INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SCIENCE SHINE
AMALIY SAN'ATNING IFODAVIY VOSITALARI VA UNING
XUSUSIYATLARI
Aleuatdinov Aybek Bekbosinovich
Ajiniyoz nomidagi NDPI
Annotatsiya: Tasviriy san'atda xalq amaliy san'atining o'rni va bunda amaliy san'atning ifodaviy vositalari uning xususiyatlariga qarab turlicha ekanligi, amaliy san'atda ritm, simmetriya, shakl va rangdan asosiy tasviriy vosita sifatida foydalanilinishi haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Tasviriy san'atda, xalq amaliy san'ati, ritm, simmetriya, shakl, rang, naqqoshlik.
Mamlakatimizda kompetenciyaviy yondashuvga asoslangan standartning joriy etilishi umumta'lim maktab o'qituvchilarining oldiga katta vazifalarni qo'ymoqda. Ushbu vazifalarni bajarish uchun o'quvchilarni ilmli, bilimli, ma'lumotlarni tez qabul qila oladigan etib ta'rbiyalashimiz za'rur. Shuning uchun o'qituvchilar dars jarayonini har xil usulda tashkil etishi kerak. Tasviriy san'at darslarida nazariy ma'lumotlar amaliyot bilan bog'liq holda etkazilishi samarali hisoblanadi. Amaliy bezak san'ati haqida tushunchalar berilsa, nazariy ma'lumot bilan birga, rang xususiyatlari haqida, ularni ijodiy ishda foydalanish haqida amaliy bajarib borish maqsadga uvofiqdir.
Amaliy san'atning ifodaviy vositalari uning xususiyatlariga qarab turlicha bo'ladi. Amaliy san'atda ritm, simmetriya, shakl va rangdan asosiy tasviriy vosita sifatida foydalaniladi. Masalan, naqqoshlikda asosiy vosita sifatida rang muhim rol o'ynasa, yog'och o'ymakorligida yog'och, miskarlikda sariq va qizil mis metall, kulolchilikda loy, kashtachilikda ipak iplar, zardo'zlikda baxmal bilan zar iplardan
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Issue 27, Volume 2 | ISSN 3030-377X | 10.10.2024
asosiy tasviriy vosita sifatida foydalaniladi. Ularning barchasi uchun xos bo'lgan asosiy vosita - bu kompozitsiya. Amaliy bezak san'ati juda qadim zamonlarda paydo bo'lib, xalq hunarmandchiligi tarzida rivojlandi. Amaliy san'at naqqoshlik, ganchkorlik va badiiy bezakning boshqa ko'rinishlarida namoyon bo'ladi.
Qadimdan ota-bobolarimiz naqqoshlik san'ati bilan shug'ullanib, shuhrat qozonishgan. O'zbek ustalari faqat uy -ro'zg'or buyumlari bilan cheklanib qolmay, balki uy-joy va jamoat binolarining devor va shiftlarini ham mohirona bezab kelganlar. San'atning bu turida har bir xalq o'zicha ijod qiladi. Masalan, rus amaliy san'atida tekislangan yog'ochga usta o'simlik shaklidagi naqsh rasmini tushiradi, keyin unga maxsus bo'yoqlar beradi. U bir oz quriganidan so'ng bo'yog'i o'chib ketmasligi uchun ustidan bir necha bor tiniq lok surtiladi. O'zbek ustalarining ish uslubi boshqacharoq. Eskiz asosida duradgor tayyorlagan yog'och qutichaga yelim surtiladi. Jilvir qog'oz bilan tozalangan materialga bronza rang beriladi. Bronza ustidan ulgi asosida kompozitsiya tasviri tushiriladi. Uning ustiga qora bo'yoq surtib, naqsh ishlanadi. Naqshlar o'chib ketmasligi uchun bir necha bor toza lok surtiladi. Naqqosh ustalardan A. Qosimjonov, Y. Raufov, T. To'xtaxo'jayev, A. Boltayev, S.Norqo'ziy ev va J.Hakimovlar san'atning bu turida samarali mehnat qilib, shuhrat qozonishgan. Amaliy san'at turlarida simmetriya muhim rol o'ynaydi. Simmetriya deyarli hamma janrlarda ishlatiladi va uni amaliy ko'rish mumkin. Simmetriya so'zi - aynan o'xshashlik (lotin. iden so'zidan olingan bo'lib, o'shaning o'zi, aynan ma'nolarini ifodalaydi) degani. Aynanlik o'zaro bir-biriga to'la muvofi qligini ifodalaydi. Simmetriyaning bir necha turlari mavjud bo'lib, ularning ichida eng soddasi aks simmetriya hisoblanadi. Simmetrik kompozitsiyaning alohida bir ko'rinishi esa naqshlardir. [1,256-b]
Tasvirni o'q bo'ylab biroz surilsa, naqshning barcha elementlari bir-birining ustiga tushadi. Amaliy bezak san'atida bunday simmetriyaning ikki turi ko'p tarqalgan. Ular tasmali, halqali va aylana (masalan, likopcha cheti naqshi)
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Issue 27, Volume 2 | ISSN 3030-377X | 10.10.2024
naqshlardir. Naqqoshlikda simmetriyalar ko'p ishlatiladi. Simmetriya - yunoncha so'z bo'lib, «symmtria» - o'lchovdoshlik degan ma'noni bildiradi. Simmetrik - biror narsa, naqshning markaz chizig'i (o'q chiziqqa)ga yoki tekislikka nis batan aynan muqobil joylashuvi, o'zaro o'xshashlik. Naqqoshlikda simmetriya turlari mavjud. Ko'zguda aks etgan simmetriyani ko'zgusimon simmetriya deyiladi. Ko'zgusimon simmetriya amaliy san'atda muhim o'rin tutadi. Amaliy san'atda bezaklarning ko'pchiligi ko'zgusimon simmetriyaga asosan ishlanadi.
Kompozitsiyadagi takrorlanish ritm naqsh kompozitsiyasidagi bir butunning tarkibiy qismini bir necha marta davriy takrorlanishidir. Ritmning turli-tumanligi har xil sharoitda elementlarning shakli va orasidagi masofaning kattaligiga bog'liq. Davriy takrorlanishning uch ko'rinishi mavjud: oddiy takrorlanish, murakkab takrorlanish, juda murakkablashgan takrorlanish. Oddiy takrorlanish bitta element takrorlanishidan hosil bo'ladi. Murakkab takrorlanish ikkita har xil elementlarning ma'lum tartibda takrorlanishidan hosil bo'ladi. Juda murakkablashgan takrorlanish bir necha elementlarning ma'lum tartibda takrorlanishidan hosil bo'ladi. [2,34-b]
O'zbekistonning eng qadimiy madaniyat o'choqlari hisoblangan Buxoro va Samarqand so'zanalari o'zining yorqin rangi, shakllarining turli-tumanligi va nihoyatda nozik tikilishi bilan farqlanadi. Shahrisabzlik ayollar tikkan kashtachilik buyumlari esa, ko'proq gilamni eslatadi. O'zbek kashtachiligida do'ppi alohida o'rin egallaydi. Shahrisabzning gilam do'ppisi, Buxoroning zar do'ppisi, Farg'onaning chust do'ppisi, iroqi, duxoba va boshqa do'ppilar O'rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Do'ppi nusxalari ichida eng mashhuri chust do'ppilaridir. Qora atlas (yoki satin) ustiga ipak bilan tikilgan bodom guli (yoki qalampir), kizakka tushirilgan gullar do'ppiga nafi slik baxsh etadi. [3, 21-b]
Demak, umumta'lim maktablarida tasviriy san'at darslarida amaliy bezak san'ati bo'yicha DTS va o'quv dasturlarida o'quvchilarning o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalari belgilab berilgan, bular barchasi dars jarayonida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SCIENCE SHINE
o'qituvchining mahorati va kasbiy bilimi ila innovacion texnologiyalar orqali etkazib beriladi. Shuning uchun fan o'qituvchilari o'z ustida tinmay izlanishini, qo'shimcha ma'lumotlar orqali bilimlarini oshirib borishi talab etiladi.
Adabiyotlar:
1. Bulatov S.S., Shabaratov P.P., Rasulov M.A. Naqqoshlik. Toshkent, 2010
2. Sh.R.Qobilov. Tasviriy san'at o'qitish metodikasi. -T.: «Fan va texnologiya»,
3. Kuziyev, Tursunali va boshqalar. Tasviriy san'at darsligi 5-sinf. Toshkent,
2014
2015