — D. S. Bozorova, H. A. Abduxoliqov, M. Ismoilova, B. Bozorova, Sh. Shobaxromov

Ushbu maqolada ta‟lim sohasida axborat kоmmunikatsiya texnalogiyalaridan foydalanish jarayonining mohiyati, oʼziga xos xususiyatlari va turlari, toʼgʼrisidagi nazariyalar fikr va mulohazalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОСОБЕННОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДИСТАНЦИОННОМ ПРЕПОДАВАНИИ АНАТОМИИ

В статье анализируются сущность, особенности и виды процесса использования информационных и коммуникационных технологий в образовании, теории, идеи и соображения.

Текст научной работы на тему «ANATOMIYA FANINI MASOFAVIY TA`LIMDA O`QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

ANATOMIYA FANINI MASOFAVIY TA LIMDA OQITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QOLLASHNING O ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

D. S. Bozorova

Chirchiq Pedagogika instituti Biologiya yo'nalishi magistranti,

H. A. Abduxoliqov

I. А. Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Termiz filiali yengil sanoat va kimyo texnologiya fakulteti 1-kurs talabasi

M. Ismoilova, B. Bozorova, Sh. Shobaxromov

Chirchiq Pedagogika instituti Biologiya yo'nalishi talabalari

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim sohasida axborat kommunikatsiya texnalogiyalaridan foydalanish jarayonining mohiyati, o'ziga xos xususiyatlari va turlari, to'g'risidagi nazariyalar fikr va mulohazalar tahlil qilingan.

Калит сузлар: texnologiya masofadan o qitish, elektron kutubxonalar, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar

ОСОБЕННОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДИСТАНЦИОННОМ ПРЕПОДАВАНИИ АНАТОМИИ

Аннотация: В craTbe анализируются сущность, 0œ6eHH0cra и виды про^сса использования информационных и коммуникационных тeхнoлoгий в образовании, тeoрии, идeи и сooбражeния.

Ключевые слова: дистанциoннoe oбучeниe, элeктрoнныe библиoтeки, тeлeмeтрoлoгия, элeктрoнный бизнeс, элeктрoнныe магазины.

SPECIFIC FEATURES OF THE APPLICATION OF INNOVATIVE

TECHNOLOGIES IN THE DISTANCE TEACHING OF ANATOMY

Abstract: The article analyzes the essence, features and types of the process of using information and communication technologies in education, theories, ideas and considerations.

Keywords: distance learning, electronic libraries, telemetrology, electronic business, electronic shops.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishilgandan keyin barcha sohalardagi kabi ta'lim tizimida ham jiddiy islohatlar amalga oshirildi ta'lim tizimida ham boshqa sohalar singari sezilarli o'zgarishlar ro„y berayotganligi kun sayin yaqqol ko'rinib bormoqda. Turli ta'lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o'qitish keng qo'llanilayotgatligi ham quvonchli hol. Ko'pchilik intеmеtdan asosan yangiliklar manbai sifatida, informatsiya qidirish, elеktron pochtadan foydalanish sir emas. Infarmatsion texnologiyalarining imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Hozirgi kundas intеrnеt turli sohalarga tadbiq qilindi. Intеrnеt texnologiyalar: masofadan o'qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va boshqalar [1;2].

Shu boisdan bugungi kunda o'quvchilarga sifatli ta'lim berishni tashkil qilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti mahsuli bo'lgan zamonaviy axborot texnologiyalari va uning moddiy asosi kompyuterlar xizmatidan keng foydalanib elektron darslik va qo'llanmalar tashkil etish va internet manbalaridan hamda masofadan o'qitishning dasturiy vositalaridan foydalanish davr talabi bo'lib qolmoqda. Aynan shu maqsadda axborot texnologiyalaridan foydalanish, mutaxassislarning umumiy ma'lumoti va kasbiy tayyorgarligining sifatini oshirish uchun jahon andozalariga javob beruvchi axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tadbiq etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyatimizning rivojlangan davrida avvalgi metodik qo'llanmalar bilan cheklanib qolmasdan, unga fan-texnika yangiliklari, Internet vayuksak texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalangan holda, ta'lim jarayonini talabalar uchun yanada qiziqarli va mazmunli qilib o'tish maqsadga muvofiq. Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog'ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shunga ko'ra, ta'lim tizimidagi o'quv yurtlarida informatika va yangi axborot texnologiyalari bilan birga kasb ta'lim yo'nalishiga tegishli fanlarining o'qitilishi ham davr talabi bo'lib qolmoqda. Masofadan o'qitish usulida o'qituvchi bilan talaba bir-biridan masofa bilan ajralgan bo'lsa ham, doimiy muloqot saqlanib qoladi. Hozirgi vaqtda jahon miqyosida fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson turmush tarzining barcha sohalarida ajralmas vositaga aylanib ulgurdi va bu soha asosida insoniyatning turmush tarzi yaxshilanishini inkor etib bo'lmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida jamiyat axborotlashuvi, jumladan ta'lim jarayonlarini axborotlashtirish, insonlarning kasbiy faoliyatini yaxshilash va yengillashtirish, mamlakatda madaniy va ma'rifiy sohalarni jadal rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlarga asos

bo'ladi. Ikkinchi ming yillik bo'sag'asida butun yer sharida fan-texnikaning rivojlanishi o'tgan asrga nisbatan bir necha barobar ortdi. Hozirgi kunga kelib, butun jahon sivilizatsiyasini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Dunyo miqyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish jarayoni T.Edisonning elektronni kashf etishi, Rezerford tajribalari, yarim o'tkazgichlarning kashf etilishi bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining ilk bosqichlari butun dunyoda ommalasha boshladi. Ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish jarayoni bir qancha mamlakatlarda tatbiq etila boshlandi: jumladan 1970-80 yillarda Avstraliyada ta'lim jarayonini ommalashtirish maqsadida ta'lim tizimida radio texnologiyalaridan foydalanish joriy etilgan, ushbu sohada Yaponiya ta'lim tizimida ham bir qancha yutuqlarga erishilgan masalan: radioelektronika, kompyuter savodxonligi umimiy o'rta ta'lim dasturlariga kiritilgan [3].

Masofaviy o'qitishda turli xil axborot va kommunikastiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya'ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog'liq. Masalan, an'anaviy bosma usuliga asoslangan o'qitish vositalari (o'quv qo'llanma, darsliklar) o'quvchilarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferenstiyalar ma'lum vaqt orasida o'zaro muloqotda bo'lishga, elektron pochta to'g'ri va teskari aloqa o'rnatishga, ya'ni xabarlarni jo'natish va qabul qilishga mo'ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma'ruzalar talabalarga ma'ruzalarni tinglash va ko'rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish o'quvchilarga o'zaro teskari aloqa orqali o'qitish imkonini beradi [4].

Anatomiya fanini masofaviy ta'limda o'qitishda turli mutimediya ishlanmalari, organlarga xos ma'lumotlarni juftlab yozish, Venn diagrammsini to'ldirish, vaziyatli masalalar ishlash va mantiqiy savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Bundan tashqari anatomiya fanini masofaviy o'qitishda mavzuga oid videolavhalardan foydalanish zarur. Masofaviy o'qitishda anogrammalardan va test savollarlaridan foydalanish o'quvchilar bilimini yanada oshiradi [5].

Masofaviy o'qitish barcha ta'lim olish istagi bo'lganlarga o'z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o'qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o'quv-uslubiy materiallarni o'zlashtiradi, nazoratdan o'tadi,

o'qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o'quv guruhi» o'quvchilari bilan muloqotda bo'ladi.

REFERENCES

1. A.S. Kucharov, G.Hakirova. o'quv qollanma . Toshkent, "Ibrat" 2001.

2. M.Azimjanova,T.Muradova. o'quv qollanma . Toshkent, "O'zbekiston"

3. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi Sh.M. Mirziyoyev. Toshkent O'zbekiston, 2016. - 56 b.

5. www.ziyonet.uz - Axborot ta'lim portali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.