Научная статья на тему 'AMIR TEMUR VAFOTIDAN KEYINGI TAXT UCHUN KURASHNING “ZUBDAT UT-TAVORIX”DA YORITILISHI (HOFIZI АBRU ASARLARIDA TEMURIYLAR DAVRI TARIXINI YORITILISHI)'

AMIR TEMUR VAFOTIDAN KEYINGI TAXT UCHUN KURASHNING “ZUBDAT UT-TAVORIX”DA YORITILISHI (HOFIZI АBRU ASARLARIDA TEMURIYLAR DAVRI TARIXINI YORITILISHI) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / Xalil Sulton / Balx / Zubdat at tavorixi boysung`uri / Samarqand / Buxoro / Zaffarnoma / Taxt uchun kurashlar. / Amir Temur / Khalil Sultan / Balkh / Zubdat at Tavarikh Boysunguri / Samarkand / Bukhara / Zaffarnama / Struggle for the Throne.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sattorov Х.

Maqolada Amir Temur vafotidan so`ng Temuriyzodalar o`rtasida bo`lib o`tkan, taxt uchun kurashlar, nizolar o`zaro janglar Xofiz Abruning Zubdat at tavorixi bo`ysung`iri asari asosida. Temuriylar davrida yaratilgan ilmiy adabiyotlar manbalar bilan taqoslanib keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COVERAGE OF THE STRUGGLE FOR THE THRONE AFTER THE DEATH OF AMIR TIMUR IN "ZUBDAT UT-TAWORIX" (COVERAGE OF THE HISTORY OF THE TIME OF TIMUR IN THE WORKS OF HAFIZI ABRU)

In the article, after the death of Amir Temur, the struggle for the throne, disputes between the Temurs, based on the work of Hafiz Abru, Zubdat at Tawarikhi. The scientific literature created during the Timurid era is widely covered by comparison with the sources

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR VAFOTIDAN KEYINGI TAXT UCHUN KURASHNING “ZUBDAT UT-TAVORIX”DA YORITILISHI (HOFIZI АBRU ASARLARIDA TEMURIYLAR DAVRI TARIXINI YORITILISHI)»

Sattorov X.

Far.DU. 1-kurs doktoranti

AMIR TEMUR VAFOTIDAN KEYINGI TAXT UCHUN KURASHNING

"ZUBDAT UT-TAVORIX"DA YORITILISHI (HOFIZI ABRU ASARLARIDA TEMURIYLAR DAVRI TARIXINI YORITILISHI)

Annotatsiya. Maqolada Amir Temur vafotidan so^ng Temuriyzodalar o^rtasida bolib olkan, taxt uchun kurashlar, nizolar o^zaro janglar Xofiz Abruning Zubdat at tavorixi bo^ysung^iri asari asosida. Temuriylar davrida yaratilgan ilmiy adabiyotlar manbalar bilan taqoslanib kengyoritilgan.

Kalit so^zlar: Amir Temur, Xalil Sulton, Balx, Zubdat at tavorixi boysung^uri, Samarqand, Buxoro, Zaffarnoma, Taxt uchun kurashlar.

Sattarov Kh.

1st year doctoral student

COVERAGE OF THE STRUGGLE FOR THE THRONE AFTER THE DEATH OF AMIR TIMUR IN "ZUBDAT UT-TAWORIX" (COVERAGE OF THE HISTORY OF THE TIME OF TIMUR IN THE WORKS OF

HAFIZI ABRU)

Abstract. In the article, after the death of Amir Temur, the struggle for the throne, disputes between the Temurs, based on the work of Hafiz Abru, Zubdat at Tawarikhi. The scientific literature created during the Timurid era is widely covered by comparison with the sources.

Key words: Amir Temur, Khalil Sultan, Balkh, Zubdat at Tavarikh Boysunguri, Samarkand, Bukhara, Zaffarnama, Struggle for the Throne.

Kirish.

Amir Temur Amir Temur vafot etgach, amir Shohmalik va Shayx Nuriddin hamda haram ahli voqeani yashirishga intildi. Dastlab so'l qanot qo'mondoni Mirzo Sulton Husayn, o'ng qanot qo'mondoni amirzoda Xalil Sultonga maktub yuborib, sohibqiron kasal ekanligi sababli Oliy o'rdaga zudlik bilan yetib kelishlari so'raldi. So'ngra Mirzo Pir Muhammadga uning valiahd etib tayinlanganligi va tezda Samarqandga yetib kelishi zarurligi xususida maktub j o' natildi26.

Amir Temurning bemor ekanligi xususida xabardor qilingan Mirzo Sulton Husayn va Xalil Sulton O'trorga kelmaydi.

26Ha3gHH. 3a$apHOMa. - E. 298.

Shundan so'ng amirlar Chukalak27 mavzesida to'planib, qo'shin orasida yoshi ulug'i bo'lgan amirzoda Xalil Sultonni podshoh etib ko'targan holda Xitoy yurishini davom ettirishni va Xitoy yurishidan qaytgandan so'ng, vasiyat bo'yicha ish ko'rishni maslahat qiladilar28.

Shu bilan birgalikda, Xalil Sulton taxt uchun jiddiy harakatni boshlab yuboradi. U dastlab Toshkent va Sayramda turgan zahiradagi barcha ot, xachir va tuyalarni, shuningdek, mablag' hamda qurol-yarog'ni o'zi bilan hamfikr bo'lgan bek va navkarlarga tarqatdi. Amir Burunduqni lashkardan ajratish maqsadida uni avvalroq daryodan kechib o'tish uchun jo'natdi va o'zi ham lashkar bilan uning ortidan Samarqand tomon yo'l oldi. Bu vaqtda Xalil Sulton huzuridagi yirik amirlar o'zaro til biriktirib, unga qarshi chiqishga kelishib oladilar29. O'zaro kelishuvga ko'ra amir Burunduq amir Shohmalik va Shayx Nuriddinga borib qo'shilishi, amir Xudoydod Husayniy va Shamsuddin Abbos esa o'z askarlari bilan Ochiq Farkat mavzesiga yo'l olib, u yerdan vaziyatga qarab ish tutishlari kerak edi.

Xalil Sultonning qachon Samarqandga yetib kelganligi xususida aniq ma'lumot yo'q. Manbalarda ta'kidlanishicha, 5 mart kuni Samarqanddan Buxoro tomon yo'lga chiqqan amirlar 6 mart kuni Buxoro va Samarqand o'rtasidagi Dabusiya30 qal'asiga yetib kelganlarida ularning huzuriga Samarqand hokimi Arg'unshohdan maktub bilan Bayon Temur xazinachi31 yetib keladi. Xatda Arg'unshoh yana bir bor Mirzo PirMuhammadga sodiq ekanligini tasdiqlagan va amirlarni Samarqandga kirgizmaganligi uchun izoh berib, uzr so'ragan edi. Amirlar Shohmalik va Shayx Nuriddin ham bu safar nochorlikdan ularning fikrini ma'qullagan holda, shu ahdlarida sodiq tursalar katta mavqe va maqomga ega bo'lishlarini ta'kidlab, javob maktubi jo'natadilar. Shundan ikki -uch kun keyin, demak 8 yoki 9 mart kunlari Xalil Sultonning Samarqandga yetib kelganligi va shahar kalitlari unga topshirilganligidan xabar topadilar. Ularning Samarqanddan Dabusiyaga bir kunda yetib kelganlarini hisobga olsak, Xalil Sulton kechi bilan 9 mart kuni Samarqandga yetib kelganligi oydinlashadi.

Xalil Sulton Samarqandga yetib kelgan vaqtda Mirzo Shohrux ham unga jiddiy xavf tug'dira olmasdi. Mirzo Shohruxga Amir Temurning vafot etganligi

27Чукалак -Утрор шахри якинидаги мавзе. Бу мавзе 1387-1388 йилларда Мирзо Умаршайх бошчилигидаги темурийлар лашкари ва Тухтамишхон юборган Дашти Кипчок кушини уртасидаги жанг булиб утган майдон сифатида хам машхур. Мавзе номини Яздий ва Хондамир Чукалак, Шомий Чулок, Дофизи Абру ва Самаркандий Жулок тарзида беришган. Кдранг: Шомий. Зафарнома. -Б. - 143; Йаздий. Зафарнома. - Б.117;.670 - .fjJ .jjji -^зЦ Самаркандий. . Кулёзма. - Б. 185; Хондамир.

Дабиб ус-сийар... . - Б. 118.

28Йаздий. Зафарнома. - Б. 299. Хондамир хам Халил Султон иштирокида Хитой юришини давом эттиришга келишилганлигини таъкидлайди. Кдранг: Хондамир. Дабиб ус-сийар... . - Б. 285.

29Tâg as-Salmâm.- P. 37.

30Дабусия - Самарканд- Бухоро йулида жойлашган кичик шахар, калъа. Кдранг: Буриев О. Темурийлар даври ёзма манбаларида Марказий Осиё тарихий географияси. - Б. 154.

31Баён Темур хазиначи - 1401 йили Богдодни забт этиш чогида халок булган Менглихожанинг иниси, Амир Темурнинг хазиначиси. Кенгрок маълумот учун каранг: Дадабоев Д. Амир Темур даврдошлари. -Б. 40, 103.

xabari 1405 yili 1 mart kuni yetib keladi32. Muarrix Fasih Havofiy ushbu xabar Amir Shayx Nuriddin va Shohmalik tomonidan yuborilganligini ta'kidlagan. 1405 yil 3mart kuni esa Mirzo Shohrux Hirot shahrida o'z nomiga xutba o'qitib, taxtga o'tiradi va Mirzo Pir Muhammadning valiahd etib tayinlanganligini bee'tibor qoldiradi. Agar u xutbaga valiahd Mirzo Pir Muhammad nomini ham qo'shib o'qitganida Sohibqironning vasiyatiga ma'lum darajada amal qilayotganligi ko'zga tashlanardi. Uning bunday maqsadi yo'qligi, tezda Movarounnahr tomon yo'lga chiqqanligida ham ko'rinadi. Lekin Mirzo Shohruxhali Murg'ob daryosidan kechib o'tmasdanoq, yurishni to'xtatadi33.

Mirzo Shohruxning Hirotdan Samarqand tomon qachon yo'lga chiqqanligi haqidagi fikrlar ham biroz bahslidir. Hofizi Abru va Abdurazzoq Samarqandiy Xalil Sulton saltanat poytaxtini qo'lga kiritganligi haqidagi xabar Hirotga yetib kelganidan keyin yurish boshlanganligini ta'kidlaydi34.

Bizningcha, bu xabarlar Samarqandni Xalil Sulton qo'liga o'tganligi haqida emas, balki amirlar Shayx Nuriddin va amir Shohmalikning Samarqandga kira olmagan va poxtaxt hokimining Xalil Sulton bilan kelishib olganligi xususidagi bo'lishi kerak. Ya'ni, bu xabarlar 1405 yilning 5-6 mart kunlari Samarqand atrofida yuz bergan voqealarni anglatgan. Bizningcha, Mirzo Shohrux Hirotda o'z nomiga xutba o'qitganidan so'ng bir hafta o'tgach, taxminan 10 martdan keyin o'zining Movarounnahr yurishini boshlagan. Hirotdan Movarounnahr tomon yo'lga chiqqan Mirzo Shohrux To'qqiz rabotmavzeiga yetkanida Samarqand xabarlarini aniqlash uchun Xizrxojava Shayx Hasan qavchin35 ismli beklarni Movarounnahrga jo'natgan. Amir Sayyidxoja keltirgan xabar ham Samarqandning Xalil Sulton qo'liga o'tganlishi xususida bo'lmagan. Uning ma'lumotida Movarounnahrda Xalil Sulton tarafdorlari ko'payib, uning mavqei oshib borayotganligi haqida so'z yuritilgan bo'lishi kerak. Chunki Hofizi Abru va Abdurazzoq Samarqandiy ma'lum muddat to'xtagan Mirzo Shohrux yurishni davom ettirib, Murg'ob daryosini kechib, Shaxzoda Boyazid langariga yetganidan keyingina Movarounnahrga ketgan amir Xizrxoja va Shayx Hasan qavchin qaytib kelganligini ta'kidlaydilar. Ular Samarqand taxtiga Xalil Sulton o'tirganligi haqida ma'lumot beradilar. Bu haqida Hofizi Abru ma'lumot berib o'tgan.

1405 yil 18 mart kuni, ya'ni Amir Temur vafot etganidan roppa-rosa bir oy muddat o'tgach, Xalil Sulton Samarqandga kirib keladi va hokimiyatni qo'lga kiritadi. Bu haqda Sharafiddin Ali Yazdiy quyidagicha hikoya qilgan: "Va maslahat uchun amirzoda Muhammad Jahongirkim, amirzoda Muhammad Sultonning o'g'li erdi va amirzoda Pir Muhammad valiahdning birodarzodasining o'g'li erdi, ani xon qildi va aning yoshi ul mahalda to'qqiz yil

32XaBa$n. Myg^Ma^-n ®acnxn. - C. 126.

33CaMapKaHgnn. Maraan carafe... . 2-^. 1-K|. - E. 49.

34x,o$h3h a6py 3 - - E. 14-15; CaMap^aHgun. Maraan caigaHH... . 2-^. 1-^. - E. 48.

35fflanx X,acaH ^aBHHH - Mnp3O fflo^pyx xroMarnga 6y^raH 6eK^apgaH 6npn. ©aonnaTH acocaH XypocoH

xygyg^apnga KenraH. KempoK; Mai^yMOT ynyH ^apaHr: ^,aga6oeB X,. amhp TeMyp gaBpgom^apn -E. 226.

erdi. Va ani izzat uchun yuqori o'iturg'uzdi. Va amirzoda Xalil Sulton istiqlol bila saltanat amrig'a mashg'ul bo'ldi va sikka va xutba Movarounnahrda aning otig'a o'qudilar".

Xalil Sulton oldidagi birlamchi vazifalardan biri Mirzo Shohrux bilan munosabatlarga aniqlik kiritib olish edi. UBuxoroni o'z hukmronligi ostiga olish maqsadida Rustam Tag'ay Bug'oni o'z tomoniga og'dirishga intilayotgan vaqtda Hirotdan elchi kelib, Mirzo Shohruxning so'zlarini yetkazdi.Mirzo Shohrux o'zining yoshi kattaligi sababli Xalil Sultonni o'ziga bo'ysunib, huzuriga yetib kelishga chorlagan va unga xazina, mamlakat hamda askardan orzu qilganicha in'om etishga tayyorligini bildirgan edi. Bu haqida Hofizi abru to'xtalib o'tgan.

Xalil Sulton bu vaqtda Amudaryo sohilida turgan Xuroson hukmdorining maktubiga hali kuchlar nisbatiga to'la aniqlik kiritilmagan vaziyatda o'ta bosiqlik va yuqori diplomatik saviyada javob qaytaradi: "Men onhazratning bandasi, davlatxohi va inisimen, ammo hazratimizning elu uluslari Xurosondadur; albatta u mamlakatni tashlab ketmasalar kerak va bu viloyatni biror qullariga yoki ini va noiblariga topshirarlar. Shunday bo'lgach, bu ishga mendan boshqa qaysi bir qul qobiliyatliroq bo'la olishi mumkin?! Agar iltimosni qabul qilib, yaqin qarindoshlik huquqiga rioya qilsalar va baxtu saodat bilan qaytib ketsalar, men xazina va mol yuboramen hamda har nimagaki ishorat qilsalar, bajo keltiramen". Ushbu javob maktubidan Xalil Sultonning Movarounnahrdan voz kechmasligi ayon bo'lgach, Mirzo Shohrux Hirotga qaytishga qaror qildi. Movarounnahr hokimi tomonidan uning oliy hukmdorligi rasman bo'lsa-da tan olinishi bilan cheklanishga majbur bo'ldi. Shu o'rinda qayd etish kerakki, X. Fayziyev ushbu maktub mazmunini keltirishda Abdurazzoq Samarqandiy mubolag'a ishlatgan, Xalil Sulton keyingi maktublarini Mirzo Shohruxga nisbatan mensimaslik kayfiyatida bitganiga qaraganda buni faqat diplomatik murojaat shakli sifatida tushunish kerakligini ta'kidlaydi. Tadqiqotchining mazkur fikrini tasdiqlagan holda, maktub mazmuni Xalil Sultonning 1405 yil mart oyi oxiri va aprel oyidagi imkoniyatlaridan kelib chiqqanligi qo'shimcha qilish mumkin.

Sulh shartlariga ko'ra har ikki tomon ham o'z poytaxtlariga qaytgan bo'lsa-da, Fasih Xavofiyning fikricha, Xalil Sulton sulh shartlari bo'yicha o'z majburiyatlarini to'la bajarmaga. Abdurazzoq Samarqandiy Xalil Sulton tomonidan Xonika begim xazinasi bilan Balxga jo'natilganligini, lekin uning bir qismi Mirzo Sulton Husayn tomonidan talon-taroj qilinganligini ta'kidlagaH. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, Xalil Sulton sulh shartlarining ba'zilarini bajargan.

X. Fayziyev sulh shartlari bajarilmaganidan xabar topgan Mirzo ShohruxXalil Sultonga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlaganligini, lekin 1405 yilning 29 iyunida Mirzo

Xalil Sulton ham 1405 yil 28 iyun kuni Samarqanddan isyonchilarga qarshi yo'l oladi. Manbalarda ta'kidlanishicha, u yurish oldidan xazinadan katta

miqdorda mablag' ajratib lashkarni rag'batlantiradi. 1405 yil 6 iyulda bo'lib o'tgan Jigdolik mavzesida bo'lib o'tgan jang Samarqand qo'shini g'alabasi bilan yakunlanadi. Harbiy harakatlar boshlanishi bilan amirlar Arg'unshoh va Allohdod lashkarlari bilan Xalil Sulton tomoniga o'tib ketishi jang taqdirini hal qiladi. Mag'lubiyatga uchragan Mirzo Sulton Husayn Xurosonga Mirzo Shohrux qoshiga qochadi va keyinchalik o'sha yerda o'ldiriladi. Fasih Xavofiy u farmonga binoan amir Nushervon barlos tomonidan Hirotning Bog'i Zubayda bog'ida qatl etilganligini qayd etgaH.

Ushbu g'alabadan so'ng Movarounnahrning janubiy chegaralarida ma'lum muddat tinchlik o'rnatiladi. Bu ko'proq Mirzo Shohruxga qarshi yirik amirlardan biri Sulaymonshohning isyon ko'tarishi va unga qarshi kurash, Shoh Ali va Shoh G'iyosiddin, Mavdud Garmseriyning Hirot hukmdoriga bo'ysunishdan bosh tortishi kabi voqealar bilan bog'liq edi.

Movarounnahrga ko'chmanchilarning hujumlari, odatda, qish vaqtida amalga oshirilgan. Xorazmning aynan qishda zabt etilgani ham shundan dalolat beradi. Buni hisobga olgan amir Shohmalik Samarqand ustiga yurish qilishga shoshiladi va BalxdaMirzo Pir Muhammad bilan uchrashadi. Ular dastlab Xalil Sulton huzuriga maktub bilan elchi yuboradilar. Abdurazzoq Samarqandiy Xalil Sultonga yuborilgan maktubning mazmunini quyidagicha keltirgan: "Mirzo Pir Muhammad hazrat sohibqironning valiahdidir; taxt unga tegishli, chunki u og'a, mirzo Xalil esa inidir.... Hazrat sohibqiron taxtu mamlakat Xalil Sultonga qoladi, deb qachon vasiyat qilgan". Xalil Sulton esa bunga javoban "Amir (Temur sohibqiron) hazratlariga mamlakatni bergan u qodir (egam) menga ham inoyat qildi", deya maktub jo'natdi. Xalil Sulton tomonidan berilgan javob anchagina batafsil, badiiy uslubda ibn Arabshoh tomonidan ham keltirilgan. Unda Xalil Sulton Amir Temur tomonidan ko'plab shahzodalarga mulk in'om etilgani holda unga biror viloyat berilmaganligini, shu sababli o'zi uni qo'lga kiritishga qaror qilganligiga urg'u bergan. Faqat u bu maktub almashunuvlarni 1405 yilning birinchi yarmidagi voqealar qatorida noto'g'ri keltirgan. Umuman olganda muzokaralar natija bermagach,Mirzo Pir Muhammad va amir Shohmalik qo'shin bilan daryodan o'tib, Samarqand tomon yo'l oldilar.

Manbalarda ittifoqchilarning ushbu yurishiga qarshi Xalil Sulton jiddiy tayyorgarlik ko'rganligi ta'kidlanadi. Abdurazzoq Samarqandiy Xalil Sulton lashkar ahliga behisob ehsonlar ko'rsatganligini qayd etish bilan cheklangan bo'lsa36, Hofizu Abrubu masalani kengroq yoritadi. U Xalil Sulton tomonidan qo'shinga naqd pul shaklida katta miqdorda oltinu kumush, shu bilan birgalikda qimmatbaho toshlar, qurol-aslaha hamda matolar tarqatilganligi haqida hikoya qiladi. Ibn Arabshoh ham shu mazmunda ma'lumot beradi. Lekin uning aytishicha, Xalil Sulton qo'shini tarkibida turli hududlardan kelgan askarlar mavjud bo'lgan. Bu Xalil Sulton qo'shinining asosiy qismini hamon Xitoy

yurishiga temuriylar saltanatining turli hududlaridan jalb etilgan askarlar tashkil etganligidan dalolat beradi. Ibn Arabshohning ushbu fikrlari Abdurazzoq Samarqandiy va Hofiz Abru keltirgan ma'lumotlarga ham mos keladiki, buhaqida quyida fikr bildirilgan.

Tarixiy manbalardagi ba'zi ma'lumotlar Mirzo Pir Muhammad va ittifoqchilari qo'shinining yurish yo'nalishi xususida fikr yuritish imkonini beradi. Ibn Arabshoh Mirzo Pir Muhammad Amudaryoni kechib o'tib, avval Hisori Shodmonga yetib kelganligini qayd etgan. Bundan ko'rinadiki, yurish Xuttalon, Surxon vohalari orqali olib borilgan va Hisor viloyati ham bo'ysundirilgan. Hisordan Kesh orqali Samarqandga borish qulay edi. Lekin yuqorida ko'rib o'tilgan sabablar tufayli, ya'ni yurishni Buxoro orqali davom ettirish istagi sabab ular Nasaf tomon yo'l olishgan.

Nasaf yonidagi jang Xalil Sultonning harbiy qudrati va sarkardalik mahorati kuchli ekanligidan dalolat beradi. Movarounnahr qo'shinining o'ng qanotini amir Burunduq barlos, chap qanotini esa amir Sulaymonshoh boshqaradi. Xalil Sulton esa umumiy qo'mondonlik bilan birgalikda markazni boshqarishni ham o'ziga qoldiradi. Uning qo'shini tarkibi haqida so'z yuritgan Abdurazzoq Camarqandiy Ba Muhammad Mirxond lashkar Movarounnahr dilovarlari, Xuroson polvonlari va Iroq bahodirlaridan tashkil topganligini ta'kidlagan. Ittifoqchilar lashkarining asosiy qismini Mirzo Shohruxga tegishli lashkar tashkil etganligi ularning safidan ham anglashiladi. O'ng qanotga Mirzo Shohruxning yirik amirlaridan biri Nushervon barlos, chap qanotga esa Mirzo Ulug'bek, amir Shohmalik va Yodgorshoh Arlot boshchilik qiladi. Ko'rinadiki, lashkarning o'ng va chap qanoti Mirzo Shohrux jo'natgan harbiy qismlardan iborat edi. Markazda esa Mirzo Pir Muhammadning o'zi joylashadi.

Jang boshlanishi bilan Xalil Sulton boshchiligidagi Movarounnahr lashkarining markazi ittifoqchilar qo'shininingMirzo Pir Muhammad rahbarligidagi g'uliga hujum qiladi va raqibni chekintiradi. Markazning chekinishi har ikki qanotni ham sarosimaga solib qo'yadi. Natijada birinchi bo'lib arlotlardan tashkil topgan harbiy qism jang maydonidan qochadi. Yodgorshoh arlotning chap qanotda joylashganligidan kelib chiqsak, birinchi bo'lib chap qanot qochishni boshlab berganligi oydinlashadi. Abdurazzoq Samarqandiy ham juvong'or va barong'or tarqalib ketganligini, g'ulning o'z yeridan qo'zg'alib jo'naganligini ko'rgan Mirzo Ulug'bek va amir Shohmalik ham jangni to'xtatganliklarini ta'kidlaydi. Lekin muallif bu yerda Mirzo Ulug'bek va amir Shohmalikni ehtiyot qilib yozgan ko'rinadi. Chunki uning o'zi balxliklarning aslaha yuklari samarqandliklar qo'liga tushganligini qayd etgan. Bu esa markaz chekinsada jang maydonidan qochmay, jangni davom ettirganligidan dalolat beradi. Umuman olganda, Xalil Sulton rahbarligidagi Mavorounnahr lashkarining markazi tomonidan berilgan zarba jang taqdirini hal qiladi.

Xalil Sulton lashkarining ilg'or qismlari Amudaryodan ham o'tib, Shibirg'on va Andxud viloyatlarini talon-taroj qiladilar. Lekin Mirzo

Shohruxning ushbu hududga yaqin bo'lgan Bodg'is viloyatida turganligi sababli, Amir Sulaymonshoh, amir Arg'unshoh va Ahmad chuhra boshchiligidagi Movarounnahr lashkarining ilg'or qismi Amudaryo ortiga qaytishni ma'qul ko'radi.

V. V. Bartold Mirzo Shohruxning bu vaqtdaMirzo Pir Muhammad bilan avvaldan kelishgan holda Murg'ob daryosi bo'yiga yetib kelgan bo'lib, Movarounnahrga yurish qilishga tayyor turganligini ta'kidlaydi. Abdurazzoq Samarqandiy Mirzo Shohrux qish fasli oxiriga yetganida Bodg'is tomon yo'lga chiqqanligini va manziliga yetmasdan Nasaf jangi xususidagi xabarni eshitganligini qayd etgan. Fasih Xavofiy ham Mirzo Shohruxning Bodg'is tomon yo'lga chiqishi xabarini Nasaf jangidan avval keltirgan37. Lekin Hofiz Abru Mirzo ShohruxMovarounnahr amirlarining Shibirg'on va Andxudga hujumini eshitganidan so'ng bu yerga yetib kelganligi ta'kidlagan. Bizningcha, Mirzo Shohrux Bodg'is yaylovi tomonMirzo Pir Muhammad qo'shinlari Amudaryoni kechib o'tganidan so'ng yo'lga chiqqan. Mirzo Shohrux ittifoqchilar qo'shini Nasaf jangida g'alabaga erishganida yurishga qo'shilishi mumkin edi. Chunki u o'z qo'shinlarining bir qisminiMirzo Pir Muhammad lashkariga qo'shibMovarounnahrga,yana bir qismini amir Jahonmulk boshchiligida Garmser viloyatiga yuborgan bo'lib, bir vaqtda o'z ixtiyorida qolgan qo'shin bilan tavakkal qila olmasdi.

Xalil Sulton Samarqand taxtini qo'lga kiritganidan so'ng Xurosonga ketgan Shayx Nuriddinning qachon Movarounnahrga qaytganligi to'g'risida manbalarda aniq ma'lumotlar yo'q.

Abdurazzoq Samarqandiy bergan ma'lumotlarga qaraganda, 1405 yilning may oyida amir Shayx Nuriddin Xuroson hukmdori Mirzo Shohrux xizmatida edi: "Hazrat hoqoni said amir Shayx Nuriddin nimani maslahat ko'rgan bo'lsa, ma'qul topdi va amir Shayx Nuriddin, Amir Abdusamad, Bakana Baxshiy va Allohdod xozinlarni Jayhundan o'tib, barcha muhim ishlarni saranjom qilib qaytishga tayinladi" G'iyosiddin Xondamir manba sifatida Abdurazzoq Samarqandiyga tayangani uchun ham Shayx Nuriddin Mirzo Shohrux topshiriqlarini bajarib bo'lganidan so'ng Movarounnahrdan qaytib kelganligini ta'kidlagan. Mirzo Shohruxning Samarqandga jo'natilgan elchilari safida bo'lgan Fasih Xavofiy esa nima uchundir amir Shayx Nuriddinning mazkur faoliyati xususida ma'lumot bermagan. B. Usmonovning ta'kidiga ko'ra, shundan keyingi Xurosondagi voqealarda uning ishtiroki haqida har ikkala manbada ham ma'lumot keltirilmaydi. Abdurazzoq Samarqandiy 1409 yil voqealari bayonida Shayx Nuriddin Mirzo Shohruxning ruxsati bilan zarurat tug'ilganda xizmatga yetib kelishga so'z berib, Movarounnahrga ketganligi xususida quyidagicha ma'lumot beradi: "Amir Shayx Nuriddin Movarounnahr tarafiga borishga ijozat so'ragan vaqtida: "Qachonki humoyun mavkab Movarounnahrga qarab yurgudek bo'lsa, men ham oliy o'rduga kelib

qo'shilaman", - deb arz qilgan edi"38. Muarrixning ushbu ma'lumotida garchi biror bir sana berilmagan bo'lsa-da, unda amir Shayx Nuriddin Mirzo Shohrux bilan o'zaro kelishgan holda, uning roziligi bilan Movarounnahrga ketganligi aks etgan. E'tiborlisi shuki, amir Shayx Nuriddin Mirzo Shohruxning o'g'li shahzoda Ibrohimning otalig'i edi. Bu yuksak lavozim unga Mirzo Ibrohimga in'om etiladigan viloyatlarni shahzoda nomidan boshqarish huquqini berardi. Shayx Nuriddinning bu holatda Movarounnahrga ketishi ba'zi mulohazalarni keltirib chiqaradi.

Amir Shayx Nuriddin 1405 yilning iyun oyida Movarounnahrga qaytgan bo'lsa kerak. Chunki muarrix Fasih Xavofiy 1405 yilning yozida bo'lib o'tgan tarixiy voqealarni hikoya qilish chog'ida, Samarqand shahrida Xalil Sulton Amir Temurning bevasi Tuman oqani amir Shayx Nuriddinga xotinlikka berganligihaqida ma'lumot beradi. Amir Shayx Nuriddinning Movarounnahrdagi kuchli mavqeini hisobga olgan Xalil Sulton u bilan yaqinlashish maqsadida Tuman oqanixotinlikka bergan. Shayx Nuriddinning Movarounahr shimoliga kelib o'rnashishi bu yerdagi siyosiy vaziyatni va kuchlar nisbatini butkul o'zgartirgan. Turkiston shaharlarini egallashga da'vogar bo'lgan amir Xudoydod Husayniy ham uning maqeyini tan olib, u bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini o'rnatishga majbur bo'lgan.

Movarounnahrning janubiy chegarasidagi mazkur o'zgarishlar Xalil Sultonni tashvishga solmay qo'ymadi. U amir Allohdod, Seydi va Mansur Xumoriylarni Termizga jo'natdi. Ibn Arabshoh Amudaryo bo'yiga jo'natilgan lashkarga Chingizxon bosqinidan beri vayron bo'lib yotgan Termiz shahri qal'asini qayta tiklash va mustahkamlash topshirilganligini qayd etadi. Uning ta'kidlashicha, bu voqea 1407 yilning iyul-avgust oylarida bo'lib o'tgan. "Xalil Sulton qo'shinlaridan bir toifa yuborib, - deb yozadi muarrix, - ularni Allohdodga qo'shdi va (yana) ularga askarboshilaridan Ilyosxoja, ibn Qumari Mansur, Tavakkul Qarqaro, Davlat Temur va boshqalarni biriktirib, Termiz (shahri)ni tiklashga jo'natdi". Termiz shahri devorini qayta tiklash ishlari lashkarning kuchi bilan 15 kunda bajarilgan. Shundan so'ng, aholiga yashash uchun manzillar, masjid va bozorlarning o'rni belgilab berilgach, xalq ko'chib kelib, Termiz obod va mustahkam shaharga aylangan. Yangi shahar eski shahardan bir farsax uzoqlikda barpo etilgan edi.

Shu o'rinda yuqoridagi voqealar bo'yicha ba'zi bir mulohazalarni bildirish lozim topildi. Abdurazzoq Samarqandiy Mirzo Shohrux 1409 yil 22 mart kuni Bodg'is tomon yo'lga chiqqanligini va lashkar to'plashga farmon berganligini ta'kidlagan. Xalil Sultonning 1409 yil 30 mart kuni asir olinganidan kelib chiqsak, Mirzo Shohruxning Bodg'isda qo'shin to'plashi fevral oyining oxiri yoki martning boshlaridan boshlangan bo'lishi kerak. Chunki Xuroson qo'shinlarining Bodg'isda yig'ilayotganligidan xabar topgan Xalil Sultonning Keshga kelishi, so'ngra Xudoydod Husayniyning hujumidan xabar topib o'z

amirlarini Jizzax tomon jo'natishi, Jizzaxga yetib borgan Samarqand lashkari yordam so'ragach, o'zi ham Kesh tomon yo'lga chiqishi hamda Sherozda asir olinishi voqealarining bir hafta ichida (1409- yil 22-30-mart) bo'lib o'tishi mumkin emas. Bu esa X.Fayziyev ta'kidlaganidek, Xudoydod Husayniyning yurishi Mirzo Shohrux tomonidan rejalashtirilganligini ko'rsatadi.

Amir Xudoydod Husayniy Xalil Sultonni asir olgach, uning nomidan farmon berish orqali deyarli butun Movarounnahrni o'ziga bo'ysundirdi. Albatta, bu Mirzo Shohruxning rejalariga mos emas edi. U tartib o'rnatuvchi, o'zaro nizolarga chek qo'yuvchi sifatida Movarounnahrga kirib keldi. Xudoydod Husayniy Samarqandda Mirzo Shohruxning noibi bo'lishga tayyorligini bildirdi. Mirzo Shohruxning Movarounnahrga kirib kelgan vaqtda Shayx Nuriddin ham Buxoro shahriga hujum boshladi. Lekin u kutilmaganda Xudoydod Husayniy tomonidan mag'lubiyatga uchratildi. Ushbu muvaffaqiyatdan ruhlangan Xudoydod HusayniyAmirak Ahmad mirzo va Saydi Ahmad mirzolarni Hisorni zabt etishga yubordi. Lekin ular Mirzo Shohrux lashkariga borib qo'shildilar. Natijada Mirzo Shohruxga qarshilik qila olmasligini tushungan Xudoydod Husayniy o'z mulki bo'lgan Farg'onaga qaytib ketdi.

Xudoydod Husayniy Mirzo Shohrux qo'shinining yurish yo'nalishlari bo'ylab o'z lashkarini joylashtiradi. Uning o'zi Toshkentni, o'g'li Allohdod Shohruxiya qal'asini, yana bir o'g'li Abduholiq Xo'jand yaqinidagi A'lo qal'asini himoya qilishi kerak edi. Farg'ona vodiysini zabt etish, amir Abduholiqqa qarshi kurashish uchun Mirzo Amirak Ahmad boshchiligida qo'shin jo'natgan Mirzo Shohrux o'zi O'ratepaga kelib joylashadi. Mirzo Shohrux lashkari Shohruxiya va A'lo qal'asini qamalga olgan vaqtda Toshkentga yetib kelgan mo'g'ul shahzodasi Sham'i Jahon Mirzo Shohrux bilan to'qnashishni xohlamay Xudoydod Husayniyni qatl etadi hamda o'z yurtiga qaytib ketadi39. Natijada ko'p o'tmay Shohruxiya qal'asi ham taslim bo'lib, Toshkent va Turkiston shaharlarida ham Mirzo Shohrux hukmronligi o'rnatiladi.

Bu vaqtda Andijon shahrida turgan Xalil Sulton dastlab A'lo qal'asiga yetib keldi. A'lo qal'asini amir Shohmalik qamal qila boshlagach, amir Shayx Nuriddin huzuriga ketgan Xalil Sulton oxir oqibat Mirzo Shohruxga taslim bo'lishga majbur bo'ldi.

Xulosa:

Shu tariqa Movarounnahrda hokimiyat uzoq davom etgan o'zaro kurashlardan so'ng Mirzo Shohrux qo'liga o'tdi. Bu esa mamlakatda ma'lum darajada tinchlik o'rnatilishini ta'minladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ha3gnH. 3a$apHOMa. - E. 298.

2. ^yKanaK -Yipop maxpn AKUHngara MaB3e. Ey MaB3e 1387-1388 HHnnapga Mnp30 YMapmaöx öomHHnHragarH TeMypnfinap namKapn Ba TyxTaMHmxoH

юборган Дашти Кипчок кушини уртасидаги жанг булиб утган майдон сифатида хам машхур. Мавзе номини Яздий ва Хондамир Чукалак, Шомий

3. Чулок, Хрфизи Абру ва Самаркандий Жулок тарзида беришган. Каранг: Шомий. Зафарнома. -Б. - 143;

4. Йаздий. Зафарнома. - Б.117;.670 - .jj^i Самаркандий. jt^i.... Кулёзма. - Б. 185; Хондамир. Хдбиб ус-сийар.... - Б. 118.

5. Йаздий. Зафарнома. - Б. 299. Хондамир хам Халил Султон иштирокида Хитой юришини давом эттиришга келишилганлигини таъкидлайди. Каранг: Хондамир. Хабиб ус-сийар.... - Б. 285.

6. Tag as-SalmanT.- P. 37.

7. Дабусия - Самарканд- Бухоро йулида жойлашган кичик шахар, калъа.

8. Каранг: Буриев О. Темурийлар даври ёзма манбаларида Марказий Осиё тарихий географияси. - Б. 154.

9. Дадабоев X,. Амир Темур даврдошлари. - Б. 40, 103.

10. Хавафи. Муджмал-и Фасихи. - С. 126.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.