Научная статья на тему 'AN’ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRTISHNING ILG’OR PEDAGOGIK TAJRIBALAR TAHLILI'

AN’ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRTISHNING ILG’OR PEDAGOGIK TAJRIBALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmiy pedagogik tajribalar / an’anaviy xonandalik / san’at arboblari / madaniyat va san’at.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahmatova Gulshan Sunnatullo Qizi

Mazkur maqolada yurtimizda madaniyat va san’at sohasining an’anaviy xonandalik ijrochiligi yo’nalishida olib borilgan ilmiy ishlar va ularning rivojlanish bosqichidagi pedagogik tahlilar haqida so’z olib borilgan. Pеdаgоgik tа’limоtlаr оrqаli о‘tmish ustоzlаrning xоnаndаlik аn‘аnаlаri, chirоyli tik оvоz, mа’nоli vа bilimli tаlqin bilаn аmаliyоtdа о‘zlаrini nаmоyоn еtib kеlgаnliklаri bugungi kun tаlаblаridа hаm о`z аksini kо`rsаtayotganligi borasida so’z yuritilgan. Maqola mavzusining dolzarbligi hozirgi XXI asr ijodiy erkinlik asri bo’lib, ushbu tizim asosida o’rnatilgan pedagogik tajribalarni san’at va madaniyat sohasida qo’llash bilan tavsiflanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRTISHNING ILG’OR PEDAGOGIK TAJRIBALAR TAHLILI»

AN'ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRTISHNING ILG'OR PEDAGOGIK TAJRIBALAR

TAHLILI Rahmatova Gulshan Sunnatullo qizi

Guliston davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti o'qituvchisi @rahmatovagulshan13gmail.com

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2024 yil Ma'qullandi: 03- June 2024 yil Nashr qilindi: 07- June 2024 yil

KEY WORDS

ilmiy pedagogik tajribalar, an'anaviy xonandalik, san'at arboblari, madaniyat va san'at.

Mazkur maqolada yurtimizda madaniyat va san'at sohasining an'anaviy xonandalik ijrochiligi yo'nalishida olib borilgan ilmiy ishlar va ularning rivojlanish bosqichidagi pedagogik tahlilar haqida so'z olib borilgan. Pedagogik ta'limotlar orqali o'tmish ustozlarning xonandalik an'analari, chiroyli tik ovoz, ma'noli va bilimli talqin bilan amaliyotda o'zlarini namoyon etib kelganliklari bugungi kun talablarida ham o^z aksini ko^rsatayotganligi borasida so'zyuritilgan. Maqola mavzusining dolzarbligi hozirgi XXI asr ijodiy erkinlik asri bo'lib, ushbu tizim asosida o'rnatilgan pedagogik tajribalarni san'at va madaniyat sohasida qo'llash bilan tavsiflanadi.

Bugungi kundH musiqH sаn'аtining ijrоchilik аmаliyоtini musiqiy pеdаgоgik jаrаyоnlаrdа sеzilаrli dаrаjаdа rivoj tоpаyоtgаnligini kuzаtish mumkin. Pirоvаrdidа yоsh аvlоdni аn'аnаviy ijrоgа bo'^n qiziqishi ortdi. Hozirgi kundа sаn'аt vа mаdаniyаtning yаnаdа rwoj^ntirilib, keng shаroitlаr yаrаtilаyotgаn bir pаytdа, yoshkr orаsidа аn'аnаviy musiqаni mаromigа yetkаzib ijro etаdigаn yosh аvlod vаkillаri shаkllаnа borаyotgаnligi vа ulаr o'z fаoliyаtlаri bilаn xаlqimizgа xizmаt qilib kelаyotgаnliklаri quvonаrli аlbаttа.

Pedаgogik t^'l^ot^r orqаli o'tmish ustozlаrning xonаndаlik аn'аnаlаri, chiroyli tik ovoz, mа'noli vа bilimli tаlqin bilаn аmаlioyotdа o^^rim nаmoyon etib kelgаnliklаri bugungi kun tаlаblаridа hаm o'z аksini ko"rsаtmoqdа. Jumlаdаn, Hoji Аbdulаziz Аbdurаsulov, Domta Hаlim Ibodov, Xojixon Boltаyev, Multa To'ychi Toshmuhаmmedov, Jo'rаxon Sultonov, Mа'murjon Uzoqov kаbi ustoz sаn'аtkorlаr ijro аn'аnаlаri, mumtoz xonаndаlik аn'аnаlаri nаmunаsi sifаtidа pedаgogik jаrаyonlаrni аn"аnаviy tаrzdа dаvom ettirib ustoz-shogird аn"аnаsini dаvom ettirgаnliklаridir. Hozirgi yoshlаr hаm ushbu sаn'аtni qizg'in holdа o'zlаshtirishlаri quvonаrli hol. Аyniqsа, yoshlаrning mukаmmаl ovoz tаlqini vа mumtoz musiqiy merosni ustozonа shаkldа tаlqin etаyotgаnliklаri vа bungа kаttа аhаmiyаt berаyotgаnliklаri e'tirofgа loyiq1.

Bir qаrаshdа аn'аnаviy ijrochiliik sаn'аti bir meyordа qаdаm tаshlаb, rivojlаnib bormoqdа desаk hаm bo'kdi. Lekin, mumtoz musiqаning shаkllаnish jаrаyonidаgi tаmoyillаr,

1Murоdоvа D.(2021, My). АBОUT DUTОR АND HIS PЕRFОRMАNCЕ. In Аrchivе оf Cоnfеrеncеs (Vоl. 25, №. 1, pp. 29-31).

qoidalar uning rivojiga o'z ta'sirini ko'rsatishi kerak. Merosni amaliy o'zlashtirish va ijodiy yondoshish yaxshi an'ana, lekin buning o'zi yetarli emas. Chunki o'tmish ustozlari o'zlarining ijrochilik yutuqlari bilan birga musiqiy merosni teran anglab, diniy-falsafiy va ijtimoiy-pedagogik tahlil eta olganlarlar. Buning natijasida ijro namunalarini tinglovchiga ta'sirli etib borishi va musiqiy savodxonlik yuqori darajada rivojlanib borishiga erishganlar. Ijod, zamonni aks ettiruvchi mezon hisoblanadi. Har bir zamonda musiqiy meros o'ziga hos zamonaviy asarlar bilan boyib kelgan. Ana shu yaratilgan asarlar shu zamonni kuylagan. Bunday musiqalarni shu zamonning moxir sozanda va xonandalari yaratganlar.

Musiqiy savodi yuqori, bilimli, musiqa fani bilan bir qatorda tarix va adabiyotni chuqur egallagan ustozlarning o'z zamonasi uchun ijod etgan namunalari ham shunga yarasha o'lmas navolarga aylangan.

Demak, an'anaviy xonandalik san'ati rivoji nafaqat musiqiy merosni zamon talabida ijro etish balki talqin qila olish, ya'ni tushunish va tushuntirib bera olish bilan rivojlanadi. Buning uchun musiqiy merosni o'rganish bilan birga yangi namunalarni yaratishda nazariy bilimlarga tayanish, saviyasi baland, chuqur ma'noga ega, falsafiy negizli asarlar ijod etish lozimdir. Bu bebaho san'at haqidagi bilim va tushunchalarni yanada kengaytirish, tarixiy va milliy an'analarni puxta egallagan yosh kadrlarni tayyorlash, ta'lim jarayoniga an'anaviy hamda zamonaviy pedagogik ta'lim ilg'or yutuqlarni tatbiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Jumladan, an'anaviy xonandalik va ijrochilikni sirlarini o'rganishda O'zbekiston xalq hofizi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, professor Mahmudjon Tojiboev maqom ilmi va ijrosini puxta egallagan, g'azal bilimdoni, o'z ortidan maqomchilarning bir necha avlodini ergashtir aolgan ulug' hofiz edi. Uning ijodidan "Saraxbori Navo", "Saraxbori Dugoh", "Mo'g'ulchai Segoh", "Navro'zi Sabo", "Nim cho'poniy" kabi shashmaqom namunalari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llaridan "Chorgoh", "Ushshoq", "Shahnozi Gulyor", "Bayot", katta ashula janrida "Yovvoyi Chorgoh", "Yolg'iz", "Ey dilbari jononim", "Topmadim", "Asiriy", "Chorzarb" va "Bozurgoniy" singari ko'plab asarlar o'rin olgan. U o'z ovozi, uslubi va ijro yo'liga ega san'atkor sanaladi. Ustozning yana bir muvafaqqiyatli yutuqlaridan bir maqom aytim va cho'lg'u qismlarini o'rgatish va o'rganishda bebaho xazinamiz sirlarini o'rganuvchilarga mos tarzda yangicha yondashuv asosida talqin etganligi, yangi asarlarni maqom yo'llariga moslab yaratganligidadir.

Oldingi avlod ijodiga nazar solsak To'xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, G'anijon Toshmatov, Nabijon Hasanov, Imomjon Ikromov, Muhammadjon Mirzayev, Jo'raxon Sultonov, Doni Zokirov, Fattoxxon Mamadaliyev, Orifxon Xotamov kabi yetuk sozanda va xonandalar bastakorlik amallari bilan yangi asarlar yaratganlar. "Etmasmidim", "Nazzora qil", "Yolg'iz", "Ey Sabo", "Guluzorim qani?", "Kezarman", "Qadimgi ushshoq", "Dardu-dilim", "Qoshi yo sinmu deyin" va boshqalar. Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Bular o'z zamonasining shoh asarlaridir. Bu musiqiy namunalar nafaqat xonandalar tomonidan balki, barcha cholg'u sozlarda, orkestr va turli ansambllar talqinida sadolangani barchaga ma'lum. Ularni har bir ijro namunasi o'ziga xos jozibada yangrashi, asarni yangi qirralarini ochib beradi. Shu o'rinda aytish mumkinki mumtoz musiqa namunalarini nafaqat milliy cholg'u sozlarida balki sharq mamlakatlari musiqa asboblari va jaxon estrada cholg'ularida ham professional (buzmasdan) ijro etishni qo'llab-quvatlash sohaning rivoji uchun xizmat qiladi2.

2Murоdоvа D. (2021). Sciеntific Аnd Thеоrеticаl Аspеcts оf Musical Thinking. Ziеn Jоurnаl оf Sоciаl Sciеncеs аnd Humanities, 1(1), 196-199.

Hozirgi davrda biz uchun maktab hisoblanmish O'lmas Rasulov, Abduhoshim Ismoilov, Abdulahad Abdurashidov, Mahmudjon Tojiboyev, Mashrab Ermatov va Erkin Ro'zimatov ijodiy faoliyatlari ham har tomonlama ibratlidir. Ularni samarali faoliyatlariga hurmatni saqlagan holda shuni aytish kerakki, baribir zamonani to'laqonli ifodalovchi, tinglovchini tafakkurga chorlovchi kuylar yoki ashulalar yetishmayotgandek. Yaratilayotgan asarlar ko'p lekin, mumtozona darajaga munosib ijod mahsullari juda kam.

Shularni inobatga olib, o'zbek musiqasining bugungi kundagi to'laqonli rivoji uchun nimalarga e'tibor berish lozim? Mulohazalarimiz quyidagicha:

-musiqiy merosni zamonga mos, texnika davri bilan hamomang talqin qilish, rivojlantirish.

-adabiyotning nazm qonuniyatlarini yaxshi o'zlashtirib, ijodda qo'llash. Falsafiy tafakkurni badiiy ijodga singdirish.

-teatr, kino va ommaviy tadbirlarda mumtoz musiqa namunalarini qo'llash. Milliy musiqamizni dunyoga tanitishnig eng maqbul yo'li albatta sifatli kinofilmlar suratga olib, ularni ovozlashtirishda mumtoz musiqamizdan foydalanish.

Qadimiy maqomlarnigina emas balki, keyingi asrlarda yaratilgan katta ashula ijrochiligini pedagogik jarayonlarini tahlil etib ko'radigan bo'lsak, ustoz-shogird an'anasining o'ziga xos pedagogik faoliyat jarayonlarini yanada yaxshiroq o'rgana olamiz. Katta ashulla ijrochiligida badiha uslubidan keng foydalanilib bu shaxs kamolotida ijobiylik kasb etib yuksak fazilatlarni kamolga yetkazgan. Katta ashula ijrochisi an'anaviy "ustoz-shogird" maktabini o'tgan, she'riyat qonunlari va ijrochilik an'analariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega bo'lishi lozim hisoblangan. Hofizlar, odatda, she'r bandidagi boshlang'ich misralarning har birini galma-gal, so'nggi misralarni jo'r bo'lib ijro etgan.

XX-asrning ikkinchi yarmida Katta ashulaning yangi ashula cholg'u yo'llari, yakkaxon hofizga mo'ljallangan turlari yuzaga keldi. Mazkur namunalarda cholg'u ansambli hamnafas hofiz vazifasini bajargan, ijroda erkin uslub saqlanib qolgan.

Katta ashulaning bu uslubi Jo'raxon Sultonov tomonidan yaratilgan ("Ey dilbari jononim", "Ohkim", "Topmadim", "Guluzorim qani", "Mehnat axli", "O'zbekiston" va boshqalar). Ayrim maqom sho'balari ("Bayot", "Chorgoh", "Ushshoq") ham Katta ashula ("Yovvoyi maqom") uslubida aytilgan (masalan, "Yovvoyi Ushshoq", "Patnusaki Chorgoh", "Likobi Bayot" va boshqalar). Mohir sozandalar Katta ashulaning cholg'u (nay, surnay, g'ijjak) yo'llarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida katta ashula ijrochilik (Qo'qon, Marg'ilon, Toshkent, Namangan, Andijon) maktablari shakllangan. Erkaqori Karimov, Sherqo'zi Boyqo'ziyev, Haydarali Hikmatov, Meliqo'zi Yusupov, O'tamboy Sarimsoqov, Turdiali Ergashev, Otamirza Abdurahmonov (Qo'qon), Mamatbuva Sattorov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Boltaboy Rajabov, Ibrohim Isokov, Musajon Orifjonov (Marg'ilon), Orif Alimahsumov, Ortiqxo'ja Imomxo'jaev, Akbar Haydarov, Eshmat Haydarov, Ochilxon Otaxonov (Toshkent), Fattohxon Mamadaliev, Odiljon Yusupov, Jo'raxon Yusupov (Andijon), Hamroqulqori To'raqulov (Beshariq), Rasulqori Mamadaliev (Buvayda), Solijon Hoshimov (Quvasoy) va boshqalar Katta ashula ijrochiligida shuhrat qozongan. Halima Nosirova, Munojot Yo'lchiyeva, Ismoil va Isroil Vahobovlar, Mahmud Tojiboev, Mahmud Yo'ldoshevlar ham katta ashulani mahorat bilan ijro etmoqdalar. 1984 yildan O'zbekistonda katta

ashulachilarning ko'rik tanlovlari (Marg'ilon- 1984; Toshkent- 1987; Qo'qon- 1991; Shahrisabz- 1994)3 o'tkazilgan.

Shuningdek an'anaviy xonandalik ijrochiligida katta ashula ijrochilik yo'llari an'anaviy mahorat maktablari (Baliqchi, Buvayda) va musiqa o'quv yurtlari (Farg'ona san'at bilim yurti, O'zbekiston davlat konservatoriyasi)da o'zlashtirib kelinmoqda. 2001 yil Andijonda 1-Respublika professional Katta ashula ijrochilari tanlovi va ilmiy-amaliy (Toshkent, Andijon) konferensiyalari o'tkazildi.

Mazkur maqolada an'anaviy xonandalik ijrochiligi bo'yicha qadimdan shakllangan pedagogik faoliyatda ovoz ustida ishlash va uni tarbiya qilish, malakalarini shakllantirish uchun quyidagilarga e'tibor berish lozim4.

1. Nafas olish, tovushni to'g'ri shakllantirish;

2. Nafas olish va uni tejamli sarflash;

3. Kuylayotgan paytda qomatni to'g'ri tutish;

4.Yelkalarni ko'tarmasdan, shovqinsiz, erkin va chuqurroq nafas olishga xarakat qilish;

5. Kuylayotgan vaqtda og'izni erkin ochib, so'zlarni aniq va burro talaffuz qilish;

6. Sof, tiniq va jozibali kuylash;

7. Barcha registrlarda yuqori ovoz xosil qilib kuylay olish;

8. Turlicha ovoz sadolari bilan kuylay olish sanoyi nafisa ovoz afzalliklaridan foydalanish;

9. Ovoz tayanchini hosil qilish;

10.Nafasni qovurg'ani pastida, qoringa olish, shovqinsiz va uni tejamli sarflash;

11.Kuylashda ovoz dinamikasini hosil qila olish, musiqa asari jumlalarini badiiy ijro etishda undan unumli foydalanish;

12.Legato va Stakkatoda kuylash;

13.Ansambl jo'rligida va yakka xonanda sifatida kuylash;

14.O'zi chalib kuylashga o'rganish.

Qolaversa, ovoz mashqlari bo'yicha quyidagicha mashqlarni bajarish lozim:

-nafas olish va uni chiqarish mashqlari;

-talaffuz artikulyatsiya (i, a, o, m, t, pi, zi, to, tu) diksiya (so'zlarni dona- dona, burroligi) uchun mashqlar;

-ashula, qo'shiq so'zlari ustida ishlash;

-ovozni o'stirish, ovoz diapozonini kengaytirish uchun mashqlar;

-ovoz paychalarini qizdirish va qo'shiq aytish uchun tayyorgarlik mashqlari;

-nafas olish va uni tutib turish mashqlari; -toblash, yuqori pardalarda ovozni tutib turish mashqlari.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Averina L.V. Formation of key competencies of contract service workers (specialists in the field of procurement) in modern socio-economic conditions / L.V. Averina // Scientific Review: Humanitarian Research. - 2017. - No. 6. - P. 71-76.

\/E

3Q'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

4ro.E0KHX0H0B.X0HaHga obo3HHH ny^ra rçyHHm Ba aHbaHaBHH xoHaHga^HK.yc^yÖHH KyœraHMa.HaMaHraH.2014.

2. Zorina T.M. Public procurement in a digital economy / T.M. Zorina // Challenges of the digital economy: conditions, key institutions, infrastructure. Collection of articles of the I All-Russian Scientific and Practical Conference. - Bryansk: 2018. - S. 75-78.

3. Pritchina L.S. Readiness for digitalization and personnel training / L.S. Parable // Economics and management: problems, solutions. - 2018. - T. 6. - No. - S. 77-81.

INNOVATIV ACADEMY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.