INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ANATOMIK TERMINLAR ISHTIROKIDA HOSIL BO'LGAN AYRIM VETERINARIYA BIRIKMA TERMINLARI XUSUSIDA
Sadinov Fazliddin Pardayevich
Samarqand davlat chet tillar institute stajyor - o 'qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada chorvachilikning muhim tarmog'i bo'lgan veterinariya terminlarining birikmalar yordamida hosil bo'lish yo'llari xususida fikr yuritilgan. Jumladan, soha terminologiyasida o'ziga xos ahamiyat kasb etuvchi anatomik terminlarning ot+ot qolipida yuzaga kelishi keng tahlilga tortilgan
Kalit so'zlar: so'z yasalishi, terminologiya, termin, birikma termin, anatomiya, veterinariya, veterinariya meditsinasi, qolip, kasallik, hayvonot dunyosi.
https://doi.ors/10.5281/zenodo.13387583
Аннотация: В статье рассматриваются способы образования ветеринарных терминов с помощью соединений, что является важной отраслью животноводства. В частности, широко анализируется появление анатомических терминов в форме существительное + существительное, что имеет особое значение в терминологии данной
Ключевые слова и фразы: словообразование, терминология, термин, составной термин, анатомия, ветеринарная медицина, ветеринарная медицина, плесень, болезнь, животный мир.
Abstract: The article discusses ways of forming veterinary terms using compounds, which is an important branch of animal husbandry. In particular, the appearance of anatomical terms in the form noun + noun, which has special significance in the terminology of this field, is widely analyzed.
Key words and phrases: word formation, terminology, term, compound term, anatomy, veterinary medicine, veterinary medicine, mold, disease, animal world.
Ma'lumki, jahonning bir qator tillari qatori o'zbek tilshunosligining so'z yasalishi bo'limi ma'lum darajada o'rganib kelinmoqda. Chunonchi, jahon tilshunosligida so'z yasalishi haqida yuzlab ishlar mavjud.
Turkiy tillarda ham so'z yasalishi masalasiga bag'ishlangan qator ishlar mavjuddir. Bular jumlasiga I. A. Batmanov, A. K. Borovkov, N. A. Antonov, K. Dexkanov, S. Kudayberganov, P. Azimov, B. M. Yunusaliyev, T. M. Garipov, S. Cheferov, Sh. Saidov, A. Yu. Boziyev, E. V. Sevortyan, A. Esengulov, M. A. Zabichev, F. A. Ganiyev kabi tishunos olimlarining ishlari kiradi.
O'zbek tilshunosligida A. G'ulomov tomonidan boshlab berilgan so'z yasalishiga doir masalalar A. Hojiyev, Z. Ma'rufov, S. Usmonov, X. Xolmurodov, M. Abdiyev singari tilshunoslar qalamiga mansub maxsus monografik tadqiqotlarda hamda ayrim sohalarga xos so'z yasalishiga doir ilmiy ishlarda, shuningdek, "Hozirgi o'zbek adabiy tili" singari darslik
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
va o'quv qo'llanmalarda ma'lumotlar berilgan.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i bo'lgan veterinariya meditsinasi chorvachilik mollari va ulardan olinadigan mahsulotlarning sog'lomligi hamda ularni aholiga toza va sifatli qilib yetkazib berishda hissasi beqiyosdir.
Veterinariya terminlarining yuzaga kelishida eng faol usullardan biri birikmalar yordamida hosil bo'lishi hisoblanadi. Veterinariya bo'yicha yig'ilgan terminlar tahlili ularning anatomik, kasallik belgilari, kasallikni davolash, kasallikni davolash asbob-uskunalari, kasallik nomlarini ifodalovchi birikmalar shaklida yuzaga kelganligini ko'rsatdi.
Biz ushbu ishimizda eng faol bo'lgan anatomik terminlar ishtirokida hosil bo'lgan ot+ot qolipli birikma terminlar xususida fikr yuritishga harakat qilamiz.
Anatomiya terminiga "O'zbek tilining izohli lug'ati"da quyidagicha izoh berilgan: ANATOMIYA [ yun. anatome - kesaman, yoraman] Tirik organizmning shakli va tuzilishi haqidagi fan.
Odam anatomiyasi odam organizmidagi ayrim a'zo va sistemalar shakli, tuzilishi va rivojlanishi haqidagi fan - nazariy va amaliy tibbiyotning asosiy fanlaridan biri [O'TIL, 2020, 82].
Fikrimizcha, mazkur ta'rifga "hamda veterinariyaning" jumlasini ham qo'shish ham maqsadga muvofiqdir. Chunki tibbiyot inson salomatligi uchun qay darajada xizmat qilsa, veterinariya esa hayvonot dunyosi uchun shu yo'sinda xizmat qiladi.
A. Qosimovning " Tibbiy terminlar izohli lug'ati"da esa shunday ta'rif berilgan: Anatomiya [lot. anatomiya> gr.anatome-yorish, qismlarga ajratish] - odam va hayvonlar gavdasining shakl va tuzilishi, shuningdek, funksiya va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan, uning a'zolarini o'rganuvchi tibbiy-biologik ta'limot; morfologiyaning bir qismi [Azimov, 2003, 62].
Nazarimizda, bu ta'rif ancha mukammal tuzilgan bo'lib, jumlaga faoliyatini so'zini ham qo'shish maqsadga muvofiqdir. Chunki tana a'zolari faoliyati ham mazkur fan obyekti doirasida o'rganiladi.
O'zbek tilida birikmalar o'z tarkibidagi hokim komponentning qaysi turkumga oidligiga qarab, bir qancha turga bo'linadi: ot birikma, fe'l birikma, sifat birikma, ravish birikma kabilar [Abdiev, 2005,201]. Yig'ilgan materiallar tahlili natijasida veterinariya meditsinasiga tegishli birikma terminlarning yuzaga kelishida ot, sifat, fe'l hamda ravish so'z turkumlari ishtiroki o'z isbotini topdi. Anatomik terminlarni hosil qilishda esa ot+ot qolipli birikma terminlar ancha mahsuldor ekanligi ma'lum bo'ldi. Ularning yuzaga kelishida quyidagi birikma hosil qiluvchi qoliplar ishtirokida ancha faolligi aniqlandi:
Jigar+ot qolipli birikma terminlar: jigar sanchig'i, jigar parenximasi, jigar o'smasi, jigar hujayrasi, jigar-hujayra komasi, jigar sirrozi, surunkali kechadigan jigar kasalligi, jigar sohasi, jigar amiloidozi, jigar komasi, jigar hujayralari, jigar distrofiyasi, geteora jigar, o'lgan jigar, jigar komasi sindromi. Virionlar yumaloq shaklda jigar hujayralari yadrosida joylashadi, ba'zi shtamm virionlar hujayra ichida virusli kristallar hosil qiladi [Hayvonlar kasalliklari, 2019,427].
Suyak + ot qolipli birikma terminlar: suyak teshikchalari, suyak disproporsiyasi, suyuk to'qimasi suyaklar deformatsiyasi, naysimon suyak suyaklanish, suyuk hosil bo'lishi,
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
suyak iligi, umurtqa suyak tanasi, suyak holati, suyak kuli, suyak uni. Suyak to'qimasi tarkibidagi fosfor kislotasi va kalsiy tuzlari miqdori keskin kamayadi [Hayvonlar kasalliklari, 2019,253].
Buyrak+ot qolipli birikma terminlar: buyrak jomi, buyrak usti bezi, buyrak parenximasi, , quyoshsimon buyrak nerv tugunlari, buyrak serrozi, buyrak usti bezi. Buyrak yetishmovchiligi oqibatida paydo bo'ladigan jigar komasi paytida peritoneal yoki ekstrakorporal gemodaliz o'tkailadi [Hayvonlar kasalliklari, 2019,193].
O'pka+ot qolipli birikma terminlar: o'pka gangrenasi, o'pka to'qimasi, o'pka bo'lakchalari, yiringli o'choq, o'pka varag'i, o'pka do'nglik sohasi, invazion kasallik, o'pka shikastlanishi, virusli infeksiya, o'pka shishi. O'pka emfizemasi - o'pkada ortiqcha havoning to'planishi, alveolyar to'qima hisobiga o'pkaning patologik kengayishi va o'pka hajmining kattalashishi oqibatida paydo bo'ladigan kasalligi [Hayvonlar kasalliklari, 2019, 148].
Miya+ot qolipli birikma terminlar: miya kamqonligi, uzunchoq miya, miya istisqosi, miya o'smasi, orqa miya, miya o'smasi, miya pardasi. Miya istisqosi - bosh miya qorinchalaridagi likvor miqdorining ko'payishi va qorincha devorining taranglashishi tufayli miya moddasinig atrofiya va disfunksiyaga uchrashi oqibatida paydo bo'ladigan kasallik [Hayvonlar kasalliklari, 2019,212].
Yurak+ot qolipli birikma terminlar: yurak bo'g'iq tovush sohasi, yurak istisqosi, yurak ishi, yurak toni, yurak urishi, yurak ko'ylakcha bo'shlig'i, , siydik haydovchi(diuretin, laziks), yurak nuqsoni, yurak xaltachasi, yurak nuqsoni, yurak tonlari, yurak turtkisi soni, yurak yetishmovchiligi, yurak kengayishi, yurak torayishi, yurak teshigi, yurak auskultatsiya. Yurak muskullaridagi biokimyoviy va bioenergetik jarayonlarni yaxshilovchi preparatlardan tiamin, riboflavin, piridoksin va kalsiy tuzlari tavsiya qilinadi [ Hayvonlar kasalliklari,2019, 132].
Shox+ot qolipli birikma terminlar: shox jiyagi, shox rezina halqali amputatsiyasi, rezina halqa, shox o'sishini maxsus malham yordamida to'xtatish, shoxlararo ariqcha, shox parda qirmasi, otalanmagan shox, shox devori, bachadon homilali shoxi, bachadon shoxi, bachadon shoxi devori, shox ildizi, metall kuydirgich, shox teri-plastik amputatsiyasi, yirik shoxli hayvonlar. Shox jiyagi terisiga rezina halqa tarang tortilgan holda kiygiziladi [Hayvonlar kasalliklari, 2019,121].
Qizilo'ngach+ot qolipli birikma terminlar: qizilo'ngach kasalliklari, qizilo'ngach tiqilishi, qizilo'ngach yallig'lanishi, qizilo'ngach zondi, Qizilo'ngach yallig'lanishi -qizilo'ngachning diffuz yoki o'choqli tarzidagi yallig'lanishi oqibatida paydo bo'ladigan kasllik [Hayvonlar kasalliklari, 2019,154].
Ko'krak + ot qolipli birikma terminlar: Ko'krak istisqosi(gidrotoraks), peridikal ishqalanish, ko'krak qafasi, ko'krak tipi, ko'krak umurtqasi. Ko'krak qafasiga gorchichnik qo'yish, isitish vositalaridan foydalanish sog'ayishni tezlashtiradi va kasallikning asoratlarini kamaytiradi [Hayvonlar kasalliklari, 2019,148].
Qorin+ot qolipli birikma terminlar: qorin istisqosi, qorin pardasi, qorin teriosti venasi, Shuningdek sifat +qorin +ot qolipli birikmalar ham mavjud: katta qorin harorati, katta qorin aksidozi, katta qorin alkazoli, katta qorin timpaniyasi, katta qorin timpaniyasi, katta qorin devor qisqarishi maromi, katta qorin aksidozi, to'r qorin. Katta qorin harorati o'zgarishi unig qisqarishini va suyuqlikning tashqariga chiqishini yaxshilaydi [Hayvonlar kasalliklari,
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2019,108].
Ichak +ot qolipli birikma terminlar: ichak tayoqchasi, ichak tiqilishi, ichak teshilishi, ichak o'rami va hokazo. ... imaginalli shakllari tomonidan chaqiriladigan hamda kamdarmonlik, oriqlash, kamqonlik, ichak tiqilishlari, ich ketish va asabiy buzilish belgilari bilan namoyon bo'ladigan imaginal sestozod kasalligi hisoblanadi [Hayvonlar kasalliklari, 2019,460]. Shuningdek, mazkur qolip ruscha baynalmilal terminlar asosida ham hosil qilinishi mumkin: ichak vorsinkasi, ichak bakteriyasi, ichak invaginatsiyasi, ichak meteroizmi, ichak peristaltikasi, ichak sekretsiyasi, ichak pristaltikasi. Ichak meteorizmi -ichaklarda gaz hosil bo'lishning kuchayishi hamda hosil bo'lgan gazning chiqib ketishining qiyinlashishi oqibatida bo'ladigan kasallik [Hayvonlar kasalliklari, 2019,175]. Mazkur qolipning ichak+ot-ot qolipi orqali birikma terminlarning uch komponentli shakli ham uchraydi: ichak shilliq qavati, ichak shilliq pardasi. Ichak shilliq pardalarida ko'karish, periferik vena qon tomirlarining qonga to'lishishi, qon bosimining oshishi va pulsning tezlashishi kuzatiladi [Hayvonlar kasalliklari, 2019,175].
Sohaga tegishli anatomik terminlarning yuzaga kelishida sifat + ichak qolipli birikmalar asosida yuzaga kelgan birikma terminlar ham uchraydi: chambar ichak, to'g'ri ichak, yiringli ichak, to'g'on ichak, ingichka ichak. Qisilishlar ko'pincha ingichka ichaklarda, buralish va tutalishlar esa har ikkalasida ham uchraydi [Hayvonlar kasalliklari, 2019,179].
Shuningdek, sohaga tegishli ot+ot qolipli birikma terminlar yasalishida halqum (yallig'langan halqum, halqum falaji), vena (oyoq vena, rezina butilka, bo'yinturuq venasi, qorin teriosti venasi, boldir teriosti venasi, quloq suprasi katta venasi, qanotosti venasi, parda (bosh miya pardasi, qin parda, shilliq parda, homila parda, iingichka og'iz bo'shlig'i shilliq pardasi, qattiq parda), tuyoq (tuyoq jiyagi, tuyoq holati, tuyoq yarasi, burun (burun bo'shlig'i, burun oynasi, burun qanoati), jag' (yuqori jag', jag' sohasi, jag' tishi), ensa (ensa kokuli, ensa yamog'i, peshona sinusi), teri (teri yamog'i, teri osti, lab terisi, teri elastikligi), quymuch (quymuch suyagi, quymuch burmasi, quymuch bo'rtigi), dumg'o'za (dumg'o'za suyagi, dumg'o'za osti - o'tirg'ich payi), dum (dum ildizi terisi, dum ildizi, dum umrtqasi, hayvon dumi), qovuq (qovuq spazma, qovuq sfinktri), xalta (havo xaltasi, xalta bo'shlig'i, urug'don xalta, konyuktival xalta) singari anatomik terminlar ham faol ishtirok etadi.
Xulosa qilib aytganda, veterinariya meditsinasini terminologiyasiga doir anatomik termin va tushunchalarning ifodalanishida ot+ot qolipli birikmalar ancha mahsuldor ekanligi materiallar tahlildan ma'lum bo'ldi. Bu esa soha terminologiyasi shakllanishida o'ziga xos o'rinni egallovchi birikma terminlar ma'no xususiyatlarini keng rejada monografik tarzda o'rganishni taqozo qiladi.
Adabiyotlar
1. Узбек тилининг изох,ли лугати.5 жилдлик.1-жилд.-Тошкент:" O'zbekiston nashriyoti", 2020.
2. ^осимов А. Тиббий терминлар изошли лугати. 4 жилдлик, 2- жилд.- Тошкент,
3. Абдиев М. Б. Сохдвий лексиканинг систем тах,лили(Самарк;анд вилояти касб-
2003.
JOl 1RNA L-RESEA RCHS. СОМ
I
71
AUGUST, 2024
I
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
хунарлари материаллари асосида).Филология фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация.-Тошкент,2004. 4. Х,айвонлар касалликлари.- Самарканд, 2019.