Научная статья на тему 'Al-Farg‘oniyning falakiyot haqidagi qarashlari'

Al-Farg‘oniyning falakiyot haqidagi qarashlari Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Alfraganus
Область наук
Ключевые слова
Olam / olim / yer / quyosh / yulduz / astronomiya / rasadxona / akademiya / ilm-fan taraqqiyoti / insoniyat rivojlanishi / Universe / scientist / earth / sun / star / astronomy / observatory / academy / development of science / human development

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Masrur Raximjonov

IX-asrda musulmon olimlari astronomiyani o‘rganishda oldinga qadam tashlab, yevropaliklarni ortda qoldirdilar. O‘sha paytda astronomiyani o‘rganish juda muhim edi. Astronomiya ishlari dengizchi bo‘lib xizmat qilgan, ular yulduzlar va samoviy jismlar tomonidan sayohat qilish uchun sayohatchilar, dengizchilar, ziyoratchilar va savdogarlar tomonidan ishlatilgan. Astronomiyaga oid asarlar Yevropada tarjima qilingan va tarqatilgan. Al-Farg‘oniyning risolalari butun dunyoga mashhur bo‘lib, jahon ilm-faniga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Al-Fargani’s views on astronomy

In the IX th century, Muslim scientists stepped forward in the study of astronomy and overtook the Europeans. At that time, the study of astronomy was vital. Astronomical works served as navigators, they were used by travelers, navigators, pilgrims and merchants to navigate by the stars and celestial bodies. Works on astronomy were translated and distributed in Europe. So the treatises of Al-Fergani became famous all over the world and had a serious impact on world sciences

Текст научной работы на тему «Al-Farg‘oniyning falakiyot haqidagi qarashlari»

b Alfraganus Univers^y

ВЗГЛЯДЫ АЛЬ-ФЕРГАНИ ОБ АСТРОНОМИИ

AL-FARGANI'S VIEWS ON ASTRONOMY

Masrur Nugmanovich RAXIMJONOV 1

Annotatsiya

1Х-а5Ма тшиМоп оНт1ап astronomiyani о'гдшшЬМа оМтда qadam tashlab) yevropaliklarni оМа доМЫНаг. O'sha ра^Ма astгonomiyani o'гganish ¡иМа тиМт еМи Astгonomiya ishlaгi МепдксМ Ьо'НЬ xizmat дНдап, и1аг уиМигШг va samoviyjismlaг ОпотМап sayohat qШsh исЫп sayohatchilaг) МепдксЫаг, ziyoгatchilaг va savdogaгlaг ^тотМап ishlatilgan. Astгonomiyaga oid а§агШг Yevгopada taгjma дШпдап va taгqatilgan. Al-Faгg'oniyning тоМап ЬиШп Мипуода та§Шиг Ьо'НЬ,¡аИоп Ит-/атда jiddiy ta'siгko'гsatdi.

Annotatsiya

ВIX веке мусульманские ученые шагнули далеко вперед в изучении астрономии и обогнали европейцев. В то время изучение астрономии было жизненно необходимо. Астрономические труды служили навигатора -ми, их использовали путешественники, мореплаватели, паломники и торговцы, чтобы ориентироваться по звездам и небесным телам. Труды по астрономии переводились и были распространены в Европе. Так и трактаты Аль-Фергани прославились на весь мир и оказали серьезное влияние на мировые науки.

•............................................................................................................................

1 Filoloiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD. ALFRAGANUS UNIVERSITY, Toshkent, O'zbekiston. e-mail: masrur.79@mail.ru. ORCID: 00090002-7658-4973

Alfraganus University

Annotation

In the IX th century, Muslim scientists stepped forward in the study of astronomy and overtook the Europeans. At that time, the study of astronomy was vital. Astronomical works served as navigators, they were used by travelers, navigators, pilgrims and merchants to navigate by the stars and celestial bodies. Works on astronomy were translated and distributed in Europe. So the treatises of Al-Fergani became famous all over the world and had a serious impact on world sciences.

Kalit so'zlar: Olam, olim, yer, quyosh, yulduz, astronomiya, rasadxona, akademiya, ilm-fan taraqqiyoti, insoniyat rivojlanishi.

Ключевые слова: Вселенная, ученый, земля, солнце, звезда, астрономия, обсерватория, академия, развитие науки, развитие человека

Keywords: Universe, scientist, earth, sun, star, astronomy, observatory, academy, development of science, human development.

Kirish.

Amerika qit'asi borligiga ilmiy-nazariy ishora qil-gan olim Abu Rayhon Beruniy bo'lib, Kopernik-dan qariyb besh yuz yil ilgari olamning markazi yer emas, quyoshdir, degan ilmiy xulosani aytgan. Shuningdek, yer quyosh atrofida aylanishini birinchi bor tasdiqlagan olim ham Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. Bu ilmiy haqiqatlarni, Abu Rayhon Beruniydan besh yuz yil keyin tug'ilganlarga nisbat berish haqiqatning qaysi ko'chasiga to'g'ri kelishini bir o'ylab qo'yish kerak.

Musulmonlar ichidan chiqqan falakiyot ilmi olim-lari va ularning kashfiyotlari haqida qanchadan-qan-cha kitoblar yozilgan va yozilmoqda. Gapning qisqasi, Muso ibn Shokir, uning uch o'g'li, Abu Mash'ar al-Balxiy, Sobit ibn Qurra, Nasiriddin Tusiy va boshqa ko'plab olimlarimiz boshqa ilmlar qatori falakiyot ilmini ham boshqa xalqlarga, jumladan, g'arb xalqla-riga o'rgatganlar. Lekin tarixni yaxshi bilmaydigan kimsalar falakiyot ilmini Kopernikka nisbat berib yuribdilar, xolos.

Dunyo xalqlarining ko'plari osmon jismlariga "Xudo yoki unga tegishli askarlar", degan nazar bilan qarab turgan bir paytda musulmonlar Qur'oni Karim oyatlaridan ruhlanib, falakiyot ilmiga asos soldilar.

Boshqa barcha ilmlar qatori falakiyot ilmidagi kashfiyotlarga ham musulmonlarni Islom ta'limotla-ri chorlagan. Bir guruh falakiyot ilmi mutaxassislari o'z kasblariga oid bir kitobni muzokara qilib o'tiris-hganda diniy ulamolardan ba'zilari o'tib qolib: "Nima qilyapsizlar?" deb so'rabdilar. Shunda falakiyotchilar: "Alloh taoloning "Nazar solmaydilarmi?! Tuyaning qandoq xalq qilinganiga?! Osmonni qandoq ko'taril-ganiga?!" degan oyatining sharhini o'rganmoqdamiz", deb javob bergan ekanlar. Falak ilmi haqidagi kitoblar-ning avvalida bu ilm osmondagi narsalarni o'rganish orqali Allohning Biru Borligi, qudrati cheksizligining aqliy isbotiga olib boruvchi ilm ekani ta'kidlanadi.

Shuning uchun ham musulmonlar bu ilmga katta e'tibor berganlar. Uni o'rganishga talab kuchli bo'lgani-dan musulmon olamining Samarqand, Bag'dod, Damas-hq, Qohira, Fas, Tulaytila, Qurtuba va boshqa ko'pgina shaharlarda shu ilmga xos o'quv yurtlari ishlab turgan.

Shu bilan birga, ko'plab rasadxonalar barpo etilgan va muvaffaqiyat ila ilmiy izlanishlar olib borilgan. Mazkur rasadxonalardan ba'zilarini eslab o'tishimiz ham mumkin. Xalifa Ma'munning Bag'dodda bitta, Damashqda bitta rasadxonasi bo'lgan. Ikki xalifa Aziz Biamrillah va Hokim Biamrillahlar Qohirada bittadan ikkita rasadxona qurganlar. Buyuk vatandoshimiz Mirzo Ulug'bekning Samarqanddagi rasadxonasi, Xu-laguxonning Murg'onadagi rasadxonasi, va boshqalar shular jumlasidandir. O'sha paytlarda musulmonlar ichidan butun dunyoga dong taratgan buyuk falakiyot olimlari yetishib chiqdi. Ana o'sha ulug' musulmon olimlar ichida bizning vatandoshlarimiz ham borligi, ularning yetakchi o'rinlarni egallaganliklari bizning faxrimiz.

ж

Metod.

Dunyoda eng ko'p dong taratgan musulmon olim-laridan Mirzo Ulug'bek asos solgan rasadxona oddiy rasadxona emas, balki buyuk fransuz tarixchisi Volter ta'riflanganidek, falakiyotshunoslik akademiyasi edi. U yerda bu ilmga tegishli turli ma'lumotlar yig'ilib, olimlar keng miqyosda ilmiy bahslar olib bordilar. Rasadxonada ishlatiladigan asboblar yaratildi.

Ulug'bekning "Zijji Ko(ragoniy"si falakiyot ilmidagi nodir asardir. Uning bu sohada yetishgan natijalariga hozirgi eng taraqqiy etgan asboblar bilan qurollangan falakiyot olimlari ham ko'p narsa qo'sha olganlari yo'q.

Ikkinchi bir vatandoshimiz Ahmad Farg'oniy ham falakiyot bo'yicha olamshumul kashfiyotlar qildi. U yerning dumaloq shaklda ekanini kashf qilgani, quyosh tutilishini birinchi marta oldindan hisoblab chiqib ayt-gani butun dunyoda ma'lum. Ahmad Farg'oniy quyos-hning va yulduzlarning harakat yo'nalishini eng aniq belgilab, yerning mustaqim chizig'i uzunligini birinchi bo'lib aniqlagan olimdir. U yulduzlarning oralaridagi masofani va ularning hajmini aniqlab tuzgan jadval-dan barcha falakiyotshunoslar, jumladan, ovrupoliklar ilmi falak "asoschisi" deb yuradigan Kopernik ham foydalangan.

Ahmad Farg'oniyning ko'plab ilmiy asarlaridan biri

Alfraganus University

bo'lgan "Javome'u ilmin nujum" kitobi lotin tiliga bir necha bor tarjima qilingan. U kishini g'arbliklar "al-Fraganus" deb ataydilar.

Tarix va bugungi kun ilm-fan taraqqiyoti inso-niyat rivojlanishida nechog'li ahamiyatli ekanligini ko'rsatib berdi. Turli suronli yillar hamda mustabid tuzum davrida yurtimiz farzandlari ichidan yetishib chiqqan olimu fuzalolarning boy ilmiy merosi qis-man yo'qotildi. Biz Abu Ali ibn Sinoni - Avitsenna, Al-Farg'oniyni - Al-Fraganus, Al-Xorazmiyni - Al-goritm nomi bilan taniganimiz ham ayni haqiqat. Ming shukrki, insoniy qadr-qimmatimizni, g'urur va sha'nimizni, dinu diyonatimizni, milliy davlat-chiligimizni tiklab bergan mustaqillik tufayli "Yangi O'zbekiston" nomi bilan taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo'ydik. Albatta, bu qutlug' qadam davlatimiz rahbari tashabbusiga ko'ra ilm-fan bilan hamnafas tarzda tashlanmoqda.

O'rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olim-lar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg'oniy salmoqli o'rin egallaydi. Olimning to'liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniydir. Manbalarda uning farg'ona-lik ekanligidan tashqari deyarli boshqa ma'lumotlar saqlanmagan.

Lekin shuni ham e'tiborga olish kerakki, O'rta asrlarda musulmon o'lkalarida bo'lgan an'anaga bi-noan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mam-lakat nomi bilan atashgan. Masalan, 995 yilgacha Xorazmning poytaxti bo'lgan Kotni, keyingi poytaxti Gurganjni ham Xorazm deyishgan. Ba'zi arab mam-lakatlarida bu odat hozir ham saqlanib qolgan.

Misrning poytaxti Qohirani - Misr, Shom (Suriya) ning poytaxti Damashqni - Shom deyilishi shundan. Ana shu odatga ko'ra, O'rta asrlardagi Farg'ona vo-diysining markaziy shahri Axsikatni ham Farg'ona deyishgan. Al-Farg'oniy Farg'ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog'ida tug'ilgan. Shunisi ma'lumki, al-Farg'oniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerla-ridagi muovini, o'g'li Abdullohning (bo'lajak xalifa al-Ma'munning) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan.

Ehtimol, Abdulloh yoshligidan bilimga chanqoq bo'lgani uchundir, 806 yili Marvga noib bo'lib tay-inlanganida, Movarounnahr, Xuroson, Xorazmdan olimlarni va iste'dodli yoshlarni to'play boshlagan. Bu olimlarning asosiy qismi Abdulloh u yerga kelganidan avvalroq to'plangan bo'lishi ham ehtimoldan xoli emas, chunki Marv avvaldan, Sosoniylar davridanoq yirik ilmiy markaz hisoblangan.

615 yili eng so'nggi Sosoniy shahanshoh Yaz-digard ibn Shahriyor arablar ta'qibidan qochib bu yerga kelganida poytaxtdagi kutubxona kitoblarini ham olib kelganligi ma'lum. Marv arablar qo'l ostida ham o'z mavqeini yo'qotmadi, aksincha, to mo'g'ul istilosigacha o'sib bordi. Shunga ko'ra, uning IX asr boshida xalifalikning yirik ilmiy va madaniy markazi bo'lganligi tabiiydir.

Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda to'satdan vafot etadi va uning vasiyatiga ko'ra, Bag'dodda ta-xtga katta o'g'li - Muhammad aya-Amin nomi bilan o'tiradi. Saroydagi xurosonlik a'yonlar esa Abdullohni taxtni qo'lga olishga da'vat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh o'rtasida taxt uchun olib borilgan kurash Abdullohning g'alabasi bilan tugaydi va Muhammad qatl qilinadi.

M

Natija.

O'sha yili Abdulloh taxtga al-Ma'mun nomi bilan o'tiradi. Lekin u Bag'dodga bormay 819 yilga qadar Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan to 819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti bo'lib turadi. 819 yili al-Ma'mun butun saroy a'yonlari va ulamolari bilan birga Bag'dodga ko'chadi. Ular orasida al-Farg'oniy ham bor edi. Shunday bo'lsa ham al-Ma'mun qo'l ostida u tuzgan ilmiy markaz "Bayt ul-hikmat"da ishlagan olimlar orasida al-Farg'oniy-ning nomi eslatilmaydi.

Buning sababi bizningcha shunday bo'lishi mum-kin: u davrda xalifalikda ikkita rasadxona faoliyat olib borardi, biri Bag'dodning ash-Shammosiya ma-hallasida va ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Bu rasadxonalarning har birida "Bayt ul-hikmat" olimlarining ikkita doimiy guruhlari ishlar edi. Ana shu olimlarning o'zi rasadxonalari hojatidan kelib chiqib, ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirardilar va umumiy rahbarlik Bag'doddan turib boshqarilardi.

Balki al-Farg'oniy Damashqdagi olimlar guruhida bo'lishi, al-Ma'mun uni Bag'dodga kelishi bilanoq u yerga yuborgan bo'lishi mumkin. Abu Rayhon Be-runiyning bir xabari shunday taxminga asos bo'ladi. Uning aytishiga ko'ra, Bag'dod rasadxonasining ishida Yahyo ibn Abu Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik va al-Farg'oniy bilan birga ikkinchi guruh olimlar ishlaganlar. U shuningdek, al-Farg'oniyning Suriya shimolida, Sinjor sahrosida 832-833 yillar Tadmur va ar-Raqqa oralig'ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o'lchashda ishtirok etganini ham aytgan.

Nihoyat, al-Farg'oniyning hayoti haqidagi eng so'nggi va eng aniq xabar 861 bilan bog'lanadi. Mav-jud ma'lumotlarga ko'ra, u shu yili Qohira yaqinidagi

Ravzo orolida nilometrni, ya'ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta'mirlagan. Biroq al-Farg'oniy qanday qilib va qanday sharoitda Misrga borib qolgani haqida ham aniq ma'lumot yo'q.

Ma'lumki, al-Ma'mun Marvdan Bag'dodga na-faqat olimlarni, balki g'ulomlari bo'lmish turk askar-larini ham olib kelgan edi. Bag'dodga kelishi bilan u ma'lum ma'noda lashkarni turklashtirdi: ana shu turk askarlaridan lashkarboshilar tayinladi. Turk g'ulom-laridan biri buxorolik To'lunni xalifa Suriya, Falastin va Misrdagi lashkarlarning amiri etib tayinladi.

Uning o'g'li Ahmad esa Suriya va Misrni mus-taqil deb e'lon qilib, To'luniylar sulolasiga asos soldi. Al-Xorazmiy xalifa al-Ma'munning yaqin odami va maslahatchisi bo'lgani kabi al-Farg'oniyning Misrda paydo bo'lganidan ajablanmasa ham bo'ladi.

Al-Farg'oniy hayotining muddati haqida ham qiyoslar qilish mumkin. Agar uning hayotini al-Xo-razmiyning hayoti bilan qiyos qilsak, quyidagi xulosa-ga kelamiz. Ma'lumki, al-Xorazmiyning nomi yozma manbalarda oxirgi marta 847 yili xalifa al-Vosiqning o'limi munosabati bilan eslatiladi va shundan so'ng uchramaydi. Shunga ko'ra, uning o'lgan yili deb 850 yil qabul qilingan. Al-Farg'oniyning nomi oxirgi marta 861 yili Nilning sathini o'lchagich uskunasini ta'mirlash munosabati bilan eslatiladi.

Agar u al-Ma'mun bilan 819 yili Marvdan Bag'dodga ketayotganda 20-25 yoshlar chamasida bo'lgan desak, u holda uning tug'ilgan yili deb 797 yoki 798 yilni qabul qilish mumkin. U holda uning hayot muddati 67-68 yoshni tashkil qiladi. Demak, 1998 yili uning tug'ilaniga 1200 yil to'ldi.

Al-Farg'oniyning hayoti haqidagi ma'lumot-lar juda kam bo'lganligiga qaramay, o'rta asrlarda Sharqda uning nomi mashhur bo'lgan. Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Qiftiy (XII-XIII asrlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Xoji Xalifa (XVII asr) kabi Sharq fi-hristchilari uni o'z asarlarida eslatadilar.

Al-Farg'oniyning asosiy astronomik asari "Sa-moviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi" ("Kitob al-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum") XII asrda Ovro'poda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro'po tillariga ham tarjima qilinganidan so'ng, uning lotinlashtirilgan nomi "Alfraganus" shaklida G'arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi.

Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro'po universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik va-zifasini o'tadi. Al-Farg'oniy asarining lotincha tarji-masi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan bo'lib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg'oniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so'ng, al-Farg'oniy va uning asarining Ovro'podagi shuhrati yanada ortdi.

Ovro'po Uyg'onish davrining buyuk namoyan-dalaridan biri bo'lgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyadan ma'ruzalarni al-Farg'oniy kitoblaridan o'qigan. Al-Farg'oniy nomini Dante (XV asr) va Shiller (XVIII asr) ham eslagan.

|hs Alfraganus University

Ovro'po olimlaridan Dalambr, Brokelman, X.Zuter, I.Yu.Krachkovskiy, A.P.Yushkevich va B.A.Rozenfe-ldlar al-Farg'oniyning ijodini yuqori baholaganlar.

Munozara ШШНЯИЖ

Hozirgi kunda al-Farg'oniyning sakkiz asari ma'lum bo'lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqador va birortasi hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. Ular quyidagilardir: yuqorida tilga olingan asar, odatda uni "Astronomiya asoslari haqida kitob" nomi bilan ham atashadi - qo'lyozmalari dunyo ku-tubxonalarining deyarli barchasida bor.

"Asturlob yasash haqida kitob" - qo'lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij va Tehron ku-tubxonalarida, "Asturlob bilan amal qilish haqida kitob" - birgana qo'lyozmasi Rampurda (Hindiston), "Al-Farg'oniy jadvallari" - qo'lyozmasi Patnada (Hindiston), "Oyning Yer ostida va ustida bo'lish vaqtlarini aniqlash haqida risola" - qo'lyozmalari Gota va Qohirada, "Quyosh soatini yasash haqida kitob" - qo'lyozmalari Halab va Qohirada saqlana-di. "Al-Xorazmiy "Zij"ining nazariy qarashlarini asoslash" asari Beruniy tomonidan eslatiladi, lekin qo'lyozmasi topilmagan. Al-Farg'oniyning bu ro'yxat boshidagi ikki asaridan boshqalari hali hech kim tomonidan o'rganilmagan. Shubhasiz, ular o'rganilib tahlil qilinishi bilan al-Farg'oniy ijodining yangi qirralari ochiladi va olimning o'rta asrlarda, undan keyin Sharq va G'arbda bu qadar mashhur bo'lishi sabablari ham ayon bo'ladi.

Aytganimizdek, mazkur asarlarning birinchisi 1145 yildan boshlab lotin tiliga bir necha marta tarjima qilingan. Bu tarjimalarning barchasida al-Farg'oniy ismi lotinchada "Alfraganus" shaklida yozilib, shu shaklda fanga abadiy kirib qoldi.

Al-Farg'oniyning bu asari astronomiyadan eng sodda darslik bo'lib, unda murakkab geometrik shakllar va matematik formulalar, hisoblashlar keltirilmagan. Bu esa astronomiyadan boshlang'ich ma'lumotlarni o'zlashtirishni ancha osonlashtirgan. Balki buyuk Regiomontan asarning shu xususiya-tini anglab, o'zining universitetlardagi ma'ruzalari uchun qo'llanma sifatida al-Farg'oniyning ana shu asarini tanlagandir.

Shunday qilib, buyuk ajdodimizning bu asari Ovro'po Uyg'onish davridagi va undan ancha keyin-gi davrdagi madaniyat rivojida sezilarli rol o'ynadi. Asarning iqlimlar nazariyasiga ko'ra bayon qilingan geografik bo'limi diqqatga sazovordir. Mamlakat va shaharlarning nomlariga qaraganda, al-Fargoniy al-Xorazmiyning geografik asari bilan tanish bo'lgan yoki u ham al-Xorazmiy foydalangan manbadan foy-dalangan, chunki ikkala muallifda ham bu nomlar bir xil.

Geografik bo'lim (9-bob) bunday atalgan: "Yer-dagi ma'lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi narsalar haqida". Bundan so'ng, yetti iqlimning hammasi ulardagi mamlakatlar vi-loyatlari va shaharlari bilan birga tavsiflanadi. Shuni ham aytish kerakki, o'rta asrlarda arab tilida yozilgan

geografik asarlarning eng birinchisi al-Xorazmiyning "Kitob surat-ul-arz" asari edi.

Unda al-Xorazmiy yetti iqlimdagi dengizlar, mamlakatlar, tog'lar, daryolar, ko'llar va shaharlarning tavsifini keltirgan edi. Bunda u tavsifni rub'i ma'murning eng g'arbiy chekkasidan, ya'ni Afri-kaning Atlantika okeani qirg'og'igacha, ya'ni Tinch okeanidagi Yaponiya orollarigacha davom ettiradi. Tavsif kenglama yo'nalishida ekvatorial yerlardan to shimoliy qutbiy yerlargacha davom etadi.

Iqlimlarning al-Farg'oniy keltirgan tavsiflash usuli al-Xorazmiynikidan farq qiladi. Al-Xorazmiy o'zining tavsiflash usulida Ptolemey an'anasiga asos-langan bo'lsa, al-Farg'oniy hindlarning an'anasiga asoslanib, rub'i ma'murning tavsifini eng sharqiy chekkasidan boshlaydi. Uning iqlimlar tavsif ida 3, 4, 5, 6 va 7-iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir. Chunki bularda Markaziy Osiyoning va unga tutash yerlarning shahar va viloyatlari tavsiflanadi. Shuning uchun quyida o'sha tavsiflarni o'z ichiga olgan par-chani keltiramiz.

"Uchinchi iqlim Sharqdan boshlanib, Xitoy mam-lakatining shimolidan, so'ng Hind mamlakatidan va so'ngra Qobul va Kermon viloyatlaridan o'tadi.

To'rtinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Tibetdan, so'ngra Xurosondan o'tadiki, bunda Xo'jand, Usrushona, Farg'ona, Samarqand, Balx, Buxoro, Hirot, Amuya, Marvarrud, Marv, Saraxs, Tuye, Nishopur shaharlari bor. Undan so'ng Jurjon, Qu-mis, Tabariston, Demovand, Qazvin, Dailam, Ray, Isfahondan o'tadi.

Beshinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatidan boshlanadi, so'ng Xurosonning shimolidan o'tadi, unda Toroz shahri - savdogarlar shahri bor, Navo-kat (Navkat), Xorazm, Isfijob (Sayram), Turar-band (O'tror-hozirgi Aris) va Ozarbayjon, Arminiya (Armaniston) viloyati, Barda'a (Barda), Nashava (Naxchivon) shaharlari bor.

Oltinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Yajuj mamlakatidan o'tadi, so'ng Hazar mamlakatidan (Shimoliy Kavkaz va quyi Volga bo'yi), Jurjon (Kaspiy) dengizining o'rtasidan kesib o'tadi va Rum (Vizantiya) mamlakatigacha boradi.

Yettinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatining shimolidan boshlanadi, so'ng turkiy mamlakatlar-dan (Markaziy Osiyo), so'ng Jurjon dengizining shimolidan, so'ng Rum dengizini (qora dengiz) kesib, saqlablar (slavyanlar) mamlakatidan o'tadi va G'arb dengizida (Atlantika) tugaydi".

Keltirilgan parchadan ko'rinadiki, al-Farg'oniy katta kenglikdagi o'lkalarni tavsiflagan bo'lsa ham, o'zining asl vatani Movarounnahrni mufassalroq tavsiflagan. Undan tashqari shuni ham ta'kidlash kerakki, al-Farg'oniyning rub'i ma'mur haqidagi tasavvuri ancha aniq bo'lib, har xil afsonaviylikdan xolidir. Chunonchi, u Yajuj mamlakati deb Sharqdagi afsonaviy yerni emas, balki hozirgi Mo'g'ulistonning sharqi va Xitoyning shimoli-sharqiga mos keladigan aniq geografik hududni aytgan.

Daryolar, ko'llar, suv omborlari va kanallarda suv sathini o'lchab, yozib boradigan eng zamonaviy

Alfraganus University (ep

"Valdey" yoki okean va dengizlar suv sathini o'lchay-digan "Rordansa" tipidagi qurilmalar al-Farg'oniy kashf etgan "Miqyos an-Nil" qurilmasidan andoza olib tayyorlangan.

Farg'oniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va G'arbda mashhurdir. O'rta asrda tabiiy-ilmiy bi-limlarning rivojiga ulkan hissa qo'shgan olim sifatida manbalarda, so'nggi G'arb va Sharq mualliflari asar-larida, o'z yurti O'zbekistonda, ayniqsa, zo'r g'urur va iftixor bilan tilga olinadi, o'rganiladi, hozirgi kunda ko'chalar, o'quv yurtlariga uning nomi berilgan.

Bulardan tashqari buyuk vatandoshimiz Ahmad al Farg'oniy taklif etgan suv sathini santimetr aniqlikda o'lchash usuli hozirgi kunda ham dunyo gidrologiya-sida qo'llaniladi.

»•■osa. mmmsmm

Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag'dodda ilmiy Markaz-Akademiya ("Bayt ul-Xikma")-tashkil eti-

lib, unga barcha musulmon o'lkalari, jumladan O'rta Osiyodan ham olim va fozillar to'plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag'dod akademiyasini jahonga mashhur bo'lishida katta hissa qo'shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o'rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag'doddagi ilmiy akademiyadan o'rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma'mun akademiyasi vujudga keldi va uning a'zolari bo'lmish o'z davrining olimu-donishmandlari o'z ijodlari bilan Movaraun-nahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o'lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo'tabar shaxslari, hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmi-ning yuqori pog'onalarida turibdi.

1. Ahmedov B. O'zbekiston tarixi manbalari. T.: 2001 y. - B. 130

2. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri. - T.: 2010. - B. 225

3. Tavhidiy Abu Xayyon. Al-havomil vash-shamovil. - Kair. 1951. - S. 102.12. Yaqut. Irshad al-arib ila ma'rifat al-adib. (Mujam al-udaba)/Edited by S.D.Margoliouth. - Montana-Whitefish. 2010. Vol. I. -R. 88-96.

4. Muhammad Haydar mirzo. Tarixi Rashidiy. - T.: "Sharq", 2010. - B.720

5. Nizomiddinov I. Madaniy hamkorligimiz sahifalaridan. -T.: "Fan", 1987. - B.54.

6. Faxriy Hiraviy. Ravzat us-salotin. Javohir ul-ajoyib. - T.: 2014. - B.192.

7. Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob. Tazkira.-T.: 1993. - B.344.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.